Fizika8 Uzb i-bob 1-26. pmd


Nanotexnologiya haqida tushuncha



Download 2,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet231/232
Sana26.07.2021
Hajmi2,75 Mb.
#129473
1   ...   224   225   226   227   228   229   230   231   232
Bog'liq
Fizika. 8-sinf

Nanotexnologiya haqida tushuncha
ÕÕ asrning 50-yillarida yaratilgan va bor-yo‘gi to‘rt arifmetik amalni
bajara oladigan dastlabki kompyuter uy xonasidek joyni egallagan. Bu
kompyuter diod, triod kabi elektron lampalarda ishlagan. 1950—1970-
yillardagi radio, televizor va boshqalar ham, asosan, elektron lampalarda
54-§. Hozirgi zamon aloqa vositalari


153
ishlar edi. Yarimo‘tkazgichlar fizikasi sohasida erishilgan yutuqlar
natijasida 1970—1980-yillardan boshlab elektron lampalar o‘rnini
yarimo‘tkazgichli diod, tranzistor kabilar egalladi. Radioelektronika
sohasining taraqqiyoti natijasida integral sxemalar, mikrosxemalar
yaratildi. Bir necha m
3
 hajm joyni oladigan lampali sxema o‘rnini gugurt
qutisi yuzasidek, hatto, 1 sm
2
 dan ham kichik yuzali integral sxema
egalladi. Ularning radiotexnikada qo‘llanilishi natijasida hozirgi zamon
radio-televizorlari, videokameralar va videotelevizorlar, kompyuterlar,
uyali telefonlar va boshqalar hayotimizdan o‘rin oldi.
Elektronika sohasi rivojlanib bormoqda. Bu sohaning obyekti shu
darajada kichiklashdiki, uning o‘lchami atom va molekulalarning
o‘lchami darajasiga borgan sari yaqinlashmoqda. Bularning barchasi
«nanotexnologiya» deb ataluvchi sohaning vujudga kelishiga va shiddat bilan
rivojlanishga olib keldi.
Grekcha «nanos» – «mitti» demakdir. Nano — milliarddan bir ulushni
bildiradi. Masalan, 1 m = 10
–9
 nm (nanometr) yoki 1 nm = 10
−9
 m. Atom
va molekulalarning o‘lchami, ular orasidagi masofa ham deyarli shu
tartibda bo‘ladi. Bir necha atomlardan iborat tuzilmalardagi xossalarni,
ularda sodir bo‘ladigan jarayonlarni va ularni amalga tatbiq qilish
usullarini o‘rganadigan yo‘nalish nanotexnologiya deb ataladi.
Nanotexnologiya elektronika sohasi uchun zarur parametrli nano-
sistemalarni yaratish ustida tatqiqot ishlarini olib boradi. Bunda o‘r-
ganilayotgan obyekt o‘lchami 1−5 nm bo‘lganda 1000 tacha atom,
5−100 nm bo‘lganda esa 10
3
−10
8
 ta atom  qamrab olinadi.
XXI asrda nanotexnologiya sohasi bilan birgalikda boshqa nanofan-
lar – nanofizika, nanoelektronika, nanokimyo, nanobiologiya, nano-
tibbiyot kabi sohalarning ham taraqqiyoti kutilmoqda. Ularning barchasi
elektronika, energetika, axborot texnologiyasi, tibbiyot, mahsulotlar
ishlab chiqarish va boshqa sohalarning yuksak darajada rivojlanishiga olib
keladi. Bu esa, o‘z navbatida, insoniyatning farovon hayot kechirishi
uchun xizmat qiladi.
1. Uyali telefon haqida nimalarni bilasiz? Uning nomi qanday ma’noni bildiradi?
2. Nima uchun uyali telefonning antennasi uzun emas?
3. Internetga ulanib, qanday ishlarni bajarish mumkin?
4. Elektronika sohasida erishilgan yutuqlarni aytib bering.
5. Nanotexnologiya nima va bu sohaning rivojlanishidan nimalarni kutish mumkin?

Download 2,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   224   225   226   227   228   229   230   231   232




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish