Геологик ҳодисалар



Download 467,5 Kb.
Sana11.06.2022
Hajmi467,5 Kb.
#654015
Bog'liq
Ekzogen geologik jarayonlar va turlari




Ekzogen geologik jarayonlar va turlari

Reja:
1. Ekzogen geologik hodisalari.


2. Yerning ichki energiyasi bilan bog‘liq bo‘lgan tektonik hodisalar.
3. Tog‘ jinslarining dislokatsiyasi.
4. Seysmik hodisalar.
5. Magmatizm, vulkanizm, metomorfizm haqida tushunchalar.


Ekzogen hodisalar quyosh energiyasining kuchli oqimi tahsirida yer sirtida har xil tashqi dinamik o‘zgarishlarning ro‘y berishi oqibatida sodir bo‘ladi. Yahni bu o‘zgarishlar suv va havo massalarining uzluksiz bir joydan ikkinchi joyga oqib o‘tishi, jismlarning kimyoviy va fizik xolatining o‘zgarishi natijasida nurashi, yemirilishi va ularning bir joydan ikkinchi joyga ko‘chirilib yotqizilishi kabi o‘zgarishlar ekzogen hodisalarga kiradi. Ekzogen hodisalari tashqi omillarning hal qiluvchi roliga qarab klassifikatsiyalanadi: yer sirtidagi oqar suvlar-ning, muzliklarning, dengiz to‘lqinlari va oqimi hamda yer osti suvlarining faoliyati natijasida ro‘y beradigan geologik hodisalar, tirik organizm va insoniyat faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan o‘zgarishlarga bo‘linadi.
Yerning ichki energiyasi bilan bog‘liq bo‘lgan
endogen geologik hodisalar
Yer qahri o‘zaro munosabatdagi yerning ichki (endogen) va tashqi (ekzogen) kuchlari tahsirida doimo o‘zining tarkibini, tuzilishini va shaklini o‘zgartirib turadi. Yerning chuqur qatlamlari va yadro-sining kuchli bosimi va yuqori harorati tahsirida paydo bo‘ladigan yerning ichki kuchlari, yer lito-sferasining boshlang‘ich xolatdagi joylashgan qatlam-larini buzadi va ularning joylanishlarini o‘zgarti-radi. Shu munosabat bilan yangi xolatda joylashgan tog‘ jinslari qatlamlarini, yer yoriqlarini, tog‘ jinslari yotqiziqlarini, qatlamlarning surilish-larini va yer relg‘yefi (qiyofasi)ning o‘zgarishlarini vujudga keltiradi.
Yerning ichki kuchlarining faoliyati vulkanlar va yer qimirlash hodisalarini vujudga keltiradi. Yerning ichki kuchlari ko‘pincha yerning sirtida notekislikni, yahni vulkanlar natijasida otilib chiqqan bir vaqtlar yerning katta chuqurligida joylashgan eritma xolatidagi magmatik (grekcha magma - xamir demakdir) jinslardan iborat yer yuzidagi tog‘larni va chuqur-liklarni vujudga keltiradi. Ular yer sirtining ayrim joylarini juda sekinlik bilan ko‘tarilishiga yoki cho‘kishiga sababchi bo‘ladi – bunga asriy o‘zgarish deb aytiladi. Yerning ko‘tarilishi yoki cho‘kishi natijasida quruqliklar surilib dengizlarga yoki aksincha dengizlar quruqlikka aylanadilar. Agar dengizlar surilib quruqlikni bossa, bunga transgressiya hodisasi va dengizlar surilib qurib, quruqlikka aylansalar, regressiya hodisalari deyiladi.
Masalan Shimoliy okeanning janubiy qirg‘og‘i asta-sekin pasaymoqda va yuz yil davomida ayrim joylari 40 santimetrdan 80 santimetrgacha pasaygan. Xuddi shuningdek Krim va Kavkaz tog‘larida ham ayrim joylarida ko‘tarilish va pasayish xollari kuzatil-moqda. Bunday hodisalarga epeyrogenik xarakat deyi-ladi.
Yer qahrining vertikal o‘zgarishlaridan tashqari litosferaning sirtqi qismida asta-sekin gorizontal siljish xollari ham mavjud. Bu o‘zgarishlarni geo-logiya fanining bo‘limi bo‘lgan tektonika qismi yer qahrining siljishini, uning tuzilishi, shakli va tog‘ jinslarining yotish sharoitlarini o‘zgarishini o‘rgatadi.
Tektonik hodisalar
Endogen hodisalari natijasida yer qahrida tog‘ jinslari qatlamlarining yotish sharoitlarining buzi-lishi, sinishi, uzilishi, siljishi va joylanish shakllarining o‘zgarishi kabi hodisalarnngi ro‘y berish jarayoniga geotektonik hodisalar deyiladi.
Tektonik o‘zgarishlar natijasida yer yuzida tog‘lar paydo bo‘ladi. Tog‘ deb balandligi dengiz sathidan 200 metrdan ziyod bo‘lgan tepalikka aytiladi. U yoki bu qadar cho‘zilgan shakldagi tepaliklar xrebtlar va katta uzunlikdagisi esa tog‘ zanjiri deyiladi. Tog‘lar yer qahrida paydo bo‘ladigan ichki vertikal va yonbosh bosimlar xarakati natijasida paydo bo‘ladi. Bunga tektonik xarakat deyiladi. Tektonik xarakat natija-sida tog‘ jinslari qatlamlarining oldingi yotish xolatlari buzilib, yangi shaklda taxlangan, to‘kilgan, siljigan xolatlarda va boshqa tektonik shaklda yota-dilar, unga tog‘ jinslarining dislokatsiyasi deyiladi. Shu yo‘sinda paydo bo‘lgan tog‘larga tektonik tog‘lari deyiladi.
Tektonik tog‘ jinslari dislokatsiyasi – yotish sharoitlari bo‘yicha 2 guruhga bo‘linadi: 1. Burmali – plikativ dislokatsiya (qatlam-qatlam bo‘lib taxlangan xolatda joylashgan tog‘ jinslari). Bular uzilmagan bir butun joylashgan tog‘ jinslarini tashkil etadi. 2. Tashlandiq uzilmali – dizyuntiv dislokatsiyalar (ayrim-ayrim joylashgan uzik xolatdagi tog‘ jins-lari). Qatlam-qatlam bo‘lib joylashgan tog‘ jinslari oddiy monoklinal shaklda, yahni qiya yotqizilgan xolatida ko‘proq uchraydi. Ular antiklinal va sinklinal ko‘rinishida joylashadilar. Yahni tog‘ jinslarining qatlamlarini kuzatib borsak, uning yuqoriga ko‘tarilganini, sekin-asta egilib gumbaz hosil qilganini va yonbag‘irlari qiyalashib pastga tushganini ko‘ramiz, uning ustida yotgan barcha qatlamlar ham xuddi shu tarzda egilib-bukilganini ko‘ramiz. Bunga burmali dislokatsiya deyiladi.





5-shakl.
А – антиклинал, С – синклинал.
1 – эгар, 2 – mulg‘da, 3 – qanotlar, 4 – супес, 5 – loysimon slanets, 6 – graviy.


Shaklda ko‘rsatilganidek burmaning yuqoriga qarab egilgan tarafi egar yoki antiklinal deb ataladi, pastga tomon egilgan qismi mulg‘da yoki sinklinal deyiladi. Qatlamlarning ikkita bukilish oralig‘idagi qismi burmaning qanotlari deyiladi. Bosim kuchining ko‘p-ozligiga qarab burmaning shakllari har xil: yalpoq, yumaloq, qayrilgan, keskin bukilgan bo‘ladi.
Burmali dislokatsiyalarga misol qilib Ural, Kavkaz, Oltoy va Sharqiy Osiyo tog‘larini ko‘rsatish mumkin.
Uzilma dizyuntiv dislokatsiyalar tog‘ jinslarining bukilishi mahlum darajagacha bo‘lib, vertikal yoki qiya bosim kuchi ko‘payib chegaradan o‘tib ketganda burma u yoki bu joydan uzilib ketib bir qismi ikkinchisining ustiga surilib qoladi. Bu xolat uzilgan burma dislokatsiyasi deyiladi.



6-shakl. Uzilma dislokatsiyalar.
1 – loysimon slanets;
2 – graviy;
3 – glina (gil).

Seysmik hodisalar


Yer qimirlashining kelib chiqishi va sodir bo‘lishi bilan bog‘liq bo‘lgan hodisalarga seysmik hodisalar deyiladi. Bu hodisalarga geologik omillar va egiluv-chan to‘lqinlar tahsiri natijasida yerni birdaniga qo‘zg‘alishi kiradi. Bu hodisalarni seysmologlar o‘rganadi. Yer qo‘zg‘alishining asosiy sabablaridan biri yer yadrosidagi gazli erigan magmaga yer yoriqlari orqali ustki va o‘rta qatlamlardan suv yoki yor yuzidagi yangi paydo bo‘layotgan ayrim tog‘ jinslarining tushib yig‘ilishi natijasida kuchli kimyoviy reaksiyalar tahsirida portlash sodir bo‘lib, yer qo‘zg‘aladi va bahzan vulkan bo‘lib otilib chiqadi. Ayrim xollarda yer qo‘zg‘alishi yer ostidan qazib olingan qazilma boyliklar o‘rnida bo‘sh joylar qolib, uning buzilishidan yoki yer osti suvlari bilan to‘lishidan, va bo‘shliq joylardagi tog‘ jinslarining cho‘kishidan ham yer qimirlash sodir bo‘ladi.
Yer qimirlash hodisalari seysmik xarakatchan-ligiga qarab uch guruhga bo‘linadi: 1) Megoseysmik – ular inshootlarni yemirilishi va yer qahrining cho‘kib deformatsiyalanishi bilan bog‘liq xolda bo‘lib o‘tadigan yer qimirlash hodisalari. 2) Makroseysmik – kamroq intensivlik bilan xarakatlanuvchi, lekin aniq sezilarli darajada bo‘lib o‘tadigan yer qimirlash hodisalari. 3) Mikroseysmik – faqatgina maxsus asboblar yordamida seziladigan yer qimirlash hodisalari.
Yer qimirlash hodisalari – ularni keltirib chiqaradigan omillariga qarab uchga bo‘linadi: 1) Denudatsion. 2) Vulkanik. 3) Tektonik.
1. Denudatsion yer qimirlashlar, karst bo‘shlig‘i ustidagi tog‘ jinslarining cho‘kishidan yoki tog‘larning ayrim qismi sinib qulab tushishidan kelib chiqadi.
2. Vulkanik yer qimirlashlar otilib chiqqan vulkanlar bo‘shliqlaridagi qisilgan gazlarning port-lashidan sodir bo‘ladi.
3. Tektonik yer qimirlash – tog‘ jinslarining tektonik dislokatsiyasi natijasida sodir bo‘ladi.
Yer qimirlash hodisalari yer qimirlash kuchiga qarab 1 dan 12 ballgacha bo‘ladigan seysmik mintaqa-larga bo‘linadilar.
Magmatizm, vulkanizm va metomorfizm
Intruziv magmatizm deb endogen hodisalar yig‘indisi bilan bog‘liq xolda magmaning ko‘tarilib yer sirtiga chiqib kelishiga aytiladi. Intruziv magma-tizm natijasida bir jinsli granitlar va grano-dioritlardan iborat bo‘lgan markazga qarab taxlangan va tog‘ zanjiri o‘qiga parallel cho‘zilgan shakldagi burmali xolatdagi tog‘lar paydo bo‘ladi.
Vulkanizm, yahni effuzik magma – bu magmaning xarakatlanish shakli bo‘lib, vulkanik otilib chiqqan tog‘ jinslarining paydo bo‘lishini aks etadi.
Vulkanik otilib chiqish yer sirtiga erigan lavalarning 900-1200 gradusda sovigan xolatida oqib chiqishiga aytiladi. Vulkanlar bilan gazlar, bug‘lar va magmadagi boshqa elementlar ham otilib chiqadi. Vulkanlar xarakteriga ko‘ra markaziy turdagi vulkan-larga, bunda otilib chiqish markaziy teshiklardan sodir bo‘ladi va yoriqsimon vulkanlar – unda lavalar yer qahrining yoriqlaridan otilib chiqadi. Markaziy turdagi vulkanlar konus shaklidagi tog‘larni barpo etib, qiyaliklari 30-35 gradusga teng bo‘ladi va barankos deb ataluvchi kesik jardan (chuqurlikdan) iborat bo‘ladi.
Vulkanik konuslarning yuqori qismi krateri (krater o‘lchami – konus ichining diametri 2-3 kilo-metrgacha boradi) yemirilgan bo‘lishi mumkin. Bu xollarda krater o‘rniga kalderg‘ deb ataluvchi katta diametri 25-30 kilometr keladigan o‘yilma chuqurlik paydo bo‘ladi. Uning yonbag‘irlari tik va pasti tekis bo‘ladi. Yoriqsimon vulkanlar natijasida ayrim xollarda katta qalinlikdagi effuzik tog‘ jinslari paydo bo‘ladi.
Vulkanlar 3 guruhga bo‘linadi.
1. Xarakatdagi.
2. So‘ngan.
3. Qadimgi.
Xarakatdagi vulkanlar deb yaqin o‘tmishda va hozirgi zamonda tez-tez otilib chiqadigan vulkanlarga aytiladi.
So‘ngan vulkanlar deb – qachon otilgani to‘g‘risida hech qanday mahlumot saqlanib qolmagan vulkanlarga aytiladi.
Qadimgi vulkanlar deb – uxlagan yoki vaqtincha so‘ngan deb atash ham mumkin, chunki ular yana xarakatga kirgan xollari ham uchragan.
Metomorfik tog‘ jinslari magmatik, shuningdek cho‘kindi tog‘ jinslarining chuqur o‘zgarishi natijasida katta temperatura va bosim, kimyoviy aktiv jinslar tahsirida paydo bo‘ladi.
Asosiy adabiyotlar:
1. Qats D.M. «Osnovq geologii i gidrogeologii» M. «Kolos», 1981
2. Tolstoy M.P; Maligin V.A. «Osnovi geologii» M. «Nedra», 1988
3. Gorshkov G.P; Yakushev A.F. «Obshaya geologiya» M. MGU, 1962
4. Lange O.K. «Geologiyaga kirish», T. «O‘rta va oliy maktab»,1962
5. Maligin V.A. «Osnovi geologii i gidrogeologii» M. «Nedra»,1976
6. www.ziyonet.uz
7. www.qmii.uz
Download 467,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish