I bob. Iqtisodiyotni modernizatsiya qilish sharoitida ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklarining rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari


I BOB. IQTISODIYOTNI MODERNIZATSIYA QILISH SHAROITIDA KO‘P TARMOQLI FERMER XO‘JALIKLARINING RIVOJLANTIRISHNING USTUVOR YO‘NALISHLARINI ISHLAB CHIQISH



Download 1,27 Mb.
bet5/31
Sana14.01.2022
Hajmi1,27 Mb.
#360682
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31
Bog'liq
Ko`p tarmoqli fermer xo`jaliklarining

I BOB. IQTISODIYOTNI MODERNIZATSIYA QILISH SHAROITIDA KO‘P TARMOQLI FERMER XO‘JALIKLARINING RIVOJLANTIRISHNING USTUVOR YO‘NALISHLARINI ISHLAB CHIQISH
1.1. Ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklarining rivojlantirishning ob’ektiv zarurligi, o‘rni va ahamiyati

Respublikamizda mustaqillik yillarida agrar sohada amalga oshirilgan iqtisodiy islohotlar mazmuniga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, qishloq xo‘jaligida mahsulot etishtiruvchi dehqonning moddiy manfaatdorligi va iqtisodiy erkinligini ta’minlash orqali mavjud er va suv, mehnat resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirishga qaratilganligini ko‘rish mumkin. Aholining erga, mol-mulkning haqiqiy egasiga aylanib borishi zamirida birinchi navbatda, mamlakat aholisining tobora o‘sib boruvchi ehtiyojlarini ichki imkoniyatlar hisobiga sifatli va nisbatan arzon oziq-ovqat mahsulotlari bilan barqaror ta’minlash masalasi mujassam.

Agrar tarmoqda bozor tamoyillarini bosqima-bosqich joriy etish yo‘nalishida amalga oshirilayotgan agroiqtisodiy islohotlar natijasidada bugungi kunda qishloq xo‘jaligi tadbirkori deya nom olayotgan – etishtirilgan mahsulot va mol-mulkka xususiy egalik qilgan holda, er uchastkalaridan uzoq muddatli ijara asosida foydalanib ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yuvchi fermer xo‘jaliklari ustuvor ravishda rivojlanmoqda.

Respublikamiz Prezidenti I.A.Karimov ta’biri bilan aytganda, «...fermer xo‘jaliklari bugungi kunda haqli ravishda qishloqda etakchi bo‘g‘inga - qishloq xo‘jalik mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi asosiy kuchga aylandi»2.

Ma’lumki, iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida fermer xo‘jaligi oldiga qo‘yilgan asosiy maqsad – tabiiy omillari va moddiy-texnik resurslardan samarali foydalanish asosida sifatli va raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarib moliyaviy barqarorlikka erishish hisoblanadi, Ayni paytda bu jarayon fermer xo‘jaligida ishlovchilarning darmadalarini ta’minlash, ularni ijtimoiy himoyalash va munosib mehnat sharoitini yaratib berish bilan birga olib borilishi lozim.

Yuqoridagi maqsadga erishish faqatgina qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish orqali hal etilishi qiyin bo‘lgan masala hisoblanadi. Chunki qishloq xo‘jaligi mahsulotlari etishtirish o‘zining xususiyatlariga bog‘liq ravishda odatda ishlab chiqaruvchiga nisbatan kam daromad keltiradi.

Bu paytda baho keskin pasayishi sababli fermer uchun kam foyda keltiruvchi yoki umuman foyda keltirmaydigan o‘rtacha baho shakllanadi.

Shu bilan birgalikda aksariyat qishloq xo‘jaligi mahsulotlari (meva-sabzavot mahsulotlari, go‘sht va sut kabi) tez buzuluvchi va o‘z sifatini (tovarlilik darajasini) tez yo‘qotuvchi mahsulot hisoblanadi. Natijada fermer mahsulotini tezroq sotishga harakat qiladi, bu esa bozordagi bahoning yanada pasayib borishiga olib keladi.

Ko‘pchilik qishloq xo‘jaligi mahsulotlari transportda uzoq masofalarga tashish uchun chidamsiz mahsulotlar hisoblanishi boisdan uzoq bozorlarga olib borishda qiyinchiliklar tug‘diradi.

Shuning uchun ham fermer xo‘jaliklari ishlab chiqargan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini tayyorlash, saqlash, qayta ishlash va samarali sotish masalasini hal etmasdan turib ko‘zlangan foydalilik darajasiga erisha olmaydi. Shu munosabat bilan, bugunki kunda fermer xo‘jaliklari tomonidan ishlab chiqarilayotgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini birinchi navbatda o‘zlari tomonidan qayta ishlash, saqlash, qadoqlash, iste’molchilarga tayyor holda etkazib berish, turli xizmatlar ko‘rsatish dolzarblik kasb etmoqda. Biz bunday faoliyat bilan shug‘ullanayotgan fermer xo‘jaliklarini bugungi kunda “ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklari deb atamoqdamiz.

Shuni alohida ta’kidlash joizki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 22 oktyabrdagi “O‘zbekistonda fermerlik faoliyatini tashkil qilishni yanada takomillashtirish va uni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-4478-sonli Farmoni mamlakatimizda fermer xo‘jaliklarining iqtisodiy mustaqilligi va moliyaviy barqarorligini oshirish, yangi doimiy ish o‘rinlarini ochish va aholi farovonligini oshirishda fermer xo‘jaliklarining tutgan o‘rni va ahamiyatini oshirish bilan bog‘liq barcha masalalarni qamrab olganligi bilan alohida ahamiyatga ega.

Prezidentimiz joriy yil 2013 yil 19 iyunda joylarda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi bilan tanishish maqsadida Jizzax va Sirdaryo viloyatlariga qilgan tashrifida «Hozirgi davr fermerlari nafaqat dehqonchilik sirlarini puxta bilishi, ayni paytda u iqtisodchi, hisobchi, seleksioner, biznesmen ham bo‘lishi darkor», deb ta’kidladi. Zero, sohada olib borilayotgan ishlardan yana biri, fermer xo‘jaliklarida etishtirilayotgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini nafaqat xom ashyo sifatida sotish, balki mahsulotni o‘zlari tomonidan mustaqil tayyorlash, saqlash, qayta ishlash, qadoqlash, iste’molchilarga tayyor holda etkazib berish, xizmat ko‘rsatish kabi ko‘p tarmoqli faoliyatni rivojlantirishdan iboratdir. Respublikamiz agrar-iqtisodchi olimlaridan i.f.d., professor R.H.Husanovning yozishicha “Qishloqda bandlik masalasini hal qilish asosan qishloq infratuzilmalarini, qishloqda mahsulot ishlab chiqaruvchilarga xizmat ko‘rsatish infratuzilmalarini rivojlantirish orqali bo‘lishi kerak. Agar kelajakda qishloq xo‘jalik mahsuloti ishlab chiqaruvchilar soni 1,0-1,2 mln. kishiga tushirilsa, xizmat ko‘rsatish infratuzilmasida 4,5-5,0 mln. kishi band bo‘lishi kerak. Ikkinchi yo‘li fermerlarda nofermerlik mahsulotlari ishlab chiqarishni ko‘paytirish zarur” deb ta’kidlab o‘tganlar .

Iqtisod fanlari doktori T.X.Farmanov fermer xo‘jaliklarida noqishloq xo‘jalik faoliyatini rivojlantirish jarayonini qo‘llab-quvvatlagan holda, “Ushbu jarayon iqtisodiyotning boshqa sohalariga nisbatan qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi past daromadli tarmoq bo‘lgan hozirgi sharoitda fermer xo‘jaliklari daromadini keskin ko‘paytirish va qishloqlarda mavjud iqtisodiy-ijtimoiy muammolarni hal qilinishida muhim rol o‘ynaydi” degan fikrni ilgari surganlar.

Ta’kidlab o‘tish joizki, i.f.n. X.S.Xushvaqtovaning olib borgan tadqiqotlariga ko‘ra, faqat qishloq xo‘jalik ekinlarini parvarish qilish agrotexnik qoidalarining buzilishi oqibatida yakuniy hosil 15-18 foizga kamayishi, hosilni yig‘ishtirib olish, tashish chog‘idagi tashkiliy kamchiliklar tufayli esa uning 7-11 foizi yo‘qotilishi aniqlangan.

Qishloq xo‘jaligida asosiy mahsulot ishlab chiqaruvchi - fermer xo‘jaliklarida ko‘p tarmoqli xo‘jalik faoliyatini rivojlantirishning ob’ektiv zarurligini belgilovchi asosiy omillar quyidagilar bilan ifodalanadi (1-rasm)

Qishloq hududlarida xizmat ko‘rsatish, qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlash, saqlash, savdo-sotiq, hunarmandchilik, qo‘rilish matireallarini ishlab chiqarish, kasanachilik va boshqa shunga turdosh sohalarni rivojlantirish, ularda band bo‘lgan xodimlar daromadlarini oshirish bilan bir vaqtda qishloq xo‘jaligida ishlovchilar daromadini ham yuqori bo‘lishini ta’minlash, qo‘shimcha ishchi o‘rinlarini yaratilishi natijasida qishloq hududlarida doimiy ish bilan ta’minlanmaganlar sonining kamayishi, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini tayyorlash va qayta ishlash maqsadida boshqa xo‘jalik sub’ektlaridan xomashyo mahsulotini xarid qilinishi natijasida mahsulotlar sifatini buzilmasligi yoki nobudgarchilikni kamayishi va pirovard natijada o‘zimizda etishtirilgan mahsulotlarni ichki va tashqi bozorga sotilishini rivojlanishiga erishilishi ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklarini rivojlantirish iqtisodiyotni erkinlashtirish va modernizatsiyalashtirish jarayonida obe’ktiv zaruriyat va dolzarb masalalardan biri ekanligini belgilaydi.

Endi masalaning ba’zi tomonlariga e’tibor qaratamiz. Bu erda birinchi o‘rinda ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaligini tashkil etish - qanday maqsad va vazifani ko‘zlagan holda amalga oshiriladi - degan savolga javob topilishi muhim deb hisoblaymiz.

Nimaga deganda ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklarini rivojlantirish masalasini hal etishda qo‘yilga maqsadga baho berar ekan – mahalliy amaldor boshqacha ko‘rinishda, fermer boshqacha ko‘rinishda, olimlar esa yana bir boshqacha ko‘rinishda talqin qilishadi.

Bizning nazarimizda bu erda bitta va yagona maqsad qo‘yiladi. Bu maqsad - mavjud er-suv, mehnat resurslari, neft mahsulotlari, mineral o‘g‘itlar, texnika vositalari, bino va inshootlardan kabi vositalardan unumli foydalangan holda fermer xo‘jaligining oladigan foydasi miqdorini oshirish hisoblanadi.



Download 1,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish