Fiziologiya



Download 1,6 Mb.
bet24/38
Sana14.07.2022
Hajmi1,6 Mb.
#794637
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   38
Bog'liq
Fiziologiya

So’rilish
Turli moddalarning bo’shliqlar, ichi kovak a’zolar va biror yuzadan hujayralar, ular membranasi yoki hujaraaro yo’llar orqali kon va limfaga tashilishiga so’rilish deyiladi. Hujayra membranasi turli moddalarga nisbatan bir xil utkazuvchanlikka ega emas. O’tkazuvchanlik so’riladigan modda xossalari, uning molekulalari kattaligi va tuzilishiga hamda uni amalga oshiradigan mexanizmlarga bog’liq. Makro- va mikromolekulalarning tashilishi farqladi. Makromolekulalar va ularning agregatlari tashilishi fagostitoz va pinostitoz yo’li bilan amalga oshiriladi va endostitoz deb ataladi. Moddalarning muayyan miqdori hujayraaro oraliqdan tashilishi - persorbstiya kilinishi mumkin.Bu yo’l bilan bir oz oqsillar (antilelolar, allergenlar, fermentlar),ba’zi bo’yoqlar, hatto bakteriyalar ichak bo’shlig’idan organizm ichki muhitiga o’tadi. Hujayra ichidagi hazm jarayoni endostitoz bilan bog’liq.
Me’da-ichak bo’shlig’idan organizm ichki muhitiga asosan mikromoleku-lalar tashiladi. Bu transport nofaol va faol transportga bo’linadi. Nofaol transport diffuziya, filtrastiya va osmosni o’z ichiga oladi. U tashiladigan moddalarning konstentrastion, osmotik va elektrokimyoviy gradientlari tufayli sodir bo’ladi. Faol transport moddalarning konstentrastion, osmotik va elektrokimyoviy gradientlarga qarshi membrana orqali tashilishidan iborat va maxsus transport tizimlar: harakatchan (mobil) tashuvchilar, konformastion tashuvchilar va membranadagi transport kanallari ishtirokida bajariladi. Ko’pchilik monomerlarning tashilishi natriy ionlari tashilishiga bog’liq, energiya sarfi va K+ - Na+-ATF -aza fermenti ishtirokida bajariladi. Suv va ionlarning bir qismi me’da ichak bo’shlig’idan hujayraaro bo’shliq orqali tashiladi.
Hazm tizimining faoliyati turli (issiq, sovuq, shovqin, ortiqcha dori iste’mol qilish, nerv yuklamasi, harakatning cheklanganligi v.b.)omillar ta’sirida bo’ladi. Masalan, harakat cheklanganda (gipodinamiyada ) membrana hazmida ishtirok etadigan ichak fermentlaridan gamma-amilaza va dipeptidazaning faolligi pasayib, saxarazaning faolligi esa oshadi. Issiq harorat bo’shliqdagi hazm jarayonini muay-yan darajada susaytiradi, membrana hazmini oshiradi. Kimyoviy moddalar bilan zaxarlanganda, ayniqsa ichakdagi hazm jarayoni buziladi. Masalan, geksoxlor-stiklogeksan oqsillar, karbonsuvlar va yog’larni membranada gidrolizlanishini pasaytirib, ichakni yuqori bo’limini ko’proq jarohatlaydi, natijada gidrolitik va transport jarayonlarining topografik taqsimlanishi o’zgaradi. Bunda gidrolizlanish-ning maksimumi ingichka ichakning distal qismiga kuchadi. Bu holat esa yog’larning o’zlashtirilishini susaytiradi.
Me’dada so’rilish juda kam bo’lib,suv va unda erigan mineral tuzlar, alkogolning kuchsiz eritmalari, glyukoza va juda kam miqdorda aminokislotalar so’riladi. O’n ikki barmoq ichakda ham so’rilish nisbatan kam. So’rilish jarayo-nining asosiy qismi och ichak va yonbosh ichakda sodir bo’ladi. Ingichka ichakda gidroliz natijasida hosil bo’lgan monomerlar, tayyor holda kiritilgan monomerlarga nisbatan tezroq so’riladi. Ichak ichidagi bosim 8-10 mm sim.ust.gacha ko’tarilganda osh tuzi eritmasining so’rilish tezligi ikki baravar oshadi. Bu hodisa so’rilish jarayonida filtrastiya va ichak harakatlarining mohiyatini ko’rsatadi.
Ingichka ichakdan moddalarning so’rilishida vorsinkalarning roli juda katta. Odamda ingichka ichak devorining satxi 5m2 bo’lib, vorsinkalar, mikrovorsinkalar va ulardagi hoshiyali epiteliy bu yuzani 500 m2 gacha oshiradi. Bundan tashqari vorsinkalar qisqarishi tufayli ulardagi limfa tomirlari kisilib, limfa siqib chiqariladi va oqibatda markaziy limfa tomiri so’rish qobiliyatiga ega bo’ladi. Vorsinkalar bo’shashganda klapanlar borligi sababli limfa orqaga oqmaydi. Vorsinkalar asosining mexanik va kimyoviy ta’sirlanishi ularning qisqarishini kuchaytiradi.
Ichak shilliq pardasi ostida joylashgan Meysner asab chigali bu jarayonda muhim rol o’ynaydi. Vorsinka va mikrovorsinkalar qisqarishiga gumoral omillar ham ta’sir etadi. O’n ikki barmoq ichak va och ichak shilliq pardasida me’dadan o’tgan ximus ta’sirida villikinin gormoni hosil bo’ladi. Villikinin ham vorsinkalar qisqarishini qo’zg’atadi.Yo’g’on ichakdan ovqat moddalar odatda juda kam so’riladi. Yo’g’on ichakdan glyukoza, aminokislotalar va boshqa ba’zi osonlikcha so’riladigan moddalar so’rilishi mumkin.Shunga asoslanib oziqlantiruvchi klizmalar qilinadi,ya’ni to’g’ri ichakka oziqa moddalar yuboriladi.

Download 1,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish