Ibn sino nomidagi nashriyot matbaa birlashmasi



Download 0,86 Mb.
bet13/21
Sana11.04.2020
Hajmi0,86 Mb.
#43957
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   21
Bog'liq
AGZAMOV-Topografik anatomiya va Operativ Xirurgiya


O’pka-bronx segmentlari
O’ng o’pka Chap o’pka

Yuqori bo’lak Yuqori bo’lak

1.Yuqori(uchi) 1. Yuqori (uchi)

2.Orqa 2. Yuqori (uchi)

3.Oldingi 3. Oldingi

O’rta bo’lak 4. Yuqori tilli

4.Lateral 5. Pastki tilli

5.Medial Pastki bo’lak

Pastki bo’lak 6.Yuqori (uchi)

6.Yuqori(uchi) 7. Medial yurak bazali

7.Medial bazal 8. Oldingi bazal

8.Oldingi bazal 9. Lateral bazal

9.Lateral bazal 10. Orqa bazal

10.Orqa bazal


O’pkalar sintopiyasiga qaraydigan bo’lsak, ular ko’krak qafasidagi boshqa a`zolarda parietal va vistseral plevralar bilan, yurakdan esa perikard bilan ajralib turadi.

O’ng o’pkaning mediastinal yuzasi, o’zining darvozasi old yuzasi bilan yurakning o’ng qorinchasiga, undan uqorida - yuqori kovak venaga tegib turadi. Yurak bo’lmasiga yaqin joyda o’pka o’ng o’mrov osti arteriyasiga tegib turadi. O’pka darvozasining orqasida o’zining mediastinal yuzasi bilan u qizilo’ngachga, toq venaga va ko’krak umurtqalariga tegib turadi.


Chap o’pkaning mediastinal yuzasi o’zining darvozasi old yuzasi bilan yurakning chap qorinchasiga, undan yuqorida aorta

yoyiga tegib turadi. Yurak bo’lmasiga yaqin joyda bu o’pka chap o’mrov osti va chap umumiy uyqu arteriyasiga tegib turadi. Darvozasining orqasidan ko’krak aortasi o’tadi.

O’pka ildizi (radix pulmonis). O’pka ildizini hosil qiluvchi elementlarni o’zaro topografo-anatomik munosabatlarini ularning yuqori - past hamda oldingi - orqa holatda turgan ko’rinishlarida qarab chiqsak oson bo’ladi. Ildizning yuqori qismini ikkala tomonlarda ham bronxlar, o’pka arteriyalari va limfa tugunlari, pastdan – o’pka venalari egallaydi. Faqat bu yerda o’ng o’pka ildizidan ancha yuqoriroqda bosh bronx yotsa, arteriya undan pastda va bir oz oldinda yotadi. Chap o’pkaning darvozasida esa bu o’zgarishlar aksincha bo’ladi, ya`ni yuqori holatni o’pka arteriyasi egallab, bosh bronx undan pastda va bir oz orqada o’tadi.

O’pka ildizi elementlarining o’zaro munosabatini oldingi-orqa yo’nalishida qarab chiqsak, bunda o’pka venalari oldinda, bronxlar - orqada joylashadi. O’pkaning qon bilan ta`minlanishi o’pka va bronx arteriyalari hisobiga boradi. Bunda o’pka arteriyasi asosan gaz almashish hamda o’pka al'veolalarini oziklantirish vazifasini olib borsa, bronx arteriyalari - bronx daraxtini va o’pka asosini qon bilan ta`minlaydi.

Bronxlarning arteriyalari (aa. bronchialls) 2 tadan 6 tagacha bo’lib, pastga tushuvchi aortadan chiqadi va bronxlar bo’ylab tarqalib, bronxiolalargacha boradi. O’pka arteriyalari bilan bronx arteriyalari o’zaro anastomoz hosil qiladi. O’pkadan chiqadigan vena qoni, o’pka va bronx venalari orqali chiqib, o’pka ildiziga yaqin joyda o’zaro birikib umumiy stvol hosil qiladi va o’ng tomondagisi toq venaga, chap tomondagisi – qovurg’alararo venalarning birontasiga quyadi.

O’pkalar II - IV bo’yin va I - V ko’krak tugunlaridan chiquvchi simpatik tolalar bilan innervatsiya qilinadi. Simpatik stvol hamda adashgan nerv stvollaridan oldingi va orqa o’pka chigallari hosil bo’lib, ular ham o’z navbatida yurak hamda qizilo’ngach chigallari bilan aloqada bo’ladi. Oldingi va orqa o’pka chigallari o’pkaning sezuvchan refleks muzofotini tashkil qiladi. Ulardan chiqqan tarmoqlar bronxlar hamda qon tomirlar bo’ylab o’pka to’qimasiga boradi.

O’pka limfa yo’llari bir-biri bilan aloqa qiladigan yuzaki va chuqur limfa yo’llaridan tashkil topadi. Yuzaki limfa yo’llaridan limfa suyuqligi vistseral plevra ostida joylashgan limfa yo’llari orqali, bronx hamda qon tomirlar atrofida joylashgan chuqur limfa tugunlariga oqadi. Bu yo’llar bronxlar limfa yo’llari bilan aloqada bo’lgan, olib chiqib ketuvchi limfa yo’llaridan (nodi lymphatici bronchialis) boshlanadi. Keyinchalik ular kekirdakning bifurkatsiyasi oldida kekirdak-bronx limfa yo’llari (nodi lymphatici tracheobronchiales) ga va kekirdak yonlari limfa yo’llari (nodi lymphatici paratracheales) ga o’tadi. Bu joylardan yig’ilgan limfa suyuqliklari limfa tomirlari orqali asosan o’ng limfa yo’liga (ductus lymphaticus dexter) ochiladi. Binobarin, bu yerga o’ng va qisman chap o’pkadan ham limfa quyiladi.

Ko’ks oralig’i (mediastinum). Ikki yon tomondan o’pkalarning mediastinal yuzalari, orqa tomondan - umurtqa pog’onasining ko’krak qismi, oldingi tomondan – to’sh suyagining orqa yuzasi, ostki tomondan diafragma bilan chegaralangan bo’shliq – ko’ks oralig’i (mediastinum) deyiladi. Ko’ks oralig’ining devorlariga kelsak uni ikki yon tomondan - pleura mediastinalis, orqa tomondan - umurtqa pog’onasining ko’krak qismi va qovurg’alarning umurtqaga birikkan uchlari, oldingi tomondan – to’sh suyagi, pastki tomondan - diafragma va yuqori tomondan – ko’krak qafasining yuqori teshigi chegaralab turadi.

Ko’ks oralig’i oldingi va orqa qismlarga bo’linadi. Har ikki qismini ajratib turuvchi chegara, kekirdak va bronxlar hisoblanadi. Kekirdakdan oldinda joylashgan a`zolar oldingi ko’ks oralig’i a`zolari deb hisoblansa, kekirdakdan orqada joylashgan a`zolarga - orqa ko’ks oralig’i a`zolari deyiladi.

Oldingi ko’ks oralig’i a`zolariga quyidagi a`zolar kiradi: 1) yurak va yurak xaltasi (cor et pericardium); 2) ayrisimon bez (thymus); 3) aorta ravog’i (arcus aortae); 4) o’pka stvoli (truncus pulmonalis); 5) to’siq (diafragma) nervlari (n. phrenicus). Orqa ko’ks oralig’i a`zolariga quyidagilar kiradi: 1) qizilo’ngach (esophagus); 2) ko’krak aortasi (aorta thoracica); 3) yarim toq vena (v. hemiazygos); 4) toq vena (v. azygos); 5) adashgan nervlar (n. vagus); 6) ko’krak limfa yo’li (ductus thoracicus); 7) simpatik nerv stvoli (truncus sympaticus).

Endi oldingi ko’ks oralig’ida joylashgan a`zolarning topografik anatomiyasi bilan tanishib chiqamiz.




Ayrisimon bez (gl. thymus). Bez ikki bo’lakdan iboratdir. U asosan bolalik davrda ishlab, kishi 25 yoshга yetgandan keyin qayta taraqqiyotga uchraydi va bujmayib yog’ to’qimaga aylanadi. Ayrisimon bez oldingi ko’ks oralig’ining yuqori sohasida, plevralararo bo’shliqda joylashadi. Yosh bolalarda qalqonsimon bezning bo’ynigacha ko’tarilib, bo’yinning previstseral bo’shlig’ida yotadi. Kattalarda bezning bo’yin qismi bo’lmaydi. Bez o’zining oldingi yuzasi bilan to’sh suyagiga tegib turadi, uning orqasida yuqori kovak va yelka - bosh venalari, aorta yoyi va uning tarmoqlari bilan, pastda - perikard joylashadi. Ayrisimon bez ko’krak qafasining ichki, o’ng va chap, pastki qalqonsimon bez va yelka-bosh arteriyalaridan qon bilan ta`minlanadi. Bezning venalari o’ng va chap ko’krak qafasining ichki, pastki, qalqonsimon bez hamda chap yelka - bosh venalariga ochiladi. Bezning limfa suyuqligi to’sh suyagining orqasida joylashgan limfa tugunlariga quyiladi. U adashgan hamda simpatik nervlari bilan innervatsiya qilinadi.

O’ng va chap yelka - bosh venalari (vv. brachiocephalicae dextra et sinistra). Bular o’mrov osti hamda ichki bo’yinturuq venalarining qo’shilishidan hosil bo’lib, oldingi ko’ks oralig’ining yuqori qismida joylashadi. Yelka - bosh venalarining hosil bo’lish joyi, skeletga nisbatan, to’sh - o’mrov birikmasining orqa yuzasiga to’g’ri keladi. Chap yelka - bosh venasi uzunroq bo’lib, chapdan o’ngga, yuqoridan pastga qarab, to’sh suyagi orqasidagi aorta yoyidan chiquvchi katta qon tomirlarining oldidan o’tadi. O’nggi esa - chapiga qaraganda kaltaroq I qovurg’aning to’sh suyagiga birikadigan joyiga deyarli tikka tushib, chap yelka - bosh venasiga, yuqori kovak venani hosil qilib qo’shiladi.

Yosh bolalarda chap yelka - bosh venasi 1,5 - 2 sm to’sh suyagi o’ymasidan yuqorida, privistseral bo’shlig’ida yotadi. Uning bu holatini bolalarda pastki traxeostomiya operatsiyasini o’tkazishda nazarda tutish kerak. Ko’p vaqtlarda ikkala yelka - bosh venalari qo’shiladigan burchakka qalqonsimon bezning pastki venasi ham kelib qo’shiladi. Yuqori kovak vena kalta va keng bo’lib, 6 - 8 sm cha uzunlikda bo’ladi. U I to’sh - qovurg’a birlashmasining ro’parasida boshlanib, pastga qarab yo’naladi va II to’sh - qovurg’a birlashmasi ro’parasida yurak perikardi bo’shlig’iga kiradi. Undan oldin esa unga toq vena quyiladi. U o’ng tomonda III to’sh - qovurg’a birlashmasi to’g’risiga yetgach, yurakning o’ng bo’lmachasiga ochiladi. Yuqori kovak venasining oldingi sohasida,


ayrisimon bez bilan mediastinal plevra yotadi. Orqadan - kekirdak bilan o’ng o’pka ildizi o’tadi. Venaning orqa sohasidagi yog’ to’qimada o’ng adashgan nerv, o’ng devori bo’ylab – o’ng diafragma

nervi o’tadi. Chap tomondan esa unga yuqoriga ko’tariluvchi aorta tegib o’tadi.

Yuqoriga ko’tariluvchi aorta (pars assendens aortae) perikard bo’shlig’ida joylashib, III - qovurg’a oralig’ida yurakning chap qorinchasidan chiqadi. Uning uzunligi 5 - 6 sm. II qovurg’a tog’ayining birikish joyida u aorta yoyiga o’tadi. Uning boshlang’ich qismini oldindan va chapdan o’pka stvoli yopadi. Oldindan va o’ng tomondan esa – o’ng bo’lmaning quloqchasi bilan yopilib turadi. Yuqoriga ko’tariluvchi aortaning orqasidan o’ng o’pka arteriyasi, o’ng tomondan - yuqori kovak vena o’tadi. Aortaning boshlang’ich qismidan yurakka ikkita (o’ng va chap) yurakning toj arteriyalari chiqadi. Bu arteriyalar yuqorigа ko’tariluvchi aortaning boshlanishidan - yarimoysimon klapanlari sohasidan (aortaning Val'sal sinuslaridan) boshlanadi.

Aorta yoyi (arcus aortae). Aorta yoyi yuqoriga ko’tariluvchi aortaning davomi bo’lib, o’ngdan chapga va oldindan orqaga qarab qiyshiq yo’naladi va IV – ko’krak umurtqasi ro’parasida chap bronxning ustidan kesib o’tadi, so’ngra umurtqa pog’onasining oldingi yuzasiga yetgach, pastga tushuvchi aortaga aylanadi. Aorta yoyining boshlang’ich va oxirgi qismlari qovurg’a-mediastinal plevra sinusi bilan qoplanib yotadi. O’rta qismi plevra bilan yopilmay, ayrisimon bez hamda limfa tugunlariga boy yog’ to’qima bilan yopilib turadi. Aorta yoyining orqasida ko’krak kekirdak qizilo’ngach, limfa yo’llari va chap qaytuvchi nervlar joylashadi. Uning ostidan o’ng o’pka arteriyasi o’tadi. Old va chap tomondan aorta yoyini chap adashgan nervi kesib o’tadi. Bu yerda undan qaytuvchi nerv chiqib, u aorta yoyini pastdan va orqadan aylanib, yuqoriga ko’tariladi.

Aorta yoyining ustungi yuzasidan (chapdan o’ngga) yelka - bosh stvoli (truncus brachiocephalicus), chap umumiy uyqu arteriyasi (a. carotis communis sinistra) va chap o’mrov osti arteriyasi (a. subclavia sinistra) chiqadi. 5 - 10 foiz hollarda aorta yoyi o’zidan yana bitta arteriyani - qalqonsimon bezning toq arteriyasi (a. thyroidea ima) ni beradi. Bu arteriya tikka yuqoriga ko’tarilib, qalqonsimon bezning bo’yin qismiga boradi.



O’pka arteriyasi stvoli (truncus pulmonalis). O’pka arteriyasi stvoli III - qovurg’a tog’ayining to’sh suyagigа birikish

ro’parasida, yurakning o’ng qorinchasidan chiqadi. U yuqoriga ko’tariluvchi aortaning chap yonidan o’tib, aorta bilan birga perikardning vistseral varag’i bilan o’ralgan bo’ladi. II qovurg’a tog’ayi ro’parasida o’pka arteriya stvoli aorta yoyining tagida o’ng va chap o’pka arteriyalariga (a. pulmonalis dextra et sinistra) bo’linadi. Uning ikkiga bo’lingan joyiga yoki chap o’pka arteriyasi bilan aorta yoyi pastki sohasi orasida arteriya boylami (lig. arteriosum) bo’lib, u obliteratsiyaga uchragan arteriya (botallov) yo’lidir.



Diafragma nervlari (n.n. phrenici dexter et sinister). Bu nervlar C3 – C4 yoki C4- C5 umurtqalardan chiquvchi bo’yin chigallaridan hosil bo’lib, oldingi ko’ks oralig’iga o’mrov osti arteriya va venalari orasidan, adashgan nervlarning tashqi tomoni bo’ylab kirib keladi. Ko’krakning yuqori uchligida o’ng diafragma nervi yuqori kovak vena bilan o’ng mediastinal plevra orasida o’tadi, chapi bo’lsa - aorta yoyining oldidan kesib o’tib, adashgan nervning tashqi sohasida yotadi.

Ko’krak qafasining o’rta hamda pastki uchliklarida ikkala diafragma nervlari ham o’ng va chap o’pka ildizlarining oldidan o’tib, perikard-diafragma arteriya (a. peri - cardiaca phrenice) si kuzatuvida mediastinal plevra bilan perikard orasidan o’tib, diafragmaga boradi. O’ng diafragma nervi diafragmaning o’ng tomondagi pay teshigidan (pastki kovak venaning o’ng tomonidan) o’tib, uning pastki yuzasida, chapi esa - ustki yuzasida tarmoqlanadi.



Perikard (pericardium). Bu hamma tomondan yopiq seroz pardadan tuzilgan bo’lib, perikard bo’shlig’i (cavum pericardii) ni hosil qiladi. Yurak ana shu bo’shliqda joylashadi. Seroz parda ikkita (parietal va vistseral) varaqdan iborat bo’lib, parietal varag’iga perikard, vistseral varag’iga epikard deyiladi. Parietal varag’i yurakni hamma tomondan yopib, unga kiruvchi va undan chiquvchi katta qon tomirlari ro’parasiga kelgach, vistseral varaqqa o’tadi. Bunda yurakning qorinchalari hamma tomonidan, bo’lmalari esa - qisman epikard bilan qoplangan bo’ladi. Chap bo’lmachaning orqa sohasidagi o’pka venalari kelib quyiladigan joy epikard bilan qoplanmay, perikard bo’shlig’idan chetda qoladi. O’ng bo’lmachaning orqa sohasidagi kovak venalar orasidagi joyi ham perikard bilan qoplanmagan bo’ladi.

Perikardning asosi past tomonga qaragan konus shaklida bo’lib, uning uchta yuzasi, ya`ni: to’sh-qovurg’a (pars sternocostalis), diafragma (pars diaphragmatica) va mediastinal (pars


mediastinaiis) yuzalari tafovut qilinadi. Bunda uning oldingi yuzasi to’sh suyagiga hamda qovurg’a tog’aylariga tegib, chap tomondagi V - qovurg’a tog’ayi, IV-V qovurg’a oraliqlari va to’sh suyagi tanasining pastki yarmi orqasida yotadi. Perikardning ana shu ozgina joyi plevra bilan qoplanmay, to’sh suyagining ichki yuzasiga va IV -V qovurg’alararo bo’shliqlariga bevosita taqalib turadi (plevra xaltalarining chegaralariga qaralsin). Perikardning ana shu qismi ko’krak xirurgiyasida katta ahamiyatga ega bo’lib, plevra bo’shlig’ini kesib ochmasdan yurak xaltasi bo’shlig’iga kirish yoki ukol qilib perikard suyuqligini olish mumkin. Perikard ustki bo’lagining oldingi qismi yoshlarda ayrisimon bez bilan, o’rta yashar odamlarda esa yog’ kletchatkasi bilan yopilib turadi.

Perikardning diafragmaga qaragan yuzasi diafragma payi markazi, o’rta va oldingi mushak bo’lagining ustki yuzasiga yopishib turadi. Perikardning ana shu bo’lagi ikki tomondan va orqada pars mediastinalisga, oldingi tomonda esa pars sternocostalis ga o’tib ketadi.

Uning mediastinal yuzasi ikkala yon va qisman oldingi tomondan pleura mediastinalis ning pleura pericardiaca bo’lagiga yumshoq qo’shuvchi to’qima vositasida yopishib turadi. Yurak xaltasining bu qismi boshqa bo’laklaridan birmuncha katta bo’lib, orqa tomonda (mediastinum posterior) orqa ko’ks oraligi a`zolari (kizilo’ngach va pastga tushuvchi aorta) ga tegib turadi.

Perikardning parietal varag’i vistseral varaqqa o’tadigan joylarida uning bo’shliqlari (sinuslari) joylashgan. Ammo bo’shliqlar faqat bir varaqning ikkinchi varaqqa o’tadigan joyidagina hosil bo’lmay, bitta varaq, ya`ni parietal varaqning o’zida ham hosil bo’lishi mumkin.

Perikardda asosan uchta bo’shliq mavjud. Bulardan bittasi perikard oldingi varag’ining diafragmaga o’tishida hosil bo’lib, eng katta bo’shliqlardan hisoblanadi va perikardning oldingi-pastki bo’shlig’i (sinus pericardia anterior inferior) deb ataladi. Perikard kasalliklarida yoki yurak jarohatlarida bu bo’shliqda ekssuddat, qon yoki yiring to’planadi. Perikard bo’shlig’ini punktsiya qilish kerak bo’lsa, Larrey uchburchagidan punktsiya qilinadi. Chunki yurakning cho’qqisi bu yerdan 1,5 - 2 sm yuqoridan o’tadi.

Perikardning ko’ndalang bo’shlig’i (sinus transversus pericardii) yurakning asosida, aorta bilan o’pka stvoli oralig’ida hosil bo’ladi va oldindan vistseral varaq bilan, orqadan perikardning orqa varag’i bilan o’ralib turadi. Bu bo’shliqning ikkita teshigi bo’lib,

ularning o’ng tomondagisidan o’pka arteriyasi, chap tomondagisidan - aorta o’tadi. Bo’shliqning pastki sohasida o’ng bo’lmachaning devori, ustki sohasida perikardning epikardga o’tadigan qismi joylashadi. Agar aorta bilan o’pka stvolini oldinga, yuqori kovak venani orqaga tortsak ko’ndalang sinus yaqqol ko’rinadi. Yurakda yoki katta qon tomirlarda operatsiya o’tkazilishi kerak bo’lsa, qon aylanishini vaqtincha to’xtatish maqsadida shu bo’shliq orqali kirib, yuqoriga ko’tariluvchi aortadagi yoki o’pka stvolidagi qon aylanishini vaqtincha to’xtatib turish mumkin.

Perikardning qiyshiq bo’shlig’i (sinus obliquus pericardii) :yurak xaltasining ancha chuqur sohasida, chap bo’lmachaning orqa yuzasi bilan perikard varag’ining ichki yuzalari orasida hosil bo’ladi. Uni topish uchun yurak cho’qqisini oldinga va yuqoriga ko’tarish kerak. Yurak jarohatlanganda yoki uning kasalliklarida bu bo’shliqda qon yoki ekssuddat yig’ilishi mumkin.

Perikard asosan perikard - diafragma (ko’krak qafasi ichki arteriyasidan), qovurg’alararo, bronxlar va qizilo’ngach arteriyalaridan qon bilan ta`minlanadi. Bulardan tashqari, perikardning orqa devorini qon bilan taminlashda, pastga tushuvchi aortaning perikardga boruvchi tarmoqlari ham qatnashadi. Uning vistseral varag’ini yurakning toj tomirlari qon bilan ta`minlaydi. Perikard parietal varag’ining vistseral varaqqa o’tish joylarida, parietal hamda vistseral varaqlar qon tomirlari orasida kapillyarlar darajasidagi anastomozlar bo’ladi. Vena qoni toq diafragmaning yuqori va yelka - bosh vena qon tomirlariga quyiladi. Perikard diafragma, adashgan va simpatik nervlari bilan innervatsiya qilinadi.



Yurak (cor). Yurak oldingi ko’ks oralig’ining pastki sohasini egallab turadi. Uning ko’p qismi ko’krak qafasining chap tomonida, kam kismi – o’ng tomonida joylashadi. Yurakning asosi o’ngga va orqaga, cho’qqisi - chapga va oldinga qarab, uning tik o’qi yuqoridan pastga, o’ngdan chapga va oldindan orqaga qarab yo’nalgan bo’ladi (40- rasm).

Yurakning oldingi yoki to’sh- qovurg’aga, yonbosh yoki o’pkaga va pastki yoki diafragmaga qaragan yuzalari tafovut qilinadi. Oldingi yuzasi oldindan o’ng bo’lmachaning ozgina qismi bilan, o’ng yurak quloqchasi hamda yuqori kovak venaning pastki qismlarini o’z ichiga, chapdan – o’ng qorincha bilan chap qorinchaning bir oz qismini o’z ichiga oladi. Bu yuza to’sh suyagiga va qovurg’alarning tog’ay yuzasiga tegib turib, ulardan qovurg’a -mediastinal plevra bo’shliqlari hamda o’pkalar bilan ajralib turadi.

Yurakning yonbosh yuzalari o’pkalarga qaragan bo’ladi. Pastki yuzasi perikardning asosida bo’lib, u orqali diafragma pay qismi

bilan birlashgan bo’ladi. Uning bu yuzasini o’ng va chap qorinchalar bilan o’ng bo’lmacha tashkil qiladi.

Yurakning o’ng chegarasini yuqori kovak vena bilan o’ng bo’lmacha tashkil qilib, bu chegara yoysimon shaklda, III - qovurg’a tog’ayining yuqori qirrasidan, V - qovurg’a tog’ayining pastki qirrasigacha, o’ng to’sh oldi chegarasiga 2 - 2,5 sm yetmasdan o’tadi. Pastki chegarasini o’ng qorinchaning cheti bilan chap qorinchaning ozgina qismi tashkil qilib, bu chegara V qovurg’a tog’ayining pastki qirrasidan bir oz chapga va pastga qarab o’tib, to’sh oldi va o’rta o’mrov chiziqlarining o’rtasida, V qovurg’agacha boradi. Yurakning chap chegarasini, aorta yoyi, o’pka stvoli, chap yurak quloqchasi va chap qorinchalar hosil qiladi. Bu chegara to’sh suyagining chap qirrasidan 2 sm tashqarida II – qovurg’alararo oralig’idan boshlanib, pastga va tashqariga qarab yurib, V - qovurg’a ro’parasida o’rta o’mrov chizig’iga 1,5 - 2 sm yetmasdan tugaydi. Yurak yuqoriga ko’tariluvchi aortadan chiquvchi ikkita o’ng va chap yurak toj arteriyalari (a.a. coronaria dextra et sinistra) dan qon bilan ta`minlanadi.

Yurakning o’ng toj arteriyasi uning o’ng toj egatchasida, o’ng qorincha bilan o’ng bo’lmacha orasida yotadi. U yerdan yurakning orqa sohasiga o’tib, qorinchalararo egatchaga borgach, qorinchalararo orqa (r. interventricularis posterior) hamda qorinchalararo to’siqli (rr. interventricuiaris septales) tarmoqlarini beradi. O’ng toj arteriya yurakning o’ng bo’lmachasi bilan o’ng qorinchasini va to’siqning orqa uchligini qon bilan ta`minlaydi.

Yurakning chap toj tomiri sinusdan chiqqan zahotiyoq oldingi qorinchalararo (r. interventricuiaris anterior) va aylanib o’tuvchi (r. circumflexus) tarmoqlariga bo’linadi. Bu tarmoqlarning birinchisi yurakning oldingi sohasi bo’ylab, to uning cho’qqisigacha boradi. Bunda u oldingi tik egatchada yotadi. Ikkinchi tarmog’i bo’lsa, yurakning orqa sohasiga uning chap bo’lmachasi bilan qorinchalari orasidagi egatcha orqali o’tadi va o’ng toj arteriyaning qorinchalararo orqa tarmog’i bilan anastomoz hosil qiladi. Chap toj arteriya chap bo’lmachani, qorinchalararo to’siqni va chap qorinchani qon bilan ta`minlaydi. Yurakning eng katta venoz stvollaridan bittasi, uning katta venasidir. U yurak cho’qqisining oldingi yuzasidan boshlanib, oldingi tik egat ichidan, chap toj arteriyaning oldingi qorinchalararo tarmog’i bilan birga ko’tariladi, so’ngra chapga aylanib o’tuvchi egatga o’tib, yurakning orqa sohasidagi toj bo’shliqqa (sinus coronarius) quyiladi.

Yurakning toj sinusi, yurakning orqa yuzasida chap bo’lmacha bilan chap qorincha oralig’ida joylashgan toj egatchada joylashadi. Bu keng kanal pastki kovak vena yopqichi bilan bo’lmachalararo to’siqlar orasida o’ng bo’lmachaga ochiladi. Yurak asosan yurak - o’pka chigalini hosil qiluvchi adashgan nerv bilan simpatik nervlar tolalari bilan innervatsiya qilinadi.

Yurakda to’rtta: endokard, miokard va epikard ichida hamda epikard ostida joylashgan limfa chigallari bo’lib, limfa suyuqligi subperikardial limfa yo’llariga quyiladi. U yerdan esa, olib chiquvchi yo’llar orqali kekirdak - bronxial limfa tugunlariga yoki aorta yoyining oldida joylashgan oldingi ko’ks oralig’ining limfa tugunlariga quyiladi.

O’ng va chap o’pka venalari (v. v. pulmonales dextrae et sinistrae). Ularning har qaysisi o’pka darvozasidan ikkitadan bo’lib chiqib, chap bo’lmachaga qarab yurishadi va uning orqa yonbosh qismiga ochiladi. Bunda o’ng o’pka venasi, o’ng o’pka arteriyasining ostida, yuqori kovak vena bilan, o’ng bo’lmachaning

hamda yuqoriga ko’tariluvchi aortaning orqasida joylashadi. Chap o’pka venalari esa, pastga tushuvchi aortaning oldidan o’tadi.



Kekirdak va bronxlar. Kekirdakning ko’krak qismi orqa va oldingi ko’ks oraliqlari chegarasida o’tadi. Uning yuqori qismi oldindan to’sh suyagining bo’yinturuq o’ymasiga, orqadan II ko’krak umurtqasiga to’g’ri keladi. Pastki qismi yuqoridan to’sh suyagining burchagiga, orqadan IV - V ko’krak umurtqalarining o’rtasiga to’g’ri keladi. Shu sohada kekirdak o’ng va chap bosh bronxlariga bo’linadi. Kekirdakning orqasidan qizilo’ngach o’tadi. Uning oldidan aorta yoyi va undan chiqadigan qon tomirlar kesib o’tadi. Kekirdakning o’ng tomonida o’ng mediastinal plevra, o’ng adashgan nerv hamda yelka - bosh arteriya stvoli, chap tomonida - aorta yoyining oxirgi qismi, chap qaytuvchi nerv, chap umumiy uyqu arteriyasi va chap o’mrov osti arteriyasi o’tadi. Kekirdak bifurkatsiyasi hamda o’ng bronxning orqasidan toq vena o’tib, u bronx ustidan o’tgach, yuqori kovak venaga quyiladi.

O’ng bosh bronx (bronchus principalis dexter) chapiga qaraganda kalta va keng bo’lib, uzunasiga yo’nalgan bo’ladi. Shuning uchun ham yot jismlar kekirdakka tushsa, to’g’ri o’ng bosh bronxga borib tiqiladi. Bu narsani esda tutmoqlik kerak. Chunki narkoz berish vaqtida, kekirdak intubatsiya qilinganda, nay (trubka) ning o’ng bosh bronxga o’tib qolish xavfi tug’iladi. Bu esa o’z navbatida chap o’pkani nafas olishdan mahrum qilib qo’yadi.

Chap bosh bronx (bronchus principalis sinister), aksincha, o’ng bosh bronxga nisbatan uzun va tordir. Uning yo’nalishi esa, ancha qiyshiq holda bo’lib, oldidan, yuqorisidan va orqasidan aorta yoyi aylanib o’tadi. Uning orqa sohasi bo’ylab orqa ko’ks oralig’iga chap adashgan nervi o’tadi. Kekirdakning oldingi va yon sohalari, bifurkatsiyasi va bosh bronxlar yog’ to’qima bilan o’ralgan bo’lib, uning ichida qon tomirlar hamda paratraxeal, traxeya - bronx va bifurkatsiya limfa tugunlari joylashadi.

Orqa ko’ks oralig’i (mediastinum posterius). Orqa ko’ks oralig’ida qizilo’ngach, ko’krak aortasi, yarim toq vena, toq vena, adashgan nervlar, ko’krak limfa yo’li va simpatik nerv poyasi hamda n. n. splanchnicus major et minor lar joylashadi.

Ko’krak aortasi (aortae thoracica) aorta yoyining davomi bo’lib, uning boshlang’ich qismi IV ko’krak umurtqasi ro’parasiga to’g’ri keladi. U XII ko’krak umurtqasi ro’parasida qorin parda orqasi bo’shlig’iga diafragmaning aorta teshigi (hiatus aorticus) orqali o’tib, qorin aortasiga (aorta abdominalis) aylanadi.

Ko’krak aortasi VIII - IX umurtqalar to’g’risigacha ularning chap yonbosh tomonida yotib, keyinchalik tananing o’rta chizig’i bo’ylab yo’naladi va oxirgi ko’krak umurtqalarining oldingi yuzasiga chiqadi. U ko’krakning yuqori qismida oldindan, chap o’pkani ildizi bilan, pastki qismida esa perikardning orqa devori bilan yopilib turadi. VIII - IX ko’krak umurtqalarining ro’parasida, ko’krak aortasining oldida qizilo’ngach aortani o’ngdan chapga qarab kesib o’tadi. XI - XII umurtqalar to’g’risida, diafragmadagi aorta teshigiga yaqin joyda aorta qizilo’ngachning o’ng tomonida bo’ladi. Undan chap tomonda mediastinal plevra o’tadi. Bu plevra o’ng tomonda qizilo’ngachga, ko’krak limfa yo’liga va toq venaga juda yaqin o’tadi. Ko’krak aortasidan 10 juft qovurg’a lararo arteriyalar, bronxlarning arteriyalari hamda qizilo’ngachga, perikardga, mediastinal plevraga va diafragmaga tarmoqlar chiqadi.



Download 0,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish