Ilm sahroda do’st, hayot yo’llarida tayanch, yolg’izlik


 Moliya statistikasi metodlari va vazifalari



Download 6,07 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/260
Sana25.01.2022
Hajmi6,07 Mb.
#408770
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   260
Bog'liq
Moliya statistikasi darslik

1.2. Moliya statistikasi metodlari va vazifalari 
 
Moliya statistikasi o’z predmetini o’rganishda statistikaning umumiy metodlari va 
o’zining  maxsus  metodlaridan  foydalanadi.  Umumiy  metodlar  statistika  nazariyasi 
kursida batafsil bayon qilingan (statistik kuzatish, guruhlash, jamlash, statistik jadvalllar 
va grafiklar, mutloq, nisbiy o’rtacha miqdorlarni hisoblash metodlari, variatsiya metodi, 
dispertsion  va  korelyatsion  tahlil  qilish,  tanlab  kuzatish,  indeks  va  dinamika  qatorlarni 
tahlil  qilish  va  boshqa  metodlar).  Statistikaga  oid  darsliklar  va  o’quv  qo’llanmalari, 
statistika  fani  va  faoliyatining  yutuqlarini  bayon  qilishda  odatda  25-35  yil  orqada 
qolganligini  e’tiborga  olsak,  unda  statistikaning  zamonaviy  (noananaviy,  bozor 
iqtisodiyotli mamlakatlarda keng qo’llaniladigan) metodlarni ko’rsatib o’tmoq zarur. Bu 
metodlar: tsenz tadqiqotlari (undan moliya statistikasida ham foydalansa bo’ladi), biznes 


 

tadqiqotlari  (juda  keng  tarqalgan  metod),  chalasini  hisob-kitob  qilish  orqali  hisoblash. 
Statistika  faoliyatida  YaIMni  hisoblashda  zarur  bo’lgan  ma’lumotlarni  qariyb  20  foizi 
shu  usulda  olinishini  eslatish  kifoyadir.  Keyingi  paytda  jahon  statistikasida  biznes 
tadqiqotlar  metodi keng qo’llanmoqda.  O’zbekiston  Respublikasida bu ilmiy-amaliy  ish 
bilan  makroiqtisodiy  va  ijtimoiy  tadqiqotlar  institutining  ish  faolligi  va  kon’yuktura 
bo’limi  1997-  yildan  boshlab  faol  shug’ullanmoqda.  Bunda  respublika  qayta  ishlash 
sanoati  (673  ta  korxonasi)  va  rangli  metallurgiya  tarmog’idan  8  ta  korxona  qamrab 
olingan.  Bizes-tadqiqotda  korxonaning  moliyaviy  ahvoli  va  ish  faolligi  bo’yicha  asosiy 
ko’rsatkichlarda kutilayotgan o’zgarishlar prognoz (tahminlash) qilishda, ishlab chiqarish 
va  sotish  hajmi,  ishlab  chiqarish  quvvatlaridan  foydalanish,  narxlar,  o’rtacha  oylik,  sof 
foyda, investitsiya va boshqa ko’rsatkichlar tezkor usulda maxsus dastur asosida olinadi, 
ularga ishlov beriladi va interpretatsiya qilinadi. Statistik tadqiqotning bu usuli ”Umumiy 
bozor”ga kiruvchi barcha mamlakatlar moliya statistikasida ham keng qo’llaniladi.  
Shu  bilan  bir  qatorda,  bu  fan  moliya  hisob-kitoblarini  bajarishda  turli  maxsus 
metodlardan  ham  foydalanadi.  Bu  metodlarni  bilish  ulardan  eng  samaradorini  va  aniq 
holat uchun eng  qulayini tanlab olishni ta’minlaydi. Biroq bu metodlarning soni va qaysi 
vaqtda  qo’llanilishi  qanday  aniqlanadi?    Bu  savolga  javob  berish  uchun  ularni 
turlanishiga murojaat qilamiz. 
Moliyaviy  hisob-kitob  metodlari  turli  asoslarda  turlanishi  mumkin:  tayinlanishi, 
hajmi,  qo’llash  davri,  olinadigan  natijalarning  aniqligi,  mazmuni  va  hokazo.  Biroq,  bu 
erda  moliyaviy  holatlar(operatsiya  va  bitimlar  yig’indisi)  turi  hal  qiluvchi  ahamiyatga 
ega.  
Moliyaviy  hisob-kitoblarda  umumiy  moliyaviy  holatlarni  tahlil  qilish  bilan  bir 
qatorda aniq voqealar ham tahlil qilinadi. Bu erda eng dolzarb masala umumiy yoki aniq 
holat  tahlil  qilinishidan  qat’iy  nazar  moliyaviy  hisoblash  sharoitlari  hisoblash 
metodlariga  moslashtiriLmaydi  yoki  o’zgartirilmaydi,  balki  aksincha,  metodlar 
moliyaviy  sharoitlarga  moslashtirilishi  kerak.  Masalan,  investorni,  bakirni  ishning 
umumiy natijasi yoki vayuta kurslari va aktsiyalarining umumiy o’zgarishi qiziqtirmaydi, 
ularni  investitsiyadan,  yangi  texnologiyadan,  bergan  kreditdan  olinadigan  aniq  manfaat 
summasi qiziqtiradi. Yana ham aniqroq misol keltirish mumkin. Aktsiyani yoki valyutani 
sotuvchi  yoki  sotib  oluvchi  operatorlarni  aktsiyalari  yoki  valyutalarini  umumiy  kursi 
emas, o’zidagi valyuta yoki aktsiyani sotib olish va sotish kursi qiziqtiradi. 
Yakka  tartibda  yondashish  tamoyili,  ya’ni  bitimdagi  har  bir  qatnashchining 
hissasini aniqlash (har-xil tartibda) bu hisoblarni shart-sharoitlarini hisobga olish usulida 
bajarishga olib keladi, ya’ni aktuar hisob-kitoblar bilan shug’ullanishni talab etadi. 
Moliyaviy hisoblash metodlarining turlanishi mavjud ma’lumotlarga ham bog’liq. 
Bor ma’lumotlarga qarab metodlar qo’llaniladimi yoki barcha metodlarni qo’llash uchun 
maxsus  ma’lumotlar  to’planadimi?  Bu  savolga  javob  berish  oson  emas.  Ma’lumot 
bo’lmasa  metodlarni  qo’llab  bo’lmasligi  tushunarli.  Shuning  uchun  ham  bizning 
davlatimizda,  boshqa  mamlakatlar  tajribasidan  foydalanib,  metodlardan  foydalanish  va 
ularni  takomillashtirish  bilan  bir  qatorda  ma’lumotlar  manbai-  hisobotlarni  o’zini  ham 
takomillashtirish zarurati tug’iladi. Chunki o’tish davrida yangi-yangi moliyaviy idoralar, 
yangi mulk egalarining paydo bo’lish sharoitida ularni hujjatlarga asoslangan moliyaviy 
hisob-kitoblarga o’rgatish,  tuziladigan    yoki amalga  oshirilgan bitimlar  bo’yicha  har  bir 
bitim  qatnashchisining  kutiladigan  yoki  haqiqiy  manfaatini  hisoblash  yoki  rejalashtirish 


 

muhim ahamiyat kasb etadi. 
Moliya hisob-kitob metodlarini yana bir(balki eng asosiy) xususiyati qo’llanadigan 
ma’lumotlarning 
xususiy 
xarakteri, 
ularning 
takrorlanmasligi, 
almashtirib 
bo’lmasligidadir.  
Biz  bilamizki,  statistik  ko’rsatkichlar  (andozali  voqealar  uchun  yoki  umumiy 
statistika  fanlarida)  ommaviy  ma’lumotlar  hech  bo’lmaganda  tanlab  kuzatish 
ma’lumotlari  asosida  aniqlaniladi.  Moliya  statistikasida  esa  alohida  olingan  kuzatish 
(bitta  moliyaviy  operatsiya  yoki  bitim)  ma’lumoti  statistik  to’plam  sifatida  qaraladi. 
Aynan  shu  to’plam  bo’yicha  tegishli  xulosa  chiqarilishi  kerak  (chiqariladi).  Shunday 
qilib  biz  moliyaviy  hisoblashda  mavhum  (umumlashtirilgan)  hisoblar  bilan  emas,  
moliyaviy manfaatlar mantiqi bo’yicha ish tutamiz. 
Lekin  bundan  moliya  statistikasi  hodisa  va  voqealarni  sifat  tomoniga  e’tibor 
bermas ekan degan fikr kelib chiqmasligi kerak. Balki aksincha hisoblashni boshlashdan 
oldin  o’rganilayotgan  har  bir  korxona  va  tashkilotning  hisob-kitobda  ishlatiladigan 
ko’rsatkichlari  sifat  va  mazmun  jihatidan  tahlil  qilinadi.  Ularni  hisoblash  texnikasi  va 
texnologiyasi  o’rganiladi,  agar  ko’rsatkichlar  har-xil  usulda  hisoblangan  bo’lsa  ular 
solishtirma holga keltiriladi. 
Shunday  qilib  moliya  statistikasi  metodlari  umumiy  va  maxsus  metodlarga 
bo’linadi.  Maxsus  metodlar  o’ziga  xos  xususiyatlarga  ega  bo’lib  ularning  qo’llanishi 
kelgusi mavzularda yoritiladi.  
Moliya  statistikasining  maxsus  metodlari  orasida  eng  ko’p  qo’llaniladigan  (oddiy 
va murakkab, dekursiv va rekursiv foiz stavkalari, matematik va bank (tijorat) metodida 
diskontlash, renta va jamlangan to’lovlar hisobi metodlari quyidagi jadvalda tasvirlangan 
(1.1-jadval)         

Download 6,07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   260




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish