I bob. Iqtisodiyotni modernizatsiya qilish sharoitida ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklarining rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari


K I R I SH Mavzuning dolzarbligi



Download 1,27 Mb.
bet2/31
Sana14.01.2022
Hajmi1,27 Mb.
#360682
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31
Bog'liq
Ko`p tarmoqli fermer xo`jaliklarining

K I R I SH

Mavzuning dolzarbligi. Agrar sohada iqtisodiy islohotlarni bosqichma-bosqich amalga oshirilishi natijasida qishloq xo‘jaligi tarmog‘ida turli mulkchilik va xo‘jalik yuritish shakllari yuzaga keldi. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish to‘liq nodavlat sektor zimmasiga o‘tdi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov ta’kidlaganlaridek, «...hayotimizni yaxshilash, aholi turmush darajasini ko‘tarish, iqtisodiyotimizni samaradorligini oshirish, xalqimizni boqish, istiqbolimizni rejalash-xullas, qanday muammo, qanday masalani ko‘rmaylik, ularning aksariyati birinchi navbatda qishloq xo‘jaligiga borib taqaladi»1.

O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligida xususiy mulkchilik va tadbirkorlik erkinligiga asoslangan fermer xo‘jaliklari shakllanib, ularning qishloq xo‘jaligida tutgan o‘rni tobora mustahkamlanib bormoqda. Mamlakatimiz aholisi hayotining faravonligi, qishloq xo‘jaligining istiqboldagi taraqqiyoti fermer xo‘jaliklarining har tomonlama rivojlanishi bilan bog‘liq. Zero, xo‘jalik yuritishning bu shakli rivojlangan mamlakatlarning uzoq davrli tajribasida o‘zining samaradorligi, raqobatbardoshligi, bozor kon’yukturasiga tez moslasha olishi kabi xususiyatlarini namoyon eta oldi.

Fermer xo‘jaliklarining er maydonlarini optimal variantini belgilash bo‘yicha e’tiborli ishlar qilinmoqda, lekin bu amallar ham xo‘jaliklarni moddiy-texnika ta’minotini yaxshilashga, moliyaviy ahvolini sog‘lomlashtirishga, mehnat resurslaridan samarali foydalanishga va ilg‘or agrotexnikalardan foydalanib erlarning meliorativ holatini yaxshilashga to‘liq imkon bermaydi. Shuning uchun bu masalalarni samarali hal etish yo‘llaridan biri ularni turli xil kooperativlarga birlashtirishdir. Ular kooperativlarga birlashish orqali o‘zlarini iqtisodiy va ijtimoiy ahvollarini yaxshilashga muvaffaq bo‘lishlari mumkin.

Bugungi kunda ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklarini tashkil etishni yanada takomillashtirish va ularning samaradorligini oshirish, huquq va vakolatlarini kengaytirish, er-suv resurslaridan va yaratilgan ishlab chiqarish salohiyatidan foydalanish, noqishloq xo‘jalik mahsulotlari va asosiy tarmoq faoliyatiga bog‘liq bo‘lmagan yo‘nalishlarini rivojlantirish, qishloqni aholisi bandligi va farovonligini ta’minlashda ularning rolini kuchaytirish dolzarblik kasb etmoqda.

Shuning uchun ham respublikamizda ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklarni rivojlantirish 2015 yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning muhim yo‘nalishlaridan biri qilib ham belgilanishi ayni muddaodir. Shularni hisobga olib, fermer xo‘jaliklarining asosiy faoliyat turiga taluqli bo‘lmagan qo‘shimcha faoliyat turlarini rivojlanishining hozirgi holatini o‘rganish asosida muammolarni aniqlash va ularni hal qilish yo‘llarini belgilab berish, mahsulot ishlab chiqarish, qayta ishlash, sotish, xizmat ko‘rsatish va ta’minot tizimida kooperatsiya munosabatlarini rivojlantirish, ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklarida mahsulot ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatishni rivojlantirish maqsadida tashkiliy-iqtisodiy-huquqiy munosabatlarni takomillashtirish hamda mehnatni muhofaza qilish jarayonini rivojlantirishni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqish iqtisodiyotni erkinlashtirish va modernizatsiyalash sharoitida dolzarb masalalardan biri hisoblanadi.

Shu boisdan « Ko`p tarmoqli fermer xo`jaliklarining rivojlantirishning o`ziga xos xususiyatlari » mavzusi dolzarbdir.




Download 1,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish