I. Kirish O‘zlashtirma gaplar haqida umumiy tushuncha. II. Asosiy qism


O‘zlashtirma gapshakllarining grammatik strukturasi haqida



Download 56,62 Kb.
bet3/6
Sana15.09.2021
Hajmi56,62 Kb.
#175175
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Xoldorova Charos Kurs ishi.

O‘zlashtirma gapshakllarining grammatik strukturasi haqida

O‘zganing gapi o‘zlashtirma gap shaklida berilganda avtor boshqalarning gapini grammatik va ayrim leksik xususyatlarini o‘zgartirgan holda o‘zlashtirib, hikoya qilib beradi. O‘zlashtirma gap ko‘chirma gapdan intonatsiyasi va ayrim fe’l formalarining ishlatilmasligi bilan ham ajralib turadi. ‘‘Demoq’’ fe’lning ko‘chirma gapda juda ko‘p ishlatiladigan deb, dedi, deydi, degan edi kabi shakllari o‘zlashtirma gapda deyarli qo‘llanmaydi. Uning o‘rnida bu gaplarda ko‘proq aytmoq , gapirmoq fe’llari ishlatiladi. O‘zga gapli qurlmalar grammarik strukturasi jihatidan quyidagi xususiyatlaga ega bo‘ladi: muallif nutqi bilan birlashib, bog‘lovchisiz bog‘langan qo‘shma gap konstruktsiyasini tashkil qiladi yoki u murakkab bir butun sintaktik konstruktsiyaga singib ketsa, qisman mustaqillikka ham ega bo‘ladi. O‘zga gapni boshqarib keluvchi muallif nutqi sodda yoki qo‘shma gap shaklida bo‘lishi ham mumkin. Odatda o‘zga gapni boshqarib keluvchi muallif nutqi oldin keladi. Muallif nutqining o‘zga gapli qurilma o‘rtasida kelishi juda kam uchraydigan hodisadir. Ammo muallif nutqi o‘zga gapli qurilmalarning ichki tomonidan kelganda, uning kiyingi qismi o‘zga gapli qurilmani yakunlab yoki muayyan ramka ichiga solib kelishi mumkin.



O‘zga gapli qurilmalarni o‘z ichiga qamrab oluvchi gaplarning qismlari gapning boshqa qismlari bilan birlashib, qo‘shma gapni hosil qilganda, nutqning fe’l qismi o‘yladi, esladi, o‘yga toldi, o‘yga soldi, o‘ylanib qoldi kabi tafakkur semali so‘zlardan iborat bo‘lishi mumkin. Bunday so‘zlar hozirgi vaqtda semantikada ‘‘tafakkur fe’llari’’ deb yuritiladi. Ko‘pincha muallif nutqida shunday gaplar bo‘ladiki, ular o‘zga gapli qurilmalar bilan birga, bir butun semantik konstruktsiya tarzida bog‘lanmaydi. Bular o‘zga gapli qurilma asar qahramonining ichki yoki tashqi nutqi ekanligini aniqlashga xizmat qiladi. Bu xil gap o‘zga gapli qurilmadan oldin kelishi mumkin.

Ba’zan asar qahramonlarining fikri va o‘y hayollarini ifodalovchi muallif gapi o‘zga gapli qurilmaning oxirida kelib, uni yangilashi ham mumkin. O‘zga gapli qurilmalarda nutqning qaysi shaxsga tegishli ekanligini shaxs qo‘shimchalaridan bilib olish mumkin. Ko‘chirma gapda esa nutq egasining shaxsi muallif nutqi tarkibidagi shaxs- son affikslari, nutq fe’llari orqali beriladi. Shuning uchun ham ko‘chirma gapda shaxs qo‘shimchalarining barcha shakllari ham muallif nuqtai nazaridan, yangi muallif nomidan qo‘llaydi, lekin bunday gaplarda nutqni ko‘rsatish uchun ko‘pincha kelishik olmoshlarining 3- shaxs shaklidan foydalaniladi. Ko‘pgina tadqiqotchilar, masalan , olimlarning fikriga ko’ra nutq subyektining 3- shaxs kelishik olmoshiga tegishli ekanligini o‘zga gapli qurilmalarning asosiy belgilaridan biri deb hisoblaydi. A.Abdullayev esa o‘zga gapning bu shaklini xarakterlashda ‘‘bilateral nutq’’, ‘‘bilateral o‘zga gapli konstruktsiya’’ terminlaridan foydalanilgan. Olimning mulohazalariga ko‘ra, bilateral o‘zga gapli konstruktsiyalar shaklan ko‘chirma gapga o‘xshasa –da, yozuvchi tomonidan o‘z bayoniga singdirilgan holda ifodalashni, ko‘pincha alohida aftor gapiga ega emasligi bilan undan farq qiladi. Bunday gaplarda avtor personaj fikrlarini ifoda qilmaydi, balki uning o‘zida o‘zi o‘ylaydi yoki o‘zi gapiradi. Shuning uchun bilateral o‘zga gapli konstruksiyalarda avtor gapi bilan persanaj nutqini ajratish ba’zan juda qiyin bo‘ladi. Xullas, bilateral nuq gaplarda avtor va personaj nuutqi birlashgan va mujassamlashgan bo‘ladi’’ . Rus tilshunoslarining yuqorida ta’kidlab ko‘rsatgan 3- shaxs kishilik olmoshining nutq subyektiga tegishli ekanligini o‘zga gapli qurilmalarning asosiy belgisi, o‘ziga xos xususiyati deb bo‘lmaydi. Chunki o‘quvchi yoki tinglovchi mexanik tarzda 3- shaxsdagi kelishik olmoshining 1- shaxsdagi kelishik olmoshi bilan almashtirmaydi, o‘zbek tilining sintaktik qurilishi bunga yo‘l qo‘ymaydi. Ma’lumki muallif o‘zgalarning fikrini o‘z nomidan bayon qilishdan tashqari o‘sha qahramonning nomini, uning ishtirokini ham bayon sistemasida ta’minlaydi. Demak, bu xil konstruksiyalarda shaxs formalarining qo‘llanilishi faqat muallif nuqtai nazaridan bo‘lmasdan, balki ham muallif, ham qahramon nuqtai nazaridan bo‘ladi. O‘zlashtirma gaplarning moddallik kategoriyasining ifodalanish usullari ham e’tiborni o‘ziga jalb qiladi deb ta’kidlab o‘tgan B.Yo‘ldoshev yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan monografiyasida. Tilshunoslarning fikricha, moddallik kategoriyasi ‘‘so‘zlovchi shaxsining voqea- hodisalarga bo‘lgan munosabatini ko‘rsatadi’’.Fikrning voqiylikka bo‘lgan munosabatini ko‘rsatuvchi ma’nolari hamda bularning ifodalanish sistemasiga moddallik kategoriyasi deyiladi. O‘zga gapli qurilmalarning turli moddalik attenkalarini ifodalash uchun moddallik xarakteriga ega bo‘lgan gaplardan, modal so‘zlardan, yoki ishonch, qo‘rqish, ishonchsizlik, taxmin kabi ma’nolarni bildiruvchi ko‘makchilar va yuklamalardan foydalaniladi. Badiiy nutqning o‘ziga xos xususiyatlaridan biri muallif nutqi tarkibida odatdagi ko‘chirma gapgina emas, balki o‘zga gapli qurilmalarning ham mavjud bo‘lishidir. Bunda muallif o‘zlashtirma gapni aynan o‘z holicha yoki sof personaj nutqi- ko‘chirma gap tarzida berilishi mumkin. Bu xildagi konsepsiyalar qahramonning gaplari yoki fikr o‘ylari tarzida beriladi. O‘zga gapli qurilmani bayon sistemasida ko‘chirma gap yoki o‘zlashtirma gap tarzida berilishi muayyan uslubiy maqsadlarni nazarda tutadi. Shuni hisobga olib Sh.Y.Yusufli Ozarboyjon badiiy tilining stilistik sintaksisiga bag‘ishlangan doktorlik ishida ko‘chirma gapli konstruktsiyalar badiiy nutqning xarakterli belgisi bo‘lib, badiiy nutq sintaksisining o‘rganish obyekti bo‘lishi lozim, degan fikrni olg‘a suradi deb keltirib o‘tadi B. Yo‘ldoshev yuqorida ta’kidlab o‘tilgan monografiyasida. O‘.Nosirov o‘z nomzodlik dessertatsiyasida va shu asosda e’lon qilingan ilmiy maqolalarida romanda qo‘llangan o‘ziniki bo‘lmagan ko‘chirma gap shakllarini tahlil qilar ekan ‘‘o‘ziniki bo‘lmagan nutq’’ terminidan foydalanadi. Uning fikricha , ‘‘Badiiy nutqning bu usuli qahramonlar ruhiy dunyosini chuqurroq yoritish, voqea sodir bo‘layotgan paytida qahramonning ruhiy holatini tasvirlash va qahramon tavsifini yaratishda ijodkorning shaxsiy munosabatini ko‘rsatish uchun qo‘llaniladi. O‘ziniki bo‘lmagan nutq bayon qilishning mustaqil bir usuli bo‘lganligi uchun stilistik sintaksis sohasiga tegishlidir. Uni tahlil qilishga stilistik planda yondashilganligi masalaning mohiyatini ravshan yoritish imkoniyati yaratilgan bo‘ladi ’’. Shuni e’tiborga olish lozimki, kiritma so‘zlar o‘zga gapli qurilmalar bilan birlashib, sintaktik konstruktsiyaning har xil ko‘rinishlarini hosil qiladi. Bu konstruktsiya ikki, ya’ni kirituvchi va kiritmalardan ibirat bo‘ladi. Bunday konstruktsiyada kirituvchi qism tushirib qoldirilishi ham mumkin. Masalaning badiiy tomonlari o‘zga gapli qurilmalarning struktural-semantik va grammatik xususiyatlari bo‘lib, ularni grammatikaning sintaksis bo‘limi tahlil qilishi lozim. Har ikki tip konstruktsiyasi ham bir biridan unchalik jiddiy farq qilmaydi, faqat ularning ta’sirchanligi, emotsional samaradorligi boshqa- boshqadir. Tabiiyki u yoki bu holatda o‘zga gapli qurilmalarni qo‘llash , birinchidan, muallifning o‘zi tasvirlayotgan voqea- hodisalarga bo‘lgan ijobiy yoki salbiy munosabatiga, ikkinchidan, yozuvchining badiiy mahoratiga o‘zga gap shakllarini bayon strukturasiga kirita olishsan’atiga bog‘liqdir. Umuman olganda bunday konstruktsiyalarni qo‘llashdaavtorning kuzatuvchanligi, qahramonlarning qalbdialektikasini ochishdagi mohirligi muhim rol o‘ynaydi. Ko‘rinadiki o‘zga gapli qurilmalarni ko‘proq badiiy nutq uslubida qo‘llanadi.


Download 56,62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish