Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Majburiyat huquqi. Majburiyatlarning alohida turlari] 3-kichik bo‘lim


-modda. Sug‘urtalovchining sug‘urta xavfini baholash huquqi



Download 0,5 Mb.
bet218/324
Sana31.03.2022
Hajmi0,5 Mb.
#520875
1   ...   214   215   216   217   218   219   220   221   ...   324
Bog'liq
Fuqorolik kodeksi 2 qism

932-modda. Sug‘urtalovchining sug‘urta xavfini baholash huquqi
Oldingi tahrirga qarang.
Mol-mulkni sug‘urtalash shartnomasi tuzilayotganida sug‘urtalovchi sug‘urta qilinayotgan mol-mulkni ko‘zdan kechirishga, zarurat bo‘lganda esa uning haqiqiy qiymatini belgilash maqsadida baholashdan o‘tkazishni tashkil etishga haqli.
(932-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2010-yil 17-sentabrdagi O‘RQ-257-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 37-son, 315-modda)
Shaxsiy sug‘urta shartnomasi tuzilayotganida sug‘urtalovchi sug‘urta qilinayotgan shaxs sog‘lig‘ining haqiqiy holatini aniqlash uchun uni tekshirtirishga haqli.
Ushbu modda asosida sug‘urtalovchi tomonidan sug‘urta xavfini baholash boshqa holatni isbotlashga haqli bo‘lgan sug‘urta qildiruvchi uchun majburiy emas.
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudi Plenumining 2017-yil 29-noyabrdagi 45-son “Sudlar tomonidan sug‘urta shartnomasidan kelib chiqadigan nizolarni hal etishda qonun hujjatlarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi Qarori 5-bandining birinchi xatboshisi.
933-modda. Sug‘urta siri
Sug‘urtalovchi sug‘urta qildiruvchi, sug‘urtalangan shaxs va naf oluvchi, ularning sog‘lig‘ining holati to‘g‘risidagi, shuningdek bu shaxslarning mulkiy ahvoli to‘g‘risidagi o‘z kasb faoliyati natijasida o‘zi olgan ma’lumotlarni oshkor qilishga haqli emas. Sug‘urta sirini buzganlik uchun sug‘urtalovchi buzilgan huquqlarning turi va buzish xususiyatiga qarab ushbu Kodeksning 985, 1021 va 1022-moddalari qoidalariga muvofiq javobgar bo‘ladi.
934-modda. Sug‘urta puli
Mulkiy sug‘urta shartnomasi bo‘yicha sug‘urtalovchi sug‘urta tovonini to‘lash majburiyatini oladigan yoki shaxsiy sug‘urta shartnomasi bo‘yicha to‘lash majburiyatini oladigan summa (sug‘urta puli) sug‘urta qildiruvchining sug‘urtalovchi bilan kelishuviga ko‘ra ushbu modda qoidalariga muvofiq belgilanadi.
Mol-mulkni yoki tadbirkorlik xavfini sug‘urta qilishda, agar sug‘urta shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa, sug‘urta puli ularning haqiqiy qiymatidan (sug‘urta qiymatidan) oshmasligi lozim, quyidagilar shular jumlasiga kiradi:
mol-mulk uchun — uning sug‘urta shartnomasini tuzish kuni turgan joyidagi haqiqiy qiymati;
tadbirkorlik xavfi — sug‘urta hodisasi yuz berganida sug‘urta qildiruvchi tadbirkorlik faoliyatidan ko‘rishi mumkin bo‘lgan zarar.
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudi Plenumining 2017-yil 29-noyabrdagi 45-son “Sudlar tomonidan sug‘urta shartnomasidan kelib chiqadigan nizolarni hal etishda qonun hujjatlarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi Qarori 3-bandining ikkinchi xatboshisi.
Oldingi tahrirga qarang.
Shaxsiy sug‘urta shartnomalarida va fuqaroviy javobgarlikni sug‘urtalash shartnomalarida sug‘urta pulini taraflar o‘z ixtiyorlariga ko‘ra aniqlaydilar, qonunda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
(934-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 21-apreldagi O‘RQ-156-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 17-son, 129-modda)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Baholash faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuni, “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi Qonuni.

Download 0,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   214   215   216   217   218   219   220   221   ...   324




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish