Ibn sino nomidagi nashriyot matbaa birlashmasi



Download 0,86 Mb.
bet12/21
Sana11.04.2020
Hajmi0,86 Mb.
#43957
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   21
Bog'liq
AGZAMOV-Topografik anatomiya va Operativ Xirurgiya


Ko’krak fastsiyasi (fascia pectoralis) ko’krak mushaklarini ustidan yopib turadi. Bu fastsiya ko’krak kattа mushagi sohasida ikki qavatdan (yuzaki va chuqur) iborat bo’ladi. Fastsiya mushaklar orasiga tolalarini berib, ularni bir-biridan ayirib turadi. Chuqur

hamda yuzaki fastsiya varaqlari mushakning tashqi sohasida o’zaro birikadi. Ko’krakning pastki sohasida ko’krak fastsiyasi oldingi tishli hamda qorinning tashqi qiyshiq mushaklarini ham yopib o’tadi. Oldingi tishli mushakni lateral sohasida, ko’krak fastsiyasining ustida, yog’ to’qima mavjud bo’lib, uning ichidan ko’krakning lateral qon tomirlari (vasa thoracica lateralis) va ko’krakning uzun nervi (n. thoracicus longus) o’tadi. Ko’krak fastsiyasi ko’krakning orqa sohasida trapetsiyasimon (m. trapezius) va orqaning serbar mushak (m. latissimus dorsi) lariga qin hosil qiladi.

Ko’krakning chuqur fastsiyasi kurak qirra usti va kurak qirra osti hamda kichik va katta yumaloq mushaklari bilan katta va kichik rombsimon mushak (mm. supraspinatus, infraspinatus, teres major et minor, romboideus major et minor) larini yopib turadi.

Ko’krak qafasining yuqori - oldingi sohasidagi fastsiyaga o’mrov – ko’krak fastsiyasi (fascia clavipectoralis) deyilib, u o’mrov suyagidan hamda kurakning tumshuqsimon o’simtasidan boshlanib, o’z yo’lida o’mrov osti va kichik ko’krak mushaklariga qin hosil qilgach, III - V qovurg’alarga birikadi. Fastsiya, nomlari ko’rsatilgan mushaklarning orasida bir qavatdan iborat bo’lib, uni o’sha yerdan o’tadigan qo’ltiq osti qon tomir va nervlari teshib o’tadi. Fastsiya tashqi tomondan qo’ltiq osti fastsiyasininг medial sohasiga ushlab turuvchi boylam hosil qilib birikadi. Bu fastsiyalar orasida yog’ to’qima bo’shlig’i hosil bo’ladi. Bu bo’shliqda gematomalar, yiring va h. k. yig’ilib qolishi mumkin.

Ko’krak qafasining skeleti to’sh suyagidan, ko’krak umurtqalaridan va 12 juft qovurg’alardan tashkil topadi. Qovurg’alarning yuqorigi 7 jufti to’sh suyagiga birikadi (chin qovurg’alar) - costae verae, 8 - 9 va 10 juftlari - qovurg’a yoyini hosil qilib, o’zaro birikkach, yuqori qovurg’alar tog’ayiga birikadi (yolg’on qovurg’alar) - costae spuriae. Qolgan 11 - 12 juft qovurg’alar - yetim qovurg’alar (costae fluctuantes) deyilib, ular hech qayerga birikmay, qorin mushaklari orasida erkin turadi.

Pastda turgan qovurg’aning yuqori qismi bilan, yuqorida joylashgan qovurg’aning pastki qismi orasidagi masofaga qovurg’alararo bo’shlig’i deyiladi. Bu bo’shliq qovurg’alararo mushaklar, qon-tomir, nerv va limfa yo’llari bilan to’lgan bo’lib, uning kengligi ularning joylashgan joyiga bog’liq bo’ladi (39-rasm). Qovurg’alararo bo’shliqning eng keng joyi, yuqorida I - II - III qovurg’alar oralig’idir. Pastga qarab tushgan sari qovurg’alararo


bo’shliqlar torayib boradi. Masalan, yuqori sohalarda ularning hajmi 15 - 18 mm gacha bo’lsa, pastki sohada 3 - 4 mm gacha torayadi.

Tashqi qovurg’alararo mushak (m. intercostales externa) lar qovurg’a do’mbog’i bilan uning suyak qismini tog’ay qismiga o’tadigan joyigacha bo’lgan oraliqni egallab, yuqori qovurg’aning pastki qirrasidan boshlanib, pastki qovurg’aning yuqori qirrasiga birikadi. Mushak yetib kelmagan qovurg’alarning tog’ay qismidagi oraliqni tashqi qovurg’alararo parda (membrana intercostalis externa) to’ldirib turadi.

Ichki qovurg’alararo mushak (m.m. intercostalis interna) lar, qovurg’alararo bo’shliqning qovurg’a burchagidan, to’sh suyagigacha bo’lgan masofada joylashib, u qovurg’a burchagidan orqa sohada bo’lmaydi. Uning o’rnida qovurg’alararo bo’shliqni ichki qovurg’alararo parda (membrana intercostalis interna) to’ldirib turadi. Ichki qovurg’alararo mushagining yo’nalishi tashqi qovurg’alararo mushakning yo’nalishiga qarama - qarshidir, ya`ni pastdan yuqoriga, orqadan oldinga. Ikkala mushak orasidagi bo’shliqni yog’ to’qimasi to’ldirib, uning ichidan qovurg’alararo qon - tomir va nervlar o’tadi.

Yuqorigi ikkita orqa qovurg’alararo arteriyalardan boshqa qolgan hamma 10 juft orqa qovurg’alararo arteriyalar (a.a. intercostalis posterior) aortaning pastga tushuvchi qismidan boshlanadi. Oldingi qovurg’alararo arteriyalari (intercostalis anterior) – ko’krak qafasining ichki arteriyasining tarmog’I bo’lib hisoblanadi. Yuqorigi I va II juft qovurg’alararo arteriyalari esa qovurg’a-bo’yin arteriya stvoli (truncus costocervicalis) dan chiquvchi ustki qovurg’alararo arteriyasining tarmoqlaridir. Vena qoni qovurg’alararo bo’shliqlaridan toq va yarim toq venalar orqali yo’naladi.

Qovurg’alararo bo’shliqlardagi qon-tomir va nervlarning o’zaro munosabati quyidagicha: eng yuqorida - vena, uning ostida - arteriya va uning ostida - nerv (VAN) joylashadi. Bunda, qovurg’a burchagidan to o’rta qo’ltiq osti chizig’igacha bo’lgan masofada qon tomirlar qovurg’a egatchasi (sulcus costae) da o’tadi. Oldingi qo’ltiq osti chizig’idan oldinda bo’lgan masofada, qon tomir va nervlar qovurg’a egatidan chiqib, qovurg’alararo bo’shliqda tarqaladi va natijada qovurg’a bilan yopilmagan holatda bo’ladi. Bu holatni plevra bo’shlig’ini punktsiya qilishda inobatga olish kerak. Aks holda, punktsiya vaqtida qon tomir va nervlarni jarohatlab qo’yishimiz mumkin. Shuning uchun ham (ularni jarohatlab qo’ymaslik maqsadida) punktsiyani kurak va o’rta qo’ltiq osti chiziqlari orasida, VII qovurg’aning ustki qirrasi bo’ylab qilish maksadga muvofiqdir.

Qovurg’alararo mushaklarning hamda qovurg’a tog’aylarining ostida to’sh suyagining tashqi qirralari bo’ylab o’mrov osti arteriyasining tarmog’i bo’lmish ko’krak qafasining ichki arteriyasi (a. thoracica interna) o’tadi. Ko’krakning yuqori qismida (III qovurg’a tog’ayigacha) bu arteriya ichki qovurg’alararo mushagi bilan ko’krakning ichki fastsiyasi (fascia endothoracica) orasida joylashadi. Ko’krakning pastki uchligida esa - u ichki qovurg’alararo mushagi bilan ko’krakning ko’ndalang mushak (m. transversus thoracis) lari orasida, to’sh suyagidan 1,5 sm cha tashqarida o’tadi. Ko’krak qafasining ichki arteriyasi I qovurg’a ro’parasida o’zidan perikard - diafragma arteriya (a. pericardiacophrenica) tarmog’ini beradi. I - V qovurg’alararo masofada undan teshib o’tuvchi (rr. perforantes) tarmoqlari chiqib, sut bezini hamda ko’krak qafasi devorlarini qon bilan ta`minlaydi. Arteriya qovurg’alararo arteriyalari bilan ham anastomozlar hosil qiladi. Buning natijasida, ular orasida, har bitta qovurg’alararo bo’shlig’ida, arteriya halqalari


hosil bo’ladi. Nihoyat, ko’krak qafasining ichki arteriyasi qovurg’a yoylari ro’parasida ikkiga bo’linadi. Bulardan bittasiga, mushak-diafragma arteriyasi (a. musculophrenica), ikkinchisiga - qorin tepasidagi ustki arteriya (a. epigastrica superior) deyiladi. Oxirgi arteriya pastga, qorinning to’gri mushagi bo’ylab, kindikkacha boradi va tashqi yonbosh arteriyasining tarmog’i - qorin tepasidagi pastki arteriya (a. epigastrica inferior) bilan anastomoz hosil qiladi. Ko’krak qafasi ichki arteriyasini shu nomli ikkita vena kuzatib boradi. Ular ko’krakning yuqori uchligida o’zaro qo’shilishib yelka - bosh venasiga ochiladi.

Navbatdagi qavat – ko’krak devorini ichkaridan qoplab turuvchi ichki ko’krak fastsiyasi (fascia endothoracica) dir. Bu fastsiya ko’krak qafasi ichidagi a`zolarga, qon tomirlar va nervlarga o’zidan tutamlar chiqarib, ular uchun ushlab turuvchi va mustahkamlovchi boylamlarni hosil qiladi. Bundan tashqari, bu tutamlar, ko’krak qafasidagi yog’ to’qimalarni chegaralab, ularni bir-biridan ajratib turadi.

Ichki ko’krak fastsiyasining ostida yupqagina yog’ to’qima bo’lib, u parietal plevrani shu fastsiyadan ajratib turadi. Bu yog’ to’qimaning ko’krak qafasi oldingi devori tomonida joylashgan qismiga, plevra oldi yog’ to’qimasi, orqa devori tomondagisini plevra orti yog’ to’qimasi deyiladi. Yog’ to’qimaning ko’p joylashgan joyi umurtqa pog’onasi yaqinida bo’ladi. Shuning uchun ham bu sohada plevrani umurtqadan oson ajratish mumkin. Bu esa o’z navbatida shu soha bo’ylab ko’krak a`zolariga borishni (operatsiya vaqtida) yengillashtiradi.



Ko’krak-qorin to’sig’i - diafragma (diaphragma). Diafragma - qorin bo’shlig’i bilan ko’krak qafasi orasidagi gumbazsimon mushak-pay to’siqdir. Uning ancha kattaroq bo’lgan mushak va kichikroq bo’lgan - pay qismlari tafovut qilinib, mushak qismi tevarak qismlarini, pay qismi esa – o’rta qismlarini tashkil qiladi. Diafragma ko’krak qafasi tomoniga bo’rtib, gumbaz hosil qilib kirib turadi. Gumbazning yuqori qismi o’rta o’mrov chizig’i bo’yicha, o’ng tomonda IV – qovurg’a va chap tomonda V -qovurg’a oraliqlariga to’g’ri keladi. U ko’krak qafasi tomonidan parietal plevra, qorin bo’shlig’i tomonidan - parietal qorin parda bilan qoplanib turadi. Bulardan tashqari, diafragmani ko’krak qafasi tomondan ichki ko’krak fastsiyasi va qorin bo’shlig’i tomonidan esa - ichki qorin fastsiyalari yopib, bu fastsiyalar shu sohada diafragma fastsiyasi (fascia diaphragmatica) nomini oladilar.

Diafragma mushaklarining boshlangan joylariga qarab uchta qismi farq qilinadi: to’sh qismi (pars sternalis), qovurg’a qismi (pars costalis) va bel qismi (pars lumbalis). To’sh qismi uncha yaxshi rivojlanmagan bo’lib, uning mushak tolalari to’sh suyagi xanjarsimon o’sig’ining orqa yuzasidan hamda qorin to’g’ri mushagi qinining orqa devoridan boshlanadi. Qovurg’a qismi - keng yoyilgan bo’lib, oxirgi 6 juft qovurg’alarning ichki yuzasidan boshlanadi. Bel qismi - xiyla mahkam bo’lib, har tomonda uchtadan oyoqchalar hosil qilib, bel umurtqalaridan boshlanadi. Uning ichki (crus medialis), oraliq (crus intermedium) va tashqi (crus laterale) oyoqchalari tafovut qilinadi.

Ichki oyoqchalari I - IV bel umurtqalaridan boshlanib, yuqoriga I bel va XII ko’krak umurtqalari tomonga ko’tarilib, xuddi shunday qarama-qarshi tomon ichki oyoqchalari bilan ikki marta (bir tomondan ikkinchi tomonga va yana o’z tomoniga o’tishi natijasida) kesishib "8" soniga o’xshash ikkita teshikni hosil qiladi. Bu teshiklarning bittasidan pastga tushuvchi aorta bilan ko’krak limfa yo’li (ductus thoracicus) o’tganligi uchun "aorta darvozasi" (hiatus aorticus), ikkinchisidan qizilo’ngach bilan adashgan nervlar o’tganligi uchun "qizilo’ngach darvozasi" (hiatus esophageus) deyiladi. Oraliq oyoqchalari ancha kalta va ingichka. Ular II - bel umurtqalarining yon tomonlaridan boshlanib, yuqoriga qarab ko’tariladi. Oraliq oyoqcha bilan ichki oyoqchalar orasida ham har ikki tomondan bittadan teshik hosil bo’lib, uning o’ng tomondagisidan toq vena (v. azygos) va chap tomondagisidan - yarim toq vena (v. hemiazygos) qorin bo’shlig’i tomoniga qarab o’tadi. Bundan tashqari, bu teshikdan ko’krak qafasidan qorin parda orqa sohasiga qorin ichki a`zolariga boruvchi katta va kichik nervlar (n.n. splanchnici major et minor) ham o’tadi.

Tashqi oyoqcha boshqalariga qaraganda kalta, ammo keng bo’lib, II va I - bel umurtqalarining yon tomonlaridan hamda ikkita tashqi va ichki yoysimon boylamlar (lig. arcuatum mediales et laterales) dan boshlanadi. Tashqi oyoqcha bilan oraliq oyoqchalarning orasida ham har tomonda bittadan yoriq hosil bo’ladi. Bu yoriq orqali orqa ko’ks oralig’idan qorin parda orqa sohasiga simpatik poya (truncus sympathicus) o’tadi.

Diafragmaning hamma mushak qismlari yuqoriga ko’tarilib, o’zaro qo’shilgach, payga aylanadi va diafragmaning pay qismini (pars tendineum diaphragma) hosil qiladi. Uning o’ng tomonida teshik bo’lib, u orqali pastki kovak vena bilan o’t pufagiga tarmoq

beradigan o’ng diafragma nervi o’tadi. Shuning uchun ham bu teshik "kovak vena darvozasi" (foramen venae cavae) deb ataladi. O’t pufagi o’tkir yallig’langanda yoki unda tosh bo’lsa, musbat frenikus belgisini diafragma nervini o’t pufagiga bergan tarmog’i bilan bog’lash mumkin.

Yuqorida keltirilgan teshik va yoriqlardan tashqari, diafragmada mushak tolalaridan holi, faqat fastsiya plastinkalari bilan yopilib turgan "zaif" joylar bo’lib, bular orqali diafragma churralari chiqishi yoki yiringli yallig’lanishlar jarayonida fastsiya varaqlari teshilishi oqibatida yiring plevra osti yog’ to’qimasidan qorin parda osti yog’ to’qimasiga (yoki teskariga) o’tishi mumkin.

Shunday "zaif" joylardan biri, diafragmaning chap qovurg’a qismini to’sh qismiga o’tadigan joyida uchburchaksimon shaklda hosil bo’ladi. Bunga to’sh - qovurg’a yoki Larrey uchburchagi (trigonum sternocostale) deyilib, uning ichidan ko’krak qafasining ichki arteriyasi o’tadi. Xuddi shunday uchburchak o’ng qovurg’a qismi bilan to’sh qismi orasida hosil bo’lib, bunga Morgan uchburchagi deyiladi. Diafragma qovurg’a qismining bel qismiga o’tadigan joyida, XII kovurg’a ustida, bel umurtqalarining ikkala yon tomonlarida ham bittadan uchburchak bel-qovurg’a uchburchagi (trigonum Lumbocostale) yoki Baxdalek uchburchagi hosil bo’ladi. Diafragmani qon bilan asosan pastga tushuvchi aortaning tarmoqlari - yuqori va pastki diafragma arteriya (a. phrenica superiores et inferiores) lari, qovurg’alararo arteriya (a. intercostales) lardan va ko’krak qafasining ichki arteriya (aa. thoracica interna) sidan chiquvchi tarmoqlar ta`minlaydi.

Diafragmaning venalari, uning arteriyalari bilan birga yo’nalib, bunda yuqori diafragma venasi – ko’krak qafasining ichki venasiga, pastkisi esa pastki kovak venaga quyiladi. Uning innervatsiyasi o’ng vа chap diafragma (n.n. phrenici), qovurg’alararo (n.n. intercostales), adashgan va simpatik (n.n. vagi et sympatici) nervlar orqali boradi.
KO’KRAK QAFASINING A`ZOLARI
Plevra (pleura). Ko’krak qafasida uchta mustaqil seroz bo’shliq chunonchi, ikki yon tomonda o’pka xalta va o’rtada yurakni o’rab turuvchi seroz xaltalari bor. O’pkalarni qoplagan seroz pardaga plevra (pleura), yurakni o’ragan seroz pardaga perikard deyiladi. Vistseral plevra ikki varaqli: ichki varaq (pleura visceralis) va tashqi varaq parietal varaq (pleura parietalis) dan iborat. Vistseral plevra

o’pka ustidan bevosita o’rab turuvchi va o’pka to’qimasiga yopishib ketgan ichki varaq seroz parda bo’lib, uni o’pka to’qimalariga shikast yetkazmay shilib olish mumkin emas. Bu plevra o’pkani bo’laklarga ajratib yotgan yoriq-ariqlar ichiga ham kirib ketgan. O’pkaning o’tkir qirralarida (masalan, oldingi va pastki qirrasida) plevraning so’rg’ichsimon o’simtalari (villi pleuralis) bor. O’pkaning ustidan har taraflama o’rab olgan vistseral plevra o’pka darvozalariga kelganda bevosita parietal (ya`ni, ko’krak qafasining ichki tomonini qoplovchi) plevraga o’tib ketadi. O’pka ildizining pastki yuzasida vistseral plevra parietal plevraga o’tar ekan, plevraning qo’sh qavatli boylami (lig. pulmonale) ni hosil qiladi. Parietal va vistseral plevralar orasida plevral bo’shliq bo’lib, unda ma`lum miqdorda suyuqlik bo’ladi. Bu suyuqlik plevralarning bir-biriga qaragan yuzalarini ho’llab, nafas olish va chiqarishda ishqalanishni kamaytirib turadi. Parietal plevra bilan vistseral plevralar orasidagi bo’shliq plevra bo’shlig’i (cavitas pleuralis) deyiladi. Plevra bo’shlig’ida manfiy bosim bo’lganligidan ko’krak qafasining germetik butunligi buzilgan vaqtda plevra bo’shlig’iga havo kirib, o’pkani qisib qo’yadi. Natijada nafas olish qiyinlashadi.

Parietal plevraning o’zi uzluksiz davom etgan seroz parda bo’lib, uning ko’krak qafasini yopib turgan joyiga qarab qovurg’a, diafragma va ko’ks oralig’i (pars costalis, pars diaphragmatica, et pars mediastinalis) degan qismlari tafovut qilinadi. Qovurg’a qismi parietal plevraning eng ko’p qismini tashkil qiladi. O’pkalarning uchlari sohasida plevra, plevra gumbazi (capula pleura) ni hosil qiladi. Plevra gumbazi birinchi qovurg’adan 3-4 sm yuqorida o’tadi. Plevraning diafragma qismi qorin ko’krak to’sig’i - diafragmaning ustki yuzasini (yurak joylashgan yeridan tashqari qismlarini) qoplaydi. U ko’ks oralig’ining oldingi (to’sh suyagining orqa yuzasi) va orqa devorini (umurtqa ustunini) ham o’rab o’tadi.

Plevra qovurg’a qismining mediastinal qismiga o’tish paytida uning burmalari hosil bo’ladi. Bu burmalar parietal plevraning oldingi va orqa chegaralarini hosil qiladi. Uning pastki chegarasi plevraning qovurg’a qismini, diafragma qismiga o’tgan joyiga to’g’ri keladi. Oldingi chegarasi ikkala tomondan ham to’sh - o’mrov birlashmasining orqasidan o’tib, u yerdan pastga yo’naladi va II qovurg’a ro’parasida hamda to’sh suyagi dastasining orqasida bir-biriga juda yaqinlashadi. Shu joyda ikkala parietal plevra varaqlarining orasida uchburchaksimon joy (area interpleuralis


superior s. area thymica) hosil bo’ladi. Bu joy yog’ to’qima hamda ayrisimon bezning qoldiqlari bilan to’lib turadi.

Chap plevraning oldingi chegarasi II – qovurg’adan pastga, IV - qovurg’aning tog’ayigacha tushib, tashqi tomonga qarab yo’nalganicha, V - qovurg’aning tog’ayi o’rtasidan kesib o’tadi va to’sh oldi chizig’ida VI - qovurg’agacha tushadi. U yerdan esa plevraning pastki chegarasi boshlanadi.

O’ng plevraning oldingi chegarasi esa VI - qovurg’a tog’ayining to’sh suyagiga birikkan joyigacha tik (vertikal) holatda tushib, u yerdan pastki chegaraga o’tadi. Shunday qilib, to’sh suyagining orqasida, ikkala plevraning orasida IV - qovurg’adan pastda, plevradan xoli bo’lgan joy (area interpleuralis inferior, s. area pericardiaca) hosil bo’lib, unda yurak perikardi bilan joylashadi.

Plevraning pastki chegarasi o’ng va chap tomondan bir xilda quyidagicha o’tadi: o’rta o’mrov chizig’i bo’yicha- VII, qo’ltiq osti o’rta chizig’i bo’yicha.- X, kurak chizig’i bo’yicha - XI, umurtqa yoni chizig’i bo’yicha - XII qovurg’alar. Plevra bo’shliqlarining orqa chegarasi umurtqa pog’onasi bilan qovurg’a boshchalari bo’g’imlari bo’yicha o’tkazilgan chiziqqa mos keladi.

Yuqorida aytganimizdek, plevra gumbazi I qovurg’adan yuqorida bo’ladi. U orqa tomondan VII – bo’yin umurtqasining orqa o’sig’i ro’parasiga to’g’ri keladi. Plevra gumbazi o’pka uchiga va o’mrov osti arteriyasiga tegib turadi. Orqadan esa I qovurg’aning boshchasiga va bo’yinning uzun mushaklariga, oldindan - narvon mushaklariga, umurtqa arteriyalari va venalariga hamda yelka chigaliga, ichkaridan - yelka-bosh stvoliga (o’ngdan) va umumiy uyqu arteriyasiga (chapdan) ham tegib turadi. Shuning uchun ham bo’yinning pastki qismlari jarohatlanganda shu a`zolarning ham jarohatlanish ehtimoli bor.

Parietal plevra varag’ining bir qismidan ikkinchi qismiga o’tadigan joylarida uning bo’shliqlari (sinus pleuralis) hosil bo’ladi. Uning quyidagi bo’shliqlari tafovut qilinadi: o’ng va chap qovurg’a-diafragma bo’shlig’i (sinus costodiaphragmatici), qovurga - mediastinal bo’shlig’i (sinus costomediastinales), oldingi va orqa hamda o’ng va chap diafragma - mediastinal bo’shliqlari (sinus phrenicomediastinales). Bularning ichida eng katta va chuqur hamda klinik jihatdan amaliy ahamiyatga ega bo’lgani qovurg’a - diafragma bo’shlig’idir. U plevra qovurg’a qismining diafragma qismiga o’tishidan hosil bo’lib, pastki chegarasi (tubi) o’rta qo’ltiq osti chizig’i bo’ylab, IX - X qovurg’alar ro’parasiga to’g’ri keladi.

Uning chuqurligi 5 - 8 sm cha bo’lib, o’pka har qancha havo bilan to’lsa ham bu chuqurni to’ldira olmaydi. Shunday bo’lsa ham, ko’krak qafasining IX - X - XI qovurg’alar ro’parasidagi teshib o’tuvchi jarohatlarida plevra, o’pka, qorin parda orqasi va qorin bo’shlig’i a`zolarning aralash jarohatlari uchrashi mumkin.

Plevraning qolgan bo’shliqlari unchalik chuqur bo’lmasdan, ularni o’pka to’qimasi to’ldirib turadi. Ammo, oldingi chap qovurg’a-mediastinal bo’shlig’i bundan mustasnodir. Chunki unda chap o’pkaning oldingi sohasida, chap plevraning ancha tashqariga qiyshayishi natijasida, o’pka bilan parietal plevra orasida o’pka bilan to’lmay qolgan joy qoladi. O’pka har qancha nafasga to’lsa hаm bu joyni to’ldira olmaydi. Parietal plevrani qovurg’alararo va diafragma hamda perikard-diafragma arteriyalari qon bilan ta`minlaydi. Plevraning vistseral varag’i, o’pkani qon bilan ta`minlaydigan arteriyalardan qon oladi. Vena qoni, toq hamda yarim toq venalarga quyiladi. Limfa suyuqligi – ko’krak devori hamda o’pka limfa yo’llariga ochiladi. Uning innervatsiyasida qovurg’alararo, diafragma, adashgan va simpatik nervlar qatnashadi.

O’pkalar (pulmones). O’pkalar ko’krak qafasida joylashgan bo’lib, juft nafas olish a`zolariga kiradi. Ular kesilgan konusga o’xshab, konusning asosi (basis pulmones) diafragmaga tegib tursa, uchi (apex pulmones) birinchi qovurg’adan 3 - 4 sm yuqorida yoki o’mrov suyagidan 2-3 sm yuqoriroqda turadi. Har bir o’pkada uchtadan yuza: qovurg’a (facies costalis), mediastinal

(facies mediastinalis) va diafragma (facies diaphragmatica) yuzalari tafovut qilinadi. Uning o’mrov ustidan yuqorida turgan qismiga o’pkaning uchi (apex pulmonis) deyiladi.

O’pkaning mediastinal (ko’ks oralig’iga qaragan) yuzasida yurak o’ymasidan bir oz yuqoriroqda unga bronx o’pka arteriyasi kiradigan va o’pka venasi chiqadigan o’pka darvozasi (hilus pulmonis) bor. O’pka darvozasi orqali o’pkaga kiruvchi va opkaga chiquvchi venalar limfa tomirlari hamda nervlari bilan birgalikda o’pka ildizi (radix pulmonis) ni hosil qiladi. O’pka darvozasining ko’krak qafasidagi tashqi tasviri, orqadan V - VIII ko’krak umurtqalariga, oldindan esa - II - IV qovurg’alar oraliqlariga to’g’ri keladi.

O’ng o’pka chuqur ariqchalar (fissura pulmonis) yordamida uch bo’lakka; chap o’pka esa ikki bo’lakka bo’linadi. O’ng o’pkadan o’tgan qiyshiq va ko’ndalang ariqchalar (fissura obligua et horizontalis) uni uch bo’lakka, chunonchi, yuqori (lobus superior),

o’rta (lobus medius) va pastki (lobus inferior) bo’laklarga bo’lib turadi. Chap o’pkadan o’tuvchi va pastga hamda medial tomonga yo’naladigan ariqcha uni ikki bo’lakka, ya`ni yuqori (lobus superior) va pastki (lobus inferior) bo’laklarga bo’lib turadi. O’ng o’pkaning hajmi chapdagiga qaraganda kattaroq bo’lishiga qaramay, bo’yi chap o’pkaga qaraganda qisqaroq bo’ladi. Buning sababi, o’ng o’pkaning tagida jigar joylashgan.

Oxirgi davrlargacha o’ng o’pka uch, chap o’pka ikki bo’lakka bo’lib o’rganilardi. Bunda, chap o’pkani ikkiga bo’ladigan egatning tashqi tasviri III – ko’krak umurtqasining o’tkir o’sig’idan, VI - qovurg’aning suyak qismini, tog’ay qismiga o’tadigan joyigacha o’tkaziladigan chiziqqa to’g’ri keladi. O’pkaning shu chiziqdan yuqorida joylashgan qismi, uning yuqori bo’lagiga, pastda joylashgan qismi - pastki bo’lagiga to’g’ri keladi. O’ng o’pkaning qiyshiq egati, chap o’pkanikidek o’tadi. Bu chiziqni o’rta qo’ltiq osti chuqurchasi chizig’i bilan kesishgan joyidan ikkinchi egat boshlanib, deyarli gorizontal yo’nalishda IV qovurg’a tog’ayining to’sh suyagiga birikadigan joyigacha boradi. Natijada, bu ikkita egat o’ng o’pkani uchta bo’lakka bo’ladi. Ammo o’pka xirurgiyasining rivojlanishi bu tashqi bo’linish belgilarini amaliy jihatdan yetarli emasligini isbotladi. B. E. Linberg bilan V. P. Bodulinning klinik-anatomik kuzatishlari shuni ko’rsatdiki, o’ng o’pka ham, chap o’pka ham to’rtta muzofotga (zonaga): yuqori, pastki, oldingi va orqa muzofotlarga bo’linar ekan.

O’pka muzofotlarining bunday bo’linishi, Linberg va Bodulin bo’yicha skletotopik ko’rinishi quyidagicha o’tkaziladi. Bunda ko’krak qafasida ikkita bir-biri bilan kesishadigan chiziqlar o’tkaziladi. Bularning bittasi, III ko’krak umurtqasining orqa o’sig’idan, VI – qovurg’a tog’ayining boshlanish qismigacha, ikkinchisi - IV qovurg’aning to’shga birikadigan joyidan, VII – ko’krak umurtqasining orqa o’sig’igacha o’tkaziladi.

O’pkaning har bir muzofotiga ikkinchi tartibli bronxlar boradi. Bu bronxlar 4 tadan bo’lib, bosh bronxning bo’linishidan hosil bo’ladi. Ammo, bosh bronxlarning ikkinchi tartibli bronxlarga bo’linishi, ikkala tomonda ham bir xil bo’lmaydi. Ikkinchi tartibli bronxlar o’z navbatida segmentli bronxlarga, ularning har qaysisi esa o’z navbatida bronx - o’pka segmentlariga bo’linadi. Shunday qilib, segmentlarga boradigan bronxlar uchinchi tartibli bronxlar deyiladi. Segmentlarning asosi o’pka ildiziga, uchi - tashqariga qaragan


piramidalarni eslatadi va har bir o’pkada 10 tadan segment bo’ladi. Bularni o’pka bo’laklariga bo’ladigan bo’lsak yuqorigi bo’lakda 3 ta,

o’rtadagida hamda chap o’pkaning til qismida - 2 ta, pastkida (yuqorigi va 4 bazalli) - 5 ta segment to’g’ri keladi. O’pkalarning pastki bo’laklarida ayrim hollarda qo’shimcha segmentlar ham uchrashi mumkin.

O’pkalarning segmentlarga bo’linishi klinik jihatdan katta ahamiyatga ega bo’lib, patologik holatlarning (shishlar, absesslar va h. k.) joylashgan joyini aniq belgilash imkonini beradi. Segmentlar o’z navbatida subsegmentlarga bo’linadi. Asosan har bir segmentda ikkitadan subsegment bo’lib, ular 4 va 5 tartibli bronxlardan hosil bo’ladi.


Download 0,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish