Ilm manfaati, jaholat zarari haqida


TURLICHA MA’NO BILDIRUVCHI BAYTLAR HAQIDA



Download 133,53 Kb.
bet3/4
Sana29.05.2022
Hajmi133,53 Kb.
#615374
1   2   3   4
Bog'liq
ADIB AHMAD YUGNAKIY

TURLICHA MA’NO BILDIRUVCHI BAYTLAR HAQIDA
Uqub so’zla so’zni eva so’zlama,
So’zung kizla kezin bashing kizlama.
(So’zni uqib so’zla, shoshib (behuda) gapirma, so’zingni yashir, keyin boshingni yashirib yurma).
Ming er do’stung ersa o’kush ko’magil,
Bir er dushman ersa ana azlama.
(Mingta do’sting bo’lsa, ko’p ko’rma, birgina dushmaning bo’lsa, uni oz dema)…
OXIRGI SO’Z (SO’ZNING TUGALLANISH SABABLARI
Bitidim kitabi mava’iz masal,
O’qusa tatir til yemish tek asal.
(Kishilarga ibrat, ta’lim beruvchi, odobga chaqiruvchi bu kitobni yozdim, kim o’qisa tili asal, meva yeganday chuchiydi).
Kim ersa bu so’zga azinlar so’zin,
Tengasa tengadi durustqa badal.
(Kim bo’lmasin bu so’zlarni boshqalar so’ziga almashtirsa, u unga durust (boshqalar so’zini) so’zni tinglasin).
Adib Ahmad atim adab pind so’zum,
So’zum munda qalur barur bu o’zum.
(Otim Adib Ahmad, so’zim pand-nasihat, so’zim bu dunyoda qolib, o’zim u dunyoga ketaman)…
Anin uz erur bu kitab bir so’zug,
To’lulab keturdum kemishtim yuzug.
(Bu kitob shuning uchun ham nafisdirki, har bir so’zni to’latib yozdim, keraksiz yuzaki so’zlarni tashladim).
Navadir so’zug az bulur azl o’kush,
Jo’z atlas bo’lur qiz uchuzi bo’zug.
(Bir kiyimlik atlas qimmat, bo’z arzon bo’lgani kabi qimmatli so’z oz, hazil so’z ko’p)…
Adiblar adibi fazillar bashi,
Go’hartin so’z aymish azin so’z bishi.
(Adiblar adibi, fozillar boshi guhar kabi puxta so’z durlarini terib aytgandir5).
Ug’an rahmat etsun bu sa’at anga,
Yarin qo’bsa bo’lsun yaranlar bashi.
(Tangri shu soatda unga yor bo’lsin, Tanglo qiyomatda u yoronlarga bosh bo’lsin)…
ADIB AHMAD VA UNING USTOZI
Ziyodulla Muqumov, professor.

O’zbek adabiyoti tarixida Adib Ahmadning tutgan o’rni, uning «Hibat ul-haqoyiq» («Haqiqatlar tuhfasi») asari va tadqiqotchilarning uning faoliyati sanasiga oid ilmiy bahslari menga ham ma’lum edi. Masalan, O’zbekiston milliy entsiklopediyasida (10-jild, 307 bet.) o’ning XII asr oxiri – XIII asrning birinchi yarmida yashaganligi, professor M.Imomnazarov adibning VIII asrda yashagan, deb hisoblashi haqidagi fikrlardan qisman xabarim bo’lsa-da bu borada taniqli sharqshunos, tarixchi olim SH.Kamoliddinning nodir manbalarga tayanib yozgan maqolasi bilan tanishganimdan keyin, huquq tarixchisi bo’lganligim uchun ham ushbu muammo meni befarq qoldirmadi.
Adabiyot tarixchilari Adib Ahmadning faoliyat yillarini aniqlashda uning yuqorida keltirilgan asosiy asari va As-Sam’oniyning «Nasabnoma», Alisher Navoiyning «Nasoyim ul-muhabbat» kabi kitoblariga shuningdek, adabiyotshunos olimlarimizning tadqiqotlariga tayanadilar.
Alisher Navoiy ma’lumotlari adibning o’zi haqida bo’lsa, As-Sam’oniyning ma’lumotlari uning o’g’liga oiddir. Manbalardagi ma’lumotlar uch avlod, ya’ni otasi Mahmud Yugnakiy, o’zi Adib Ahmad Yugnakiy va o’g’li muhaddis Abu Homid Ahmad ibn Abu Ahmad al-Yugnakiylar haqida ma’lumot beradilar. Tadqiqotchi SH.Kamoliddin xulosalari O’rta Osiyo turklari orasida VIII-IX asrlarda harbiy-siyosiy, ilmiy-madaniy harakat shu’ubizm mavjudligini isbotlab, ularning ko’pgina vakillarini xalifalikning ijtimoiy-siyosiy va madaniy hayotida yuqori pog’onalarni egallab turganligini ko’rsatadi.
Bizning fikrimizcha, – deb yozadi tadqiqotchi, – Adib Ahmadning otasi turk shu’ubizmining ilk vakillaridan bo’lib, VIII asrning o’rtalarida Abu Muslim qo’zg’olonining Xurosondagi harakatida qatnashgan bo’lishi mumkin. Abbosiylar xalifalik boshiga kelganda, adibning otasi Xalifa al-Mansurning turk qo’shinida xizmat qilgan. Uning o’g’li Adib Ahmad fiqh va hadisni o’rganib shoir sifatida «Hibat ul-haqoyiq» asarini yozgan.
Shoir ko’zi ojiz bo’lganligi uchun bu asarning ilk nusxasi otasi Mahmud Yugnakiy tomonidan uyg’ur xatida yozib olingan, keyinchalik esa uning o’g’li Ahmad (Muhammad) Yugnakiy tomonidan Samarqandda arab xati bilan ko’chirilgan bo’lishi mumkin.
Yuqoridagilarga asosan, — deydi olim — o’rta asr turkiy tilli adabiyot va islomiy yozma udumlarning vaqti ilgari aytilganidek, XI asr emas IX asr boshlaridan deb hisoblash mumkin. Garchi Islom dini tarqalgan davrdagi birinchi turkiy tilda yozilgan asar XI asrda «Devon al-lug’at at-turk» deb hisoblanib kelingan bo’lsa-da, Somoniylar davrida X asrda Qur’onning ilk bor turkiy tarjimasi (Qatorlar orasida interpolyatsiya qilinganligi) amalga oshirilgan. Alisher Navoiy o’zining «Nasoyim ul-muhabbat» asarida Adib Ahmadni Bog’doddan 4 yig’och masofada bo’lgan qishloqda yashaganligi, turkligi, tug’ma ko’zi ojiz ekanligi haqida xabar berib, uning musulmon fiqhshunosligi hanafiylar mazhabi asoschisi Imom Abu Hanifa an Nu’mon ibn Sobitdan (699-767 yillar) ushbu mazhabning bo’lg’usi buyuk faqihlari imom Muhammad ash Shayboniy (749-805 y.) hamda Abu Yusuf al Ansori (731-804 y.) bilan birgalikda saboq olganligini ta’kidlaydi.
Buyuk Imomdan «Shogirdlaringiz orasida qaysidan andoqki ko’nglunguz to’lar, rozisiz» deb so’raganlarida «Imom Muhammad hamda Abu Yusuf va uning hamsaboqlaridan», deb javob beribdilar. «Ammo ul ko’r turkki, saffi ni’olda (quyida oyoq kiyim yechadigan joyda) ulturur va bir mas’alani mazbut qilib (ochiq bayon qilib, mustahkamlab), to’rt yig’och yo’l yayog’ kelib borur, andoqki kerak ul tahsil qilur» deb javob bergan. «Aksar turk ulusida hikmatu nuqtalari shoe’dur»,- deb yozadi Alisher Navoiy. Demak, Adib Ahmad Imomi A’zam Abu Hanifa ibn Sobit al Kufiydan saboq olgan bo’lsa, uning ijodi va faoliyati vaqti VIII-IX asrlarga to’g’ri keladi.
As-Sam’oniy «Yug’anak Samarqand qishloqlaridan» ekanligini, Abu Homid Ahmad ibn Abu Ahmad al Yugnakiy (Adib Ahmadning o’g’li)ni taniqli muhaddislaridan biri sifatida ta’riflagan. U kishi Sohib ibn Muslim al-Balxiy, Abdurahim ibn Habib al Bag’dodiy va Abu Isoh Ibrohim ibn Is’hoq as-Samarqandiylardan hadis ilmini o’rganganligini, uning o’zidan esa Abdulloh ibn Ma’sud ibn Komil as-Samarqandiy hadis rivoyat qilganligini yozib qoldirgan. Ya’ni as-Sam’oniy adibning o’g’lini VIII-XII asrlarda o’tgan muhaddislar qatorida tilga olgan. Shuning uchun ham ushbu muhaddislarning yashab o’tgan asri, yillari aniqlansa ham Adib Ahmadning yashagan davri tabiiyki, hech shubhasiz, isbot bo’lgan bo’lur edi. Shunday qilib, adabiyotshunos olim prof. M.Imomnazarov hamda taniqli sharqshunos – tarixchi olim SH.Kamoliddinlarning nodir manbalar asosida olib borgan tadqiqotlari natijasida Adib Ahmad Yugnakiyning ijodi va faoliyati aniq sanasi XII-XV asrlar emas, VIII asrning ikkinchi yarmi va IX asrning birinchi yarimlari ekanligi ma’lum bo’ladi. Biz ham ushbu olimlarning bu boradagi fikrlarini ma’qullaymiz.
Xo’sh, ushbu sanalarni tan olish tarixiy haqiqatning tiklanishi, islomiy davrdagi turkiy adabiyot, yozma namunalarining vujudga kelishi, shuningdek o’zbek yozma adabiyoti tarixining IX asrlardan boshlanishi haqidagi muhim xulosalardan tashqari, biz tarixchi – huquqshunoslar uchun qanday ahamiyati bor?
1. Turkiy tildagi fiqhiy adabiyot «Hibat ul-haqoyiq» islom axloqi va g’oyalarini Qur’on oyatlari va hadislar asosida oddiygina qilib tushuntirib berishga, targ’ib qilishga qaratilgan asarlar IX asrdayoq paydo bo’lganki, buni yuqoridagi manba ko’rsatib turibdi.
2. Bu holat tarixiy davri jihatidan Somoniylar davlati va huquqining boshlang’ich davriga to’g’ri keladi. Bu ajablanarli emas, garchi ulamolar Qur’onni boshqa tillarga tarjima etilishini ma’qullamagan bo’lsalar-da aynan ana shu davrda Qur’on satrlar orasida (interpolyatsiya) turkiy tilga tarjima qilingan edi.
3. Movarounnahr fiqh maktabi faoliyat ko’rsatgan davrlardayoq (VIII-XIII asrlar) turkiy tilda ham fiqhiy-axloqiy yo’nalishdagi asarlar yaratila boshlaganini ko’rsatadi. Bunga otasi Adib Ahmad Yugnakiy va o’g’li Muhaddis Abu Homid Ahmad Yugnakiylarning faoliyatlari misol bo’la oladi. Bundan tash¬qari, yana shu narsani keltirish mumkinki, o’sha davrda ota-bola shoir, muhaddis va faqihlar ko’p uchragan, bu holatni manbalar ko’rsatib turibdi. (Masalan, Abu Hafs Kabir Buxoriy va uning o’g’li Abu Hafs Buxoriy, Abu Laysiy va boshqalar).
4. Adib Ahmadning amalda islom fiqhi hanafiya maktabi asoschilaridan bo’lgan, buyuk imom Abu Hanifa ibn Sobitdan saboq olishi bu ham tarixiy haqiqatga yaqin. Chunki adibning asarlari shu mazhab qoida va hukmlarining turkiy xalqlar orasida, ular uchun yaqin bo’lgan-turkiy til orqali keng yoyilishiga sabab bo’lganki, turkiy xalqlarning aksariyati hozirgacha hanafiya fiqhiy maktabi tarafdorlaridir.
5. Islom huquqi, uning manbalarining turkiy xalqlar orasida keng yoyilishi «Movarounnahr fiqh maktabi» an’analarining rivojlanishiga Adib Ahmad va As-Sam’oniy taniqli muhaddislardan biri sifatida ta’riflagan Abu Homid Ahmad ibn Abu Ahmad al Yugnakiylar munosib hissa qo’shganlar.

Download 133,53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish