Furqat indd



Download 1,77 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/228
Sana14.04.2022
Hajmi1,77 Mb.
#550051
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   228
Bog'liq
2 5193075911422903705

Yusupov FURQAT
– Qanaqa qilib sen bilan hamkasb bo‘lay? Ko‘rmayapsanmi, nima 
olib ketayotganimni? 
Haydovchi mashinaning orqa o‘rindig‘iga ishora qilib, ba land 
ovozda javob berdi: “Sen ham ko‘rib qo‘y, ikkimiz bir xil narsa 
olib ketyapmiz”. Bunaqa haqoratga chidolmagan Akbar shartta 
mashinadan tushib ketdi. Taksichi mazza qilib kulganidanmi yoki 
hakamning boplab ta’zirini berganidanmi, yo‘lkira olishni unutib 
yo‘lida davom etdi. Akbar bo‘lsa jahli chiqqanligidan boshqa taksi-
ga o‘tirgisi kelmay uyiga yayov yo‘l oldi. 
2012
TO‘Y
Krishtianu Ronaldu va Irina Sheyk uzoq kutgan kun – nikoh to‘yi 
sanasi ham yetib keldi. To‘yxona kazo-kazo mehmonlar bilan liq 
to‘lgan. Martabali mehmonlar orasida butun boshli “Real” a’zolari, 
shuningdek, Krishtianu bilan “MYU” va “Sporting” klublarida 
o‘ynagan futbolchilar, ser Aleks Fergyusson, Luis Felipe Skolari kabi 
zamonamizning buyuk murabbiylarini ko‘rish mumkin edi. Bir to-
monda model Irina Sheykning mashhurlik bobida futbolchilardan 
sira qolishmaydigan hamkasblari-yu, shou-biznes yulduzlari saf 
tortib turishibdi: Naomi Kempbell, Nikol Kidman, Britni Spirs, En-
rike Iglesias, Anjelina Joli, Bred Pitt... Qo‘yingki, moda, kino va es
-
trada olamining eng sara namoyandalari jam bo‘lishgan. Qolaversa
bir qator mashhur sportchilar (albatta boshqa turlar bo‘yicha), ke
-
lin-kuyovning do‘stlari, yaqinlari yig‘ilishgan. Qisqasi, bazmga 1000 
nafardan ziyod martabali mehmon taklif etilganining o‘zi to‘yning 
naqadar ahamiyatli voqelik ekanligidan dalolat berib turibdi. 
Nihoyat, kelin-kuyov davraga “We are the Champions” taronasi 
sadolari ostida kirib kelishdi. Mehmonlar futbolga mos ravishda 1-4-


15
FUTBOL FALSAFASI
4-2 taktik sxemasi bo‘yicha joy olishgan. Marosim sababchilarining 
o‘ng tomonida kuyovjo‘ralar, chap tomonida ne-ne hurliqo go‘zallar. 
Markaz esa murabbiylar shtabi a’zolari, taniqli san’atkorlar va bosh-
qa sportchilar bilan band. To‘yxonaning to‘ri, tabiiyki, Krishtianu va 
Irinaning eng yaqin qarindoshlari, qo‘ni-qo‘shnilari-yu, do‘stlariga 
ajratilgan. Sahna ajoyib tarzda bezatilgan. Ya’ni har bir Estrada yul-
duzi maroq bilan kuylashi mumkin. Qarangki, davrakashlik mash-
hur hakam Xovard Uebb zimmasiga yuklatildi. U marosimni tabrik 
so‘zi bilan ochar ekan, darrov o‘z ishini qildi: to‘yxonaga shirakayf 
bo‘lib kelgan va to‘s-to‘polon ko‘tarayotgan Pepeni qizil kartochka 
yordamida sahnadan chetlashtirdi. Bu narsa Joze Mourinyoga sira 
yoqmadi, shekilli, u suxandonga qarata ikki qo‘lini kishanlangan 
holatda ko‘rsatdi. Portugaliyalik bu bilan Uebbning qamalib ketishi-
ga shama qildi, go‘yo... 
Xerard Pike tabiiyki, to‘yga mahbubasi – Shakira hamrohligida 
kelgan. Ko‘p o‘tmay kolumbiyalik shaddod xonanda mikrofonni 
qo‘lga olib, “Waka-waka”ni kuylay boshladi. U bu bilan barchani 
raqsga taklif etganday bo‘ldi. Yig‘ilganlar xursand, raqs ayni avj pal-
lasida. Biroq Mesut Ozilning g‘ashi keldi, chog‘i, turkcha lezginka-
ga buyurtma berib, Nuri Shahin va Hamit Oltintopga master-klass 
ko‘rsatishga tushdi. Ozilning harakatlaridan ruhlangan Marselo va 
Kaka brazilcha sambani ko‘z-ko‘z qilishdi. Keyin navbat ispanlar-
ga yetib keldi. Iker Kasilyas, Serxio Ramos, Xabi Alonso, Alvaro Ar-
beloa davrani to‘ldirib, ispancha musiqaga yayrab raqs tushishdi-
ki, atrofni chang-to‘zon tutib ketdi. Messi, Pike, Inesta, Runi, Nani, 
Giggz, Skoulz kabi martabali mehmonlar esa raqqosalar bilan sokin 
musiqaga hamohang harakatlanishni ma’qul topishdi. Ser Fergi ho-
tamtoy ekan, qistir-qistirni o‘z o‘rniga qo‘ydi. Arsen Venger esa sal 
qurumsoqroq chiqdi: u raqqosalarga dollar yoki yevro emas, balki 
yapon ienasini qistirdi. 


16

Download 1,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   228




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish