Guruh talabasi Toirov Shaxzodning “Biznes boshqaruv asoslari” fanidan


Boshqarish sub’ektlari va ob’ektlari



Download 486,18 Kb.
bet12/26
Sana25.06.2022
Hajmi486,18 Kb.
#705129
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   26
Bog'liq
it

2. Boshqarish sub’ektlari va ob’ektlari
Har qanday sistema, jumladan korxonalar ham ikki sistema ko‘rinishida namoyon bo‘ladi: boshqaruvchi va boshqariluvchi sistemalar. Korxonalarda boshqaruvchi sistemaga (boshqaruv sub’ekti) korxona rahbariboshchiligidagi boshqaruvchilar, boshqariluvchi sistemalarga (boshqaruv ob’ekti) sex, uchastka ishchi o‘rinlari kiradi. Sex boshlig‘i boshchiligida sex boshqaruvi zavod sexlarini boshqaruvi deyilsa, ishlab chiqarish uchastkalari esa boshqarish sistemalari.Uchastkada uchastka rahbarlari boshqaruvchi sistemalar bo‘lsa, boshqariluvchilar esa ishchi o‘rinlaridir. Har ikki boshqaruvchi va boshqariluvchi sistemalar orasida bir xil munosabat, ya’ni insonlar o‘rtasidagi munosabatga asoslanadi. SHunday qilib, ishlab chiqarish ikki turdagi boshqaruvdan iborat: buyumlarni boshqarish (mehnat vositalari) va insonlarni boshqarish (ishlovchilar). Buyumlarni boshqarish (uskuna, mashina, stanok)-bu ishlab chiqarishning o‘zi, ya’ni ishlab chiqarish jarayonida iqtisodiy resurslar sifatida, mahsulotlar vaxizmatlardan iborat hayotiy ne’matlar yaratiladi. Ishlab chiqarishning ana shu qismi boshqariluvchi sistemasini tashkil qiladi. Demak, ishlab chiqarishni boshqarish avvalo ishlovchilarni boshqarish, o‘z navbatida ishlovchilar mehnat vositalari (mashina. stanok, mexanizm)ni boshqaradi. Boshqaruvchi va boshqariluvchi sistemalar o‘rtasida o‘zaro axborot almashiniladi. Boshqaruvchi sistemadan boshqariluvchilarga boshqaruv qarorlari buyruq ko‘rinishida tushuniladi: o‘z navbatida boshqariluvchilar boshqaruvchilarga buyruqning ijrosi xaqida axborot beradilar.


3. Xodim boshqarish tamoyillari va usullari


O‘ziga xos faoliyat turi bo‘lgan boshqarishning maqsadi ijtimoiy mehnatnitartibga solish va muvofiqlashtirishdan iborat. Bu ta’rif «umumiy boshqarish»ga ham taalluqlidir. Boshqarish to‘rt kichik sohaga bo‘linadi, ular boshqarish ishining turli tarkibiy jihatlarini: mahsulotni boshqarish, bozorni boshqarish, moliyaviy boshqarish va xodimni boshqarishni ochib beradi. Keyingi vaqtlargacha “xodimni boshqarish” tushunchasining o‘zi bizning boshqaruvga doir tajribamizda yo‘q edi. To‘g‘ri, har bir korxona va tashkilotni boshqarish tizimi kadrlarni boshqarish va jamoani ijtimoiy rivojlantirishni boshqarishdan iborat kichik funksional tizimga ega edi, lekin kadr boshqarishgadoir ishlarning ko‘pchilik qismini bo‘linmalarning rahbarlari ado etishardi.Hozirgi sharoitda pog‘onali (ierarxik) boshqarishdan, ma’muriy ta’sirko‘rsatishning qat’iy tizimidan, amalda cheklanmagan ijrochilik xokimiyatidan bozor munosabatlariga sekinlik bilan o‘tish sodir bo‘lmoqda. U iqtisodiy usullarga tayanadi. SHu munosabat bilan butunlay yangicha yondashuvlarni ishlab chiqish zarur bo‘lib qolmoqda. Ma’lumki, tashkilot ichida asosiy kuch — xodimlar, uning tashqarisida esa mahsulot iste’molchilaridir. SHu boisdan ishlovchining ongini iste’molchi tomonga (boshliq tomonga emas) burish zarur; talon-taroj, isrofgarchilikka emas, foydani o‘ylamasdan ijro qiluvchiga emas, balki tashabbuskor tomonga burish kerak. Sog‘lom iqtisodiy ma’noga asoslanuvchi ijtimoiy normalarga o‘tish lozim. Hozirgi vaqtda kadrlarni boshqarishning maqsadi korxona doirasida inson resurslarini samarali tashkil etishni ta’minlashdan iborat ekanligi hech kimga sir emas. Masalan, V. Grant va J.Smitning “Kadrlar ma’muriyati va ishlab chiqarish munosabatlari” nomli kitobida ko‘rsatib o‘tilishicha, “kadrlarni boshqarish funksiyasi korxonani boshqarish tizimining asosiy elementi bo‘lgan inson omilini birxillashtirish,unga baho berish, muvofiqlashtirish va nazorat qilish bilan bog‘liqdir”. Biroq kadrlar muammosini yana ham kengroq tushunish tarafdorlar ham bor. Masalan, Vashington universitetining boshqarish va tashkil etish professori Uondel French universal kadrlarni boshqarish konsepsiyasining eng ashaddiy himoyachilaridan biridir. “Kadrlarni boshqarish jarayoni: inson resurslari ma’muriyati” kitobida umumiy boshqarish jarayonining “kadrlarni boshqarish dinamik aspekt sifatida” tasvirlanadi. SHuni aytish kerakki, tashkiliy maqsadlarga erishmoq uchun asosiy vosita bo‘lgankadrlarni boshqarish tushunchasi ancha ilgari ishlab chiqilgan. Orduey Tid va Genri Metgelfning “Kadrlar ma’muriyati: uning prinsiplari va amaliyoti” kitobida (birinchi marta 1920 yilda nashr etilgan) ko‘rsatib o‘tilganidek, “kadrlar ma’muriyati tashkil etish faoliyatini rejalashtirish, nazorat qilish, boshqarish va muvofiqlashdir, u eng kam odam kuchi va qiyinchiliklarsiz muayyanmaqsadga erishishni, tashkilotning barcha a’zolari farovonligi haqida g‘amxo‘rlikqilishni o‘z ichiga oladi”. Keyinchalik Anri Fayolning mashhur besh bo‘g‘inli boshqaruv sxemasi (rejalashtirish, tashkil etish, tasarruf qilish, koordinatsiya, nazorat) o‘rnigatashkil etishning ancha murakkab boshqaruv jarayonlari va operatsiyalariningmaqsad va resurslarining o‘zaro bog‘liqligi modeli joriy etiladi. SHu munosabatbilan U.Frenchning tashkilotni muntazam Tadbirkorlik faoliyati ustuvor yo‘nalishlarining o‘zgarishi (biznesning amal qilishi) ishlab chiqarish faoliyati prinsiplarining o‘zgarishiga olib keldi,bu esa o‘z navbatida xodim bilan ishlashga ta’sir ko‘rsatadi.Xodimlarni boshqarish ikki guruhdan iborat tamoyillarga asoslanadi.Umumiy tamoyillar; tashkiliy tamoyillar
1. Samaradorlik
2.Konsentratsiya
3. Ilg‘orlik
4. Ixtisoslashtirish
5. Istiqbollik
6. Muvoziylik(paralellik)
7. Komplekslilik
8. Ixchamlik
9. Tezkorlik
10. Izchillik
11. Maqbullik
12. Uzluksizlik
13. Oddiylik
14. Me’yoriylik
15. Ilmiylik
16. Texnologik birlik
17. Ko‘p bo‘g‘inlilik
17. Badastirlik
18. Avtonomlilik
19. Boshqarishda kollegiallik
20. Barqarorlik
21. Ko‘p qirralilik
22. Rejalilik
23. Rag‘batlantiruvchanlik
24. Tanlash va joy joyiga qo‘yish
25. Samarali bandlilik.
Har bir tamoyil xodimlarni boshqarishning u yoki bu jihatini takomillashtirishga xizmat qiladi. Boshqarish uslubi- bu rahbarning boshqaruv jarayonida qo‘llaydigan barchaeng yaxshi chidamli usullar yig‘indisidir. Rahbar o‘ziga xos usul vauslubda ish yuritishi lozim. Rahbar odamlarni boshqara turib korxonaning pirovard maqsadini ko‘ra oladi va o‘z orqasidan ergashtiradi. Rahbar barcha mutaxassis va xodimlarning faoliyatini ish va uning turlaridan kelib chiqib qovushtira bilishi kerak. Boshqaruv jarayonida uchta aniq usul bor: avtoritar (direktiv), demokratik(kollegial) va liberal. Serg‘ayrat rahbar ongli ravishda har bir usulning ijobiy tomonlarini oladi va korxonaning samarasini ta’minlashda qo‘llaydi.

Download 486,18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish