Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Majburiyat huquqi. Majburiyatlarning alohida turlari] 3-kichik bo‘lim


-modda. Sotib oluvchining tovarni qabul qilish majburiyati



Download 0,5 Mb.
bet13/324
Sana31.03.2022
Hajmi0,5 Mb.
#520875
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   324
Bog'liq
Fuqorolik kodeksi 2 qism

417-modda. Sotib oluvchining tovarni qabul qilish majburiyati
Sotib oluvchi o‘ziga sotuvchi tomonidan topshirilgan tovarni qabul qilib olishi shart, u tovarni almashtirib berishni talab qilish yoki oldi-sotdi shartnomasini bajarishni rad etishga haqli bo‘lgan hollar bundan mustasno.
Oldingi tahrirga qarang.
Agar qonunchilikda yoki oldi-sotdi shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, sotib oluvchi odatda qo‘yiladigan talablarga muvofiq tegishli tovarni topshirish va olishni ta’minlash uchun o‘zi tomonidan zarur bo‘lgan harakatlarni amalga oshirishi lozim.
(417-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Sotib oluvchi qonunchilik yoki oldi-sotdi shartnomasini buzgan holda tovarni qabul qilmasa yoki qabul qilishdan bosh tortsa, sotuvchi shartnomani bajarishdan bosh tortish va zararni qoplashni talab qilishga haqli.
(417-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qarang: “Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to‘g‘risida”gi Qonunning 31-moddasi.
418-modda. Tovarning bahosi
Oldingi tahrirga qarang.
Sotib oluvchi tovar haqini ushbu Kodeksning 356-moddasiga muvofiq belgilanadigan bahoda to‘lashi, shuningdek qonunchilik, oldi-sotdi shartnomasi yoki odatda qo‘yiladigan talablarga muvofiq to‘lovni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan harakatlarni o‘z hisobidan bajarishi lozim.
(418-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Tovarning bahosi uning og‘irligiga qarab belgilanadigan bo‘lsa, agar oldi-sotdi shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, u sof og‘irligi bo‘yicha aniqlanadi.
Agar oldi-sotdi shartnomasida tovarning bahosi uni belgilaydigan ko‘rsatkichlar (tannarx, xarajatlar va hokazo)ga qarab o‘zgartirilishi lozimligi nazarda tutilgan bo‘lsa, ammo shu bilan birga, bahoni qayta ko‘rib chiqish usuli belgilangan bo‘lmasa, baho ushbu ko‘rsatkichlarning shartnoma tuzilgan paytdagi va tovarni topshirish paytidagi o‘zaro nisbatidan kelib chiqqan holda belgilanadi. Sotuvchi tovarni topshirish majburiyatini bajarishni kechiktirib yuborganida baho ushbu ko‘rsatkichlarning shartnoma tuzilgan paytdagi va shartnomada nazarda tutilgan tovar topshiriladigan paytdagi, agar shartnomada tovarni topshirish payti nazarda tutilgan bo‘lmasa, ushbu Kodeksning 242-moddasiga muvofiq aniqlangan paytdagi nisbatidan kelib chiqqan holda belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Agar qonunchilikda yoki oldi-sotdi shartnomasida boshqacha tartib belgilangan bo‘lmasa va u majburiyatning mohiyatidan kelib chiqmasa, ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan qoidalar qo‘llanadi.
(418-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

Download 0,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   324




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish