mobaynida o’zgarishsiz qolayotgan bo’lsa-da, ular insonning mohiyatini to’la
namoyon etmaydi. Bu yondashuv tarafdorlari inson o’z oldiga yangi va yangi
jumboqlar qo’yayotgan, tashqi dunyoni, o’zining undagi o’rnini aniqlashga harakat
qilayotgan, atrof muhitni o’rganish orqali uni o’z ixtiyoriga ko’ra o’zgartiradigan
faol asos sifatida amal qiladigan mikrokosm hisoblanishiga ham e’tiborni
qaratmoqdalar.
Boshqacha aytganda, inson bunyodkor va ayni vaqtda madaniyat mahsuli,
o’zini qolgan jonli dunyodan farqlash imkonini beruvchi ma’naviyat manbaidir.
Falsafiy antropologiya tarafdorlari insonning
mazkur talqinidan kelib chiqib,
bu fan izchil ilmiy qarashlarni ilgari surishga da’vogar bo’la olmasligini va ayrim
fanlar: psixologiya, sosiologiya, biologiya va boshqa ijtimoiy fanlarning turli
yondashuvlari va xulosalarini sintezlovchi inson haqidagi bilimlar tizimini
yaratishga qaratilishi lozimligini qayd etmoqdalar.
Ularning fikricha, bu fan o’z
predmeti sifatida inson borlig’ini belgilaydi, uning mohiyatini va o’ziga xos
xususiyatlarini tahlil etib, shu tariqa insonning o’zini ham, uni qurshagan dunyoni
ham falsafa nuqtai nazaridan anglab yetishga harakat qiladi. «Antropologiya yoki
aniqroq aytganda – antropologik ong nafaqat ontologiya va kosmologiyaga, balki
gnoseologiya va bilish falsafasiga, har qanday falsafa va har qanday bilishga zamin
yaratadi»
9
.
XX asrning 60-70-yillarida falsafiy antropologiya shunday bir g’oyaviy
harakatga aylandiki, uning doirasida olimlar insonning
hozirgi holatini nazariy
jihatdan anglab yetish va talqin qilish, uning tabiatiga nisbatan yangicha
yondashuvni ilgari surishga harakat qildilar. Bu davrda yuz bergan fan-texnika
taraqqiyoti va insonning o’z ilmiy va amaliy faoliyati natijalari uchun javobgarlik
tuyg’usining kuchayishi falsafiy antropologiyaning rivojlanishiga qo’shimcha
turtki berdi. Shunday qilib, u endi inson haqidagi bilimlarning umumiyroq majmui
– umumiy antropologiyaning tarkibiy qismiga aylandi. Bu fan turli-tuman
ta’limotlar, konsepsiyalar va yo’nalishlarni o’z
ichiga oladiki, ularning orasida
falsafiy yo’nalishdan tashqari biologik, teologik (diniy), sosiologik, psixologik,
madaniy (etnografik), strukturalistik, pedagogik va boshqa yo’nalishlarni qayd
etish mumkin.
Ularning har biri, falsafiy yo’nalishdan farqli o’laroq, insonning muayyan bir
tomonini yoritadi. Masalan, biologik
antropologiya anatomiya, fiziologiya, irq
haqidagi ta’limot va shu kabilarga tayanib, insonning qolgan barcha tirik
mavjudotlardan farqini uning jismoniy tuzilishi nuqtai nazaridan aniqlaydi.
Teologik antropologiya inson haqidagi tegishli tasavvurlarni uni Xudo yaratgani
nuqtai nazaridan shakllantiradi. Falsafiy antropologiya
esa butunlay boshqa
vazifani hal qiladi – u vaziyatga yaxlit yondashadi va fanlararo xususiyatga ega
bo’lgan xulosalar chiqaradi.
Falsafiy bilimning tarkibiy qismi sifatida falsafiy antropologiya ijtimoiy
falsafa, axloq, sosiologiya va psixologiya bilan uzviy bog’liq bo’lib, ular bilan
birgalikda inson haqidagi fanlar majmuini tashkil etadi.
9
Бердяев Н.А. Смысл творчества. – М:, 1989. – С.293.