Furqat indd



Download 1,77 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/228
Sana14.04.2022
Hajmi1,77 Mb.
#550051
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   228
Bog'liq
2 5193075911422903705

Yusupov FURQAT
* * *
Akbar ertasi kuni bozordan chiqib uyiga shoshilayotgandi. Sa-
babi – bugun uning tug‘ilgan kuni. Uyida mehmonlar kutishayot-
gandi. Shu bois mashinasi tezligini oshirdi. Kutilmaganda yo‘l-pat-
rul xizmati xodimlari chiqib, mashinasini to‘xtatishdi. “Obbo, shu 
kamlik qilayotgandi”, deb asta mashinadan tushar ekan, o‘ziga o‘zi 
pichirladi: “Ishqilib bular hakam ekanligimni bilib qolmasin-da”. 
Afsuski, ular ham Akbarni tanib qolishdi.
– Adashmasam, siz hakamsiz, shundaymi?
– Yo‘g‘-ey, nimalar deyapsiz, shifokorman, – tap tortmay yolg‘on 
gapirishga tushdi Akbar.
– Yo‘q-yo‘q, sizni juda yaxshi taniyman, – e’tiroz bildirdi yo‘l-pat-
rul xodimlaridan biri. – Bizning jamoaga nisbatan adolatsizlik qil-
gandingiz. O‘shanda bu hakam qo‘limga tushsa, sog‘ qo‘ymayman, 
deb og‘aynilarimga so‘z bergandim. Nihoyat, so‘zimning ustidan 
chiqadigan kun ham yetib keldi.
– Shoshmay turing. Ba’zida xatolarga yo‘l qo‘yib turaman. Ayti-
shadi-ku, beayb parvardigor deb... Biz ham xom sut emgan ban-
damiz axir. Bir safar kechira qoling endi. Bugun tug‘ilgan kunim edi. 
– Xo‘p janob hakam. Kechiramiz. Tug‘ilgan kuningiz muborak 
bo‘lsin!
Rahmat aka, – deya mashinaga shoshayotgan ediki, bir milit-
siya xodimlari birdan uni yana huzuriga chaqirdilar. 
– To‘xtang. Bilasizmi, sizni ko‘rsa otarga o‘qi yo‘q muxlislar 
had dan tashqari ko‘p. Shu sababli bugun, tug‘ilgan kuningiz-
da sog‘lig‘ingiz uchun qadah ko‘tarmasak bo‘lmaydi. Shunga har 
birimizga besh mingdan berib ketasiz endi! Har holda, sizning foy-
dangizni o‘ylayapmiz. 
– Rahmat aka. Mana, olinglar, doim shunaqa mijozlar uchrab 
tursin.


13
FUTBOL FALSAFASI
“Uff... Xudoga shukr, qutuldim”, deb juftakni rostlamoqchi 
bo‘lib turganida, haligi militsioner mashina yoniga kelib, yana so‘z 
qotdi: “Mabodo itga ehtiyoj sezsangiz, menda bor. Uni sizga sovg‘a 
qilishim mumkin. Harqalay, itim bilan bemalol yurardingiz...” 
– Iting boshingda qolsin, ho‘v maymun, – jahli chiqqanidan mi-
litsiya xodimini so‘kib yubordi Akbar. Bu esa patrul xodimlarini qu-
yushqondan chiqishlariga sabab bo‘ldi. Ular qoidaga xilof tarzda ish 
tutgan hakamning nafaqat haydovchilik, balki mashina hujjatlarini 
ham olib qo‘yishdi. Akbar esa afsusda. Lekin endi kech edi. Hay-
dovchilik guvohnomasidan ayrilgan Akbar uyiga taksida qaytdi. 
Yo‘l-yo‘lakay haydovchi bilan suhbat qurib bordi. Qarangki, hay-
dovchi ham Akbarni tanib qoldi. 
– Mabodo siz hakam emasmisiz? 
– Ha, tanidingizmi? – o‘zini mashhur kishiday tutdi Akbar. 
– Sizni tanimay bo‘larkanmi? O‘tgan kungi “Vodiy derbisi” esi-
ngizdami?
– Ha, esimda..., – bu ham meni so‘kmoqchi, chog‘i, o‘ylanibroq 
javob berdi Akbar. 
– O‘shanda sizga sovg‘a bermoqchi edim. Lekin imkon topilma-
di. Mana bugun imkoniyat tug‘ildi. Ushbu ko‘zoynak sizga, janob 
hakam. Buni maydonga taqib tushsangiz, biz – muxlislar sizdan 
xursand bo‘lardik. Esingizda bo‘lsa, “Vodiy derbisi”da mehmonlar 
o‘yin qoidasini buzishgani uchun mezbonlar vakilini maydondan 
chetlatgandingiz. Ko‘zoynakni taqib yursangiz, jamoalarni farqlay 
olasiz... 
– Xo‘p rahmat, o‘sha voqea uchun uzr so‘rayman... Akbar na 
yig‘lash, na kulishni bilardi. Shu tobda mashina svetoforda to‘xtadi. 
Taksi yoniga axlat tashuvchi yuk mashinasi ham to‘xtadi. Taksichi 
mashina oynasini tushirib, uning haydovchisiga so‘z qotdi: 
– Salom hamkasb, ishlar yaxshimi? 


14

Download 1,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   228




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish