Hisob va audit



Download 162,5 Kb.
bet3/9
Sana31.12.2021
Hajmi162,5 Kb.
#199983
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
foydali-fayllar uz auditorlik dalillari va ularni olish usullari (Lotincha)

Ishonchlilik – moliyaviy hisobot ma’lumotlarining ulardan malakali foydalanuvchilarga xo‘jalik yurituvchi subьektlar faoliyatining natijalari to‘g‘risida to‘g‘ri xulosalar qilishga va ushbu xulosalarga asoslangan qarorlar qabul qilishga imkon beradigan darajasi tushuniladi. Boshqacha qilib aytganda, bu auditorlik dalillar qanchalik ishonchga sazovar va haqiqatga yaqin ekanligini tavsiflaydi. Audit jarayonida olingan dalillarning ishonchliligi mustaqillik va manba kompetentligi, ichki nazorat tizimining samaradorligi kabi omillarga bog‘liq. Auditorning o‘zi mustaqil manbalardan olgan dalillarning ishonchlilik darajasi xo‘jalik yurituvchi subьektdan olingan dalillarga qaragan-da yuqoriroq. Barcha dalillar yig‘indisini faqat so‘ngilari etarli bo‘lganidagina ishonchli deb hisoblash mumkin.
Dalillarning etarliligi ularning miqdori va sifati bilan belgilanadi. U tanlash ko‘lami va to‘plamdagi muayyan elementlarning tavsifi bilan bog‘liq. Axborotlarning samaradorligi esa tanlash elementlarining reprezentativligi (bosh to‘plamning o‘rganilayotgan belgilar bo‘yicha xususiyatlari tanlama to‘plamda namoyon bo‘lishi)ga bog‘liq, ya’ni reprezentativlik qancha yuqori bo‘lsa, auditorlik riski shuncha past bo‘ladi. Auditorlik risklarini pasaytiruvchi dalillarning etarliligi to‘g‘risida auditor ichki nazorat tizimini baholash va auditorlik riskining hajmiga asoslanib xulosa qilishi mumkin. Ichki nazorat tizimi qanchalik ishonchli va auditorlik riski qanchalik past bo‘lsa, auditordan shunchalik kam dalil-isbotlar to‘plash talab etiladi.

7


Dalillarning etarliligini aniqlashda quyidagi holat-larni hisobga olish zarur: mustaqil manbalar (uchinchi shaxslar)dan olingan dalillarning mijoz-korxona xodimlaridan olingan dalillarga nisbatan ishonchliroq ekanligi; auditorlik tashkilotining mustaqil tekshiruvi yoki tahlili natijasida olingan ma’lumotlarning uchinchi shaxslardan olingan ma’lumotlarga qaraganda ishonchliroq ekanligi; hujjatlar va yozma ko‘rsatmalar shaklidagi auditorlik dalillarining og‘za-ki ko‘rsatmalarga qaraganda ishonchliroq ekanligi. Nihoyat, turli manbalardan olingan dalillardan foydalanish natijasida qilingan xulosalarni taqqoslash imkoniyatlarini hisobga olish kerak.
Amaldagi standartlarga muvofiq auditorlik baholash uchun zarur ma’lumotlar miqdori qat’iy chegaralab qo‘yilma-gan. SHu boisdan auditor o‘zining professional fikriga tayangan holda xo‘jalik yurituvchi subьekt moliyaviy hisoboti-ning ishonchliligi to‘g‘risida xulosa tuzish uchun zarur bo‘la-digan ma’lumotlarning miqdori haqida mustaqil qaror qa-bul qilishi lozim. Auditorlik dalillarining o‘z vaqtida to‘planishiga alohida e’tibor berish zarur. Aks holda ular oshiqcha va keraksiz bo‘lib qoladi. O‘z vaqtidalik har bir auditorlik dalilining tekshirilayotgan davrga bevosita taalluqliligi, yoki mijoz-korxona faoliyatining hisobot tuzilganidan so‘ng, ammo auditorlik xulosasi tuzilishidan oldin sodir bo‘lgan ma’lum bir jiddiy hodisalariga taalluqli ekanligidan ham iboratdir. To‘plangan dalillar tekshirilayotgan hisobot tuzilgan sanaga qanchalik yaqin bo‘lsa, ular shunchalik ishonarli bo‘ladi.
Agar xatolar va noaniqliklar to‘g‘risidagi dalillar mijoz korxona ma’muriyatiga auditorlik xulosasi soliq organiga topshirilmasdan oldin taqdim etilgan bo‘lsa, u holda buxgalteriyada hisobotlarga zarur tuzatishlarni kiritish imkoni bo‘ladi. Agar hisobot soliq organiga topshirilganidan so‘ng audit o‘tkazilsa, tuzatish kiritish imkoni yo‘q, lekin joriy davrda aniqlangan xato kamchiliklarni o‘z vaqtida tuzatish mumkin.
Auditorlik tekshiruvlarining asosi auditorlik dalillarini topishdan

8


iborat. U ma’lumotlarni to‘plash, moliyaviy hisobotning ishonchliligi (yoki ishonchsizligi)ni, moliya-xo‘jalik muomalalarining buxgalteriya hisobini yuritishga oid belgilangan qoidalar va nizomlarga muvofiqligi-ni va shu bilan birga auditorlik xulosasi tuzish uchun auditorning shaxsiy fikrini shakllantirish maqsadida ularni umumlashtirish va baholashni nazarda tutadi.




  1. Download 162,5 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish