I. Kirish O‘zlashtirma gaplar haqida umumiy tushuncha. II. Asosiy qism


O‘zlashtirma gap haqida umumiy tushuncha



Download 56,62 Kb.
bet2/6
Sana15.09.2021
Hajmi56,62 Kb.
#175175
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Xoldorova Charos Kurs ishi.

O‘zlashtirma gap haqida umumiy tushuncha Ma’lumki, hozirgi o'zbek adabiy tilinig sintaktik qurilishini o'rganish tilshunus olimlarning doimo diqqat markazida bo‘lib kelgan. Sintaktik tadqiqotlar dastlab gap va uning bo‘laklari, qo‘shma gaplar masalalari bo‘yicha olib borilgan edi. O‘zbek tilida gap va uning mohiyati A.G‘ulomovning ‘‘Sodda gap’’(1958) asarida birinchi marta atroflicha yoritilgan edi. O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi Til va adabiyot instituti ilmiy xodimlari tomonidan ikki jildlik ‘‘Hozirgi o‘zbek adabiy tili’’(1966) va ikki jildli ‘‘Ozbek tili grammatikasi’’ (1976 ) asarlarining yaratilishi o‘zbek tilshunosligining katta yutuqlaridan sanaladi. 20-asrning ikkinchi yarmiga kelib, o‘zbek tilining sintaktik qurilishida, uning boshqa sohalarida bo‘lganidek, bir qancha o‘zgarishlar sodir bo‘ldi. Ko‘rinadiki, o‘zbek tilshunosligida tilimizning sintaktik qurilishini tadqiq etish ufqi yildan yil kengayib rivojlanib bormoqda . Shunday bo‘lsa-da, tilimizning sintaktik qurilishini o‘rganish sohasida galdagi vazifalar ham behisob. Shular qatorida o‘zga gap turlaridan biri bo‘lgan o‘zlashtirma gap shaklining grammatik strukturasini o‘rganish, shu asosda badiy hamda publisistik nutqning sintaktik qurilishini chuqur tadqiq etish vazifasi turadi. Olimlarning aniqlashicha, o‘zga gap ifodasining uch turi bo‘lib bular quyidagilar : -o‘zlashtirma gap -o‘ziniki bo‘lmagan ko‘chirma gap -ko‘chirma gap ‘‘Hozirgi o‘zbek adabiy tili’’ (sintaksis) o‘quv qo‘llanmasida o‘zga gap shakllarini ikki turga –ko‘chirma va o‘zlashtirma gapga ajatib tasnif qilingan2 . Turkiy tillarda qo‘llangan o‘zga gap shakllarini funksional –grammatik nuqtai nazardan tadqiq etish X.Qurbatov Y.M.Vinogradov va O.Isroilovlarning nomzodlik ishlaridan boshlangan edi. Masalan, Olimlarning fikricha, turkiy tillarda o‘ziniki bo‘lmagan ko‘chirma shakllari tarkibida fe’lning barcha zamon formalari qo‘llanilishi mumkin. Lekin bu shaklda olmoshlar va 3-shaxs tuslovchi qo‘shimchalarning uchrashi ko‘proq kuzatiladi. Olim o‘zining 1953-yilda shu mavzuga oid tatar tilida yozgan maqolasida oziniki bo‘lmagan ko‘chirma gap shakllarini ‘‘o‘rtak so‘ylam’’ atamasi bilan nomlagan shundan kiyin bu atama tatar tilshunosligida keng ommalashgan edi. Y.M. Vinogradov talqiniga ko‘ra, o‘ziniki bo‘lmagan ko‘chirma gaplar shakllari qo‘llangan bayon tinglovchiga yoki kitobxonga emotsional ta’sir etish xususiyatiga egadir deb keltirib o‘tadi B.Yo‘ldoshev “o‘ziniki bo‘lmagan ko‘chirma gaplarning grammatik- uslubiy kategoriyasi sifatida”nomli monografiyasida, O.Isroilov o‘z nomzodlik ishida o‘zga gap shakllarini uch tur (o‘zlashtirma gap, ko‘chirma gap, o‘ziniki bo‘lmagan ko‘chirma gap)ga ajratadi, lekin ulardan faqat ikkitasiga keng to‘xtaladi. Muallifning fikricha, o‘zbek tili sintaktik qurilishida o‘ziniki bo‘lmagan ko‘chirma gap shakllarining o‘rni masalasi haqida tadqiqot obyekti bo‘lishi lozim. Olim o‘zining ‘‘Hozirgi o‘zbek adabiy tilida o‘zga gap’’ nomli ma’ruzalar matnida ham ko‘chirma va o‘zlashtirma gap shakllarini yoritgan edi. Jumladan olimning mulohazalariga ko‘ra, ‘‘o‘ziniki bo‘lmagan ko‘chirma gaplarning o‘z ichiga qamrab oluvchi gaplarning qismlari bilan birlashib, qo‘shma gapni hosil qilganda, nutqning fe’l qismi ‘‘o‘yladi’’, ‘‘aytdi’’, “esladi’’ singari so‘zlardan yoki ot, fe’l qism ( shovqin ko‘tardi, ta’ma qila boshladi, o‘yga soldi, o‘ylanib qoldi kabi) lardan iborat bo‘lishi mumkun. Ko‘pincha avtor nutqida shunday gaplar bo‘ladiki, ular o‘zga gaplar bilan yagona bir gap tarzida bog‘lanmaydi. Bular bevosita bayon qilinayotgan o‘zga gaplarning, asar qahramonining ichki yoki tashqi nutqi ekanligini aniqlashga xizmat qiladi”3 . ‘‘O‘zbek tilining amaliy grammatikasi’’ asarida ham o‘zga gap shakllari ikki tur (o‘zlashtirma va ko‘chirma gap)ga ajratiladi 4. G‘.Abdurahmonovning ‘‘o‘zbek tili grammatikasi’’ (sintaksis) nomli darsligida ham o‘zga nutqni berish yo‘llari ko‘chirma va o‘zlashtirma gapdan iborat, deb ko‘rsatiladi5. D.Abdullayeva o‘zbek tilidagi o‘zga gapli qurilmalarning semantik – sintaktik valintlik xususiyatlarini tadqiq etishda o‘zlashtirma, ko‘chirma kabi turlarga ajratmay. Buning sababini muallif quyidagicha izohlaydi: ‘‘…ma’lumki, badiiy asar bir muallifning ijodiy mahsuli, ya’ni bir so‘z bilan aytganda, muallifning o‘z gapidir. Shuning uchun bu asardagi nutqiy parchalarni ‘‘o‘ziniki yoki o‘ziniki emas’’larga ajratish juda ko‘p hollarda su’niy va qat’iy lisoniy asoslarga ega emas. Zeroki, o‘zlashtirma gap voqealangan nutq parchasiga o‘zlashtirma gap muallif tomonidan maxsus ajratilgan alohoda bir bug‘in, kiritma, xolos. O‘zga gapli qurilma tadqiqotchilari to‘g‘ri ta’kidlaganidek, o‘zga gap xilma xil shakllarda berilishi mumkin… ’’ . Bu ishda o‘zga gapli qurilmaga quyidagicha ta’rif beriladi: ‘‘o‘zga gapli qurilma- bu markazida nutq fe’li va bu fe’lning obyekt valentligini ochuvchi aktavant turgan birikma (qurilma). Shuning uchun o‘zga gapli qurilma boshqa sintaktik qurilmalar singari semantik – sintaktik valentlik va uning nutqiy voqealanishi bilan bog‘liq bo‘lgan hodisadir’’. Davrlar o‘tishi bilan o‘zga gapli qurilmalarni matn tarkibida qo‘llashda ayrim o‘zgarishlar yuz beradi. Bu jihatdan A. Ahmedovning o‘zbek adabiiy tili sintaktik strukturasida ko‘chirma gapli qurilmalardan foydalanishda yuz bergan struktur- simantik o‘zgarishlar tahliliga bag‘ishlangan ishi xarakterlidir. H.Mahmudov va A.Nurmonovlar qayd etishicha o‘zga gapli qurilmalar sintaksisiga oid muhim muommmolarni tadqiq etish ularni shakllantiruvchi elimentlar hamda bunday elimentlarning o‘zga gapli qurilmalar tarkibidagi o‘zaro shakl- mazmuniy jihatdan munosabatini hisobga olishni taqazo etadi6 . O‘rni kelganda M. Iminovning ‘‘o‘zbek tili va adabyoti’’ jurnalida e’lon qilingan ‘‘o‘zlashtirma gap bormi?’’ nomli maqolasiga munosabat bildirmoqchiman: maqolada to‘g‘ri ta’kidlagandek, tilshunoslikdagi nazariy nuqsonlar leksikada ham , so‘z yasalishi va morfemikada ham mavjud bo‘lib , ular o‘zining yangicha idrok etishi va talqinini kutmoqda’’7. Muallif o‘zbek tilshunosligida ‘‘ko‘chirma va o‘zlashtirma gap’’ haqidagi qarashlarni real hayotda obyektiv haqiqatdan yiroq yoki ilmiy – nazariy asoslari yetarli bo‘lmagan masalalar qatoriga kiritadi. Shundan kiyin muallif maqola davomida ‘‘Xo‘sh biz ko‘chirma gapni o‘zlashtirma gapga aylantiramizmi va qachon?’’ degan savol bilan murojaat qiladi. Bu savolga javob berish uchun ‘‘Menga Salimjon: Bugun men kinoga boraman - dedi’’ gapni tahlil qilishga intildi . Muallifning fikricha, ‘‘ko‘chirma gap o‘zlashtirma gapga aylantiriladigan bo‘lsa, unda mana bunday xol ro‘y beradi: birinchi so‘zlovchining gapi (kinoga boraman)ni tinglovchi muallif gapi sifatida (ikkinchi so‘zlovchi bo‘lib) ikkinchi tinglovchi (uchinchi kishiga) ko‘chirma gap shaklida yetkazadi. Bu ko‘chirma gapni ikkinchi avtor tinglovchiga qaytadan o‘zlashtirma gap shaklida uzatadi. Hayotda , kommunikatsiya jarayonoda bunday bo‘lishi mumkin emas’’.

Maqola muallifi eshitganni, ya’ni informatsiyani uzatish, asosan ikki shaklda axborot ( oddiy gap) va ko‘chirma gap shaklida bo‘lishini isbotlashga intiladi. Maqola so‘ngida M. Iminov quyidagi xulosalarga keladi: 1. O‘zga (ko‘chirma gap) gap deb atalgan forma eshituvchi uchun o‘zga gap ham , ko‘chirma gap ham emas , balki oddiy xabardir. 2. Eshitilgan gap boshqa bir shaxsga o‘tkazilgandagina avtor gapi qo‘shilib ko‘chirma gap tusini olishi mumkin. Agar bu gapda ifodalangan fikr qayta eslab tilga olinmasa, u ‘‘o‘lik’’ axborotligicha qoladi, basharti, mazmun birovga yetkazilsa, o‘zlashtirma (gap) holda emas, axborot haqida axborot sifatida namoyon bo‘ladi. 3. Ko‘chirma gap hech qachon o‘zlashtirma gapga aylantirish va uning variant- usullarini ko‘rsatish mantiqsiz va asossizdir. O‘zbek tilida o‘zlashtirma gap butunlay yo‘q . ‘‘Ozlashtirma gap’’ va uning ifoda formalari ona tili darsliklarida bor, xolos. ‘‘O‘zlashtirma gap’’ yo‘qligi tufayli bu termini ishlatish ham ( yuqoridagi ma’noda) o‘rinsizdir . Shuning uchun bo‘lsa kerak, biz biron joyda (ilmiy badiiy asarlarda) o‘zlashtirma gapni uchratmaymiz. Maqolada dadillik bilan o‘zlashtirma gap haqidagi masalaning ko‘tarib chiqilishini ma’qullash lozim. Lekin maqolada olg‘a surilgan fikrlar yetarlicha dalillanmagandek tuyiladi. O‘zbek tilshunosligida ‘‘o‘zlashtirma gap’’ termini balki noo‘rin qabul qilingandir, chunki ro‘scha ‘‘косвенная реч’’ atamasi o‘zbek tiliga so‘zma so‘z tarjima qilinganda, ‘‘nisbiy nutq’’ deb tushunish mumkin deb yozadi B. Yo‘ldoshev.‘‘O‘ziniki bo‘lmagan ko‘chirma gap grmmatik- uslubiy kategoriya sifatida’’ nomli monografiyasida. Shuning uchun ko‘chirma gapli konstruktsiyalarni o‘zbek tilshunosligida maxsus tadqiq etagan professor A.Abdullayev o‘z ishlarida ‘‘o‘zlashtirma gap’’ terminining o‘rniga ‘‘assimilatsiyalashgan nutq ’’ terminidan foydalangan, o‘z navbatida ko‘chirma gap A. Abdullayev tomonidan ‘‘assimilatsiyalashgan nutq’’ deb yuritilgan edi.

O‘zga gapli qurilmalarda muallif nutqi bilan qahramon nutqining o‘zaro uyg‘unlashuvi, yangi chatishuvi natijasida hosil bo‘lar ekan bu hol , uning o‘ziga xos intonatsiyasini ham belgilab beradi. Bu o‘rinda nutqning xususyati va bayon qilinayotgan fikrga bo‘lgan munosabat nazarda tutiladi. Qahramonning jonli so‘zlashuv uslubiga xos bo‘lgan emotsional xususyatlarini hikoya tarzidagi muallif nutqi bilan qabatlanib kelayotgandek tuyuladi. Mallifning ana shu xildagi nutqi o‘z navbatida qahramon nutqidagi intonatsiyaning rang- barangligiga sababchi bo‘ladi. Badiiy asarning muallifi har doim ham faqat bayon qilish bilan cheklanmaydi: U o‘z personajlarining xatti harakatiga achinadi, kuladi, nafratlanadi, hayratlanadi va boshqalar. Ijodkorning voqelikka muallif nutqi orqli va ana shunday turli xil munosabati badiiy asarning asosi bo‘lib, kitobxonning asarda muallif niyatini diqqat markazini to‘g‘ri anglay olishiga yo‘l ko‘rsatadi. Darvoqiy L. N. Tolstoy‘‘ har qanday badiiy asarda muallifning voqelikka bo‘lgan shaxsiy munosabatini, shu munosabat tufayli asarda yozilgan barcha narsalar kitobxon uchun muhim qimmatlidir. Badiiy asarning butunligi g‘oyaning birligi, qatnashuvchi shaxslarning ishlaganligi kabilardan iborat emas, balki butun asarga singdirilgan muallifning voqelikka bo‘lgan o‘z munosabatining ravshanligi va aniqligidan iboratdir ’’ , - degan edi. Eng muhimi, badiiy nutq tizimida muallifning yoki biror personajning nuqtai nazari birinchi planga qo‘yilganligidadir. Bu albatta, asar konkretligidan, unda qo‘llangan o‘zga gap formalari ma’lum bo‘ladi. ‘‘Yozuvchi, san’atkor oddiy kishilardan shu bilan farq qiladiki, - degan edi I.Sulton, uning asarlarida hayot hodisalari, faktlar faqat qayd etilibgina qolmaydi. Har gal biror hodisa, fakt haqida hikoya yozuvchining, san’atkorning shu narsaga, hodisaga, provardida, kishilarga ijobiy yoki salbiy munosabati bilan sug‘orilgan bo‘ladi. Bu ‘‘munosabat faktori’’ shunchalik muhimki, faqat u gina bizga hodisa haqida haqiqiy, mukammal, yorqin tasavvur bera oladi. San’atkorning ijobiy munosabati mehr va muhabbati bilan qizdirilgan hayotiy fakt, xuddi endigina cho‘g‘dan olingan temirdek, o‘z rangi, harorati, fazilatlari bilan hayratga solishi va tahsinimizga sazovor bo‘lishi mumkin’’. Bular tabiiyki, badiiy asar matni tarkibida qo‘llangan o‘zlashtirma gaplar intonatsiyasiga ham ta’sir qiladi.

O‘zlashtirma gaplar o‘zga gapni ifodalovchi shakllardan biri bo‘lib, asosan badiiy nutq uslubiga xoslangan matnlarda faol qo‘llanadi. O‘zlashtirma gap o‘zganing fikrini ifodalash bo‘lib bu asosan ikkinchi shaxsdan uchinchi shaxsga yetkazishda ham ishlatiladi.




Download 56,62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish