|
target="parametr" title="murojaat sarlavhasi"> gipermurojaat matni
|
bet | 4/6 | Sana | 01.04.2022 | Hajmi | 28,67 Kb. | | #523770 |
| Bog'liq Giperbog‘lanishlar.
target="parametr" title="murojaat sarlavhasi"> gipermurojaat matni href atributi qiymat murojaat bo‘yicha o‘tiladigan xujjatning URLini ko‘rsatadi. Mumkin bo‘lgan qiymatlar:
http://... – www-xujjatga murojaat yaratadi;
ftp://... –FTP-sayt yoki undagi faylga murojaat yaratadi;
mailto:... – manzil maydoni to‘ldirilgan xolda kliyent-pochta dasturini ishga tushiradi. Agar adresdan so‘ng savol belgisi ko‘yilsa, "&" belgisi bilan ajratilgan qo‘shimcha atributlarni ko‘rsatish mumkin; news:.. –yangiliklar serveri konferensiyasiga murojaat yaratadi; telnet://... –masofadagi mashinaga telnet-sessiyani ishga tushiradi; wais://... – WAIS–serverga murojaatni ishga tushiradi;
gopher://... – Gopher-serverga murojaatni ishga tushiradi; bog‘lanish turi va mashina adresi ko‘rsatilmagan – joriy xujjat adresidan foydalaniladi va nisbiy murojaat yaratiladi. Masalan, link Xujjatlar docs katalogidagi title.html faylga murojaat yaratiladi (joriy faylga nisbatan). Target atributi gipermatn ko‘rsatayotgan darcha (freym)ni aniqlaydi. Bu parametr faqat href parametri bilan birgalikda ishlatiladi. Uning qiymati yo mavjud freymlardan birining nomi, yoki quyidagi zaxiraga ajratib olingan nomlardan biri bo‘lishi mumkin: _self – HREF parametrida aniqlangan xujjat joriy freymda aks etishi lozimligini ko‘rsatadi; _parent –xujjat joriy freymni paydo qilgan ona freymda aks etishi lozimligini ko‘rsatadi. Boshqacha qilib aytganda _parent joriy freymni ishga tushiruvchi FRAMESET ni o‘z ichiga olgan darchaga murojaat etadi; _top –xujjat joriy freym tuzilmasining ona darchasida aks etishi lozimligini ko‘rsatadi; _blank –xujjat yangi darchada aks etishi lozimligini ko‘rsatadi. Gipermatn murojaat konteyneri (ochish va yopish teglar) ichidagi matn tegi atributlarida kontekst gipermatn murojaatlari uchun belgilangan rangda ajratiladi. Agar bir papkada joylashgan bir web-xujjatdan boshqasiga o‘tmoqchi bo‘lsangiz to‘liq adres yozish shart emas, faylga murojaat murojaatni yozish yetarli.
Xujjatlar o‘rtasida bog‘lanishlarini tashkil etish. Web-sahifasidagi giperbog‘lanishlar xujjat matnining bir qismi bo‘lib hisoblanadi, shuning uchun u matn elementi kabi tegi yordamida beriladi. Bu tegning yozilishi umumiy xolda quyidagi ko‘rinishga ega: giperyuborish matni Bu yerda HREF atributi siz giperaloqa o‘rnatmoqchi bo‘lgan Web-sahifaning adresi. Agar siz giperaloqa o‘rnatmoqchi bo‘lgan xujjat boshqa serverda joylashgan bo‘lsa, bu atributning qiymati Internetning (URL) to‘liq adresi ko‘rinishida (masalan, http://www.REFERAT.UZ/page.htm”) beriladi. Agar siz giperaloqa o‘rnatmoqchi bo‘lgan xujjat lokal serverda, ya’ni giperaloqa o‘rnatilayotgan xujjatlar bir serverda joylashgan bo‘lsa, u xolda atributning qiymati qisqartirilgan URL ko‘rinishida (masalan, “…/LabPas/Lab1/htm”). Shuni ta’kidlab o‘tish lozimki, agar zarur xujjat joriy (hozir biz ishlab turgan) xujjat bilan bir direktoriyaga joylashgan bo‘lsa, u xolda HREF atributining qiymati sifatida zarur xujjatning nomini yozish kifoya. Xujjatni brauzerda ochish qoidasini tasniflovchi ko‘rsatmalr TARGET atributi yordamida beriladi. Bu ko‘rsatmalar boshqa kodlardan quyi chiziqqa (pastki chiziq) simvoli bilan ajralib turadi. Bu atributning eng ko‘p ishlatiladigan qiymatlaridan biri TARGET=”blank” bo‘lib, bu murojaat qilingan HTML xujjatni brauzerning yangi oynasida ochilishi zarur ekanligini ko‘rsatadi. TITLE atributi altirnativ matnni yaratish uchun mo‘ljallangan. Agar foydalanuvchi sichqoncha ko‘rsatkichini giperyuborish matnining ustida biroz qimirlatmay tursa, u xolda kichikroq to‘rtburchakning ichiga yozilgan ko‘rsatma (matn) paydo bo‘ladi va u altirnativ matn hajjatning to‘liq tasnifini o‘z ichiga olishi mumkin. Shuni nazarda tutish kerakki, tegi yordami bilan ichma-ich joylashgan bir tipdagi elementlarni tashkil etish mumkin emas. Boshqacha aytganda bir giperyuborishning ichiga ikkinchisini joylashtirish mumkin emas.
Do'stlaringiz bilan baham: |
|
|