Homo economicus


-MASALA . Sharq va Garb falsafasida inson muammosi



Download 0,83 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/41
Sana08.06.2022
Hajmi0,83 Mb.
#644631
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   41
Bog'liq
Antropologiya

3-MASALA . Sharq va Garb falsafasida inson muammosi.
Qadimgi 
Sharq, xususan Xitoy falsafiy tizimlari asosan 
sosiosentrik konsepsiyalar
dan 
iborat bo’lib, ularda inson, odatda, jamiyat, sosium bilan uzviy bog’liq deb 
qaraladi. «Ideal munosabatlar qonuni»ga odamlar o’rtasida, oila, jamiyat, davlatda 
rioya qilish inson hayotining muhim ma’nosi hisoblanadi; bunga jamiyatda qabul 
qilingan me’yorlar, qoidalar, rasm-rusumlar va shu kabilarga izzat-ikrom bilan 
yondashish imkoniyat yaratadi. Boshqacha aytganda, inson o’z shaxsiy hayotini 
doim jamiyat ravnaqi, kamoloti bilan o’lchashi lozim, xususan, u keyinchalik oila 
va davlatni takomillashtirishga harakat qilish uchun o’zini kamol toptirishi lozim. 
Shu ma’noda mashhur qadimgi xitoy faylasufi Konfusiy (mil. av. 551-479 
yillar)ning fikrlari diqqatga sazovor bo’lib, u shunday deb saboq beradi: 
«qilmishlarning asoslari va tamoyillarini o’rgansang, yaxshilik va yomonlik 
haqidagi fikrlaring (axloqiy bilimlar) barkamollikning eng so’nggi darajasiga 
yetadi. Niyatlar sof va xolis bo’lsa, qalb rostgo’y va samimiy bo’ladi. qalb rostgo’y 
va samimiy bo’lsa, inson to’g’ri yo’lga kiradi, kamol topadi. Inson to’g’ri yo’lga 
kirsa va kamol topsa, oilada tartib o’rnatiladi. Oilada tartib hukm sursa, xalqlarni 
boshqarish osonlashadi. Xalqlarni boshqarish osonlashsa, butun dunyo tinch-totuv 
yashaydi»
1
.
Qadimgi hind falsafasiga dunyoning ichki dunyosini birinchi o’ringa qo’yish, 
ya’ni 
antroposentrizm 
xosdir.
Masalan, buddizmda nirvanaga erishish inson barcha niyatlarining pirovard 
maqsadi deb e’lon qilinadi. Nirvana jonning shunday bir holatiki, bunda har 
qanday mayllar yo’qoladi va ichki uyg’unlik yuzaga keladi, mutlaqo erkinlik va 
tashqi dunyoga qaram emaslik tuyg’usi paydo bo’ladi.
Qadimgi hindlarning boshqa bir diniy-falsafiy ta’limoti – jaynizm nuqtai 
nazaridan inson o’zining ma’naviy mohiyati bilan moddiy mohiyatni nazorat qilish 
va boshqarishga erishish uchun uzoq va og’ir yo’l – jonning erkinlashuvi yo’lini 
bosib o’tishi lozim. 
Markaziy Osiyo mutafakkirlari qarashlarida insonni nazariy aql boshqaradi. 
Jumladan al-Forobiy fikricha “Inson shaxsini shakllantiradigan, uni boshqa 
maxluqotlardan ajratib turadigan va unda insoniy xislatlarni rivojlantiradigan narsa 
uning faol aqlidir Bu kuch avval- boshda faqat qobiliyatdir bu quvvat o’ylash, 
mulohaza yuritishga qobil, ammo hayotga tadbiq etish, ya’ni joriy qilishga qobil 
emas”
10
. Aqlni hayotga tadbiq etish uchun, unga tashqi kuch ta’sir etishi kerak, bu 
esa faol aqldir.Faol aql - mustaqil quvvat bo’lib, o’z mohiyati, Birinchi va ikkinchi 
va boshqa sabablar mohiyati haqida fikrlay oladi. Aynan shu faol aql odam 
imkoniyatlarining tashqi voqyealarga ta’sir etishi va uni rivojlantirishga turtki 
beradi. Forobiy ta’biri bilan “moddiy aqldan amaliy aqlning yuqoriroq 
pillapoyasiga ko’tariladi va uning faol aqlga munosabati quyosh bilan ko’zni 
solishtirlandek bo’ladi”
11
. Agar quyosh bo’lmasa, inson narsalarni ko’ra olmaydi. 
Faol aql quyoshi inson ruhi da paydo bo’lganidan keyin, aqliy quvvat faol aqlga 
qaraydi. Inson tabiat gultoji, ya’ni aqlli mavjudod. Yusuf Xos Xojib fikricha inson 
1
Будда. Конфуций. Жизнь и учение. – М.: 1995. – С.139. 
10
Ал-Форобий. Фозил шаҳар аҳолиси. -Т.: Шарқ, 1999.- Б. 69
11
Ал-Форобий Фозил шаҳар аҳолиси.-Т.: Шарқ, 1999 –Б.73.


dunyoda abadiy emas, bu dunyoga kelgan har qanday odam vaqti yetgach ketadi. 
Inson umrining qimmati necha yil yashagani bilan emas, qanday ezgu ishlarni 
amalga oshirganligi, hayotda qoldirgan izi bilan belgilanadi. U kishi olamdan 
o’tgandan so’ng, bu dunyoda undan ikki xil, biri yomon, ikkinichisi yaxshi degan 
nom qoladi Inson iloji boricha o’zidan yaxshi nom qoldirishi, yaxshi olqish olishi 
lozim deb ta’kidlagan
Umuman olganda, barcha zamonlarda insonda umumiy asosni izlash bilan 
band bo’lgan Sharq tafakkuriga hozir ham insonni va uning tashqi dunyo bilan 
aloqasini tushunishga nisbatan G’arb falsafasidagidan o’zgacha yondashuv xosdir. 
XX asr boshida hind mutafakkiri S.Vivekananda shunday deb yozgan edi: «Inson 
tabiatni o’ziga bo’ysundirish uchun tug’iladi va bu o’rinlidir, ammo G’arb «tabiat» 
deganda faqat moddiy, tashqi dunyoni tushunadi. Bu tashqi tabiat o’zining barcha 
tog’lari, okeanlari, daryolari, o’zining cheksiz kuchlari, cheksiz rang-barangligi 
bilan juda ulug’vor, lekin undan ham ulug’vorroq dunyo borki, bu insonning ichki 
dunyosidir. U quyosh, yulduzlar, yer va butun moddiy Koinotdan yuksakroq, 
bizning shaxsiy jajji hayotlarimizning tor chegarasiga sig’maydigan dunyodir. 
G’arb odami tashqi dunyoda «o’ziniki» bo’lganidek, bu ichki dunyoda Sharq 
odami ham xuddi shunday «o’ziniki»dir. Shu bois... G’arb ma’naviy dunyo nima 
ekanligini, xudo nima ekanligini, inson joni nima ekanligini bilmoqchi, dunyoning 
siri va mazmuni nimada ekanligini anglab yetmoqchi bo’lsa, u Sharq oyoqlari 
ostiga cho’kib quloq solishi kerak. Hamonki dunyo hozir ma’lum ma’naviy 
uyg’onishga muhtoj ekan, bunda u kuchni Sharqdan oladi»
12
.
.. 
Ibn Xaldun fikricha, inson tabiatida ezgulik va yovuzlik mavjud. Agar 
odamlar o’z holiga qo’yilsa va insoniylik ruhida tarbiyalanmasa, unda Xudo 
ne’matini qo’lga kiritish kamdan –kam kishiga muyassar bo’ladi. Xayr va shayorr 
oralig’ida qolib, har ikkisidan birini tanlash lozim bo’lganida, unda sharrni 
tanlaydi, zero inson tabiatida sharrga moyillik ko’proq. Adolatsizlik va 
boshqalarga hujum qilish insonlarga xos xislat. Shuning uchun jamiyatda 
kishilarning bir-birlariga jabr qilmasliklari uchun ma’xrifatga erishmoq zarur
Keltirilgan so’zlar nafaqat teran ma’noga ega, balki hozirgi dunyoning 
globallashuvi va yagona insoniyatning shakllanishi nuqtai nazaridan alohida 
ahamiyat kasb etadi.

Download 0,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish