Fizik jarayonlar juda qadim zamonlardan buyon, hattoki eramizdan oldin ham odamlarning diqqat markazida bo'lgan



Download 63 Kb.
bet4/5
Sana31.12.2021
Hajmi63 Kb.
#279746
1   2   3   4   5
Bog'liq
Fizik Olimlar

KEPLER IOHANN (1571-1630)

Yoshligida kechalari sirli osmonga tikilib yotmagan, jimir-jimir yulduzlar va Oyga qarab shirin xayollarga beriimagan odam kam topilsa kerak. Ayrimlarda bu ajib manzara son-sanoqsiz savollarni tug'diradi. Nima uchun Oy o'rnini o'zgartiradi? Nima uchun ayrim yulduzlar porlab turadi, ayrimlari xira?... va hokazo. Nemis astronomi lohann Kepler ham ana shundaylardan biri edi. U fan uchun ko'pdanko'p yangi va muhim kashfiyotlar qildi.Kepler universitetda o'qiyotganida va ru-honiy bo'lishga tayyorlanayotganida Ko-pernik ta'limotidan xabardor bo'ladi. Demak, Yer va boshqa sayyoralar Quyosh atrofida aylanar ekanda? Lekin ularni harakatlanishga nima majbur etadi? Bu harakatlarni tabiatning qanday qonunlari boshqaradi? Shunga o'xshash savollar lohannga tinchlik bermay qo'ydi. Butun bo'sh vaqtlarida Kepler sayyoralarni kuzatdi, hisob bilan mashg'ul boldi, kitoblarni mutolaa qildi, o'zi ham kitoblar yozdi. Bu kitoblarning deyarli har biri matematika, fizika, astronomiyaga doir mu-him kashfiyotlar edi. Lohann Kepler teleskop ixtiro etib, undan o'z kuzatuvlarida foydalandi. Kepler sayyoralarning harakat qonunlarini kashf etdi va ularning Quyosh atrofida aylanishiga sabab Quyoshning tortish kuchi, deb hisobladi. Okean va dengizlardagi quyilish va qaytishlarni u Oyning tortish kuchi bilan bog’ladi, ya'ni Oyning tortish kuchi ulkan suv massasini qat'iy bir vaqtda harakatlanishga majbur qiladi, deb izohladi. Kepler yilning istalgan vaqtiga nisbatan osmondagi sayyoralarning vaziyatini juda aniqlik bilan hisobladi, Quyosh va Oy tutilishlari jadvalini tuzdi hamda ularning sabablarini tushuntirib berdi. Oy Quyosh bilan Yer o'rtasida turgan paytda u bizdan Quyoshni to'sib qoladi, shunda Quyosh tutiladi. Quyosh bilan Oy o'rtasiga Yer tushib qolsa, uning soyasi Oyga tushib, Oy tutilishi yuz beradi. Bu buyuk kashfiyotlar Keplerning donglni butun dunyoga taratdi. U mashhur yunon astronomlari Timoxaris, Gipparx, Ptolemey, arab astronomi al-Battoniy, o'zbek astronomi Mirzo Ulug'bek, polyak astronomi Kopernik, Yan Geveliy, daniyalik olim Tixo Brage bilan bir qatorda turadi.
KURCHATOV IGOR VASILIYEVICH (1903-1960)

Igor Kurchatov Uralda, Sim shahri (hozirgi Chelyabinsk viloyati) da yer o'lchovchi oilasida tug'ildi. Tez orada uning oilasi Qrimga ko'chib keldi, Kurchatovning bolaligi Qrimda, Simferopol shahrida o'tgan. U juda ko'p o'qir, muzika bilan shug'ullanar, futbol o'ynardi. Igor Simferopol gimnaziyasini oltin medal bifan tugatib, Qrim universitetining fizika-matematika fakultetiga o'qishga kirdi. Universitetda Kurchatov fizika bilan shugullana boshladi. Iste'dodli yigit haqida Leningrad fizika-texnika institutining direktori, akademik A. I. loffe eshitib qoldi va uni o'z institutiga taklif qildi. Bu yerda Kurchatov yadro fizikasi sohasidagi o'zining dasttabki ilmiy kashfiyotlarini qildi va uning nomi fan olamida mashhur bo'lib ketdi.1939-yilda olimlar atom yadrolarida naqadar ulkan energiya zaxiralari borligini kashf etdilar. Ular bu energiyani odamlarga xizmat qildirish yo'llari va usullarini aytishdi. Lekin yadro energiyasidan mislsiz yemiruvchi kuchga ega bo'lgan qurol yasash uchun ham foydalanish mumkin edi. Ikkinchi jahon urushi boshlanishi bilan bu xavf ro'yobga chiqadi-gandek bo'lib qoldi. Fashistlar Germaniyasi-da atom bombasi yaratish ustida qizg'in ish olib borilardi. Jahonni fashistlar qulligi xavfidan saqlab qolish uchun xuddi shunday qurolni iloji boricha tezroq yaratish lozim bo'lib qoldi. Shuning uchun 1942-yilda ish boshla-gan Kurchatov guruhi 1949-yilda birinchi atom bombasini, bir necha yildan so'ng esa vodorod bombasini yaratdi. Atom energiyasidan tinchlik maqsadlarida foydalanish, uni insonga xizmat qildirish (masalan, undan elektr toki olish) dek murakkab vazifani hal etish ishiga Kurchatov juda ko'p kuch va iste'dodini sarfladi. Olim dunyoda birinchi atom elektr stansiyasini yaratishga rahbarlik qildi. Bu stansiya 1954-yilda ishlay boshladi. U inson aql-zakovatining ajoyib g'atabasi edi. Lekin Kurchatov yanada quwatliroq elektr stansiyalar yaratish ustidagi ishini davom ettirdi. Kurchatov umrining oxirigacha butun kuch-g'ayratini fanga bag'ishladi. Og'ir kasal bolib yotgan olim ilmiy kengashlarni o'z uyida o'tkazardi. D. I. Mendeleyevning kimyoviy elementlar davriy sistemasida 104 raqami bilan kurchatoviy elementi yozilgan. Bu elementni Kurchatovning shogirdlari kashf qilishib, uning sharafiga shunday atashgan. Bu ulkan olimga qo'yilgan ajoyib yodgorlikdir.
ISAAK NYUTON-(1643-1727)

Butun olam tortishish qonunini maktab-da o'qigansiz. Ana shu qonunning kashf etilishiga tasodifan daraxtdan uzilgan olma sabab bo'lganligi ham sizga ma'lum. Nima sababdan olma hech qayoqqa og'masdan to'ppa-to'g'ri yerga tushadi, deb o'yladi olimlardan biri. U yoshlik yillaridayoq bu masala ustida o'ylay boshla-gan, lekin uning javobini yigirma yitdan keyingina e'lon qiigan. Bu olim buyuk ingliz fizigi va matematigi, klassik mexanika asoschisi Isaak Nyuton edi. U Grantem

(Angliya) shahri yaqinidagi Vulstorn qishlog'ida fermer oilasida tug'ildi. 12 yoshida Grantem maktabida o'qiy boshladi, 1661-yilda Kembrij universiteti kollejlaridan biriga kirib, uni tugallaganidan so'ng bakalavr ilmiy darajasini oldi. 1668-yilda Nyutonga magistr unvoni berildi, 1672-yilda u London Qirollik jamiyati a'zosi etib saylandi, 1703-yilda esa uning prezidenti bo'ldi.Isaak bolalik chog'laridanoq varrak, mexanik o'yinchoqlar yasashni xush ko'rardi. Keyinchalik u ko'zgu, prizma va linzalarni sayqallovchi mohir usta bo'lib yetishdi. Ko'zgularni sayqallash san'ati Nyutonga, ayniqsa, yulduzli osmonni kuzatishga mo'ljallangan ko'zguli teleskopni yasashda asqotdi. Teleskopning har bir qismini ishlash juda katta mehnat va sabr-toqat talab qilardi. Matonati tufayligina u ajoyib teleskop yasashga muvaffaq bo'ldi.Nyuton turli-tuman optik asboblar kolleksiyasini to'pladi va ular yordamida o'z laboratoriyasida turli tajribalar o'tkazdi. Bu tajribalar natijasida Nyuton olimlar o'rtasida birinchi bo'lib spektrda turli ranglarning hosil bo'lishi sabablarini ang-ladi va tabiatdagi ranglarning turli-tumanligini to'g'ri tushuntirib berdi. Fizika va matematika fanlari hamma vaqt bir-biriga yordam berib keldi. Fiziklar matematikasiz hech narsa qila olmasligini juda yaxshi tushungan Nyuton yangi matematik metodlarni yaratdi, Ana shu metodlar asosida hozirgi zamon matematika fani vujudga keldi. Nyuton kimyo va metallar-ning xossalarini o'rganish bilan ham shug'ullandi. Buyuk olim juda kamtarin inson bo'lgan. U hamisha ish bilan band va unga shu qadar berilgan ediki, hatto ba'zan ovqatlanishni ham unutib qo'yardi. U bir kunda atigi 4 yoki 5 soat uxlardi.I. Nyuton mexanika asoschisi hisobla-nadi. Nyuton to'kilayotgan olma, tashlangan tosh, Oy va sayyoralarning harakati barcha jismlar o'rtasidagi o'zaro tortishish qonuniga bo'ysunishini aniqladi. Bu qonun hozirgacha hamma astronomik

hisoblar uchun asos bo'lib kelmoqda, Uning yordamida olimlar Quyosh qachon tutilishini oldindan aytib beradilar va kosmik kemalarning harakat yo'nalishini hisoblab chiqaradilar. Jahon fiziklari, astronomlari va muhandislari 250 yil davomida o'z ishlarida Nyuton qonuniariga ta-yanganlar. Faqat 20-asr boshlaridagina yana bir buyuk fizik - Albert Eynshteyn harakatning yangi qonunlarini kashf etdi, Lekin Eynshteyn nazariyasi Nyuton mexanikasiga zid bo'lmay, balki uni to'ldiradi va unga aniqlik kiritadi. Bolalarning o'yinchoqlarini yasashdan tortib, ulkan kosmik kemalar konstruksiyasini ishlab chiqishga qadar bo'lgan barcha sohalarda Nyuton mexanikasi hamisha o'z ahamiyalini saqlab qoladi. Nyutonning kashfiyotlari tasodifiy emas edi. U o'z xulosalari ustida uzoq o'ylar hamda bu xulosalarning to'g'riligi va aniqligiga qafiy ishonch hosil qilgandan keyingina e'lon qilar edi, Nyuton qarashlarining ilmiy universalligi fizikaning kelgusi taraqqiyotiga juda katta ta'sir ko'rsatdi.

Download 63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish