Gumanitar fanlar kafedrasi


III. Talaba mustaqil ishining tashkiliy shakllari



Download 2,51 Mb.
bet71/124
Sana28.03.2023
Hajmi2,51 Mb.
#922641
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   124
Bog'liq
da5d9375693f3e41af66c27f297b402e ADABIYOYSHUNOSLIK NAZARIYASI FANIDAN O`QUV-USLUBIY MAJMUA

III. Talaba mustaqil ishining tashkiliy shakllari
3.1. Talabalar mustaqil ishlarining shakli va hajmini belgilashda quyidagi jihatlar e’tiborga olinadi:

  • talabalar o’qishining bosqichi;

  • muayyan fanning o’ziga xos xususiyati va o’zlashtirishdagi faoliyati;

  • talabaning qobiliyati hamda nazariy va amaliy tayyorgarlik darajasi (tayanch bilimi);

Mustaqil ish uchun beriladigan topshiriqlarning mazmuni, shakli va hajmi, qiyinchilik darajasi semestrdan semestrga, talabalarda bu bo’yicha ko’nikmalar hosil bo’lishiga muvofiq ravishda o’zgarib boradi.
3.2. Talaba mustaqil ishini tashkil etishda quyidagi shakllardan foydalaniladi:
- ayrim nazariy mavzular bo’yicha o’quv adabiyotlari yordamida mustaqil ravishda ma’ruza matni yoki konspekt tayyorlash va o’zlashtirish;
- berilgan mavzu bo’yicha referat tayyorlash;
- seminar va amaliy mashg’ulotlarga tayyorgarlik ko’rish;
- laboratoriya ishlarini bajarishga tayyorgarlik ko’rish;
- ma’lum mavzu bo’yicha ko’rgazmali qurollar tayyorlash;
- kurs ishi (loyihasi)ni bajarish;
- nazariy bilimlarni amaliyotda qo’llash;
- amaliyotdagi mavjud muammolarning yechimini topish;
- ilmiy maqola, anjumanga ma’ruza tezislarini tayyorlash.
O’qitilayotgan fanning xususiyatlaridan kelib chiqqan holda talaba mustaqil ishini tashkil etishda boshqa shakllardan ham foydalanilishi mumkin. Talabalarga qaysi turdagi topshiriqlarni berish lozimligi kafedra o’qituvchilari tomonidan belgilanadi.
3.3. Talabalar mustaqil ishini samarali tashkil etish uchun quyidagilar talab etiladi:

  • TMI (talabalar mustaqil ishi)ning barcha shakllarini tashkil qilishga asosli yondashish;

  • TMI ning barcha bosqichlarini (turlarini) muvofiqlashtirish;

  • TMI ning bajarilish sifati ustidan qat’iy nazorat o’rnatish;

  • TMI ni tashkil etish va nazorat qilish mexanizmini yaratish va takomillashtirib borish.

3.4. Talabalarga beriladigan mustaqil ta’lim topshiriqlari muvaffaqiyatli yakunlanishi uchun quyidagilarga jiddiy e’tibor berish talab etiladi:
- nima maqsadda berilayotganligi (bilimni mustahkamlash, yangi bilimlarni o’zlashtirish, ijodiy faollikni oshirish, amaliy ko’nikma va malakalarni shakllantirish va h.k.);

  • bajariladigan vazifalar, topshiriqlarning aniq-ravshan belgilanishi;

  • konsultasiya va boshqa yordam turlarining to’g’ri belgilanishi (yo’llanma va ko’rsatma berish, mavzuning mazmuni va mohiyatini tushuntirish, topshiriqlarni bajarish usullari bo’yicha tushuncha berish, muammoli o’rinlarni birgalikda hal qilish va h.k.);

  • nazorat vaqti, shakli va turlarini aniq belgilab olish (amaliy, seminar, laboratoriya mashg’ulotlari, konsultasiya uchun yoki nazorat uchun maxsus ajratilgan vaqt; ma’ruza yo referat matni, bajarilgan topshiriqlar daftari, nazorat ishlari, uy vazifasi daftari, kurs ishlari, test, maqola, nostandart topshiriqlar, savollar, maqola, ko’rgazmali jihozlar va ijodiy ishlar; savol-javob, bajarilgan ish mazmuni va mohiyatini tushuntirib berish, yozma shaklda bayon qilish va h.k.).

3.5. Talabalar mustaqil ishi shartli ravishda uch turga ajratiladi:

  • takrorlash va mashq qilish;

  • yangi bilimlarni mustaqil o’zlashtirish;

  • ijodiy xarakterdagi (izlanishni talab qiladigan) ishlarni bajarish.

Takrorlash va mashq qilishda talaba dars mashg’ulotlari paytida olgan bilimlarini takrorlaydi, tahlil qilib, fikrlab ko’radi, qayta ishlab chiqib, mustahkamlaydi va eslab qoladi, amaliy topshiriqlarni bajarish ko’nikmalari va malakalarini shakllantiradi.
Yangi bilimlarni mustaqil o’zlashtirishda talaba axborot manbalarini izlab topish, ular ustida ishlash, konspektlashtirish, fikrlarini izchil bayon qilish bo’yicha ko’nikma va malakalarini egallaydi, mustaqil ta’lim olish metodlarini o’rganadi.
Ijodiy xarakterdagi topshiriqlarni bajarishda talaba muammoli vaziyatlarni aniqlash, tahlil qilish va mustaqil ravishda qaror qabul qilish ko’nikmalarini egallaydi, masalani hal qilishga ijodiy yondashishga o’rganadi, test va topshiriqlar tuzish, ko’rgazmali vositalar tayyorlash, ilmiy xarakterdagi, izlanishlarni talab qiladigan masalalarni hal qilish metodlari bilan tanishadi.
3.6. Kafedra o’qituvchilari tomonidan talabalar mustaqil ta’limini tashkil qilish bo’yicha quyidagilar ishlab chiqiladi:
- mustaqil o’zlashtirish uchun mo’ljallangan ma’ruzalar va referatlar mavzusi;


Download 2,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   124




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish