Hisob va audit



Download 162,5 Kb.
bet8/9
Sana31.12.2021
Hajmi162,5 Kb.
#199983
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
foydali-fayllar uz auditorlik dalillari va ularni olish usullari (Lotincha)

Kuzatib chiqish – bu sintetik va analitik hisob registrlarida dastlabki hujjatlar ma’lumotlarining aks ettirilishini, ayrim dastlabki

20


hujjatlarni tekshiradigan, yakuniy schetlar korrespondensiyasini topadigan va xo‘jalik faoliyatining tegishli faktlari buxgalteriya hisobida to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri aks ettirilganligini tekshirish jarayonidir.
Kuzatib chiqish dastlabki hujjatlardan sintetik va analitik hisob registrlariga, bosh daftarga va hisobotlarga tomon, yoki ko‘p hollarda uchraydigan, teskari tomon yo‘nalishi-da amalga oshiriladi. Kuzatib chiqish, xususan, mijoz-kor-xona hujjatlarida aks ettirilgan notipik moddalar va hodi-salarni o‘rganishga imkon beradi.
Auditor kuzatib chiqish uchun dastlabki hujjatlarni №14-«Auditorlik tanlash» nomli AFMSga muvofiq tanlab oladi.
Masalan, asosiy vositalar qiymatining ko‘payishi odatda amortizatsiya summalarining ko‘payishiga ham olib keladi. Nomuvofiqlik aniqlanganda auditor tegishli dalillarni topishi lozim. Aytaylik, asosiy vositalar kirimini tekshirib mijoz-tashkilot mazkur aktivlarni byudjetdan moliyalashtirish hisobiga sovg‘a shartnomasi bo‘yicha olganligini aniqladi. Bunday obьektlar bo‘yicha esa amortizatsiya hisoblanmaydi. SHunday qilib aniqlangan nomuvofiqlikka auditor tomonidan qoniqarli isbot topilgan.
Auditorlik dalillari auditni rejalashtirish chog‘ida tahliliy amallarni qo‘llash, masalan, balans strukturasini aniqlash, eng jiddiy moddalarni va moddalar nisbatidagi kabi, boshqa davrlar bilan solishtirish bo‘yicha ham o‘zgarishlarni aniqlashga imkon beradi. Bu axborotlar risk zonasini aniqlash va boshqa auditorlik amallarini rejalashtirish chog‘ida qo‘llaniladi. Xususan, auditor hisobotni dastlabki tahlil qilish ma’lumotlariga ko‘ra qaysi hisobot moddalarini puxta tekshiruvdan o‘tkazish zarurligini hal qiladi. Hisobotda uchraydigan xatolar zonasi mijoz-korxonaning joriy davrdagi dastlabki ma’lumotlari va o‘tgan yillardagi shunga o‘xshash ma’lumotlar yoki taqqoslash uchun ishlatilgan boshqa axborotlar o‘rtasida keskin farqlarni topish yo‘li bilan aniqlanishi mumkin. Keskin tafovutlarning ehtimoldan holi bo‘lmagan sabablaridan biri hisob va hisobotda ataylab yoki bilmasdan yo‘l qo‘yilgan xatolar bo‘lishi mumkin.

21


Auditorlik tekshiruvlar chog‘ida tahliliy amallar buxgalteriya hisobi ma’lumotlarini haqiqiy ma’lumotlar yoki auditor tomonidan hisoblab chiqilgan summalari bilan taq-qoslash orqali ham qo‘llanilishi mumkin.
Auditning yakunlovchi bosqichida tahliliy amallarni qo‘l-lash hisob va hisobotdagi aniqlangan nomuvofiqliklarga qo‘-shimcha dalillar olish, hamda ushbu nomuvofiqliklarning hi-sobot ishonchliligiga ta’sirini aniqlashga ham imkon beradi.
Haqiqatga yaqin tahliliy amallardan biri balans hisob-kitoblari hisoblanadi. Xususan, auditor tayyor mahsulotlarning hisobda haqqoniy va to‘liq aks ettirilishi to‘g‘risidagi dalil-isbotlarga ega bo‘lish uchun tez-tez xom-ashyolar, mate-riallar va tayyor mahsulot olinishi balansini tuzadi.
Xom-ashyo va materiallar balansini tuzish quyidagilarni nazarda tutadi: mahsulotning bir birligi uchun norma bo‘yicha sarflangan xom-ashyo va materiallar va haqiqatda olingan mahsulotlar hisob-kitobi; xom-ashyo va materiallarni haqi-qiy sarfi bilan taqqoslash; xom-ashyo va materiallarni sarflashda tafovutlarni aniqlash.
Tayyor mahsulot balansini aniqlashda uning haqiqiy chiqishi mahsulot birligi uchun ketadigan xom-ashyo va mate-riallar normasidan kelib chiqqan holda hisoblab chiqarilgan normativlari va xom-ashyo va materiallarning haqiqiy sarfi bilan taqqoslanadi.
Bunday balansni tuzish xom-ashyo, materiallar sarfi va mahsulot chiqishi (ish bajarish, xizmat ko‘rsatish) normatividan chetga chiqishlarni aniqlash va shu bilan birga moliyaviy natijani hisoblab chiqarishning haqqoniyligiga ishonch hosil qilishga imkon beradi.

22



Download 162,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish