Hayot faoliyati xavfsizligi (O`quv qo`llanma) toshkent 2019



Download 6,65 Mb.
bet1/147
Sana06.03.2022
Hajmi6,65 Mb.
#485007
TuriУчебное пособие
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   147
Bog'liq
HFX-amaliy (2)


O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI
R.R.NURMAMATOVA
HAYOT FAOLIYATI XAVFSIZLIGI


(O`quv qo`llanma)


TOSHKENT - 2019
Hayot faoliyati xavfsizligi; R.R. Nurmamatova (O`quv qo`llanma)

O`quv qo`llanma Oliy ta’lim muassasalarida “Hayot faoliyati xavfsizligi” fanini o`rganuvchi barcha ta’lim yo`nalishlari talabalariga mo`ljallangan. Qo`llanmadan shu soha mutaxassislari, o`qituvchilar, ma’muriy, boshqaruv va muhandis-texnik hodimlar foydalanishlari mumkin. O`quv qo`llanma O`zbekiston Respublikasi Davlat ta’lim standarti andozalariga mos ravishda tayyorlangan.


Учебное пособие предназначена для студентов всех учебных заведений, изучающих предмет «Безопасность жизнедеятельности» в высших учебных заведениях. Руководство может также использовано руководителями данной отросли и менеджерами и инженерами. Учебный план составлен, в соответствии с Государственным образовательным стандартом Республики Узбекистан.


The manual is intended for students of all educational institutions studying the subject of "Safety" in higher education. The manual can be used by professionals, teachers, administrators, managers and engineers. The curriculum is based on the accordances with the State Educational Standard of the Republic of Uzbekistan.


Taqrizchilar:
O.R.Yuldoshev –Toshkent to`qimachilik va yengil sanoat instituti, t.f.n.dotsent. Xalqaro “Hayot faoliyati xavfsizligi” Akademiyasining haqiqiy akademigi.
O.Rahimov – Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti o`quV uslubiy boshqarma boshlig`i, professor.

O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil “20” iyuldagi 654-sonli buyrug`iga asoson o`quv qo`llanma nashr qilishga ruxsat berildi.


Kirish
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy va siyosiy sohalardagi barcha islohotlarning asosiy maqsadi yurtimizda yashayotgan fuqarolar uchun munosib hayot sharoitlarini yaratib berishga qaratilgandir. Albatta, munosib hayot sharoitini yaratish ilmiy-texnik taraqqiyot asosida amalga oshiriladi va bu inson mehnatini yengillashtirish bilan bir qatorda, turli xil xavfli omillarni vujudga keltiradiki, natijada har xil ko`rinishdagi baxtsiz hodisalar: jarohatlanishlar, shikastlanishlar va kasb kasalliklari vujudga keladi. Lekin, bu muqaddas zaminda yashayotgan har bir inson yaxshi yashashni, ya’ni o`zining moddiy, ma’naviy va ijtimoiy ehtiyojlarini to`liqroq qondirishni istaydi. Aynan shu sababli, inson tinimsiz faoliyatda bo`ladi. Faoliyat – insonning yashashi uchun zarur bo`lgan asosiy shart-sharoitlardan biridir. Mehnat – faoliyatning oliy shaklidir. Falsafiy nuqtayi nazardan olib qaraganda, «inson» tushunchasiga xos aniqlanish «Homo agens», ya’ni «Harakatdagi inson»dir. Albatta, faoliyat va mehnat shakli turlicha bo`lib, hayotdagi ishlab chiqarish, madaniyat, jamoat ishlari, ilmiy ishlar va boshqa sohalardagi amaliy, intellektual hamda ma’naviy jarayonlarni o`z ichiga oladi. Ishlab chiqarishda mehnatni tartibsiz, amaldagi qonun-qoidalar, standartlar va ko`rsatmalarga amal qilmasdan amalga oshirilishi, nafaqat jarohatlanish yoki shikastlanishni keltirib chiqarishi, balki ayrim hollarda o`limga ham olib kelishi mumkin. Tabiiyki, bu insonni o`zining mehnat faoliyatidagi tabiiy, texnik, antropogen, ekologik va boshqa turdagi barcha xavfli omillardan himoyalashni ilmiy asosda tashkil qilishni talab etadi.
O`zbekiston Respublikasi geografik jihatdan shunday bir mintaqada joylashganki, tabiatning biror bir turdagi injiqliklari respublika hududlarini chetlab o`tmagan: Jumladan, tabiiy hodisalardan zilzilalar, o`pirishlar, qor ko`chkilari, kuchli yog`ingarchiliklar, dovullar va boshqa fojiali oqibatga olib kelishi mumkin bo`lgan favqulodda vaziyatlar mintaqamizda bo`lib turadi.
Tabiiy ofatlar inson boshiga og`ir kulfatlar soluvchi, ekologik muhitga, iqtisodiyot obyektlariga beqiyos zarar yetkazuvchi omil bo`lib, ular har yili Pespublikamizning turli hududlarida sodir bo`lib turadi. Masalan: Respublikamizning tog`li viloyatlarida (Toshkent, Qashqadaryo, Namangan, Farg`ona, Samarqand, Surхondaryo, Jizzax) erta bahorda sel kelishi, suv toshqinlari va tog`larni ko`chishi bilan bog`liq bo`lgan favqulodda vaziyatlar shular jumlasidandir. Shuningdek, Respublikamizning cho`l zonalari jumladan: Qashqadaryo, Surхondaryo, Buxoro, Navoiy, Xorazm viloyatlarida hamda Qoraqalpog`iston Respublikasida kuchli chang-to`zonlar shamollar esib fuqarolar sog`lig`iga va davlatimiz iqtisodiyotiga o`z ta’sirini o`tkazib kelmoqda.
Sodir bo`lgan favqulodda vaziyatlarning kelib chiqish sabablarini tahlil qiladigan bo`lsak, ularning 80 foizga yaqini inson faoliyati bilan bog`liq ekanligini guvohi bo`lamiz. Qurbon bo`lganlarning 40 foizidan ortig`i tabiiy va texnogen hususiyatli favqulodda vaziyatlar sharoitiga to`g`ri baho bera olmasligi, ayniqsa mazkur sharoitda to`g`ri harakatlanish yo`llarini topa olmasligi oqibatida hayotdan ko`z yummoqda.
Jahon tajribasi shuni ko`rsatadiki, jabrlanganlar sonini kamaytirishning asosiy yo`llaridan biri aholining barcha toifalarini shu jumladan yoshlarni favqulodda vaziyatlar sharoitida to`g`ri harakatlanishga o`rgatishdan iboratdir. Fikrimizcha, bunday tayyorgarlik doimiy, muntazam, uzluksiz tarzda oilada, mahallada, mdalolatnomaabgacha ta’lim muassasalari hamda umumiy o`rta ta’lim mdalolatnomaablarida va Oliy ta’lim muassasalarida amalga oshirilmog`i lozim.

Download 6,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   147




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish