Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Majburiyat huquqi. Majburiyatlarning alohida turlari] 3-kichik bo‘lim


-modda. Tovar bahosi va uning haqini to‘lash



Download 0,5 Mb.
bet20/324
Sana31.03.2022
Hajmi0,5 Mb.
#520875
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   324
Bog'liq
Fuqorolik kodeksi 2 qism

432-modda. Tovar bahosi va uning haqini to‘lash
Oldingi tahrirga qarang.
Agar qonunchilikda boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa yoki u majburiyatning mohiyatidan kelib chiqmasa, sotib oluvchi tovar haqini chakana oldi-sotdi shartnomasi tuzilgan paytda sotuvchi tomonidan e’lon qilingan bahoda to‘lashi lozim.
(432-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Chakana oldi-sotdi shartnomasida tovarning haqini oldindan to‘lash nazarda tutilgan hollarda, agar taraflar kelishuvida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, sotib oluvchining tovar haqini shartnomada belgilangan muddatda to‘lamasligi uning shartnomani bajarishdan bosh tortishi deb hisoblanadi.
Tovarlarni nasiyaga chakana olish-sotish haqida tuzilgan, shu jumladan sotib oluvchining tovarlar haqini bo‘lib-bo‘lib to‘lashi sharti bilan tuzilgan shartnomalarga nisbatan ushbu Kodeks 421-moddasining to‘rtinchi va beshinchi qismlarida nazarda tutilgan qoidalar qo‘llanmaydi.
Sotib oluvchi tovar haqini bo‘lib-bo‘lib to‘lashning shartnomada belgilangan davrida istagan vaqtida tovar haqini batamom to‘lashga haqli.
433-modda. Tegishli sifatli tovarni almashtirish
Sotib oluvchi o‘ziga nooziq-ovqat tovari topshirilgan paytdan boshlab o‘n kun mobaynida, agar bundan uzoqroq muddat sotuvchi tomonidan e’lon qilinmagan bo‘lsa, xarid qilingan tegishli sifatli tovarni xarid joyida yoki sotuvchi e’lon qilgan boshqa joylarda o‘lchami, shakli, hajmi, andazasi, rangi, to‘plami boshqacha bo‘lgan xuddi shunday tovarga almashtirishga haqli, bunda u narxlarda farq bo‘lgan taqdirda sotuvchi bilan zarur hisob-kitobni amalga oshiradi.
Sotuvchida almashtirish uchun zarur tovar bo‘lmaganida sotib oluvchi xarid qilingan tovarni sotuvchiga qaytarib berish va unga to‘langan pul summasini olish huquqiga ega.
Agar tovardan foydalanilmagan, uning iste’mol xususiyatlari saqlangan bo‘lsa va ushbu sotuvchidan sotib olinganining isboti bo‘lsa, sotib oluvchining tovarni almashtirish yoki qaytarib olish haqidagi talabi qanoatlantirilishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Ushbu moddada ko‘rsatilgan asoslar bo‘yicha almashtirilmaydigan yoki qaytarib olinmaydigan tovarlar ro‘yxati qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda belgilanadi.
(433-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qarang: “Zarur sifatdagi, qaytarib olinmaydigan yoki shunga o‘xshash tovarga almashtirilmaydigan nooziq-ovqat tovarlari ro‘yxati” (Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 13-fevraldagi 75-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasida chakana savdo Qoidalariga 1-ilova).

Download 0,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   324




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish