Fizika8 Uzb i-bob 1-26. pmd


Internet haqida tushuncha



Download 2,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet230/232
Sana26.07.2021
Hajmi2,75 Mb.
#129473
1   ...   224   225   226   227   228   229   230   231   232
Bog'liq
Fizika. 8-sinf

Internet haqida tushuncha
Internet — bu bir-biri bilan aloqa kanallari bo‘yicha muloqot
qiladigan turli xil kompyuter tarmoqlarining butunjahon tizimi.
Internet istalgan foydalanuvchi uchun ochiq bo‘lgan, umumiy
murojaat qilinadigan tarmoqdir. Hozirda internet jahondagi yuz
millionlab foydalanuvchilarni birlashtirgan bo‘lib, ularning soni har yili
deyarli ikki marta ko‘paymoqda. 2009-yilda ularning soni bir milliarddan
oshgan. Uyali telefonlar orqali ham internetga bog‘lanish mumkin.
Hozirda har kim o‘zining shaxsiy kompyuterini internetga ulay oladi.
Har kim internet tarmog‘idan qiziqqan ma’lumotlarni olishi, tarmoq
bo‘yicha o‘zining istalgan mamlakatdagi hamkasblariga xatlarni yuborishi
va qabul qilib olishi, o‘zining reklamasini joylashtirishi, turli fotosuratlar,
musiqa, klið, videofilmlar, video o‘yinlarni olishi mumkin.
Internet — bu axborotlarning cheksiz dunyosi. U Yer yuzidagi yuz
millionlab kompyuterlarni va lokal tarmoqlarni birlashtiradi.
Internetga ulanish xizmat ko‘rsatuvchi kompaniyalar — provayderlar
orqali amalga oshiriladi. Provayderlar o‘z mijozlariga xizmat ko‘rsatib boradi.
Tarmoqqa ulangan har bir kompyuter o‘zining manziliga ega, shu
manzil bo‘yicha uni dunyoning istalgan nuqtasidan boshqa abonent topib
olishi mumkin.
Internet tarmog‘idan axborot oluvchi kompyuterlar mijozlar deb
ataladi. Mijozlarni axborot bilan ta’minlovchi kompyuterlar ham bor,
bular  serverlar (tabiiyki, serverlar ham ma’lumot oladilar, aniqrog‘i
uni yig‘adilar, lekin baribir ularning asosiy vazifasi axborotni berishdir).
Internetning muhim xususiyati shundaki, u turli xil tarmoqlarni
birlashtiradi va bunda tarmoqqa ulangan barcha kompyuterlar teng
huquqlidir.
O‘zbekistonda internetga ulanishga doir xizmatlar 1997-yildan
boshlangan. Mamlakatimizda jadal rivojlanayotgan kompyuterlashtirish
internet tarmog‘ining ham kengayib borishiga imkon bermoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2001-yilda
qabul qilingan «Internetning xalqaro axborot tizimlariga kirib borishni
ta’minlash dasturini ishlab chiqishni tashkil etish chora-tadbirlari
to‘g‘risida»gi qarori O‘zbekistonning bu borada xalqaro miqyosda o‘z
mavqeyiga ega bo‘lishiga xizmat qilmoqda.

Download 2,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   224   225   226   227   228   229   230   231   232




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish