Hujjat kuchini yo‘qotgan


Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasi raisi o‘rinbosari E. ZAXIDOV



Download 46,14 Kb.
bet2/10
Sana07.07.2022
Hajmi46,14 Kb.
#753305
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Fundamental ta

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasi raisi o‘rinbosari E. ZAXIDOV
Toshkent sh.,
2007-yil 25-aprel,
2-son
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2007-yil 25-aprel,
44-son
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri R. QOSIMOV
Toshkent sh.,
2007-yil 25-aprel,
81-son
Iqtisodiyot vaziri B. XODJAYEV
Toshkent sh.,
2007-yil 25-aprel,
5-3-6/3-son
Fanlar akademiyasi prezidenti Sh. SALIXOV
Toshkent sh.,
2007-yil 25-aprel,
2/4-son
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasi, Moliya vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Fanlar akademiyasining 2007-yil 25-apreldagi 2, 44, 81, 5-3-6/3, 2/4-sonli qarori bilan
TASDIQLANGAN
Fundamental va amaliy tadqiqotlar ilmiy-texnika dasturlarini shakllantirish va amalga oshirish tartibi to‘g‘risida
NIZOM
Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 7-avgustdagi PQ-436-son “Fan va texnologiyalar rivojlanishining muvofiqlashtirish va boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 31-32-son, 311-modda) muvofiq fundamental va amaliy tadqiqotlar ilmiy-texnika dasturlarini shakllantirish va amalga oshirish tartibini belgilaydi.
I. Umumiy qoidalar
1. Fundamental tadqiqotlar dasturlari — tabiiy, texnikaviy va ijtimoiy-gumanitar fanlar sohasida yangi bilimlar olish va qonuniyatlarni ochish, shuningdek amaliy tadqiqotlar va ishlanmalarni rivojlantirishning ilmiy asosini yaratishga qaratilgan bo‘lib, besh yilgacha muddatga ishlab chiqiladi.
2. Amaliy tadqiqotlar dasturlari — mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotining ustuvor yo‘nalishlardagi dolzarb ilmiy-texnikaviy muammolarini yechishga qaratilgan muhim vazifalarni samarali hal etishni ta’minlovchi, resurs imkoniyatlari, bajarilish muddatlari hamda kutiladigan natijalari belgilangan ilmiy-tadqiqot va texnologik ishlanmalar dasturlari majmuasi bo‘lib, uch yilgacha muddatga ishlab chiqiladi.
3. Fundamental va amaliy tadqiqotlar ilmiy-texnika dasturlari (keyingi o‘rinlarda “Dasturlar” deb ataladi) — davlat buyurtmasi asosida bajariladigan, mablag‘lar bilan ta’minlangan, ilmiy-texnikaviy yo‘nalishlari, ijrochi tashkilotlari, rahbarlari belgilangan ilmiy loyihalar to‘plamidir.
Ilmiy loyiha — fundamental va amaliy tadqiqotlar mavzusi, maqsadi, vazifalari hamda tadqiqotdan kutiladigan natijalari belgilangan ilmiy ishdir.
4. Dasturlar respublikada belgilangan fan va texnologiyalar taraqqiyotining ustuvor yo‘nalishlari asosida ishlab chiqiladi.
5. Dasturlarga kiritilgan loyihalarni moliyalashtirish davlat budjetining “Fan” sohasiga ajratiladigan mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
6. Budjet mablag‘larining Dasturlar bo‘yicha moliyaviy taqsimoti Moliya vazirligi tomonidan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasining (keyingi o‘rinlarda Qo‘mita deb yuritiladi) taklifiga muvofiq belgilanadi. Moliyaviy taqsimot 6 qismdan iborat bo‘ladi, uning 5-qismi tegishli ravishda Fanlar akademiyasi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Xalq ta’limi vazirliklari (bundan keyingi o‘rinlarda “vazirliklar” deb yuritiladi)ga hamda bir qismi ushbu vazirliklar tasarrufiga kirmaydigan ilmiy va tajriba-konstruktorlik muassasalar, tadqiqotlar o‘tkazish uchun imkoniyati va ilmiy salohiyati mavjud tashkilotlar hamda alohida faoliyat yurituvchi olimlar va mutaxassislarning Qo‘mita tomonidan shakllantiriladigan Dasturlariga yo‘naltiriladi.
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasining (keyingi o‘rinlarda Qo‘mita deb yuritiladi) moliyaviy taqsimot bo‘yicha taklifi keyingi 3 yilda budjet mablag‘larining Dasturlar va vazirliklar bo‘yicha taqsimotidan, shuningdek vazirliklarda mujassamlashgan ilmiy salohiyat va mavjud moddiy-texnik bazani inobatga olib, ular bilan kelishilgan holda shakllantiriladi.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasi, Moliya vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Fanlar akademiyasining 2012-yil 3-fevraldagi 1, 15, 42, 1, 3/2-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1705-2, 06.03.2012-y.) tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 10-son, 110-modda)

Download 46,14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish