I bob ­– xorij psixolog olimlari tomonidan emotsional xususiyatlarning o’rganilishi. Inson va hayvonlarda emotsional holatning namoyon bo’lishi



Download 152,37 Kb.
bet10/11
Sana01.06.2022
Hajmi152,37 Kb.
#625316
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Emotsiyning namoyon bo\'lishi

XULOSA VA TAVSIYALAR
Xulosa qilib aytganda 10–11 yoshdagi o’quvchining emotsional sohasidagi buzilishlar bilim, o’quv faoliyatidagi kamchiliklari; aqliy faoliyat usullaridan keng foydalana bilmaslik, eng muhim bilim ko’nikma va malakalarni egallashdagi uzilishlar; maktab faoliyatidagi: o’qitishdagi nuqsonlar, tarbiyaviy chora-tadbirlardagi xatolar ham shular jumlasiga kiradi. Maktabdan tashqari muhitning ta’siridagi nuqsonlar, chunonchi, oilada, pedagogik-psixologik bilimlarning yetishmasligi, oilaviy nizolar, ajralish ota-onaning ichkilikka va salbiy ishlarga berilishi, balog’atga yetmagan tengqurlarining ta’siri, ma’daniy-ma’rifiy ishlab chiqarish jamoalari xamda jamoatchilik qurshovidagi kamchiliklar ham xulqi og’ishgan o’smirlar ko’payishiga sabab bo’ladi.
Yuqoridagi holatlar sof psixologik nuqtai nazaridan etibor berilsa xar qanday xuquqbuzarlik, xar qanday jinoiy faoliyatning alohida turi sifatida talqin qilinib, unda inson ijtimoiy faolligini belgilovchi va o’ziga hos qonunbuzarlik shaklida ifodalovchi uning psixik holati, shaxsning motivatsion jabxasi, individual psixologik sifatlari, psixikaning hususiyatlarini, sub’yektning ijtimoiy qadriyatlarga munosabatlarida o’z ifodasini topadi. Ushbu xolatlar salbiy xayot xodislarini uzoq davom etishi bilan ajralib turishidan, ba’zan esa turmush tarzini bir bo’lagiga aylanib qolishdan iborat bo’ladi.
Doyimiy oilaviy kelishmovchiliklar, oila va atrof-muhitdan norozilik, o’qishdagi, do’stlar orasidagi tushunmovchiliklar vohakozolar bularning barchasi o’quvchilar ruxiyatini jaroxatlaydi, u yoki bu yo’l bilan mavjud vaziyatni o’zgartirishga urinadi. Hissiy qiyinchiliklar turli vaziyatdagi emotsional holatlar barqaror emasligi o’smirni toliqtiradi. Ushbu jarayonni esa psixologik nuqtayi nazardan o’rganish va xal qilish ma’lum qiyinchiliklarga ega albatta, lekin bu ishni amalga oshirish xar amaliyotchi psixologning asosiy vazifasi deb o’ylayman.
TAVSIYALAR
Boshqa narsalar qatori, o'z-o'zini tartibga solish qobiliyati o'smirlik davrida rivojlanadi. Ya'ni, o'smir o'z emotsional sohalarining namoyon bo'lishini yaxshiroq boshqarishni boshlaydi. O'smirning hissiy reaktsiyalarining ba'zi xususiyatlari gormonal va fiziologik jarayonlarga bog'liq. Kayfiyatning keskin o'zgarishi, yuksalishdan depressiyaga to'satdan o'tish va aksincha, o'smirlarda aqliy muvozanat umumiy hayajonning oshishi va shartli inhibisyonning zaiflashishi bilan izohlanadi.
Shuningdek, emotsional soha turli xil ijtimoiy omillarga va tarbiya sharoitlariga bog'liq. O'smirlarda aksentuatsiya, shaxs xususiyatlarining keskin namoyon bo'lishi kuzatiladi, bu asosan o'smirlarning xulq-atvorini belgilaydi va ularning atrof-muhit bilan o'zaro ta'siriga ta'sir qiladi.
Ushbu xulosalarga asoslanib quyidagi tavsiyalarni ishlab chiqdik:
-O’smirning maktabga moslasha olishligiga xalaqit beruvchi asosiy xulq atvor buzilishlarini klinik-psixologik tavsifini yaratish.
-Emotsional sohani buzilishlarining biologik omillar bilan bog’liqligini aniqlash.
-Mikromuxit omil (tarbiya sharoitlari va muxit) larning aloqadorligini o’rganish va chora ko’rish;
-Oilada ijtimoiy-psixologik xizmat uyushtirish;
-Ota-ona va farzandlar uchun tibbiy-psixologik-pedagogik maslahatlar berish;
-Nizoli holatlar bo’yicha aniq psixodiagnostika va psixologik korreksiyasi dasturini tashkil qilish;
-Muomila va munosabat jarayonida vujudga keluvchi har qanday nizolarning oldini olish.
-O’smirlarni hali to’liq shakillanib ulgurmagan nerv tizimi va psixik jarayonlarning osonlikcha jarohatlanishini, emotsional qiyinchiliklarga uchrashlarini va individual hususiyatini hisobga olish orqali ularni tushunish va yordam berish;
Shu tariqa oilalarda ham, sinf jamoasida va jamiyatda ham sog’lom dunyoqarashli va ijobiy xulqqa ega bo’lgan o’quvchi yoshlar shakillanardi. Bu vazifani sidqidildan bajarish, biz psixologlarning oldida turgan ulkan va mas’uliyatli vazifadir.


Download 152,37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish