FAN O’QUV - USLUBIY MAJMUASINING TARKIBIY QISMI 1.SILLABUS (O’qituvchining ish dasturi) 2.O’TILAYOTGAN FANNING ASOSIY NAZARIY MATERIALI 2.1.MA’RUZALAR MATNI 3.PREZENTATSIYA (Taqdimot) 4.TARQATMA MATERIALLAR, MUSCTAQIL TA’LIM UCHUN MATERIALLAR 5.AMALIY MASHG’LOT MATERIALLARI 6.LABORATORIYA MASHG’LOTLARI 7.GLOSSARIY
EKOLOGIYA VA TABIATNI MUHOFAZA QILISH KAFEDRASI DOTSENTI B.FAYZULLAYEVNING “GIDROEKOLOGIYA” FANI BO‘YICHA MODULI (elektron majmua) 1. Sillabus 1.1. Umumiy ma’lumotlar
Dushanba, chorshanba, shanba kunlari, 15.00 dan 17.00 gacha
1.2. Asosiy ma’lumotlar
1
Fanning dolzarbligi va qisqacha mazmuni
Oliy ta’limning Davlat ta’lim standartiga ko‘ra, hozirgi zamon ekologiyasining o‘ziga xos tomonlari va muammolari. Ekologiyaga turli xil yondoshishlar. Suv – bu hayot uchun zarur vosita emas, hayotning o’zidir. Zero tabiatdahar qanday tirik jonzot borki, uning hayotini suvsiz tassavvur qilib bo’lmaydi. Suv va suv resurslaridan foydalanish, uni asrash va muhofaza qilishni rejalashtirish davlat boshqaruvi va tartibga solish faoliyatining eng muhim vosita va mexanizmi hisoblanadi. Yer yuzidagi suv resurslaridan ooqilona foydalanish to’g’risidagi global miqyosda chiqarilgan qarorlarda Markaziy Osiyoning suv havzalari va ularni muhofaza qilishga katta e’tibor qaratiladi. Voholanki bu borada Tojikiston hududida joylashgan tabiiy suv resurslaridan foydalanish to’g’risida O’zbekiston Respublikasi hukumati va Prizidentimiz tutgan yo’li ayniqsa ahamiyatlidir. Gidroekologik muammolar oqibati, ularning asolratlari inson hayotiga mamlakatlarning ijtimoiy- iqtisodiy taraqqiyotiga borgan sari tahlika solmoqda. Mavjud muammolarni bartaraf etishning yagona yo’li gidrosfera boyliklaridan oqilona foydalanish, hamda ekologik havfsizlikni ta’minlash choralarini izlashdir.
2
Fanning maqsad va vazifalari
Fanning o‘qitishdan maqsad – Fanni o‘qitishda nazariy, amaliy va strategik maqsadlar qo‘yiladi.
Fanni o’qitishdan maqsad- Gidroekologiya fanini o’qitishda talabalar ongida suv havzalarining tuzilishi, Yer yuzidagi va inson hayotidagi o’rni, gidrobiontlarning ekologik xususiyatlari to’g’risida tushuncha hosil qilish bilan ularni muhofaza qilish chora-tadbirlarini ishlab chiqarish eng asosiy maqsad bo’lib hisoblanadi.