Fizika fanining rivojlanishiga o‘zbek allomalarining qo‘shgan hissasi



Download 0,84 Mb.
bet1/6
Sana26.01.2023
Hajmi0,84 Mb.
#903103
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Fizika fanining rivojlanishiga o‘zbek allomalarining qo‘shgan hi


Fizika fanining rivojlanishiga o‘zbek allomalarining qo‘shgan hissasi
Fizika fani rivojlanishiga qadimgi faylasuf olim Aristotel (384-322 y bizning eramizgacha) katta ta’sir qilgan. U tabiat hodisalari tushuntirishda tajribalarga asoslanmasdan faqat ilmiy nazariyalarga asoslangandir.
Buyuk o‘zbek mutafakkurlari Ibn Sino va A.Beruniylar hamda ulardan 600 yil keyin Galileo Galileylar (1564-1642 yy) fizik hodisalarni ilmiy o‘rganishda tajriba natijalari orqali xulosa chiqarish zarur ekanligini asosladilar.
1632 yil Galiley ishqalanish va vakuumda yuqoridan tushuvchi jism tezlanishi uning massasiga bog‘liq bo‘lmasligi haqida tabiat qonunini aniqladi.
Fizika fani rivojlanish tarixiga nazar solinsa buyuk mutafakkur o‘zbek olimlari Abu Ali Ibn Sino, Abu Rayxon Beruniy, Mirzo Ulug‘bek, Al Farg‘oniylarning xizmatlari tahsinga loyiqdir. Ibn Sinoning 1035 yilda yozgan “Donishnoma” asari uch qismdan mantiq, metafizika va fizika masalalariga bag‘ishlangandir.
Ibn Sino o‘z fizikasida mexanika, harakat va uning shakllari, fazo, jismlar holatiga doir masalalarni ko‘rib chiqadi.
Ibn Sino fizikaga ta’rif berib “fizika shunday fanki, u materiyadan ajratib bo‘lmaydigan holat va qarashlarni o‘rganadi” deydi.
Inersiyani Ibn Sino harakat prinsipi sifatida asoslagan, bu dastlabki aytilgan ilmiy fikr Galiley tomonidan 600 yildan so‘ng fanga kiritilgan. Jismni harakatga keltiruvchi sabab “Impuls” haqidagi nazariy ta’limot arab olimlari Ibn Badjja, Al-Bitrudjilar orqali XIII asrda Parij Universitetiga etkazilgan va bu ta’limot J.Brudian tomonidan to‘liq ilmiy asoslangan.
Ibn Sino tomonidan to‘g‘ri chiziqli harakatni egri chiziqli harakatga o‘tishi haqidagi ilmiy tadqiqotlarini ham Dekart, N’yuton va Galileylar tomonidan o‘rganilgan. Galiley 600 yildan so‘ng to‘g‘ri chiziqli va egri chiziqli harakat mexanik harakatning ikki ko‘rinishi ekanligi haqidagi qonunni bayon qildi. Ibn Sino richag yukni ko‘tarish uchun ishlatiladi, ammo uning uchun tanch, ya’ni boshqa jismga tayanish zarurdir deb aytgan. Arximedning agar tayanch topib bersangiz richag yordamida erni ham ko‘tarish mumkin degan fikri Ibn Sinoning richag haqidagi ta’limotiga asoslangandir.
Ibn Sino Abu Rayxon Beruniy bilan xat orqali qilgan munozaralarida issiqlikdan kengayish va sovuqlikdan torayish sabablariga o‘z qarashlarini bayon etib, geometrik optika masalalari, umuman akustika, elektr, magnetizm masalalari bilan ham etarli darajada shug‘ullangan. Abu Rayxon Beruniy materiya, o‘lchov birliklari, tezlik chiziqli va burchak tezlik, atmosfera bosimi suyuqlik zarrachalari orasidagi tortishish kuchi, inersiya, jismlarning erkin tushishi sohasidagi ilmiy tadqiqotlari fizika fani rivojlanishiga ulkan hissa qo‘shdi. N’yutonning yorug‘lik tabiati haqidagi korpuskulyar nazariyasining yaratilishiga Abu Rayxon Beruniyning yorug‘lik bu moddiy zarralar dastasi deb ta’riflashi sabab bo‘lgan.
SHu bilan birga u yorug‘likning qaytishi, sinishi, ranglarga bo‘linishi singari hodisalarni tushuntirishga uringan. U magnit qutblari, magnit xossalarining tashqi kuch ta’sirida o‘zgarishni tushuntirishdagi fikrlarini olg‘a surib bayon etishi bilan qanoatlanmay “elektron” terminini tushuntirish uchun qahrabo so‘ziga izoh berdi. “Qahrabo” so‘zini fanga kiritishi singari masalalar bilan shug‘ullanibgina qolmay, yorug‘lik energiyasining issiqlik energiyasiga, magnit maydon energiyasining mexanik energiyaga aylanishi haqida yuritilgan mulohazalari va o‘tkazgan tajribalari o‘z zamonasi fanining taraqqiyoti mazmuniga xos belgilardan ekanligi Abu Rayxon Beruniyning fizik olim sifatida buyuk siymo ekanligiga dalildir.
Mashhur o‘zbek astronomi va matematigi Ulug‘bek Muhammad Tarag‘ay otasining kutubxonasida o‘zining mustaqil ravishda fanni o‘rganish ishini davom ettirib astronomiya fanini alohida muhabbat bilan o‘rgandi. U Samarqand astronomiya rasadxonasini (1424-1428 yy) qurib, o‘zi loyihalagan asboblar bilan jihozladi va 1437 yilda “Ziji jadidi Ko‘rogoniy” asarini yaratdi, bu buyuk asar astronomiyaning nazariy asosining bayoni bo‘lib 1018 yo’lduzning osmondagi vaziyatini ifodalovchi katologdan iboratdir, bu jadval bir yil davomida kechadigan astronomik jarayonlarni ifodalaydi.
Ulug‘bekning eng yirik ilmiy tadqiqotlari uning “Astronomik jadval” nomli asaridir. Uning bu kitobi Londonda uch marta 1650, 1652, 1665 yillarda, Parijda 1853 yilda, Amerikada 1917 yilda nashr etilib, Ulug‘bekning dunyo fani oldidagi xizmatlari ayon bo‘ldi.
Muhammad Ibn Muso Xorazmiy, aniq fanlar vakillarining ilmiy faoliyati Beruniy astronomiyasiga oid ko‘plab ilmiy asarlar yozib qoldirgan.
Beruniy bevosita o‘lchash yo‘li bilan Er kurrasining kattaligini, radiusini va aylanasini fanda birinchi marta hisoblab berdi.
Beruniy favvora bo‘lib erdan otilib chiquvchi suv balandligi er osti suvlari yuzalarining balandligiga bog‘liq ekanligini mutloq tushuntirib bergan, afsuski bu ta’limot fanda hozirgi vaqtda Torigelli nomi bilan bog‘lib bo‘lib tutash idishlar qonuni deb yuritilmoqda


2. Mirzo (keyinchalik Sulton) Muhammad ibn Shohrux ibn Temur Ulugʻbek Koʻragon — Temuriylar davlatining hukmdori, Shohruxning oʻgʻli. Buyuk Oʻzbek astronomi (Yulduzshunos) va matematigi.
Ulugʻbek 1411-yildan 1449-yilgacha bugungi Oʻzbekiston, Tojikiston,Turkmaniston, Qirgʻiziston, Janubiy Qozogʻiston, Eron va Afgʻoniston Turkistonida hukmdorlik qilgan.
Mirzo Ulugʻbek davrida Samarqand gullab-yashnadi. Uning farmoyishi bilan 1417-yilda Buxoroda, 1420-yilda Samarqandda va 1433-yilda Gʻijduvonda madrasalar barpo etildi. Marv shahrida xayriya muassasalari qurildi. Bibixonim masjidi, Amir Temur maqbarasi, Shohi Zinda ansambli qurilishlari nihoyasiga yetkazildi. Shuningdek, Ulugʻbek karvonsaroy, tim, chorsu, hammom kabi talay jamoat binolari ham barpo ettirgan. Samarqanddagi XV asr meʼmorchiligining nodir namunalaridan biri Ulug‘bek rasadxonasidir. Bu inshoot Ulugʻbek farmoyishi bilan 1428-1429-yillarda Koʻhak tepaligida bunyod etilgan. Ulugʻbek ilm-fan olamida buyuk astronom sifatida mashhur. Bu borada u amalga oshirgan eng buyuk ish "Ziji jadidi Koʻragoniy" deb nomlangan astronomik jadval sanaladi. Ulug‘bek tibbiyot va musiqa bilan qiziqqan, sheʼrlar ham yozgan.Alisher Navoiyning „Majolis un-nafois“ asarida uning sheʼrlaridan namunalar keltirilgan. Olimdan bizga 4 ta asar meros qolgan: 1) „Ziji jadidi Koʻragoniy“ — astronomiyaga oid; 2) „Bir daraja sinusini aniqlash haqida risola“ — matematikaga oid; 3) „Risolayi Ulug‘bek“ — yulduzlarga bag‘ishlangan; 4) „Tarixi arba’ ulus“ (To‘rt ulus tarixi) — tarixga oid. U 1437-yilda 994 yulduz toʻplamini "Ziji sultoniy" asarida tartib berganki, u hozirgi paytda ham yulduzlar bilimi sohasida dunyoning eng buyuk asarlaridan biri sanaladi. Ushbu asar 1665-yilda Oxfordda Thomas Hyde tamonidan, 1843-yilda Fransiya Bailly tamonidan va 1917-yilda Edward Ball Knobel tamonidan yangidan tahrirlanib bosilgan. Ulugʻbek undan keyin bir yilni 365 kun, 5 soat, 49 daqiqa va 15 sonya deb belgilagan. Ulug'bek ushbu hisobida faqatgina 25 soniya xato qilgan ekan. Undan boshqa Ulugʻbek yer yuzini oʻrtalik kajligini 23.52 daraja deb belgilagan va bu yuz yillar davomida eng toʻgʻri va aniq oʻlcham deb topilgan[1].

Download 0,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish