O`zbek xonliklari



Download 1,33 Mb.
bet1/47
Sana17.04.2022
Hajmi1,33 Mb.
#558276
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   47
Bog'liq
Iii bob. Buxoro Amirligi 13-§. Buxoroda mang`itlar sulolasi hukm


O`ZBEK XONLIKLARI
(XVI – XIX asrning birinchi yarmi)


III bob. Buxoro Amirligi
13-§. Buxoroda mang`itlar sulolasi hukmronligi


Buxoro mustaqilligini yo`qotishi. Buxoro Eron bosqiniga qarshi turolmagach, Abulfayzxon taslim bo`lish haqidagi shartnomani imzolash uchun Zarafshon daryosi bo`yiga - Nodirshoh huzuriga borishga majbur bo`ladi. Shartnomaga ko`ra Nodirshoh oliy hukmdor, Buxoro xonligi Eronga mute davlat deb tan olingan. Nodirshoh qo`shini uchun 8 yilga etadigan 200 ming xarvor bug`doy va arpa to`plab beriladi hamda Buxoro xonligi aholisidan 10 ming nafarli qo`shin to`plab Nodirshoh ixtiyoriga jo`natiladi. Bu qo`shinga Muhammad Hakimbiyning o`g`li Muhammad Rahim qo`mondon etib tayinlandi. Abulfayzxon Eronga qaram qo`g`irchoq hukmdorga aylanib, butun hokimiyat amalda qo`shbegi (bosh vazir) lavozimini egallagan Muhammad Hakimbiy qo`lida to`plandi. Endi ashtarxoniylarning barham topishi muqarrar bo`lib qoldi. Xarvor - bir eshakka yuk bo`ladigan og`irlik o`lchovi.
Muhammad Rahimbiyil Buxoroda ashtarxoniylar davrida mang`itlarning nufuzi baland edi. Bu qabila ashtarxoniylarga sadoqat bilan xizmat qildi. 1743 yil Muhammad Hakimbiy vafot etgach, uning o`g`li Muhammad Rahimbiy o`zining qo`shinidan foydalanib, otasi kabi alohida mavqega da`vogarlik qildi. So`nggi ashtarxoniy Abulfayzxon uni otasining o`rniga tayinlashga majbur bo`ldi. Nodirshoh 1747 yil o`ldirilgach, Eronda boshlangan ichki kurashlar M.Rahimbiyning Buxoro taxtini egallashiga yo`l ochib berdi. Uning buyrug`i bilan 1747 yil Abulfayzxon ham o`ldirildi. M.Rahimbiy taxtga Abulfayzning o`g`li Abdulmo`minni o`tqazdi (soxta xon) va o`ziga kuyov qilib oldi. Rahimbiy ko`p o`tmay – Abdulmo`minni, uning o`rniga o`tqizilgan soxta xonlarni ham qatl ettirdi.
Muhammad Rahimbiy aslzoda va ruhoniylarning qo`llab-quvvatlashi bilan 1753 yil hokimiyatni to`la egalladi. Mang`itlar chingiziylar nasliga mansub bo`lmaganligi uchun o`zlarini Xon deb emas, Amir deb ataganlar. Ular ayni paytda mintaqaning diniy hukmdori - Amir ul-mo`minin hisoblangan. Buxoroda 1753 yil hokimiyatga yangi sulola - mang`itlar sulolasi keldi va 1920 yilgacha hukmronlik qildi. Buxoro xonligi 1753 yildan Buxoro amirligi deb ataldi.
Mang`it hukmdori Muhammad Rahimbiy mamlakatda o`zining mutlaq hukmdorligini o`rnatish va ichki boshboshdoqlikni tugatish siyosatini tutdi. Bunday siyosatdan ko`zlangan maqsad-markazlashgan davlatni tiklash edi. Muhammad Rahimbiy bu siyosatni ro`yobga chiqarishga qat`iy kirishib barcha mahalliy hukmdorlarni chorlab, o`zining asl maqsadini, o`z boshqaruv dasturini ma`lum qildi. Muhammad Rahimbiy mahalliy hukmdorlarga ichki nizo va urushlar mamlakatni xonavayron qilayotganligi, xo`jalik va savdo izdan chiqayotganligi, agar bu holat yana davom etsa davlat halokati muqarrar ekanligini alohida ta`kidladi. Muhammad Rahimbiy qaysi mahalliy hukmdor markaziy hokimiyatga bo`ysunmasa ayovsiz jazoga tortilishini ogohlantirdi.
Muhammad Rahimbiy mustaqillikni da`vo etib yurgan Miyonqol, Nurota, Qo`bodiyon, Boysun, Shahrisabz, Urgut bekliklarini 4 yil davomida bo`ysundirdi. Bo`ysunishni istamagan burqut, qipchoq, 7 urug`, bahrin, yuz, kenagas, saroy qabilalariga nisbatan ko`chirish siyosati yuritildi. M.Rahimbiy yirik er egalarining davlatni boshqarish ishlarida shu vaqtgacha davom etib kelgan aralashuvlarini keskin kamaytirishga erishdi. Biroq barcha viloyatlarning markaziy hokimiyatni tan olishlariga to`la erisha olmadi.

Download 1,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish