Geofizika asoslari va geokimyo



Download 40,46 Kb.
bet1/4
Sana23.01.2022
Hajmi40,46 Kb.
#402714
  1   2   3   4
Bog'liq
MI


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI

“Geofizika asoslari va geokimyo” fanidan



MUSTAQIL ISH



Mavzu: Endogen va ekzogen jarayonlar.

Bajardi: 9-1GEOS-20 guruh talabasi

Axmadova G.

Qabul qildi: Aslonova N.M.



Buxoro 2022 y.

Reja

  1. Yerdagi endogen jarayonlar.

  2. Ekzogen jarayonlar.

  3. Ichki (endogen) jarayonlar va ularning yordamini shakllantirishga ta'siri

Yerdagi endogen jarayonlar haqida umumiy tushuncha. Yerdagi bo'ladigan jarayonlar; vulqon otilishi, zilzila, tog’ hosil bo'lishi, kabi ichki harakatlar endogen jarayonlar deb ataladi. Yerdagi behisob energiya ta’siridan jinslarning yotish holati va tarkibi o'zgaradi, burmali tog’lar, vulqon harakatlaridan orollar hosil bo'ladi. Yer qatlamlarini o'zgarishidan hosil bo'lgan har xil strukturalarni o'rganuvchi geologiyaning sohasi geotektonika deyiladi.

Yer po'stidagi endogen harakatlar qatlami yoki qatlamsiz yaxlit yotqiziqlarni normal yotishini o'zgartiradi. Qatlamlar yon tomonidan siqilishidan burmalanadi, tik ta’sir qilgan kuchdan esa sinadi, darzlar hosil qilib bo'laklarga ajraladi va nihoyat bir qismi ko'tarilib, ikkinchi qismi cho’kishi mumkin.

Qatlamlarning o’zgarishi ichki harakatga bog’liqdir. Bu harakatdan cho'kish, ko'tarilish, burmalanish, yer yorilishi, katta-katta palaxsalarning siljishi va boshqa xil tektonik strukturalar vujudga keladi. Tektonik harakatlar ikki xilga orogen va epeyrogen harakatga bo'linadi. Orogen harakatlar o'z navbatida plikativ (burmalanish) va diz’yunktiv (uzilma) turlarga bo'linadi.

Epeyrogen (tebranma) harakatlar yer po'stining asriy tebranishida o'z ifodasini topgan.Tektonik strukturalar orasida qatlamli, darz ketgan va ajralgan strukturalarni ko'rish mumkin.

1. Qatlamli struktura deb dengiz, ko'l, quruqlikda to'plangan mexanik, ximiyaviy va organik jinslarning tabiiy buzilmagan formasiga aytiladi.

Qatlamli strukturalarga jins qatlamlarining gorizontal yoki bir oz qiyshayib yotishi kiradi. Bunday holatni oldin tektonik harakatga aloqasi yo'q deb hisoblanar edi.Haqiqatda esa yotqiziqlarning yotish holati asosan yer po'stidagi harakatlarga bog’liqdir. Agar yer po'stining bir qismi asta-sekin cho'ksa yoki aksincha ko'tarilsa, shu joyga cho'kadigan jins qatlamlarning yotishi shu joyga moslashib qiya yoki gorizontal bo'ladi.

Yer po'stidagi harakatlar tufayli dengiz goh quruqlikka bostirib kiradi, goh orqaga chekinadi, buning natijasida dengiz ostida to'planuvchi cho'kindilar biri ikkinchisiga nisbatan suv bostirib kirganda bir xil tartibni saqlasa, suv qaytganda aksincha holatda bo'ladi.

Yer po'stida hosil bo'lgan cho'kindilar qatlamlar shaklida yotadi. Qatlam deb usti va osti tomonidan chegaralanuvchi yuza bilan ajralgan, bir xil tarkibdan iborat bo'lgan yaxlit yotqiziqqa aytiladi.

Qatlamning usti va ostki chegarasini birlashtiruvchi tik chiziqning uzunligi qavatni haqiqiy qalinligiga teng bo'ladi. Qavatning yer yuzasiga chiqib turgan qismi ko'ringan qalinlik deyiladi.

Hosil bo'lgan har qanday birlamchi jins qatlamni normal holatdan o'zgarib qolganligini, ularning yotish burchagini va azimutini tog’ kompasi bilan aniqlanadi.

Yer po'stida tebranma — epeyrogen harakatlar. Bizga qattiq va mustahkam bo’lib ko'ringan yer po'stining ba’zi joylari ko'tarilib, boshqa joylari esa, asta-sekin cho'kib, ya’ni tebranib turadi. Yer po'stining bunday harakati epeyrogen harakat, jarayonning o'zi esa epeyrogenizm (grekcha -tugilish) jarayoni deb ataladi. Asriy tebranishlar yer yuzasining keng maydonida sodir bo'ladi.

Dengiz yotqiziqlarini qatlami hamma qit’alarda topilishi va ularning yotqiziqlari bilan qoplanganligi o'tgan geologik davrlarda bir necha marta yer po'stida asriy tebranishlari bo'lganligidan darak beradi. Bu harakatlar hozir ham davom etmoqda.

Epeyrogen harakatlar qirg’oq chiziqlarning o'zgarishida ayniqsa yaqqol aks etadi. Dengiz sohillarining ba’zi yerlaridan suvning qaytishini kuzatish mumkin. Bunday hodisa yo dengiz sathining pasayishi yoki dengiz sohilining ko'tarilishida ro'y beradi. Quruqlikning cho'kishi yoki dengiz sathining ko'tarilishi natijasida dengiz tarnsgressiyasi vujudga keladi va quruqlikning bir qismini suv bosadi. Quruqlikdan dengiz suvi qaytsa regressiya deyiladi.

Transgressiya bilan regressiya jarayoni bir xilda bo'lmaydi. Bu hodisalar tektonik harakatlar natijasida yer po'stining ayrim joylarining cho'kishi yoki ko'tarilishida ro'y beradi.

Epeyrogen harakat yerlarda har xil vaqtda va turlicha tezlikda bo'ladi.

Yer po'sti harakatini ko’rsatuvchi eng yaxshi misollardan biri Apennin yarim orolining Serapis sohilidagi ibodatxona minorasida dengizda yashovchi molyuskalar o'ygan izlar, bu yerda bir necha marta dengiz bo'lib qaytganligini ko'rsatadi.

Serapis sohillari hozir asta - sekin cho'kayotganligi sababli kasr ustun-larini 2,5 m gacha suv qoplagan. Bundan tashqari tarixiy materiallarga qaraganda, Skandinaviya sohillari 100 yilda 100 - 120 sm ko'tarilmoqda.

Yer po'sti ba’zi joylarda ko'tarilsa, ikkinchi joyda cho'kadi. Masalan Boltiq dengizining janubiy sohili sekin-asta cho'kmoqda. Shimoliy dengiz, La-Mansh bug’ozi, Qora dengizning Suxumi atrofidagi sohillari va Shimoliy Amerikaning sharqiy sohillari hamda Avstraliya materigi sohillari ham cho'kmoqda.

Kongo daryosining Atlantika okeaniga quyiladigan qismi chuqur cho'kkan. Bu daryoning eski o'zani okean sathidan 3300 m chuqurlikda bo'lib, uning uzunligi sohildan okean ichkarisigacha 130 km ga boradi. O’zbekistonning tog’li rayonlari neogen davridan boshlab hozirgacha ko'tarilmoqda. Buni ellik besh yillik davlat nivelirovkasidan ko'rish mumkin, ya’ni Amudaryo boshi - Panj daryosining quyi oqimiga nisbatan shu o'tgan davr ichida 2,15 m ko'tarilgan.

Yer po'stining asriy tebranishi faqat dengiz sohillaridagina emas, balki materik ichkarisida ham kuzatiladi. Masalan, Fransiyaning ayrim joylari, Al’p tog’larining etaklari va Boden ko'li atrofi, Shimoliy Amerikada Michigan ko'li sohillari, Tinch okeandagi Marjon orollari ham asta - sekin cho'kmoqda. Bunday misollarni ko'plab keltirish mumkin.

Yer po'stidagi hozirgi harakatlarni aniq o'lchashda geodezik asboblardan foydalaniladi. Tog’ jinslari qatlamlarining yotish holatini o'lchash bilan epeyrogen harakatlarining yer po'stiga bo'lgan ta’siri aniqlanadi. Geologik va geomorfologik kesimlar, tog' jinslarining yotish shakllarining tahlili ham katta yordam beradi.

1862—1932 yillardagi nivelirlashlarning natijalarini tekshirib ko'rilganda, Himolay bilan Gang daryosi o'rtasida joylashgan Shimoliy Hindostonning ko'p qismi bir yilda 18,2 mm ko'tarilgan Banoras shaxrining shimoliy qismi eng ko'p ko'tarilgan.

Bunday ko'tarilishlar bo'ladigan joylarda suv ko'proq ish bajarib tik qirg’oqni qoyalarni vujudga keltiradi. Bu joylarda erroziya jarayoni tez bo'ladi va tik qoya rel'yefni paydo bo'lishiga sabab bo'ladi.

Yer po'stining tik tebranma harakatidan tashqari, gorizontal harakati Pomir tog’lari janubdan shimolga tomon asta-sekin yiliga 2-3 m siljimoqda. Yer tarixida va rivojlanishida tektonik harakatlar muttasil, lekin goh tez, goh sust bo'lib turgan. Orogen harakatlar asosan ikkiga: burmalar hosil qiluvchi va ajratuvchi harakatlarga bo'linadi. Strukturalar qavatli cho'kindi yotqiziqlarning va ularni yon tomonidan siqilishi natijasida bukilib ketishidan hosil bo'ladi. Qavatlarni uzilmasdan buklanib hosil qilgan burmalariga burmalangan strukturalar deyiladi. Burmalangan strukturalarning morfologiyasiga qarab hosil bo'lish sabablari va ichki tuzilishi aniqlanadi. Bunday strukturalar tabiatda bir necha xil bo'lib asosiylari: antiklinal' va sinklinal' yoki qo'shoq burmadir. Qavatli cho’kindilar yon tomondan siqilishi tufayli qavariq va botiq shakl paydo bo'ladi. Bukilgan qavatlarni qavariq qismiga antiklinal', botiq kismiga sinklinal’ burma deb aytiladi. Antiklinal' va sinklinal' burmalar yonma-yon uchrasa, ularni qo'shoq burma deyiladi. Antiklinalning yadrosida qadimgi sinklinalning yadrosida esa, aksincha, yoshroq jinslar joylashadi.

Antiklinal' va sinklinal' burmalar qanotlarning tutashgan qismi qulf deb ataladi. Bukilma qulf ularning o'rtasida qavariq yoki botiq qismida bo'ladi. Antiklinal' va sinklinal' qulflari orasidagi masofa burma balandligi deb ataladi. Burma qanotlarining o'rta qismi orasidagi masofa uning eniga teng.

Burma qanotining yer yuzasi bilan kesishgan joyida uning burchagi hosil bo'ladi (qatlamning burchagi) Yotiq burmalarda yotish burchagi geometrik usulda tuzilgan ko'ndalang kesmalarga qarab aniqlanadi.

Burma qulfidagi qatlamlar bukilmasini tutashtiruvchi nuqtalarga sharnir deyiladi. Shuning uchun har qaysi burmaning tuzilishida nechta qatlam bo'lsa, shuncha sharnir o'tkazish mumkin.



Burmaning hamma sharniri orqali o'tuvchi chiziq, ya’ni uning geometrik o'rnini hosil qluvchi yuza tekislik deyiladi.

Bu tekislikning muhim xususiyatlaridan biri shuki, u to'g’ri burmalarda simmetriya tekisligi bo’la oladi va uni teng ikki bo’lakka bo’ladi.

O’q tekisligining yer yuzasi bilan kesishib hosil qilgan chizig’i burma o'qi deyiladi. Ko'pchilik xaritalarda va tektonik sxemalarda burmalarning tekislikda egallagan o'rni, ya’ni burma o'qi aks ettiriladi.


Download 40,46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish