Geofizika asoslari va geokimyo



Download 40,46 Kb.
bet2/4
Sana23.01.2022
Hajmi40,46 Kb.
#402714
1   2   3   4
Bog'liq
MI

Burmalarninng tasnifi. O'q yuzasining gorizontal holatiga nisbatan tutgan o'rniga qarab burmalar to'g’ri, qiyshiq, ag’darilgan va yotiq bo'ladi.

O'q tekisligi va qanotlari bir - biriga parallel bo'lgan burmalar izoklinal burmalar hisoblanadi. Qanot tekisliklarini gorizontal enkayishiga qarab ular to'g’ri, agdarma va yotiq xillarga bo'linadi. Antiklinal' va sinklinallarda burma qanotlarining burchagi gorizontga nisbatan 90° dan katta bo'lsa, yelpig’ichsimon burma deb ataladi. Ularda o'q tekisligi pastga, yoki yuqoriga taram-taram bo'lib ketadi. Yelpig’ichsimon burmalar paydo bo'lganda, tog’ jinslarining yelpig’ichiga to'g’ri kelgan qatlamlari ko'pincha shunday siqiladiki, burmalar ichida orol tarzida tog’ jinslaridan bir qismi uzilib qoladi. Bu bukilmaning ezilgan yadrosi deb ataladi. Keng, tekisroq gumbazga va tik qanotga ega bo'lgan burmalar sandiqsimon yoki qutisimon burmalar deb ataladi.

Antiklinal' burmalar kesmada qanday shaklda bo'lishidan qat’iy nazar, uning yadrosida har doim eng qadimgi jinslar, qanotlarda esa, yosh jinslar joylashadi. Sinklinallar yadrosida aksincha, yosh jinslar, qanotlarida qadimgi jinslar joylashgan bo'ladi.

Ko’ndalang kesmalarda burma sharnirlari har doim to'g’ri, groizontal chiziqlar bo'yicha bo'lavermaydi. Odatda ular to'lqinsimon bo'lib, bir joyda gorizont tekisligiga nisbatan cho'kkan, boshqa joyda ko'tarilgan bo'ladi. Sharnirning bunday to'lqinlanishi undulyatsiya deb ataladi. (kichikroq to'lqinlarning hosil bo'lishi burmalarning o'qlari ham har doim to'gri chiziq shaklida bo'lmaydi. Ularning egri-bugri shakldagisi geologiyada sigmoidlar deb nom olgan.

Sharnirlari gorizontal, o'k tekisligi vertikal burmalar normal burmalardir. Ularni gorizontal tekislikda kesilsa, qatlamni tashkil etgan jinslar yuzaga yo'l-yo'l shaklda chiqadi. Qarama-qarshi yo'nalishlarda cho'kkan antiklinal burmalar braxiantiklinal burma deb ataladi.

Bunday antiklinal burmalardagi qatlamlar ostida ko'pincha tuz to'plangan bo'lib, ularning gorizontal holdagi kesmasi doira shaklidagi konturlarga ega bo'ladi.

Tog’ jinslari holatlari qalinligining o'zgarishini tekshirish katta amaliy ahamiyatga ega. Burmaning ko'tarilgan va cho'kkan (botgan) qismlarida jins qalinligi ortib boradi, bu hodisa biror qanot qalinligining kamayishi tufayli yuz beradi. Bunday hollarda burmalarning qanotlari shunday siqiladiki, natijada siqilgan qatlam qanotlari butunlay yo’qolib ketadi.

Yer ichki harakatidan qatlamlarni yon tomondan siqilishi natijasida ular 15-40° gacha burchak hosil qilib sinadi va bir tomoni (qatlam) ikkinchi (yon qatlam) tomonga siljib chiqadi, bunga nadvig deyiladi.

Burmalar ichida ximiyaviy - mexanik harakatlar natijasida plastik (osh tuzi, gips, plastik gil va boshqalar) massalarning qisilishdan o'ziga xos struktura kelib chiqadi.

Jins qatlamlari yadrosidan qisilgan massa uning ustiga oqib chiqib, yuzasida yotgan qatlamlar yon tomonga siqilib ko'tariladi va bunda diapir (diapir - grekcha - oqib chiqish) burmalar hosil bo'ladi. Oqib chiqadigan yadro shakllari ham har xil konussimon, taroqsimon, gumbazsimon, silindrsimon) bo'ladi. Diapir burmalarning balandligi 100 m va undan ko'p bo'ladi. Bunday burmalar cho'kindi jinslar orasida tuzlar yoki bo'shoq jinslar ko'p tarqalgan rayonlarda (Qashqadaryodagi yura davri yotqizig’ida) uchraydi va rel’yefda yaqqol ko'rinib turadi.

Fleksura deb ataluvchi burma gorizontal yotuvchi qavatlarning bir tekisda vertikal yo’nalishda harakat qilmasligidan paydo bo'ladi. U jins qavatlarining gorizontal yotishida ayniqsa yaqqol ko'rinadi. Fleksura — uzik burmalarga o'tish bosqichidir.

Darzlik va uzilmali (dizyunktiv) strukturalar. Tog jinslari qatlamlarning buzilishiga, ajralishiga dizyunktiv harakat deb ataladi. Bu bilan harakat tufayli qatlamlarni kesib o'tuvchi yoriqlar (darzlik) namoyon bo'ladi. Yoriqlar katta, kichik hamda sayoz va chuqur bo'lishi mumkin, kichik yoriqlar bir qatlamdan tashqariga chiqmasligi mumkin. Bunday darzlar jins qavati yuzasidagina bo'lib fizik kuch ta’sirida tog’ jinsini qarshiligiga (egiluvchanligi, chidamliligi, mo’rtligi) qarab, ajraluvchan va egiluvchan xillarga bo'linadi. Burmalangan struktura o'ziga parallel yo’nalgan darzlarga klivaj deyiladi.

Chuqur yoriqlar esa juda ko'p qatlamlarni kesib o'tib va minglab m gacha cho'ziladi. Masalan Janubiy Farg’ona chuqur yer yorig’i zonasi, sharqda Oldiyor (Fargona tog’i)dan Uralgacha boradi. Bunday yoriqlarga yondoshgan tog’ jinslari uning qanotlari deb ataladi. Gorizontga enkaygan yoriqlarda osma va yotiq qanotlar bir - biridan farq qiladi.

Paraklaz (tog’ jinslari bir-biriga nisbatan siljib joylashgan tektonik) yoriqlar kattaligi va qanotlar siljishining yo'nalishiga hamda yoriq tekisligi enkayish burchagining kattaligiga qarab belgilanadi. Bu belgilarga qarab uzilmalar (sbros), siljishlar (sdvig) aniqlanadi. Paraklaz yoriqlarini ko'pincha siljish yoriqlari deb ham atashadi, chunki qanotlar shu yoriqlar bo'yicha ko’chadi. Qanotlar nisbiy ko'chishining kattaligi yoriq amplitudasi deb ataladi.

Uzilma siljish deb shunday paraklazlarga aytiladiki, ular qanotlarining ko'chishi (50°dan ortik) qiya yo'nalishda ro'y beradi. Uzilma yoriqlaridan uziluvchi burchak tik yoki qiya bo'lishi mumkin. Agar uzilma yoriqlari pastga qanotlar tomoniga qiya bo'lsa, u normal uzilma deb ataladi.

Ko'tarilgan qanotga qiya bo'lsa, aks uzilma yoki ko'tarilma deb ataladi.Agar uzilma qanotlari bitta yoriq orqali ko'chsa oddiy uzilma hosil bo'ladi. Murakkab uzilmalar ham uchraydi. Ikki yon tomoni cho'kmagan, parallel yoriqlar bilan chegaralangan, o'rtasi cho'kkan joy graben deyiladi. Oddiy graben ikkita uzilma bilan chegaralandi. Murakkab graben uzilmalar sistemasi bilan chegaralanadi. Grabenlarga O'lik dengizi, Baykal ko'li, Reyn vodiysi, Oxangaron daryosi vodyisi misol bo'la oladi. Katta va murakkab grabenlar sistemasi Sharqiy Afrikada Zambezi daryosi, Katta Afrika ko'llaridan Efiopiyagacha cho'ziladi. Keyin bu sistema Afrika bilan Osiyo orasidan o'tadi, uning markazi Qizil dengizga tug’ri keladi. Bu grabenning uzunligi taxminan 5000 km.

Qatlamlarning parallel yoriq bo'ylab uzilishidan cho'kmay qolgan o'rta qismiga gorst deb ataladi. Ikki tomondan uzilma bilan chegaralangan gorstlar oddiy, bir necha uzilma bilan chegaralangani - murakkab gorstlar deb ataladi.

Uzilma amplitudasi (tebranish balandligi) uzilgan qatlamlarning bir-biridan ajralgan qismi orasidagi masofaga teng bo'ladi.

Burmalar yo'nalishiga qarab bo'ylama, diagonal va ko'ndalang bo'ladi. Birinchisi burma bo'yicha cho'zilgan bo'ladi, ikkinchisi uni o'tkir burchak bilan, uchinchisi to’g’ri burchak bilan kesadi. Uzilmalar qatlamlarning qiyaligiga qarab turlicha bo'ladi. Qatlamlarning qiyaliklari va uzilma yuzasi bir tomonga yo'nalgan bo'lsa mos uzilma aksincha nomos uzilma (vzbros) ataladi.

Tog’ jinslaridan uzilmaning harakat yo'nalishini unda paydo bo'lgan yuzaga qarab aniqlash mumkin. Bunday harakat natijasida yoriqlar yuzasi tekislinadi, o'tkir qattiq jinslar ularni tirnaydi, ariqchalar hosil bo'ladi va burmalar surilib ketadi.

Yoriqlar devorlarining tekislangan yaltiroq oynasimon yuzasi “sirg’anish oynasi" (zerkalo skol'jeniya) deb yuritiladi. Sirg’anish oynasi yuzasining qarama-qarshi tomoni odatda g’adir-budur bo'ladi.

Yer yoriqlari devorlarining birida paydo bo'lgan chuqurchalar qarama-qarshi devorda chiqib turgan qattiq jins yoki minerallarning bu devorni o'yishidan vujudga keladi. Agar bunday chuqurcha uchburchak shaklida bo'lsa, uchi harakat yo'nalishining old tomonida, yoy shaklida bo'lsa, uning qavariq tomoni harakat yo'nalishining orqa tomonida bo'ladi. Shunga ko'ra harakat yo'nalishini aniqlash oson..

Paraklaz yoriqlari bo'yicha harakatning yo'nalishini aniqlashda “tektonik gil”ning ( Tog’ jinslarining bir-biriga ishqalanishi natijasida maydalangan uni) roli kattadir. Yoriqlarni to'ldiruvchi tektonik gil qatlamlarining ajralgan yuzasi yo'nalishiga tomon engashgan bo'ladi. Tektonik gillar yon jinslar tirnalishidan yoki yoriqlarda hosil bo'lgan minerallanishdan paydo bo'lganligini mikroskop ostida ko'rib aniqlash mumkin. Ajralgan strukturalarning geologik qidiruv ishlarida ahamiyati katta. Bu strukturalar rudaga boy gidrotermal suyuqliklarning harakatlanishi uchun eng qulay joy hisoblanadi. Shuning uchun ham geologlar ma’danlarni izlashda bunday tektonik strukturalarga katta ahamiyat berishlari lozim.

Sayyora yuzasida va uning yuzaga yaqin qatlamida sodir bo'lgan geologik jarayonlarni olimlar ekzogen deb atashdi. Litosferadagi tashqi geodinamikaning ishtirokchilari:



  • atmosferadagi suv va havo massalari;

  • yer osti va yer usti suvlari;

  • quyosh energiyasi;

  • muzliklar;

  • okeanlar, dengizlar, ko'llar;

  • tirik organizmlar - o'simliklar, bakteriyalar, hayvonlar, odamlar.

Ekzogen jarayonlar qanday kechadi


Shamol, harorat o'zgarishi va atmosfera yog'inlari ta'sirida toshlar yo'q bo'lib, Yer yuziga joylashadi. yer osti suvlari ularni qisman quruqlikka, yer osti daryolari va ko'llarga va qisman Jahon okeaniga olib boradi. Eriydigan va "uy" joyidan siljigan muzliklar o'zlari bilan birga katta va mayda tosh parchalarini olib yurib, yo'lda yangi jarliklar yoki toshloq toshlar hosil qiladi. Asta-sekin bu toshli birikmalar mox va o'simliklar bilan o'ralgan kichik tepaliklarning paydo bo'lish maydonchasiga aylanadi. Har xil o'lchamdagi yopiq suv omborlari qirg'oqni suv bosadi yoki aksincha - vaqt o'tishi bilan kamayib, hajmini oshiradi. Jahon okeanining quyi cho'kmalarida organik va noorganik moddalar to'planib, kelajakdagi minerallar uchun asos bo'lib xizmat qiladi. Hayot jarayonida tirik organizmlar eng bardoshli materiallarni yo'q qilishga qodir. Moxlarning ayrim turlari va ayniqsa o'jar o'simliklari asrlar davomida tosh va granitlarda o'sib, quyidagi flora va fauna uchun zamin tayyorlamoqda.

Shunday qilib, ekzogen jarayonni endogen jarayon natijalarini yo'q qiluvchi deb hisoblash mumkin.


Inson ekzogen jarayonning asosiy omili sifatida


Sayyorada tsivilizatsiya mavjudligining ko'p asrlik tarixi davomida inson litosferani o'zgartirishga harakat qildi. U tog 'yonbag'irlarida o'sadigan ko'p yillik daraxtlarni kesib, halokatli ko'chkilarni keltirib chiqaradi. Odamlar daryo bo'ylarini o'zgartirib, mahalliy ekotizimlarga har doim ham mos kelmaydigan yangi katta suv havzalarini hosil qiladi. Botqoqlar quritilmoqda, mahalliy o'simliklarning noyob turlarini yo'q qiladi va hayvonot dunyosining butun turlarining yo'q bo'lib ketishiga sabab bo'ladi. Insoniyat atmosferaga millionlab tonna zaharli chiqindilar ishlab chiqaradi, ular Yerga kislota yog'inlari shaklida tushib, tuproq va suvni yaroqsiz holga keltiradi.

Ekzogen jarayonning tabiiy ishtirokchilari o'zlarining halokatli ishlarini asta-sekinlik bilan olib boradilar, bu Yer yuzida yashovchi barcha narsalarning yangi sharoitlarga moslashishiga imkon beradi. Inson yangi texnologiyalar bilan qurollanib, atrofdagi hamma narsani kosmik tezlik va ochko'zlik bilan yo'q qiladi!

Relefning yirik shakllari-planetar, mega va makro , ayrim hollarda mezoshakllari endogen jarayonlar ta’sirida vujudga keladi. Ularning hosil bo’lishi litosfera xususiyatlariga bog’liqdir, mezo-, mikro- va nanorelef shakllari esa asosan ekzogen jarayonlar ta’sirida hosil bo’ladi.

Ekzogen jarayonlarining faoliyati oqibatida akkumulyativ va denudatsion relef shakllari tarkib topadi.

Akkumulyativ shakllar materiallarning to‘planishidan (morena tepaliklari, barxanlar, dyunalar, deltalar), denudatsion (qayta ishlangan) shakllar esa materialni olib ketilishidan (jar, soyliklar, vodiylar, yardanglar) hosil bo’ladi.

Relef shakllarining kelib chiqishiga ko‘ra I.P.Gerasimov va Yu.A.Meshcheryakovlar geotektura, morfostruktura va morfoskulptura shakllariga bo’lishadi. Geotektura planetar va megarelef shakllari bo’lib, ular endogen jarayonlar natijasida vujudga keladi. Morfostruktura makrorelef shakllari bo’lib, ular endogen va ekzogen jarayonlarining o‘zaro birgalikda ta’siri natijasida hosil bo’ladi. Bunda endogen jarayonlar asosiy rol o‘ynaydi. Morfostruktura shakllari relefda ifodalangan geologik strukturalardir. Morfoskulptura mezo-, mikro-, va nanorelef shakllari bo’lib, ular asosan ekzogen jarayonlarining faoliyati natijasida vujudga keladi.

O‘xshash qiyofa, tuzilish, kelib chiqishga ega bo’lgan va muayyan hududda qonuniy ravishda takrorlanuvchi relef shakllarining birikmasiga relefning genetik tiplari deyiladi. Relefning har bir tipi relef hosil qiluvchi muayan jarayonlar va omillar faoliyatida tarkib topadi. Quyida Moskva universiteti geomorfolog olimlari tomonidan taklif etilgan relef shakllarining genetik tasnifini keltiramiz.


Download 40,46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish