Hisob va audit



Download 162,5 Kb.
bet1/9
Sana31.12.2021
Hajmi162,5 Kb.
#199983
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
foydali-fayllar uz auditorlik dalillari va ularni olish usullari (Lotincha)


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI
HISOB VA AUDIT” FAKULTETI

KURS ISHI

Mavzu: AUDITORLIK DALILLARI VA ULARNI OLISH USULLARI

Bajardi:HBA-62 ABILOV SH.

TOSHKENT 2017

1


Reja:
Kirish


  1. Auditorlik dalillari tushunchasi va uning ahamiyati.




  1. Auditorlik dalillarning turlari va auditorlik dalillarni olish manbalari.




  1. Auditorlik dalillarini olishda umumiy audit muolajalari.

  2. Mohiyati buyicha tekshirishda audit muolajalri.

Xulosa va takliflar


Fodalanilgan adabiyotlar ruyxati

2


Kirish
Mamlakatimizda barqaror va samarali iqtisodiyotni shakllantirish borasida amalga oshirib kelinayotgan islohotlar bugungi kunda o‘zining natijalarini namoyon etmoqda. Jumladan, qisqa vaqt ichida iqtisodiyotda chuqur tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirish, aholi daromadlarining sishini ta’minlash, samarali tashqi savdo hamda investitsiya jarayonlarini kuchaytirish, qishloq xo‘jaligini isloh qilish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasini barqaror rivojlantirish, bank-moliya tizimi faoliyatini mustahkamlashda ahamiyatli yutuqlar qo‘lga kiritildi.
O‘zbekistonning xalqaro iqtisodiy maydondagi nufuzi va mavqei xo‘jalik yuyurtuvchi subektlarning pul mablag‘lardan oqilona foydalanishi va moliyaviy mustahkamlanishi orqali sezilarli darajada hamda muntazam oshib bormoqda. Bunda mamlakatimiz rahbari Islom Karimov tomonidan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish strategiyasining puxta ishlab chiqilganligi, iqtisodiy islohotlar maqsadi va vazifalari, amalga oshirish yo‘llarining aniq va to‘g‘ri ko‘rsatib berilganligi bosh maqsad yo‘lidagi yutuq va marralarning salmoqli bo‘lishiga imkon yaratdi1.
Hozirgi davrda dunyo mamlakatlari ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti o‘zining ma’no-mazmuni jihatidan oldingi bosqichlardan keskin farq qiladi. Bunda eng asosiy va muhim jihat – milliy iqtisodiyotlarning tobora integratsiyalashuvi va globallashuvining kuchayib borishidir. Ayni paytda bu jarayonlar xalqaro maydondagi raqobatning ham keskinlashuviga, har bir mamlakatning xalqaro mehnat taqsimotidagi o‘z mavqeini mustahkamlash uchun kurashining kuchayishiga ham ta’sir ko‘rsatadi.
Biroq, o‘z o‘rnida ta’kidlash lozimki, jahon iqtisodiyotiga integratsiyalashuv va globallashuvning ijobiy tomonlari bilan bir qatorda ma’lum ziddiyatli jihatlari ham mavjud. Jumladan, turli mamlakatlardagi iqtisodiy rivojlanishning bir tekisda bormasligi, ya’ni korxona, tashkilotlarda moliyaviy mablag‘lardan unumli fodalanilmaganligi, turli



  1. «Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, o‘zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo‘llari va choralari» TDIU, o‘quv qo‘llanma, “Iqtisodiyot” 2009 y.

3


faoliyatdan olingan pul mablag‘larni noto‘g‘ri sarflanishi, xalqaro valyuta kredit munosabatlarining buxgalteriya hisobida aniq tahlil natijasida aks ettirilmaganligi dunyo mamlakatlari o‘rtasida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish jihatidan tafovutlar jahon xo‘jaligining yaxlit tizim sifatida barqaror rivojlanishiga to‘sqinlik qiladi. SHuningdek, mazkur jarayonlarining yana bir xususiyatli jihati – jahonning bir mamlakatida ro‘y berayotgan ijtimoiy-iqtisodiy larzalarning muqarrar ravishda boshqa mamlakatlarga ham o‘z ta’sirini o‘tkazishi hisoblanadi. Jahon hamjamiyati bugungi kunda boshidan kechirayotgan moliyaviy inqiroz ham aynan shu ma’noda globallashuv jarayonlarining salbiy oqibati sifatida namoyon bo‘ladi.
SHunga ko‘ra, biz mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining joriy va istiqboldagi chora-tadbirlarini belgilashda jahon moliyaviy inqirozi oqibatlarining ta’sirini har tomonlama hisobga olishimiz, iqtisodiy rivojlanish dasturlarini ushbu jarayonlar ta’siri nuqtai-nazaridan shakllantirishimiz va ularni izchil amalga oshirishimiz taqozo etiladi. Bu boradagi chora-tadbirlar Prezidentimiz I.Karimovning «Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O‘zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo‘llari va choralari2» nomli asarlarida keng va batafsil bayon qilib berilgan. Ushbu bitiruv malakaviy ishimizda keltirilgan jumlalarni tahlil qilish orqali shuni takidalshimiz mumkinki moliyaviy faoliyatdan olingan pul mablag‘lari hisobini to‘g‘ri tashkil qilish va ulardan oqilona foydalanish jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining mazmun-mohiyati, namoyon bo‘lish shakllari, kelib chiqish sabablari, uning O‘zbekiston iqtisodiyotiga ta’siri, mazkur inqiroz oqibatlarini oldini olish va yumshatishga asos bo‘lgan omillar bayon qilib berilgan. SHuningdek, mamlakatimiz xo‘jalik sube’ktlarida auditorlik daliilarni olish va ularni to‘g‘riligini tekshirish auditorlik tekshiruvlarini yanada sifatini oshiradi, bu esa mustaxkamlash chora tadbirlari kurs ishimizning dolzarbligini belgilab beradi.



  1. Karimov I.A. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O‘zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo‘llari va choralari. – T.: O‘zbekiston, 2009y.

4


1. Auditorlik dalillari tushunchasi va uning ahamiyati
Auditning xalqaro standartlari – AXS (International Standarts of Auditing – ISAs) da standartlash ob’ekti sifatida V – «Auditorlik dalillar» (500-599) nomli maxsus bo‘lim ajratilgan. Ushbu bo‘lim 9 ta standartni o‘z ichiga oladi:


  • 500 – «Auditorlik dalillar» (Audit Evidence)




  • 510 – «Birlamchi kelishuvlar – boshlang‘ich qoldiq-lar» (Initial Engagements Opening Balances)




  • 520 – Analitik amallar (Analytical Procedures)




  • 530 – Auditorlik tanlash (Audit Sampling)




  • 540 – Buxgalterlik hisobida baholanadigan qiymat-lar auditi (Audit of Accounting Estimates)




  • 550 – Bog‘liq tomonlar (Related Parties)




  • 560 – Keyingi hodisalar (Subsequent Events)




  • 570 – Uzluksiz faoliyat (Going Concern)




  • 580 – Rahbariyatning bildirgisi (Management Representations)

Ushbu standartlar auditorlik faoliyatining xalqaro amaliyotida olinadigan dalillarning etarlilik darajasini va ularni to‘plashga nisbatan qo‘yiladigan talablarni belgilaydi.


Bizning mamlakatimizda esa shu vaqtgacha qabul qilingan auditorlik faoliyati milliy stanlartlaridan quyidagilarni shunday bo‘lim sifatida umumlashtirish mumkin:
№10-AFMS «Moliyaviy hisobot tarkibidagi boshqa axborotlar»; №11-AFMS «Ma’lumotlarni kompьyuterda ishlash (MKI) sharoitida audit o‘tkazish»; №13-AFMS «Tahli-liy amallar»; №14-AFMS «Auditorlik tanlash»; №16-AFMS «Ekspert ishidan foydalanish»; №50-AFMS «Auditorlik dalillar».
Auditorlik dalillarning miqdor va sifat ko‘rsatkich-lariga, shuningdek ularni olish maqsadida bajariladigan amallarga nisbatan qo‘yiladigan talablar № 50 – «Auditorlik dalillari» nomli AFMSda belgilangan. Ushbu

5


standart talablarini barcha auditorlik tashkilotlari auditorlik tekshiruvlarini o‘tkazish chog‘ida qo‘llashi majburiydir.
Auditor moliyaviy hisobotning haqqoniyligini asoslashi uchun quyidagi amallarni bajarish natijasida etarli auditorlik dalillarini to‘plashi lozim:


  • schyotlar bo‘yicha oborotlar va qoldiqlarning moliyaviy hisobotda to‘g‘ri aks ettirilishini batafsil tekshirish:

  • tahliliy amallar:




  • ichki nazorat vositalarini tekshirish;

Auditorlik dalillarni to‘plash uchun zarur bo‘lgan auditorlik amallari va ularning hajmi audit dasturida ko‘rsatiladi.


Auditorlik dalillar – bu auditorlik tashkiloti tomonidan auditorlik tekshiruvlar vaqtida to‘plangan va auditorlik xulosasini asoslovchi axborotdir.
Demak, auditorlik dalillar auditorlik tekshiruvi jarayonida tekshirilayotgan mijoz – korxona va uchinchi shaxslardan olingan axborotlar hamda ularni tahlil qilish natijalari bo‘lib, moliyaviy hisobotning ishonchliligi to‘g‘risi-da auditorlik xulosasi tuzish imkonini beradi.
Ushbu ta’rif va tavsiflardagi tayanch tushunchalarni batafsil ko‘rib chiqamiz.
Dalil deyilganda boshqa faktning mavjudligini tasdiqlaydigan yoki inkor qiladigan fakt, yoki mazkur fakt haqida u yoki bu darajadagi ishonchlilik bilan fikr shakllantirishga imkon beradigan, ma’lum fakt to‘g‘risida ma’lumotlar olish jarayoni tushuniladi.

Download 162,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish