I bob. Iqtisodiyotni modernizatsiya qilish sharoitida ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklarining rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari



Download 1,27 Mb.
bet7/31
Sana14.01.2022
Hajmi1,27 Mb.
#360682
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   31
Bog'liq
Ko`p tarmoqli fermer xo`jaliklarining

1-jadval.

Buxoro viloyatida faoliyat ko‘rsatayotgan fermer xo‘jaliklar soni, yo‘nalishi va ularga biriktirilgan er maydonlari to‘g‘risida (2015 yil 1 fevral holatiga) M A ‘ L U M O T4



Tumanlar nomi

Jami fermer xo‘jaliklari

Shu jumladan ixtisosligi bo‘yicha

Soni

Er maydoni, ga

Paxta va g‘alla-chilik

Sabzavot va polizchilik

Bog‘dorchilik va uzumchi-lik

Chorva-chilik

Bosh-qalar

Jami

Sh.j. ekin maydoni



Buxoro

543

68109

19114

236




200

94

13



Vobkent

370

27157

18426

339




6

21

4



Jondor

520

95502

24124

319

1

93

104

3



Kogon

318

26542

14277

240




44

31

3



Qarako‘l

319

47267

17655

243

6

44

7

19



Qorovulbozor

138

33249

13604

105







33






Olot

278

87405

16116

276







2






Peshku

320

196663

16625

238




12

66

4



Romitan

430

134414

20184

320

1

43

64

2



Shofirkon

532

103164

19808

349




149

19

15



G‘ijduvon

397

55664

16837

289

3

23

77

5



Buxoro sh.

99

1337

1007

9

58

29

3







Viloyat jami

4264

876473

197777

2963

69

643

521

68

Ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklarida qo‘shimcha tarmoq faoliyati hisobiga etishtirilgan mahsulotlar fermer xo‘jaliklarining ichki iste’moliga yo‘naltirilishi va shuningdek bozorga chiqarilishi ham mumkin. Lekin, iqtisodiy jihatdan qo‘shimcha tarmoq yuqori tovarlilik darajasiga ega bo‘lishi maqsadga muvofiq. Bu ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaligini rivojlantirishda qo‘yilgan maqsad va vazifalarga ham mos keladi.

2015 yilning 1 aprel holatiga Respublika bo‘yicha 10.9 ming ta tasdiqlangan rejaga nisbatan 52 foiz ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklari tashkil etildi. Jumladan, 642 ta fermer xo‘jaligida 4009 gektar maydonda intensiv bog‘, 428 ta fermer xo‘jaligida 1299 gektar mahalliy bog‘, 976 ta fermer xo‘jaligida 3490 gektar tokzor, 150 ta fermer xo‘jaligida 86 gektar isiqxona hamda 5259 ta fermer xo‘jaligida 14461 gektar sabzavotchilik barpo etildi.

Shuningdek, 1501 ta fermer xo‘jaligida qoramolchilik, 86 ta fermer xo‘jaligida go‘sht, sut, meva-sabzavot va boshqa qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash hamda 1781 ta fermer xo‘jaligida 2180 ta servis xizmatlari bo‘yicha loyihalar ishga tushirildi. Buning natijasida qishloq joylarda 46,1 mingta yangi ish o‘rinlari yaratildi.

2013 yilda 17 mingdan ortiq fermer xo‘jaliklarini (27 foiz) ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklariga aylantirish nazarda tutilgan bo‘lib, hozirgi kunda 8 ming tadan ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklarini tashkil etish ishlari olib borilmoqda.

Jumladan, Buxoro viloyatida mavjud fermer xo‘jaliklarining 234 tasi ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklariga aylantirildi.

Shundan, 32 ta fermer xo‘jaligi intensiv va mahalliy bog‘lar, tokzorlar barpo etdi. 7 ta fermer xo‘jaligi issiqxonalar tashkil etgan bo‘lsa, 62 tasi sabzavot ekinlari etishtirish bilan shug‘ullanmoqda. 19 ta fermer xo‘jaligi asalarichilik, 10 tasi baliqchilik, 18 tasi parrandachilik, 20 tasi qoramolchilik, 61 tasi turli xildagi servis xizmatlari ko‘rsatish bilan shug‘ullanmoqda.

Shuni ta’kidlash joizki, fermerlar yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan yo‘nalishlar bilan ilgari o‘zlari shug‘ullanib kelgan asosiy faoliyatlariga qo‘shimcha tarmoq sifatida faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.

Shulardan 18 mingdan ziyodi ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklari qishloq xo‘jaligimahsulotlarini etishtirish bilan birga, ularni qayta ishlash va qishloq aholisiga xizmat ko‘rsatish kabi yo‘nalishlarda samarali faoliyat ko‘rsatmoqda.

Ayniqsa, agrar islohotlar samarasi ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklari faoliyatini takomillashtirish, qishloqda zomonaviy bozor infratuzilmasini tashkil etish, jumladan, er va suv resurslaridan oqilona foydalanish tamoyillariga alohida e’tibor qaratilyotgani o‘zining yuksak samaralarini bermoqda.




1.2. Ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklarini rivojlantirish asosida qishloq aholisini daromadini oshirish va yangi ish o‘rinlarini tashkil qilish
Inson omili ustuvorligiga qaratilgan islohotlar tizimli ravishda amalga oshirilib, davlat va jamiyat hayotida o‘zining yorqin ifodasini topmoqda Bugungi kunda rivojlanish strategiyasining salmoqli natijalari bir paytlar qoloq agrar respublika bo‘lgan mamlakatning o‘z mustaqil taraqqiyot yo‘lini to‘g‘ri tanlaganidan dalolat berayapti. Buni mustaqillik yillarida shakllangan hamda izchil takomillashib borayotgan fermer xo‘jaliklar harakati misolida ham ko‘rish mumkin.

Darhaqiqat, milliy iqtisodiyotimiz rivojida muhim o‘rin tutayotgan ko‘p tarmoqli fermer xo‘jalikdari harakati zamon bilan hamohang ravnaq topib borayapti. Binobarin, fermerlarimiz yurtimiz aholisining katta qismi istiqomat qiladigan qishloq joylarda turmush sifati va aholi daromadini oshirishga, ijtimoiy infratuzilmani taraqqiy toptirishga munosib ulush qo‘shmoqda, g‘alla va paxta xom ashyosi etishtirish bilan kifoyalanibgina qolmay, ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklarni tashkil etishda, olis, chekka hududlarda sanoatni yo‘lga qo‘yib, qishloq aholisini doimiy bandligini ta’minlashda, jahon bozoriga raqobatbardosh mahsulotlar bilan kirib borishda namuna bo‘lmoqda.

O‘zbekistonda aholi daromadlarining oshishi ko‘p jihatdan agrar sektordagi o‘zgarishlarga bog‘liq. Mamlakat aholisining 60 foizdan ziyodi qishloq joylarida istiqomat qiladi.

Respublika iqtisodiyotining boshqa tarmoqlari ham agrar sektorning rivojlanishi bilan uzviy bog‘liq. Qishloq xo‘jaligi ichki tovar aylanmasining bevosita 70 foizgacha qismini ta’minlaydi. Mahalliy qishloq xo‘jalik sektorida mamlakatda iste’mol qilinayotgan oziq-ovqat mahsulotlarining 90% dan ortiq ishlab chiqarishni ta’minlaydi. Mamlakat sanoatining paxta tozalash, to‘qimachilik, trikotaj, tikuvchilik, poyabzal ishlab chiqarish, oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash, meva-sabzavotlarni qayta ishlash, yog‘-moy ishlab chiqarish tarmoqlari fermer xo‘jaliklari tomonidan ishlab chiqarilayotgan qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlash bilan bevosita bog‘liq.

Davlatimiz rahbari qayd etganidek, fermer xo‘jaliklarimiz bugungi kunda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining nafaqat 90-92 foizini ishlab chiqarmoqda, balki qishloq taraqqiyotini o‘z zimmasiga olgan ijtimoiy - siyosiy harakatga aylanib bormoqda. Xalqimiz dasturxonining ushbu noz- ne’matlar bilan to‘kinligi fermerlarimizning omilkorligi, el-yurt ravnaqiga daxldorlik hissini hamda mulkdorlik mas’uliyatini chuqur anglab etgan holda bir parcha erdan ham unumli va oqilona foydalanishga intilayotgani bilan bevosita bog‘liqdir.

Ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklari asosiy tarmoqdan tashqari boshqa tarmoqlardan olayotgan daromadlarini qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini rivojlantirishga yo‘naltirish orqali qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmini va sifatini oshirishga, erlarning meliorativ holatini yaxshilash, irrigatsiya tizimlarini ta’mirlash, texnikalar sotib olish hisobiga pirovard natijada, qishloq xo‘jaligini barqaror iqtisodiy o‘sishiga erishiladi.

Ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaligini rivojlantirish, uning bozor talablari asosida faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash, ya’ni xizmat ko‘rsatish va ta’minot tizimini rivojlantirishdan, shuningdek, tayyor mahsulot ishlab chiqarishga manfaatdor bo‘lgan mulkdor sinfni shakllatirish va mustahkamlash bu mulkdorlar sinfining huquqlarini himoya qilish va istiqboldagi taraqqiyotini ta’minlash, qishloq hududlarida ijtimoiy barqarorlikka ega bo‘lish, ishsizlik, daromadi past bo‘lgan fuqarolarni ijtimoiy himoya qilishning muhim bir dastagini shakllanishida asos yaratib beradi. Hozirgi kunda yurtimiz fermer xo‘jaliklari orasida erni haqiqiy daromad manbaiga aylantirib, nainki dehqonchilik, balki qishloq xo‘jaligining bir necha tarmoqlarini yo‘lga qo‘ygan, iqtisodiy salohiyati yildan-yilga ortayotgan, butun dunyoda oziq-ovqat mahsulotlari tanqisligi sezilayotgan bir sharoitda go‘sht, sut va meva-sabzavotlarni qayta ishlash quvvatlarini ishga tushirgan mulkdorlar safi tobora kengaymoqda. Pirovardida aholining, ayniqsa, qishloq joylarda yashayotgan odamlarning turmushi, daromadi tobora yaxshilanib borayapti.

Buxoro viloyatida 2014 yilda 3297,4 mlrd.so‘mlik yalpi qishloq xo‘jalik mahsulotlari etishtirildi. Shundan 1434,9 mlrd.so‘mini chorvachilik mahsulotlari tashkil etdi. 2013 yilning shu davrga nisbatan yalpi qishloq xo‘jalik mahsulotlari ishlab chiqarish solishtirma narxda 106,8 foizga o‘sdi. Viloyat qishloq xo‘jaligining etakchi tarmog‘i paxtachilik bo‘lib, u bilan bir katorda, donchilik, sabzavot – mevachilik, chorvachilik va boshka tarmoqlar ham rivojlanib bormoqda.



2-jadval.

Buxoro viloyatida aholi jon boshiga asosiy turdagi qishloq xo‘jaligi maxsulotlari ishlab chiqarish dinamikasi, kg5


Tarmoqlar, yillar

1995*

2004

2005

2006

2007

2008

2009

2010

2011

2012

2013

2014

Meva

8,5

51,1

57,3

61,9

70,4

76,3

81,6

91,9

95,8

103,8

113,2

121,7

Uzum

22,2

63,4

68,5

77,8

85,1

46,1

54,4

60,9

64,1

72,5

79,7

86,6

Sabzavot

18,4

128,4

137,5

145,7

166,6

182,9

194,7

216,1

229,1

253,3

272,2

291,3

Kartoshka

1,1

37,6

39,7

43,4

52,5

59,7

62,4

70,2

71,1

81,9

89,7

98,2

Poliz

5,7

29,8

32,9

35,3

38,6

41,7

44,1

48,5

51,2

54,7

59,4

63,9

*-Dexkon va fermer xujaliklari ma’lumotlarisiz
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011 yil 31 oktyabrdagi "2012-2015 yillarda Respublika ozik-ovkat sanoatini yanada rivojlantirish va boshkaruvni takomillashtirish buyicha chora-tadbirlar tugrisida"gi PQ-1633-sonli karori bilan tasdikdangan "2014 yilda Buxoro viloyatida gusht, sut, meva-sabzavot va uzumni kayta ishlashga ixtisoslashgan yangi zamonaviy korxonalarni qurish xamda mavjudlarini modernizatsiya va rekonstruksiya qilish investitsiya loyixalari dasturi"ga asosan 2014 yilda qiymati 7,7 mln. dollarga teng 16 ta loyixani amalga oshirish belgilangan edi. 2014 yil davomida 4,6 mln. dollar va 3,1 mlrd. so‘mga teng 21 ta loyiha amalga oshirilib, 150 ta yangi ishchi o‘rinlari yaratildi. Fermerlikni rivojlantirish maqsadida respublikamizda qator ibratli ishlar amalga oshirilishiga qaramasdan, fermer yoki dehqon xo‘jaliklarining bevosita o‘zlariga bog‘liq bo‘lgan ayrim muammolar vujudga kelmoqda.
2-rasm. 2000-2013 yillarda Buxoro viloyatida etishtirilgan qishloq xo‘jaligi maxsulotlarining aholi jon boshiga nisbatan o‘zgarish dinamikasi6.

Ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklarini tashkil etishdagi tajribalarga nazar soladigan bo‘lsak, bugun yurtimizda zamonaviy xo‘jalik faoliyatini yo‘lga qo‘yib, o‘z iqtisodiy ahvolini yildan-yilga mustahkamlab, qishloq aholisi turmush darajasi va daromadini oshirib kelayotgan minglab fermer xo‘jaliklari borligining guvohi bo‘lamiz.

Masalan, Buxoro tumanidagi "Rabotiqalmoq" qishloq fuqarolar yig‘ini tadbirkorlar, halol mehnati bilan elga tanilgan mulkdorlar maskani hisoblanadi. Fermer Olim Elnazarov rahbarlik qilayotgan "Behzod" fermer xo‘jaligi faoliyati ko‘pchilik uchun ibrat bo‘la oladi. Dehqonchilik sohasining turli yo‘nalishlarida ish yuritayotgan jamoa a’zolari yil sayin mahsulot ishlab chiqarish hajmini ko‘paytirish bilan birga fermer xo‘jaligida ishlaydigan ishchi-xodimlarning turmush tarzi va daromadlari salmog‘ini ham oshirib borayaptilar.

Tashkil etilganiga salkam yigirma yil bo‘lgan ko‘p tarmoqli fermer xo‘jalikda asosiy e’tibor chorvachilikka qaratilgan. Bu bevosita mollar zotini yaxshilash, chorva ozuqasi ekinlari maydonlaridan samarali foydalanish, mahsuldorlikni oshirish bilan bog‘liq. Ayni paytda bu erda Moldovadan keltirilgan 38 bosh "Qizil cho‘l" zotiga mansub naslli qoramollar parvarish qilinmoqda. Mavjud 9 bosh sigirning 7 boshi har kuni sog‘iladi. Sut Buxoro shahridagi maktab-internatga shartnoma asosida etkazib beriladi.

Ko‘p tarmoqli fermer xo‘jalik a’zolari chorvachilikdan tashqari, g‘allachilik, paxtachilik, bog‘dorchilik va issiqxona bilan ham shug‘ullanishadi. 2014 yilda 4 gektardagi g‘allazorning o‘rtacha hosildorligi salkam 60 sentnerga etgan bo‘lsa, 2 gektar paxta maydonidan davlatga 8,5 tonna yuqori sifatli paxta xomashyosi sotildi. Joriy yilda esa xo‘jalikda mavjud 4,5 gektar bog‘da o‘rik, olma, nok, qaroli kabi sarxil meva daraxtlarining hosildorligi yuqori bo‘ldi.

Bugungi davr talabi asosida mazkur ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaligi o‘z faoliyatini kengaytirish maqsadida boshqa turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ymoqchi. Shu asosda kelgusida ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaligida kurkachilikni yo‘lga qo‘ymoqchi. Tajriba uchun 4 bosh kurkani parvarishlab, atigi bir necha oy ichida 30 boshga etkazildi. Bu boradagi ishlarni ham davom ettirib, kelgusi yilda kurkalar sonini 300 boshdan oshirish yo‘li bilan daromadimizni yanada ko‘paytirish rejalari ustida ishlar davom etmoqda.

Qishloqdagi ijtimoiy-iqtisodiy masalalar umumdavlat darajasidagi imkoniyatlarni jalb qilishni, mahalliy. xorijiy, xalqaro iqtisodiy sarmoyalarni safarbar qilish orqali o‘z echimini topadigan keng qamrovli ijtimoiy-iqtisodiy muammo hisoblanadi va bunda qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, tarmoqda mulkchilik munosabatlarini takomillashtirish, qayta ishlash sanoatini qishloqqa olib kirish, fermer xo‘jalikdarida qo‘shimcha tarmoqlarni rivojlantirish, infratuzilma tarmoqlarini rivojlantirish, demografik holatni yaxshilash, qishloq xo‘jaligining eksport salohiyatini oshirish kabi qator masalalarni hal qilishni taqazo etadi.

Respublikamiz mustaqilligining dastlabki kunlaridan boshlab qishloq xo‘jaligida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, qishloq aholisining turmush darajasini yaxshilash ustuvor vazifalar qatoriga belgilab olindi.

Qishloq aholisi bandligi va daromadlarini oshirishda hamda u bilan bog‘liq ijtimoiy muammolarni hal etishda ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklarini rivojlantirish masalasi muhim ahamiyat kasb etadi.

Qishloqlardagi ijtimoiy-iqtisodiy ahvolni yanada yaxshilashda qishloq xo‘jaligida asosiy turdagi tovar mahsuloti ishlab chiqaruvchi xo‘jalik yuritish sub’ekti sifatida e’tirof etilayotgan fermer xo‘jaliklarini rivojlantirish muhim ahamiyat kasb etadi.

Shuni alohida ta’kidlab o‘tish joizki, fermer xo‘jaliklarining qishloq xo‘jaligi yalpi mahsulotidagi ulushi yildan-yilga oshib bormoqda. Jumladan, bu ko‘rsatkich 2014 yilda 2005 yilga nisbatan taqqoslaganda 8,6 bandli punktga ko‘payib 32,9 foizni tashkil qilgan. Ayni paytda jami etishtirilgan dehqonchilik mahsulotlarida fermer xo‘jaliklarining ulushi 52,6 foizni, jami etishtirilgan chorvachilik mahsulotlarida esa 4,4 foizni tashkil etmoqda.

Shuningdek, ayniqsa qishloq hudularidagi o‘tkir ijtimoiy muammo hisoblangan aholini ish bilan bandligini ta’minlashda fermer xo‘jaliklarining ulushi ortib bormoqda. Jumladan, 2005 yilda jami faoliyat yuritayotgan fermer xo‘jaliklarida 954,2 ming kishi band bo‘lgan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich tahlil qilinayotgan yillar oralig‘ida 403,2 ming kishiga oshib, 2014 yilga kelib 1357,4 ming kishiga etdi. E’tiborlisi shundaki bir fermer xo‘jaligida aholini o‘rtacha bandligi 18 kishini tashkil etmoqda (3-jadval).

Bu albatta respublikamizda fermer xo‘jaliklarida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish bilan birga mutanosib ravishda mahsulotlarni qayta ishlash, saqlash, sotish va xizmat ko‘rsatish kabi ko‘plab qo‘shimcha sohalarni tashkil etilganligi bilan izohlanadi. Ma’lumki, bugungi kunda O‘zbekistonda mehnatga qobiliyatli aholining asosiy qismi qishloq joylarda istiqomat qilmoqda, tabiiyki qishloq xo‘jaligi tarmog‘ida tovar mahsuloti ishlab chiqarishning o‘zi bu miqdordagi ishchi kuchini ish bilan ta’minlay olmaydi.

3-jadval


Download 1,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish