Hujjatlashtirish va inventarizatsiya Reja



Download 404,65 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/12
Sana29.05.2022
Hajmi404,65 Kb.
#616650
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
7 мавзу маъруза

jj
atlar

Tayinlanishiga ko‘ra
Shakllantirish 
tartibiga ko‘ra 
Muomalalarni qamrab olish 
usuliga ko‘ra 
Axborot ta’minoti
tizimidagi maqomi
bo‘yicha
Tuzilgan 
joyiga 
ko‘ra 
Qator(pozitsiya)lar
soniga ko‘ra 
Bir turdagi muomalalarni 
rasmiylashtirish 
bo‘yicha 
To‘ldirish 
 usuliga 
 ko‘ra 
Farmoyish hujjatlari 
Isbotlovchi
Buxgalteriyada 
rasmiylashtiriladigan 
Uyg‘unlashtirilgan 
Bir martalik 
Jamlama hujjatlar 
Oddiy
Ichki
Tashqi 
Unifikatsiyalangan 
Boshqalar 
Ko‘p qatorli 
Dastlabki
Yig‘ma (umumlashtiruvchi) 
Yozuv mashinkasida tuziladigan 
Kompyuterda tuziladigan 
(elektron) 
Qo‘lda tuziladigan 


Ko‘pincha farmoyish ma’lum hujjatda berilib, shu hujjatning o‘zida keyinchalik 
shubu muomala rasmiylashtiriladi. 
Bir nechta funktsiyaning bitta hujjatda bunday birlashtirish aralash 
(kobinatsiyalashgan) hujjatlarni vujudga keltiradi. 
Isbotlovchi (yoki tasdiqlovchi) hujjatlar deb amalga oshirilgan muomalalarni 
rasmiylashtiruvchi hujjatlarga aytiladi. Ular muomalalar sodir bo‘lish daqiqasida 
tuziladi va ushbu muomalalarni hisobda qayd qilishning birinchi bosqichini 
anglatadi. 
Isbotlovchi hujjatlarga misol bo‘lib kirim orderlari hisoblanadi. 
Kirim orderlari korxona omboriga kelib tushayotgan moddiy boyliklarni 
rasmilashtirish uchun ishlatiladi. Uning shakli kelib tushgan boyliklar to‘g‘risidagi 
ma’lumotlar buxgalteriyada keyinchalik qanday ishlashi (qo‘l bilanmi yoki 
hisoblash mashinalaridami)ga bog‘liq.
Shuni nazarda tutish kerakki, hozirgi paytda hujjatlarning isbotlovchi 
funktsiyalarini faqat muomalalarni bajarish haqidagi farmoyishlar unsurlari 
bilangina emas, balki ularning buxgalteriya rasmiylashtiruv unsurlari bilan ham 
birlashib yuritishga harakat qilmoqdalar. Shuning uchun ko‘pchilik xo‘jalik 
muomalalari alohida isbotlovchi hujjat bilan rasmiylashtirilmoqda. 
Buxgateriya rasmiylashtiruvchi hujjatlari deb buxgalteriya xodimlari 
tomonidan hisob yozuvlarini tayyorlash hamda ularni engillashtirish, qisqartirish va 
soddalashtirish uchun yaratilgan hujjatlarga aytiladi. Bularga taqsimlovchi, hisob - 
kitoblar (masalan, kalkulyatsiya), turli tuman buxgalteriya ma’lumotlari va shu 
kabilar kiradi. 
Buxgalteriya rasmiylashtiruv hujjatlariga misol sifatida asbob - uskunalarni 
saqlash va ishlatish xarajatlari, umumishlab chiqarish xarajatlarini taqsimlash 
vedomostini keltirish mumkin. Bu vedomostlarni tuzish uchun kerak bo‘lgan 
ma’lumotlar tegishli hujjatlar bilan tasdiqlangan xarajatlarni aks ettiruvchi 
“Umumishlab chiqarish xarajatlari” schyotidan olinadi. 
Buxgalteriya ma’lumotnomalari ma’lum summani bir schyotdan boshqa 
schyotga o‘tkazish kerak bo‘lganda schyotni yopishni rasmiylashtirish, hisob 
yozuvlarida, yo‘l qo‘yilgan xatoni to‘g‘irlash xollarida va hokazolarda tuziladi. 
Bunga bo‘lgan ehtiyoj juda ko‘p uchraydi, shuning uchun shunga o‘xshash 
ma’lumotlarni tuzish buxgalteriya amaliyotida juda keng tarqalgan. 
Buxgalteriya rasmiylashtiruvchi hujjatlarining turlaridan biri amalga 
oshirilgan muomalalar bo‘yicha schyotlar korrespondentsiyasi mazkur muomalani 
rasmiylashtirilgan asosiy hujjatning bosma ish qog‘ozi (blanki)ning shu maqsad 
uchun maxsus ajratilgan joyida yoki boshqa usul bilan ko‘rsatiladi. 
Buxgalteriya rasmiylashtiruv hujjatlari mustaqil ahamiyatga ega bo‘lmaydi. 
Ulardan faqat tegishli boshqa isbotlovchi hujjatlar bilan birgalikdagina foydalanish 


mumkin. Ular hisobda hisob yozuvlarini osonlashtiruvchi va tayyorlovchi 
texnikaviy vosita hisoblanib, ko‘makchi ahamiyatga egadir. 
Aralash (kombinatsiyalashtirilgan) hujjatlar deb bir nechta hujjatlar turining, 
ya’ni farmoyish va isbotlovchi, isbotlovchi va buxgalteriya rasmiylashtiruv 
hujjatlarining belgilarini birga qo‘shib olib boradigan hujjatlarga aytiladi. 
Ular bir vaqtning o‘zida ham mazkur muomalani bajarish to‘g‘risida 
farmoyish, ham uning bajarilganligi haqida dalolat beruvchi (isbotlovchi) hujjat 
sifatida xizmat qilib, ushbu muomalaning bajarilganligini qayd qiladi va shu bilan 
birga ularni schyotilarda aks ettirish tartibi haqida ko‘rsatmalar beradi. 
Aralash hujjatlarga misol sifatida bo‘nak (avans) hisobotini keltirish mumkin. 
U hisobdor shaxs tomonidan olingan bo‘nakdan qilingan xarajatlarni ko‘rsatish 
uchun tuziladi. Bu xarajatlarning ro‘yxati ularni tasdiqlovchi hujjatlar ko‘rsatilgan 
xolda hisobdor shaxs tomonidan bo‘nak hisobotining orqa tomonida keltiriladi. 
Hisobotning yuz tomonida har xil ma’lumotlar - hisobdor shaxsning ismi, sharifi, 
unga berilgan summa va hokazo keltiriladi. Zarur bo‘lgan hollarda shu betning 
o‘zida buxgalteriya xodimi tomonidan alohida ajratilgan joyda xarajatlar qanday 
schyotlarda aks ettirilishi kerakligi ham ko‘srsatiladi. 
Bo‘nak hisobotida muomalaning mazmuni va buxgalteriya yozuvi haqidagi 
ma’lumotlarning mavjudligi uni aralash hujjati sifatida tafsiyalaydi. Chunki unda 
isbotlovchi hujjat va buxgalteriya rasmiylashtiruv hujjatlarining belgilari 
birlashtirilgandir. 
Aralash hujjatlar tarkibiga shuningdek materiallarni chetga yoki qayta 
ishlovga berib yuborish haqidagi nakladnayalar, materiallarni ombordan berish 
uchun talabnomalar, kassa kirim va chiqim orderlari va boshqalar ham kiritiladi. 
Bir hujjat bir nechta hujjatlar turining belgilarini birga olib borish katta 
ahamiyatga egadir. U hisobdagi hujjatlashtirishni yaqqollashtiradi, hujjatlarni 
ishlashda ulardan foydalanish soddalashtiradi va engillashtiradi va provardida hisob 
bosma ish qog‘ozlariga sarflarni qisqartiradi. Zamonaviy buxgalteriya amaliyotida 
aralash hujjatlardan foydalanish ayniqsa keng tarqalgan. 
Tuzilish navbatiga qarab hujjatlar dastlabki (birlamchi) va yig‘ma hujjatlarga 
bo‘linadi. Dastlabki hujjat deb sodir bo‘lgan muomalalarni dastlab aks ettiradigan 
hujjatlarga aytiladi. Ular mazkur muomalalar haqiqatda bajarilganligining hisboti 
bo‘lib hisoblanadi.
Dastlabki hujjatga misol sifatida materiallar talabnomalarini keltirish xizmat 
qilishi mumkin. Ular materiallarni ombordan berilishida tuziladi va omborchi 
tomonidan unga materiallarni berish to‘g‘risidagi farmoyishni bajarilganligi haqida 
guvohlik beradi. Dastlabki hujjatlar tarkibiga shuningdek qabul qilish - topshirish 
dalolatnomalari, nakladnayalar, tilxat, kvitantsiyalar va boshqalarni kritish mumkin. 
Shuningdek kassa kirim orderi – subyekt kassasiga naqd pullarni kirim qilishda 


qo‘llaniladi.

Download 404,65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish