I. A'debiyatlar tu'sindirmesi


Tiamin xloridning miqdorini aniqlash



Download 1,23 Mb.
bet6/8
Sana03.12.2022
Hajmi1,23 Mb.
#878384
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Kurs jumisi Farm.ximiya Musaeva M

Tiamin xloridning miqdorini aniqlash
Aniqlash tartibi: 0,012 tiamin xlorid (aniq tortma) 100 ml hajmli o‘lchov kolbasiga solinib 50 ml tozalangan suv qo‘shib, qizdirib turilgan holda eritib, belgisigacha suv bilan suyultiriladi.
100 mlhajmli o‘lchov kolbasiga 1 ml tiamin xlorid eritmasidan solib, belgisigacha suv bilan suyultirib, chayqatiladi. 
Og‘zi mahkam berkiladigan uchta ajratish voronkasi olib, ularga 1 ml tayyorlangan eritma, birinchi va ikkinchi ajratish  voronkasiga 3 ml dan oksidlovchi aralashma, uchinchi ajratish voronkasiga esa 3 ml 15% li natriy gidroksid eritmasi (nazorat tajribasi)solib chayqatiladi. Ajratish voronkalariga 10 ml dan izoaamil spirti (butil spirti yoki izobutil spirti) solib 2 minut chayqatib, tindiriladi. Suvli qatlam ajratib olinib, spirtli qatlamga 5-7 g qizdirib quritilgan natriy sulfat qo‘shib, 5 minutdan so‘ng eritmalar ajratish voronkasining yuqorisidan flyuorimetr kyuvetasiga quyib olinadi.
1 ml tiamin xlorid standart namunasi eritmasini ham yuqorida ko‘rsatilgan tartibda ishlab olingach, standart namuna eritmasidan va unga nazorat tajribasidan olingan spirtli eritmalarning flyuoressensiyalanishi va tekshiruvchi eritmalar va ularga nazorat tajribasidan olingan spirtli eritmalarining flyuoressensiyalanishi o‘lchanadi.
Tiamin xloridning dori moddasidagi foiz miqdori quyidagi formula yordamida hisoblanadi.

formulada:
A - tekshiriluvchi eritma uchun flyuorimetrning ko‘rsatkichi;
A2 - standart namuna eritmasi uchun flyuorimetrning ko‘rsatkichi;
A3 - standart namuna uchun nazorat tajribasining flyuorimetrik ko‘rsatkichi;
a - tahlil uchun olingan modda (aniq tortma), g
Tiamin xlorid standart namunasi eritmasini tayyorlash:
0,01 g 100-1050S haroratda 2 soat davomida quritilgan tiamin xloridning standart namunasi 100 ml hajmli G‘lchov kolbasida, 25% li spirt eritmasida eritilib, 10 tomchi konsentrlangan xlorid kislota eritmasidan qo‘shib, belgisigacha 25% li spirt eritmasi bilan suyultiriladi (asosiy eritma). 1 ml asosiy eritma 100 ml hajmli o‘lchov kolbasiga solinib, belgisigacha suv bilan suyultiriladi. Eritma tayyorlangan kunigina yaroqli.
Oksidlovchi aralashmani tayyorlash uchun 10 mg qizil qon tuzi 25 ml hajmli o‘lchov kolbasiga solinib, 1 ml suvda eritiladi va 15% li nitriy gidroksid eritmasi bilan belgisigacha suyultiriladi.
Izoamil (izobutil, butil) spirti dastlab flyuoressensiyalanmasligiga tekshirib ko‘riladi. Spirtning flyuoressensiyalanishi kuzatilgan taqdirda 1 l spirtga 15-20 g faollishtirilgan ko‘mir qo‘shib 30 minut davomida chayqatib, bir kecha-kunduzga qoldirilib, so‘ng haydab olinadi.


Juwmaq
Ma’lumki, farmatsevtika sohasi hozirgi kunda jadal rivojlanayotgan sohalardan biri hisoblanmoqda. Nafaqat butun jahon, balki O’zbekistonda ham farmatsevtika sohasiga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Bugungi kunda respublikamizda 140dan ortiq farmatsevtika korxonalari bo’lib, ular dori vositalari va tibbiyot buyumlari ishlab chiqaradi. Dori vositalarining ta’siri, ularning qalbaki yoki original ekani ularning sifat va miqdor tahlili orqali aniqlanadi. Farmatsevtik kimyo fani dori vositalarining sifat va miqdor tahlil usullari haqida talabalarda bilim va amaliy ko’nikmalarni shakllantirish maqsadida kurs ishi yozish vazifasi dars rejasiga kiritilgan.
Menga berilgan mavzu “Dori vositalar tahlilida flyuorimetrik usulni qo’llanilishi” ni yozish davomida yangi bilimlarga ega bo’ldim. Turli xil adabiyotlardan, shu jumladan, chet adabiyotlari va darsliklaridan foydalanib kurs ishining adabiyotlar sharhi qismini shakllantirdim. Kurs ishini yozish davomida kafedra professor-o’qituvchilaridan bilmaganlarimni so’rab, ularni yordamlari asosida vitaminlar guruhiga mansub preparatlar hamda tahlilning flyuorimetrik usuli haqida to’liq ma’lumotga ega bo’ldim.
Amaliy qismida turli dori vositalar va tiamin xloridning sifat va miqdoriy tahlilini o’tkazdim. Tiamin xloridning chinlik reaksiyalarini va miqdoriy tahlilini olib borish uchun kafedrada laboratoriya xonalari mavjud bo’lib, ular kerakli bo’lgan barcha reaktiv va asbob-uskunalar bilan jihozlanganligi sababli tahlilni to’liq olib borishga imkoniyat bo’ldi. Tajribani o’tkazish davomida menga kurs ishi rahbarim xatolarimni ko’rsatib, tahlilni to’g’ri olib borishimga yordam berdilar.

Download 1,23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish