I. Kirish O‘zlashtirma gaplar haqida umumiy tushuncha. II. Asosiy qism


Ko‘chirma gapni o‘zlashtirma gapga aylantirish yo‘llari



Download 56,62 Kb.
bet4/6
Sana15.09.2021
Hajmi56,62 Kb.
#175175
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Xoldorova Charos Kurs ishi.

Ko‘chirma gapni o‘zlashtirma gapga aylantirish yo‘llari

Ko‘chirma gap o‘zlashtirma gapga aylantirilganda, uning shakli emas, ba’zan stilistik xususiyatlari ham o‘zgaradi. Ayniqsa, so‘zlovchining nutq prosessiga turli munosabatni ifodalovchi so‘zlar, ekspressiv so‘zlar (axir, xo‘sh, ha, yo‘q, mayli kabi ) tushib qoladi. Odatda bunday so‘zlar gap bo‘laklari bilan Grammatik jihatdan bog‘langan bo‘ladi: Axir, bir kamim qizimning kundosh bilan bir hovlida turishi qoluvdi- dedi Qurbonoy xola. Qurbonoy xola qizini kundosh bilan bir hovlida yashamasligini aytdi. Axir! Operatsiya qilish kerak, xola- dedi do‘xtir. -Do‘xtir operatsiya qilish kerakligini aytdi. Xo‘p, hozircha ana shu shiyponlarning o‘zi bilan kifoyalanib turamiz, - dedi Suvonqul. –Suvonqul hozircha ana shu shiyponlarning o‘zi bilan turishliligini aytdi. Xudoyim, o‘zingning rahming kelsin, -dedi pichirlab. –Pichirlab o‘zingning rahming kelsin deb aytdi.(O‘.Hoshimov. “Tushda kechgan umrlar” 120-bet).

Ayrim kirish so‘zlar o‘zlashtirma gapda ham saqlanish mumkin. Undov gap, atov gap, ritorik so‘roq gap va shunga o‘xshash boshqa gaplarni o‘zlashtirma gapga deyarli aylantirib bo‘lmaydi. Ko‘chirma gapni o‘zlashtirma gapga aylantirganda ko‘chirma gapdagi fe’l kesmning zamoni deyarli o‘zgarmaydi: 1.-Men paxta terayotirman,-dedi.-U paxta terayotganini aytdi. 2.-Men paxta terdim,- dedi u. U paxta terganligini aytdi. 3.-Men paxta teraman,- dedi u. U paxta terajakligini aytdi. Misollarning birinchisida ko‘chirma gapda hozirgi zamon shaklidagi fe’l kesim (terayotirman) o‘zlashtirma gapda hozirgi zamon sifatdoshi (terayotganligini) bilan, ikkinchi misolda o‘tgan zamon formasidagi fe’l kesim (terdim) o‘tgan zamon sifatdoshi (terganligini) bilan, uchinchi misolda esa hozirgi –kelasi zamon shaklidagi fe’l kesim (teraman) kelasi zamon sifatdosh formasi (terajakligini) bilan almashgan. Ko‘chirma gapni o‘zlashtirma gapga aylantirishda ko‘chirma gapdagi fe’l kesimning shaxs qo‘shimchasi yoki kelishik olmoshi o‘zgarishi mumkin. Ko‘chirma gapning subyekti birinchi shaxs kelishik olmoshi bilan , avtor gapining egasi esa har uchala shaxsdagi kishilik olmoshlari (men, sen, u) bilan ifodalansa, o‘zlashtirma gap sostavida bu olmoshlarning biri tushib qoladi. Men aytdim:- (Men) dars qilaman. Sen aytding:-(men) dars qilaman. U aytdi: - (Men) dars qilaman. Bu gaplarni o‘zlashtirma gap shakli quyidagicha:

Men darsni qilishligimni aytdim. Sen darsni qilishligingni aytding. U darsni qilishligini aytdi.

Ko‘chirma gapning egasi kishilik olmoshining ko‘plik formasi bilan ifodalanganda ham shunday bo‘ladi: men aytdim:- Biz qo‘llanmani o‘qiymiz. Biz aytdik: - Biz qo‘llanmani o‘qiymiz. Sen aytding: -Biz qo‘llanmani o‘qiymiz. Siz aydingiz:- Biz qo‘llanmani o‘qiymiz. U aytdi: - Biz qo‘llanmani o‘qiymiz. Ular aydilar:- Biz qo‘llanmani o‘qiymiz. O‘zlashtirma gap shakli: Men (biz) qo‘llanmani o‘qishligimizni aytdim. Sen (siz) qo‘llanmani o‘qishligingizni ayding. U (lar)qo‘llanmani o‘qishliklarini aytdi.

Ko‘chirma gap yig‘iq bo‘lib, uning va avtor gapining egasi bir xil shaxs –sondagi kishilik olmoshi bilan ifodalansa, yig‘iq ko‘chirma gapdagi ega bilan tuslovchi bir xil bo‘lgani uchun, ularning biri tushib qoladi va ko‘chirma gaplik xususiyatini bir oz yo‘qotadi. Men aytdim: ‘‘men boraman’’ emas, men boraman. Sen aytding: ‘‘sen borasan’’ emas, sen borasan deding. U aytdi: ‘‘u boradi’’emas, u boradi dedi. Ko‘plikda ham xuddi shundaydir. Garchi bunday konstruktsiyalar ko‘сhirma gap shaklida tuzilgan bo'lsa ham, uni ko'chirma gap hisoblaymiz. Agar avtor gapining egasi ot bilan, ko‘chirma gapning egasi kishilik olmoshi bilan ifodalangan bo‘lsa, bunday gaplarning o‘zlashtirilgan shaklida avtor gapidagi ega va kesim saqlanadi, ko‘chirma gapning egasi qaratqichli aniqlovchiga, kesimli –lik affiksini olgan sifatdosh bilan ifodalangan to‘ldiruvchiga- qaralmishga aylanadi. Ko‘chirma gapning birinchi shaxsidagi ega ba’zan batamom qo‘llanmaydi yoki uning o‘rnida o‘zlik olmoshi ishlatiladi.

Men kech chiqdim. Biz kech chiqdik. Sen kech chiqding Salim aytdi Siz kech chiqdingiz. U kech chiqdi. Ular kech chiqdilar.

B u gapning o‘zlashtirma gap shakli: O‘zining kech chiqgani(lig)ni Bizning kech chiqgan(lig)imizni Karim Sezning kech chiqgan(lig)ingizni Aytdi. Sizning kech chiqgan(lig)ingizni Uning kech chiqga(lig)ini Ularning kech chiqgan(lik)larini Demak, bir ko‘chirma gap bir necha xil o‘zlashtirma gapga aylanishi mumkin. Ko‘chirma gapning kesimi o‘tgan zamon fe’li bo‘lsa, o‘zlashtirma gapga aylantirishda bu kesmdagi shaxs-son, zamon affikslari-gan+lik+egalik affiksi+tushum kelishigi affiksi bilan almashtiriladi. Bu vaqtda ko‘chirma gapning egasi qaratqichga aylanadi. Avtor gapining kesimi ham odatda, boshqa so‘z bilan almashadi:- Ro‘zg‘orning birini ikki qilib yursa, shuning o‘zi katta davlat,-dedi chol-kampir.(Aymatov. Ch. 22-bet) Chol-kampir ro‘zg‘orning birini ikki qilib yurishi katta davlatligini aytdi. Ko‘chirma gapning kesimi –gan affikisini tarixiy o‘tgan zamon fe’li bilan ifodalansa uning zamon qo‘shimchasi saqlanib, faqat shaxs qo‘shimchasi tushib qoladi: -Bu yil ko‘p paxta terganman,- dedi qiz. –Qiz bu yil ko‘p paxta terganligini aytdi. Ko‘chirma gapdagi fe’l qo‘shma holda bo‘lsa (fe’l+to‘liqsiz fe’l shaklida tuzilgan bo‘lsa), uning kiyingi elimenti yuqoridagicha o‘zgaradi: Kecha nachalnikka qo‘ng‘iroq qilmoqchi edi, ayasi bobillab berdi: Nima qilasiz podadan oldin chang chiqarib! Melisa gunohi bo‘ynida ekanki, tipirchilab qopti demaydimi! (O‘. Hoshimov “Tushda kechgan umrlar” 16-bet). –Kecha nachalnikka qo‘ng‘iroq qilayotganda onasi podadan oldin chang chiqarmasligini, melisa gunohi bo‘ynidaligini bilib tipirchilayapti deb o‘ylashini aytdi.Ko‘chirma gapni o‘zlashtirma gapga aylantirishda faqat fe’l kesimning o‘zgarmay, egalik qo‘shimchasini olgan so‘z va kishilik olmoshi bilan ifodalangan bo‘laklar ham o‘zgaradi.- Mening ukam Toshkentda o‘qiydi, -dedi usta. –Usta ukasining Toshkentda o‘qiyajagini aytdi.

Boshqa bo‘laklarda bu xildagi o‘zgarish deyarli sezilmaydi: -Kecha keldim,-dedi Karim. –Karim kecha kelganligini aytdi. Ko‘chirma gapning kesimi hozirgi zamon fe’li bilan ifodalanadi: a) –yotir, -yapti affiksli formalar o‘rnida yot+gan(lik)+egalik affiksi+tushum kelishigi qo‘shimchasini olgan so‘z ishlatiladi: G‘o‘zalarimiz barvaqt gullayotir,-dedi chol.-Chol g‘o‘zalarning barvaqt gullayotganini aytdi. b)-moq+da affiksli fe’l kesim esa stilistik talabga muvoffiq ba’zan –yotgan(lig)ini formasida, ba’zan moq+da ekan formasi ishlatiladi. d)-a, -y affikslari bilan yasalgan hozirgi kelasi zamon fe’llari gapning mazmuni ko‘proq hozirgi zamon bilan bog‘liq bo‘lganda, -yotgan(gan)ini formasida, kelasi zamonga bog‘liq bo‘lganda, -(a)jak(lig )ini yoki–moqchi ekanligini formasida qo‘llanadi. Demak, ko‘chirma gap qanchalik murakkab bo‘lsa, uni o‘zlashtirma gapga aylantirish uchun ham shunchalik qiyinlashadi. O‘zga gapli qurilmalarning badiiy nutq tizimidagi o‘rni

Ma’lumki, abadiiy tilning funktsional uslublari ifoda vositalari tizimining muayyan aloqa doirasida maqsadga muvofiq holda tanlash natijasida tarixan tashkil topgan nutq ko‘rinishlaridir. So‘ngi yillarda o‘zbek tilshunosligida o‘zga gap shakllarining badiiy matnda lingvopoetik xususiyatlarini o‘rganishga doir ayrim ishlar amalga oshirilmoqda . Jumladan, Sh. Siddiqovaning ta’kidlashicha, o‘zga gaplarning badiiy asar qahramonlarining o‘y-fikrlari, g‘am- tashvishlari, mulohazalari, gapi muallif nigohidan o‘tkaziladi. Badiiy adabiyotda bunday gaplardan foydalanish inson xarakter va psixologiyasini boshqan lingvopoetik vositalarga nisbatan mukammalroq ifodalash imkoniga ega. Ular badiiy asar tiliga ta’sirchanlik, o‘quvchiga estetik zavq bag‘ishlabgina qolmay, asar qahramonlarining ichki dunyosini, xarakter xususiyatlarini to‘laroq yoritish imkonini ham beradi8. Ma’lumki bir yozuvchi yoki shoirning hayotni tushunishi va tushuntirishdagi o‘ziga xosliklar asar kompozitsiyasi, detallari va tasvir vositalariga o‘z muhrini bosganidek, ijodkorning bayon qilish uslubiga, o‘zga gap shakllaridan foydalana bilishiga ham ta’sir qiladi. Asarning bayon qilish strukturasiga o‘zga gap shakllarining singdirib yuborilishida ijodkorning dunyoqarashi, estetik qarashlari, ma’naviy qiyofasi va shaxsiyati aks etib turadi. Masalan, yozuvchi Abdulla Qahhor o‘zining aksariyat asarlarida qahramon nuqtai nazaridan tasvirlash va bayon strukturasiga o‘zga gaplarni kiritishning rang-barang usullaridan foydalanganligini ko‘rishimiz mumkin. Yozuvchining mashhur asari ‘‘O‘g‘ri’’hikoyasida zamon tobtab tashlagan chol Qobil boboning ahvolini, ruhiy olamini o‘z qarashlari orqali emas, balki qahramon nuqtai nazaridan, uning qiyofasiga kirib , uning so‘zlari, xatti- harakatlari bilan ko‘rsatib beradi. Hikoyada bayon avtor tomonidan olib borilsa ham, unda qahramonning nuqtai nazari, aminga, ellikboshiga, pristavga munosabati, nutq namunasi o‘zga gap shakllari yordamida to‘la saqlanadi. ‘‘O‘g‘ri’’ hikoyasida muallif nutqi bilan boshlanadi, asar boshida muallif qisman o‘zining bu masalaga oid qarashlarini ham bayon qiladi. Shundan kiyin muallif voqealarga aralashmaydi, faqat ularni bir biri bilan xolis bog‘lab turadi, bunda yozuvchiga o‘zga gap shakllari juda ko‘p keladi: ‘‘Kampir tong qorong‘usida xamir qilgani turib ho‘kizdan xabar oldi. O!.. Ho‘kiz yo‘q, og‘il ko‘cha tomondan teshilgan… Dehqonning uyi kuysa kuysin, ho‘kizi yo‘qolmasin. Bir qop somon o‘n – o‘n beshta xoda, bir arava qamish – uy, ho‘kiz topish uchun necha zamonlar qozonni suvga tashlab qo‘yish kerak bo‘ladi ’’(Abdulla Qahhor “hikoyalar to‘plami) . Bu ta’kidlangan gaplar kampirning fikri, uning ovozi muallif uni o‘zga gap yordamida o‘z so‘zi orasida keltirib, uning ovoziga tayanib gapiryapti.

Badiiy nutq uslubining barcha janrlarida, jumladan, she’riy, drammatik asarlarda o‘zga gaplar keng qo‘llanish imkoniyatiga ega. Biz o‘zga gaplarning ayrim elimentlarini hatto folklore asarlarida ham uchratamiz. Masalan Alpomish dostonida keltirilgan quyidagi parchada muallif nutqi tarkibida ‘‘o‘ylab qoldi’’ fe’lining mavjudligi shundan kiyingi qo‘shtirnoq ichida keltirilgan nutq Qaldirg‘ochoyimning hayoliy, ichki nutqi ekanligidan dalolat beradi: Yodgorga bildirib, tuyaning qoshiga Yodgorni qo‘yib , o‘ylab qoldi: ‘‘Bu olti oychilik yo‘lda bo‘lsa, qalmoqning elida bo‘lsa, zo‘r yovning qo‘lida bo‘lsa, uncha muncha odam izlab borolmasa…agar Qorajon izlab bormasa, uncha- muncha odam izlab borolmaydi ’’, -deb Olatoqqa, Qorajonnikiga qarab yurdi (Alpomish dostoni. 211-bet) .

Badiiy va publisistik uslubda o‘zga gaplarning xilma xil tiplari keng qo‘llanadi. Ana shunday tiplardan birini Rus tilshunoslarining 50-yillardagi O‘ziniki bo‘lmagan ko‘chirma gaplarning leksik froziolig tipi deb nomlangan edi. Bu tipdagi o‘zga gapda muallif yoki biror personaj nutqidagi ma’lum bir so‘z yoki ibora qayta takrorlanadi yoki aksincha,o‘zga gapda personajning hayoliy nutqida aytilgan biror botiniy so‘z yoki ibora uning tashqi, zohiriy nutqida, boshqa biror personajlar bilan munosabatida ta’kidlab boriladi. Bu esa o‘sha leksik- frazeologik vositaga kitobxon diqqatini jalb qilish uchun imkon yaratadi. Badiiy nutq uslubida o‘zga gaplar personajlarning ichki nutqini ifodalash uchun ham qo‘llaniladi. Shuning uchun muallifning hikoya qiluvchilik mahoratini, individual uslubini hamda qahramon nutqining xarakterini aniqlashda o‘zga gaplarning grammatik va uslubiy xususiyatlatini o‘rganish muhim ahamiyat kasb etadi. O‘zga gaplarni bayon strukturasiga kiritish, muallif nutqi bilan ularni monand, vabasta qila olish ko‘p darajada yozuvchining induvidal uslubiga ham bog‘liq. Bu xususiyat shunchalik muhimki, u o‘zga gaplarning badiiy nutq tizimidagi o‘rnini belgilash hamda o‘zga gap tiplarini tasniflashning ilmiy asosini tashkil etadi. Shunday qilib, badiiy nutq tizimida o‘zga gaplarning qo‘llanishini o‘rganish muhim ahamiyatga ega. U yoki bu yozuvchi, shoir yoki dramaturgning asarlarida qo‘llanilgan o‘zga gaplarning ahamiyati uning muallif obrazi strukturasidagi roli personajlar qalb dealiktikasini ochishdagi o‘rni kabi masalalar tadqiqotchilarning diqqat markazida bo‘lishi lozim. Bundan tashqari, o‘zga gaplarni nutq tizimining ko‘pgina murakkab uslubiy – sintaktik imkoniyatlarini aniqlashga ham yordam beradi. Badiiy nutq uslubida o‘zga gaplar qisman xalq og‘zaki ijodi namunalarida, poetik asarlarda va ko‘proq nasriy asarlarda qo‘llanish imkoniyatiga egadir.



Xulosa

O‘zbek tilining sintaktik qurilishini tadqiq etish sohasida kiyingi chorak asr davomida salmoqli yutuqlar qo‘lga kiritildi. Xususan, o‘zbek tilining mazmuniy sintaksisi, struktual sintaksis, soda va qo‘shma gaplar derivatsiyasiga doir yirik monografik ishlarning yaratilishi yanada kengaytirildi. Lekin shu bilan bir qatorda o‘bek tili sintaksisi bo‘yicha o‘z tadqiqotchilarini kutayotgan muammolar ham yo‘q emas. Shulardan biri o‘zga gapli qurilmalar, shulardan biri bo‘lgan o‘zlashtirma gap shakllarining grammatik strukturasi masalalarini keng planda tadqiq etishdir. O‘zlashtirma gaplar o‘zga gapni ifodalovchi shakllardan biri bo‘lib, asosan badiiy nutq uslubiga xoslangan matnlarda faol qo‘llanadi. O‘zlashtirma gap oraliq hodisa sifatida emas, balki badiiy nutq uslubining eng xarakterli hodisalaridan biri sifatida o‘zbek adabiiy tilida keng qo‘llanmoqda. O‘zga gaplar personajning ichki va tashqi nutqini, shuningdek o‘y hayollarini bayon qilishda muhim sintaktik –uslubiy kategoriya sanaladi. O‘zlashtirma gaplar leksik- frazeologik tipi, yoyiq, dialogik, tasodifiy shakllari badiiy nutq uslubiga xoslangan matnlarda, ayniqsa, liro-epik va nasriy matnlarda faol qo‘llanadi. O‘zlashtima gapning muallif nutqi bilan yaxlit bir murakkab sintaktik butunlikni hosil qilishda tafakkur va nutq fe’llari, tinish belgilari (ko‘p nuqta, qo‘shtirnoq, ikki nuqta kabilar) muhim rol o‘ynaydi.




Download 56,62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish