G‘o‘za kasalliklari va ularga qarshi kurash choralari Reja



Download 345,5 Kb.
bet8/87
Sana31.12.2021
Hajmi345,5 Kb.
#236423
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   87
Bog'liq
G‘o‘za kasalliklari va ularga qarshi kurash choralari

Pitioz. Kasallikni oomitsetlar sinfiga oid, tuproqda hayot kechiradigan Pythium zamburug‘i turlari chaqiradi. Ular nihol kasalliklarining barcha belgilarini yuzaga keltirishi mumkin. Unayotgan chigit (ayniqsa endi unayotgan o‘q ildizcha) va tuproq yuzasiga chiqayotgan yoki chiqqan gipokotil va urug‘barg pitiozga juda moyil va chidamsiz bo‘ladi va oson zararlanadi. Kuchli shikastlangan chigit va nihol organlari (ayniqsa gipokotil va o‘q ildizcha) zamburug‘ ta’siridan yumshab, bo‘tqaga o‘xshash bo‘ladi va burishib qoladi. Tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, agar tuproq harorati va namligi parazit uchun optimal bo‘lsa, u 1-2 soat ichidayoq chigitga hujum qiladi. Gipokotilda kasallik kichik dog‘chalardan boshlanadi, so‘ngra ular o‘sib, biroz botiq, nekrotik dog‘lar (yaralar)ga aylanadi. Dog‘larning ko‘rinishi qaynoq suvda pishganday, tusi oldin sal asal rang, so‘ngra qizg‘ish-qo‘ng‘ir bo‘ladi. Ular rivojlanib, gipokotilda uzunligi ildiz bo‘yinchasigacha yetadigan halqa hosil qilishi mumkin. Agar chigit (va u orqali nihol) himoya qilinmasa, pitioz ko‘pincha ularni nobud qiladi; nobud bo‘lgan nihollar yoki yotib, yoki tikka holda qurib qoladi. Chin barglar chiqqanda, pitioz niholning o‘q va ikkilamchi ildizlarida och-jigar rang, to‘qimalari yumshagan dog‘lar hosil qiladi.

Shikastlangan g‘o‘za namunalaridan 10 tadan ko‘p Pythium turlari ajratib olingan va ularda g‘o‘zaga nisbatan parazitlik xususiyati borligi sun’iy zararlantirish orqali isbotlangan; ulardan eng virulent va keng tarqalgani Pythium ultimum turi ekanligi aniqlangan (Davis va b.q.,1981). Uning diagnozi: mitseliy hujayralarga bo‘linmagan, faqat eski, ancha saqlangan zamburug‘ kulturalarida bo‘lingan. Gifalar diametri 1,7-6,5 mkm, o‘rtacha 3,8 mkm. Zoosporangiylari gifaning tepa qismida rivojlanadi, dumaloq shaklda, diametri 18-28 mkm, o‘rtacha 20 mkm, ba’zida gifa o‘rtasida (interkalyar) paydo buladi, shakli bochkasimon, o‘lchamlari 14-17 mkm dan 22-28 mkm gacha; zoosporangiy faqat gifa o‘simtalari hosil qilib nish otadi (zoosporalari yo‘q). Oogoniylari silliq, gifaning tepa qismida, kam hollarda – interkalyar, dumaloq, diametri 19,6-22,9 mkm, o‘rtacha 20,6 mkm. Anteridiylari oogoniy ostida bittadan joylashgan, monoklin tipida. OOsporalari aplerotik tipida, bittadan, dumaloq silliq qalin devorchali, diametri 15-19 mkm, o‘rtacha 16,3 mkm, markazida joylashgan globulasining atrofi tuzilishi dona-dona bo‘lgan protoplazma bilan qoplangan (Pidoplichko,1977).

G‘o‘za nihollarini pitioz tuproq harorati past va namligi yuqori bulganda kuchli zararlaydi. Tuproq o‘rtacha harorati 20 0С dan16 0С gacha pasaysa, nihollarning pitioz bilan zararlanishi 3,6 barobar ko‘payar ekan; namlik 12% dan 18% gacha oshsa, nihollardan ajratib olinadigan zamburug‘ miqdori 11,4 barobar ko‘p bo‘lishi aniqlangan. Pythium ultimum ham yuqori (23,9-26,70С) haroratga nisbatan pastrog‘ini (17,8-21,10С) afzal ko‘rishi tasdiqlangan (Johnson,1979). Shu bilan birga g‘o‘zada pitioz qo‘zgatuvchilari orasida iliq havoni afzal ko‘radigan turlar (Pythium apbanidermatium kabi) ham uchraydi (De Vay va b.q.,1977).

Pitioz qo‘zg‘atuvchilari tuproqda o‘simlik qoldiqlari ichida o‘zlarining gifa, qalin devorchali (xlamidospora), oospora va sporangiylari yordamida saqlanadi. Tuproqda Pythium ultimum propagulalari miqdori oshishi bilan dorilanmagan chigit va g‘o‘za nihollarining hayotchanligi pasayishi yuqori korrelyatsiya (r=-0,94) bilan aniqlangan (De Vay va b.q.,1982). Bu zamburug‘ning daladagi tabiiy populyatsiyasi miqdori 1 g tuproqda 100 propagula bo‘lganida nihollarning yashovchanligi 50 foizga pasayadi.

Pitioz qo‘zg‘atuvchilari dunyoning barcha mintaqalarida uchraydigan hamaxo‘r zamburug‘lar bulib, ular ko‘p xil (texnik, g‘alla, sabzavotg‘poliz, dukkakli va h.k.,) ekin turlarining urug‘i, nihol va maysalari hamda yetilgan o‘simliklarini zararlaydi (Waterhouse,1968; Pidoplichko,1977; Novotelnova, Pistina,1978). G‘o‘zada pitioz AQShda, ayniqsa «g‘o‘za kamari» shtatlarining shimoliy qismlarida eng xavfli nihol kasalligi hisoblandi; Meksika, Misr va Sudanda uchraydi (Josob, 1969; Pidoplichko, 1977; Davis va b.q., 1981; De Vau va b.q., 1982), Boshqa davlatlarda, jumladan Markaziy Osiyo mamlakatlari va Ozarbayjonda g‘o‘zada ushbu kasallik haqida ma’lumotlar, Stepanova M. Y. (1972) xabarlaridan boshqa, deyarli yo‘q.


Download 345,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish