Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Majburiyat huquqi. Majburiyatlarning alohida turlari] 3-kichik bo‘lim


-modda. Sotib oluvchiga sifati tegishli darajada bo‘lmagan tovar sotilganida uning huquqlari



Download 0,5 Mb.
bet21/324
Sana31.03.2022
Hajmi0,5 Mb.
#520875
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   324
Bog'liq
Fuqorolik kodeksi 2 qism

434-modda. Sotib oluvchiga sifati tegishli darajada bo‘lmagan tovar sotilganida uning huquqlari
Sotib oluvchiga sifati tegishli darajada bo‘lmagan tovar sotilganida, agar uning kamchiliklari shartnoma tuzish paytida ma’lum qilinmagan bo‘lsa, sotib oluvchi o‘z xohishiga ko‘ra:
xuddi shu markadagi (modeldagi, artikuldagi) sifati tegishli darajada bo‘lgan tovarga almashtirishni;
xarid narxini tegishincha qayta hisoblagan holda boshqa markadagi (modeldagi, artikuldagi) sifati tegishli darajada bo‘lgan tovarga almashtirishni;
tovarning kamchiliklarini tekinga bartaraf etishni yoki sotib oluvchi yoxud uchinchi shaxs tomonidan tovarning kamchiliklarini bartaraf etish uchun qilingan xarajatlar qoplanishini;
xarid narxini mutanosib ravishda kamaytirishni;
ko‘rilgan zarar o‘rnini qoplagan holda shartnoma bekor qilinishini talab qilish huquqiga ega.
LexUZ sharhi
Qarang: 1996-yil 26-apreldagi 221-I-son “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunining 15-moddasi, Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 13-fevraldagi 75-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasida chakana savdo Qoidalari”ning 29-bandi.
Tovar uchun to‘langan pul summasini sotib oluvchiga qaytarish vaqtda sotuvchi undan tovardan to‘liq yoki qisman foydalanganligi, tovar ko‘rinishi yo‘qolganligi yoki boshqa shunga o‘xshash holatlar tufayli tovar qiymati qancha pasaygan bo‘lsa, shuncha summani ushlab qolishga haqli emas.
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy Xo‘jalik Sudi Plenumining 2007-yil 28-dekabrdagi 174-son “Sifati tegishli darajada bo‘lmagan mahsulot (tovar)larni yetkazib berish bilan bog‘liq nizolarni hal etish bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi qarorining 4-bandi.
435-modda. Tovarni almashtirganda, xarid narxini kamaytirganda va sifati tegishli darajada bo‘lmagan tovarni qaytarganda baholardagi farqni to‘lash
Tegishli darajada sifatli bo‘lmagan tovarni sifati tegishli darajada bo‘lgan boshqa tovarga almashtirish chog‘ida sotuvchi tovarning chakana oldi-sotdi shartnomasida belgilangan bahosi bilan tovarni almashtirish yoki sud tomonidan tovarni almashtirish to‘g‘risida qaror chiqarish paytida mavjud bo‘lgan tovarning bahosi o‘rtasidagi farqni to‘lashni talab qilishga haqli emas.
Tegishli darajada sifatli bo‘lmagan tovarni xuddi shunday, biroq o‘lchami, andazasi, navi va boshqa belgilari o‘zgacha bo‘lgan tegishli darajada sifatli tovarga almashtirish chog‘ida almashtirilayotgan tovarning almashtirish paytidagi bahosi bilan sifati tegishli darajada bo‘lmagan tovar o‘rniga berilayotgan tovarning bahosi o‘rtasidagi farq to‘lanishi lozim. Agar sotib oluvchining talabi sotuvchi tomonidan qondirilmasa, bu baholar sud tovarni almashtirish to‘g‘risida qaror chiqargan payt bo‘yicha aniqlanadi.
Tovarning xarid narxini mutanosib ravishda kamaytirish to‘g‘risida talab qo‘yilgan taqdirda tovarning bahosini pasaytirish to‘g‘risida talab qo‘yilgan paytdagi, agar sotib oluvchining talabi ixtiyoriy suratda qondirilmagan bo‘lsa, sud bahoni mutanosib ravishda kamaytirish to‘g‘risida qaror chiqargan paytdagi bahosi inobatga olinadi.
Sotuvchiga sifati tegishli darajada bo‘lmagan tovarni qaytarib berish chog‘ida sotib oluvchi chakana oldi-sotdi shartnomasida belgilangan tovarning bahosi bilan uning talabi ixtiyoriy suratda qondirilgan vaqtdagi, agar talab ixtiyoriy suratda qondirilmagan bo‘lsa, sud qaror chiqargan paytdagi tegishli tovarning bahosi o‘rtasidagi farqni to‘lashni talab qilishga haqli.

Download 0,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   324




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish