Ilm sahroda do’st, hayot yo’llarida tayanch, yolg’izlik



Download 6,07 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/260
Sana25.01.2022
Hajmi6,07 Mb.
#408770
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   260
Bog'liq
Moliya statistikasi darslik

 
 
 
 
II BOB. OLIY MOLIYaVIY, AKTUAR VA TAQRIBIY HISOBLASh 
METODLARI 
 
2.1 Oliy moliyaviy hisoblashlarning tayinlanishi,  
vazifalari va tarixi. 
 
 
Respublikaga  bozor  iqtisodiyotini  kirib  kelishi  bilan  moliyaviy  operatsiyalar  va 
bitimlar  amalga  oshirila  boshlandi.  Xar  qanday  moliyaviy  kredit,  investitsion,  tijorat 
operatsiyalarni amalga oshirish uchun qator shartlarni bajarish kerak va ular bilan bitimni 
barcha  qatnashchilari  rozi  bo’lishlari  zarur.  Kredit  olishni  ko’rsak.  Bu  erda  bitim 
qatnashchisi  ikkita:  karz  beruvchi  va  oluvchi.  Ular  shartnomaga  qo’l  qo’yishdan  oldin 
kredit  summasi,  vaqt  parametrlari,  foiz  stavkasi  va  boshqa  miqdoriy  ma’lumotlarni 
o’zaro  kelishib  olishlari  kerak.  Ma’lumki,  sanalgan  xarakteristikalar  turli-tuman 
shakillarida  ifodalanishi  mumkin.  Masalan,  to’lovlar  bir  yo’lakay  to’lanadigan,  muddati 
uzaytirilgan, vaqt bo’yicha doimiy va uzgaruvchan bo’lishi mumkin. Foizlarni va foizni 
ko’shib yozishni o’nlab turlari mavjud. Vaqtni xajmi va oralig’i  ikkita operatsiyada bir 


 
21 
xil  bo’la  olmaydi.  Bitta  moliyaviy  bitim  chegarasida  yuqorida  sanab  o’tilgan 
ko’rsatqichlar tegishli mantiqqa bo’y sunadigan qandaydir bir o’zaro bog’langan tizimni 
tashkil etadi. Bu tizimni parametrlarining ko’pligini o’zi o’ning oxirgi aniq natijasi ochiq-
oydin  emasligiga  olib  keladi.  Buning  ustiga  tizimdagi  bitta  miqdorni  o’zgarishi 
operatsiyani umumiy natijasiga ta’sir etadi. Demak, bunday tizimlar miqdoriy moliyaviy 
tahlil ob’ekti bo’lishi zarur. Mana shunday tahlil oliy  moliyaviy hisob-kitoblar deyiladi. 
Ularni  maqsadi  –  moliya  bozori  qo’rsatqichlarni  mantiq  jixatdan  oldindan  tahlil  qilgan 
holda miqdoriy o’rganishdir. Kredit va qarzlarni olish, qoplash, ma’lum bir miqdorda va 
davrda  foizlar  to’lash,  moliyaviy  risklar,  operatsiya  va  bitimlarni  samaradorligini 
baxolash  va  boshqalar  bilan  bog’liq  bo’lgan  muammolarning  tahlil  qilishning  miqdoriy 
metodlarni ishlab chiqish oliy moliyaviy hisob-kitoblarning vazifasidir. 
 
Oliy moliyaviy hisoblashlar kredit, sug’urta, investitsiyalar, pul muomalasi yig’ma 
ko’rsatqichlarni  umumlashtirishda,  ularni  darajasini,  tarkibini,  dinamikasini  va  o’zoro 
boliqligini,  valyuta  va  qimmatli  qog’ozlar  bozori  kon’yukturasini  o’rganishda,  davlat 
moliyasini turli qo’rsatqichlarni (davlat byudjeti daromadlari va xarajatlari, respublika va 
xududiy  tarif,  norma,  renta,  foizlar,  soliq  stavkalari)  hisoblashda,  tashkilot  va 
korxonalarni  (bo’ysunishi  va  mulk  shaklidan  kat’iy  nazar)  moliyaviy  natijalari  va 
barqarorligini o’rganishda va boshqalarda qo’llaniladi.  
 
Oliy  moliyaviy  hisoblashlar  metodlari  bundan  tashqari  moliyaviy  operatsiya  va 
bitmlarning  u  yoki  bu  omilga  bog’liqligini  aniqlashda,  moliyaviy  xolatlarning  kulajak 
modellarni  tuzishda,  o’sgan  qiymat  xajmini  hisoblashda,  moliyaviy  ko’rsatqichlarni 
diskontlashda, turli moliyaviy to’lovlarni hisoblashda, moliyaviy majburiyatlarni qoplash 
rejasini tuzishda va h.k. qo’llanadi. 
 
Miqdoriy  moliyaviy  tahlil  xal  qiladigan  vazifalar  turli-tuman.  Ularni  ma’lum  bir 
tizimga  solish  mumkin,  agarda  berilgan  parametrlar  o’zgarmasa,  solish  mumkin  emas, 
agarda  berilgan  parametrlar  o’zgarsa.  Real  xayotda  oxirgi  xolat  ko’proq  uchraydi.  Oliy 
moliyaviy  hisoblash  xal  qiladigan  vazifalarni  ananaviy  va  yangi  vazifalarga  bo’lishadi. 
Bu, bizni fikrmizcha, noto’g’ri. Chunki bugun yangi deb hisoblangan vazifa ertaga eski 
bo’lishi mumkin.  
 
Miqdoriy  moliyaviy  tahlil  turli  sharoitlarda  qo’llaniladi.  Masalan,  oddiy 
obligatsiyalarni  chiqarishda  barcha  shart-sharoit  aniq,  yani  ularni  muddati,  kutgan 
daromad,  sotib  olish  tartibi  to’lig’icha  ko’rsatiladi.  Bu  xamma  vaqt  xamma  narsa  aniq 
bo’ladi  degani  emas.  Masalan,  pul  bozori  dinamikasini  xisobga  olishga  to’g’ri  kelsa 
noaniqlik boshlanadi. Chunki, vaqt o’zgarishda foiz stavkalari, valyuta kurslari va tariflar 
o’zini qanday tutishni bilmaymiz. 
 
Miqdoriy  moliyaviy  hisob-kitoblar  qo’llanilishi  ramkasi  juda  keng.  Ularni  oddiy 
foiz  yozishdan  boshlab  to  murakkab  moliyaviy  hisob-kitoblargacha  qo’llash  mumkin. 
Masalan,  obligatsiya  chiqarish  samaradorligiga  ta’sir  kiluvchi  omillarni  baxolash  yoki 
moliyaviy  investitsiyalar  portfelini  diversifikatsiyalash  bilan  risklarni  qisqartirish 
metodlar va x.k.  
 
Oliy moliyaviy hisob-kitoblarni xal qiladigan vazifalar turlicha:  

 
Oshgan qiymatni hisoblash; 

 
Umumiy natijada operatsiyani xar bir qatnashchini manfaatini aniqlash; 

 
Foizlarning turli stavkalarini tahlil qilish; 

 
Diskontlash metodlarni qo’llash; 


 
22 

 
To’lovlarni va stavkalarni ekvivalentligini ta’minlash; 

 
Moliyaviy operatsiyalanir bajarish rejalarini ishlab chiqish; 

 
Operatsiya  va  bitimlarni  oxirgi  natijalarini  va  ularning  parametrlari  o’rtasidagi 
bog’liqligini o’lchash; 

 
Moliyaviy operatsiya va bitimlarni samaradorligini o’rganish. 
Yukorida  sanab  o’tilgan  vazifalar  vaqt  o’tishi  bilan  o’zgarib  boradi.  Zamonaviy 
amaliyot  yangi-yangi  vazifalari  ko’ndalang  qilib  qo’yaveradi.  Zamondan-zamonga  oliy 
moliyaviy hisob-kitoblarni ko’llanilishi diapazoni paydar-pay kengayib borgan.  
 
Moliyaviy  hisob-kitoblar  kapitalizm  paydo  bo’lishi  davrlarida  boshlangan  degan 
fikrni  juda  ko’pchilik  tasdiqlaydi.  Bilimning  aloxida  tarmog’i  sifatida  ular  XIX  asrda 
paydo  bo’lgan.  O’sha  paytlarda  ular  “tijorat  hisob-kitoblari”  deb  atalaradi.  XIX  asrning 
oxiridagi ayrim g’arb davlatlarida iqtisodiyotni tez o’sishi tijorat hisoblashlarini ortishiga 
va  xatto  kadrlarni  tayorlashni  ko’payishiga  olib  keldi.  Bu  ishga  bozirganlar  bilan  bir 
qatorda  shaxar  va  xatto  xukumat  organlari  aralashadigan  bo’ldi.  Usha  yillarda  faqat 
Germaniyada  “tijorat  ariftikasini”  o’rgatishga  asoslangan  24  oliy  tijorat  bilim  yurti 
faoliyat ko’rsatgan. 
 
Tijorat bilimining dolzarbligi va muximligini Rossiyaning davlat arboblari darrov 
tushinib  etishdi  va  o’n  yilda  (1896-1906)  Rossiyada  150  dan  ortiq  tijorat  maktablari 
ochildi.  1896  yildan  boshlab  Rossiyadagi  barcha  tijorat  maktablari  moliya  vazirligi 
xuzurida  ishlaydigan  bo’ldi.  Tijorat  maktablarida  o’qitiladigan  asosiy  fan  bo’lib  tijorat 
arifmetikasi  xisoblangan.  Tijorat  arifmetikasi  kursiga  nimalar  kirgan?  Bugungi  kun 
pozitsiyasidan  karaganda  juda  onson  bo’lgan  u  kurs  –  oddiy  va  murakab  foizlarni 
hisoblash texnikasi, veksel hisoblari (diskont va diskontlash metodlari) texnikasi, veksel 
– kurs hisoblari texnikasi, pul-moneta hisoblari (turli davlat pul birligida), tovar hisoblari 
(tovar  baxolari,  chegirmalar  va  xakazolar  kalkulyatsiyasi)  texnikasi,  foizli  qog’ozlar  va 
aktsiyalar  hisoblari  texnikasi,  bank  hisoblari  (joriy  schetlar,  qisqa  va  uzok  muddatli 
qo’yilmalar  va  ssudalar,  komission  operatsiyalar)  texnikalarni  o’rgatish  bilan 
shug’ullangan. Bulardan tashqari tijorat arifmetikasi kursiga qisqa (soddalashtirilgan) va 
taqribiy hisoblash texnikalari xam kirgan. 
 
Ajoyib  rus  matematigi,  moliyachisi  va  buxgalteri  N.S.  Lunskiyni  (Rossiya 
moliyaviy menejmentining otasi, XIX asr) takidlashicha moliyaviy matematika oldinlari 
“siyosiy  arifmetika”  nomi  bilan  atalgan.  Ushbu  termin,  taniqli  iqtisodchiy,  klassik 
burjuaziya siyosiy iqtisodi asoschisi U.Petti (1623-1687) tomonidan obixodga kiritilgan
1
.  
N.S.  Lunskiy  “siyosi  arifmetika”  yo’nalishida  bilimni  tartibga  soldi  va  boyitdi  va  u 
moliyaviy matematikaga ko’yidagi tarifni berdi: “oliy moliyaviy hisoblashlar – bu amaliy 
matematikani  tarmog’i  bo’lib,  bu  tarmoq  siyosiy  iqtisod,  statistika  va  moliyaviy 
fanlarning matematik tahlil qilish mumkin bo’lgan tadqiqoilariga bag’ishlanadi”.  
 
Lekin,  Rossiyada  tijorat  arifmetikasi  bo’yicha  rus  tilida  birinchi  qo’llanma 
“Bankirlar,  savdogarlar,  zavodchilar,  fabrikachilar  va  ularni  tarbiyalovchilar  uchun 
savdo-sotiq  arifmetikasi”  1811  yilda  V.  Kryajev  tomonidan  chop  qilingan.  Keyinchalik 
Shteyngauz,  M.  Tsvetkov,  M.  Savinov,  V.  Vladikin,  I.  Xrushev,  F.  Grosskurt,  A. 
                                                           
1
 
Ульям Петтининг “Сиёсий арифметика” асари 1676 йилда ёзилган. Бироқ, бу асар Англия ва Франция ўртасидаги 
сиёсий  муносабатларни  мураккаблиги  муносабати  билан  чоп  этилмаган  эди.  Бошида  бу  китобининг  кўл  ёзмаси 
тарқатилган,  кейинчалик  муаллифни  рухсатисиз  бошқа  ном  билан  чоп  қилинган.  “Сиёсий  арифметика”  китобини 
тўлиғича У. Петтини вафоти сўнг унинг ўғли лорд Шелберн чоп этган
 


 
23 
Prokofev  va  boshqa  mualiflar  kitoblari  chop  kilinadi.  Boshida  chop  qilingan  kitoblar, 
usha  davrning  asosiy  muammosi  bo’lgan  hisob-kitoblarni  tezkor  texnikasini  o’rgatishga 
mo’ljallangan.  Ikkinchi  to’lqin  bilan  chop  qilingan  kitoblar,  tijorat  arifmetikasini 
o’rgatadiganlarga  nisbatan  qiyinroq  bo’lib,  ularni  o’rganuvchilarda  ma’lum  miqdorda 
matematik  tayorgarlik  mavjudligi,  ya’ni  kurs  eshituvchilar  boshlang’ich  algebra,  qayta 
ko’paytirish  nazariyasi,  Nyuton  binomi  va  extimollar  nazariyasining  boshlang’ich 
asoslari bilan tanish bo’lishlari kerak bo’lgan.  
 
Yuqoridagi talablar asosida rus tilida ilk bor chop qilingan kitob G. Brauning 1845 
yilda  chiqqan  “Moliyaviy  hisoblashlar”  asaridir.  Shu  asar  chiqqan  vaqtdan  boshlab, 
moliyaviy  hisob-kitoblar  shartli    ravishda  ikki  yo’nalishga  bo’lindi  deb  xisoblash 
mumkin: 1) tijorat arifmetikasi; 2) oliy moliyaviy hisoblashlar. 
Oddiyroq  tilda  aytganda  tez  hisoblash  va  moliyaviy  operatsiyalarni  baxolash. 
Yanada oddiyroq qilib  aytganda  ta’lim  tizimida  yangi  fan  –  oliy  moliyaviy  xisoblashlar 
paydo  bo’ldi.  Ushbu  fanning  paydo  bo’lishiga  sabab  sifatida  kuyidagilarni  ko’rsatish 
mumkin: 
Birinchidan,  oldin  ta’kidlanganidan  XX  asr  boshida  moliyaviy  operatsiya  va 
bitimlarni  tuzishda  hisob-kitoblarni  tezkorligi  va  aniqligi  dalbzarb  bo’lishi.  Vaqt  bu  pul 
degan  ta’moil  o’sha  paytlarda  paydo  bo’lgan  bo’lsa  ajab  emas.  Barcha  hisob-kitoblar 
hisoblash  texnikasi  yordamida  juda  qisqa  vaqt  ichida  va  aniq  bajarilishini  o’sha  davr 
amaliyotchilari orzu xam qila olmagan bo’lsa kerak.  
Ikkinchidan,  moliyaviy  hisoblashlarni  bajarishda  tez  va  aniq  hisoblash  bilan  bir 
qatorda maxsus bilim va ko’nikmalar zarurligi. 
Uchinchidan,  kam  mexnat  va  vaqt  sarfi  bilan  noma’lum  natijaga  erishish 
maqsadida  hisoblashlarni  soddalashtirish.  Soddalashtirilgan  usul  kunlik  yoki  odatdagi 
hisob-kitoblarni tekshirish uchun xam ko’llanilgan.  
To’rtinchidan,  tijorat  arifmetikasi  xar  qanday  sotuvchi  shaxs,  ayniqsa  boshqa 
mamlakatlar bilan ish yurutuvchilar uchun xaddan tashqari muximligi. Bundan tashqari u 
buxgalteriya  hisobini  o’rganishda  va  turli  moliyaviy  bitimlarni  tuzishda  ularni 
samarsdorligini baxolashda yordam ko’rsatadi, kurslardan aqilona foydalanishga, chet el 
veksellar  bo’yicha  to’lashga  va  olishga  eng  manfaatli  yo’lni  tanlashga,  foizli  qog’ozlar 
bilan  turli  operatsiyalarni  bajarishga,  tovarlarni  turli  bozorlardagi  narxini  farqidan 
foydalanishga imkoniyat yaratadi. 
 
O’z paytida tijorat xisoblashlarni mohiyati va tayinlanishi kanday aniqlangan? Fan 
sifatida u “yangi tarix tongida” Venetsiyada paydo bo’lgan xisoblanadi. O’sha paytlarida 
Venetsiya  savdoning  juda  katta  markazlaridan  biri  bo’lgan.  Savdo  markazini  Evropaga 
siljisi  bilan  tijorat  arifmetikasini  rivojiga  nemis  va  golland  maktablarining  ta’siri 
kuchayib  bordi.  M.S.  Lunskiy  moliyaviy  va  tijorat  xisob-kitoblarining  rivojlanishiga 
asosiy  xissani  nemis,  golland,  frantsuz,  ingiz  olimlarni  ko’shgan  deb  ta’kidlashi  tasodif 
emas
1
.  
 
Tijorat  arifmetikasi  bo’yicha  ilk  mualliflar
2
  uni  fan  emas,  umumiy  arifmetikani 
amaliy  qismi  deb  xisoblashgan,  boshqalari
3
  esa,  teskarisi  –  u  mustaqil  fan  deb 
isbotlashgan. Buxgalteriya hisobi, tijorat arifmetikasi va statistika birgalikda hisob-tahlil 
                                                           
1
 
Лунский Н.С. Лекции по высшим финансовым вычислениям. Часть 1-3 М.: Т-во “Печатная С.П. Яковлева”, 1912
 
2
 
Боболович Ф. Полний учебник коммерческой арифметики. 2-изд., испр. и доп. – М., Типография Г. Лиссенера и А. 
Чешоля, 1902; Ломовисский А.Ф. Курс коммерческих вичислений  (теория и практика) М.; Снобкоопгиз, 1928
 
3
 
Евзлин З.П. Коммерческая арифметика – СП б: Книгоиздательство,1909
 


 
24 
yo’nalishdagi fandir deb hisoblovchilar
4
 xam mavjud bo’lgan. 
 
Kursni  nomi  xam  evolyutsion  o’zgarib  bordi  va  u  1811  –  1870  yillarda  savdo 
arifmetikasi,  1870  yildan  boshlab  tijorat  arifmetikasi  deb  atalgan.  Takidlash  lozimki, 
ikkalasida ham asosiy e’tibor savdoga qaratilgan. 
 
XIX  asr  oxirlariga  kelib  ixtisoslashuvni  kuchayishi  natijasida  va  manfaat  ko’rish 
(yo’qotish) savdodan boshqa tarmoqlarga (masalan, moliyaga) asta-sekin ko’chishi bilan 
tijorat  hisoblashlari  bilan  bir  qatorda  moliyaviy  hisob-kitoblarga  bag’ishlangan  kitoblar 
chop qilina  boshlandi.  A.N.  Glagolev o’z  kitobida
5
  ilk bor  murakkab  foizlar va  rentalar 
nazariyasi, qoplash rejalarni tuzish metodlarini, foizli qog’ozlarni daromadlilik usullarini 
yoritib  beradi.  A.I.  Tolvinskiy,  I.I.  Kaufman,  B.F.  Maleshevskiy,  I.P.  Babenko,  N.S. 
Lunskiy  va  boshqalar  yirik  olimlari  va  mutaxassislar  ushbu  sohani  rivojlanishiga  katta 
hissa qo’shganlar. Ular orasida serxosil mexnati bilan N.S. Lunskiy ajralib turadi. Aynan 
u “oliy moliyaviy hisoblashlar” tushinchasini iste’molga kiritdi. 
  
1917-1980  yillarda  oliy  moliyaviy  hisoblashlar  ancha-muncha  davom  ettirildi. 
Davr idealogiyasiga mos ravishda (1930-1950) oliy moliyaviy hisob-kitoblar – “xo’jalik 
hisoblari” deb nomlanadigan bo’ldi. 1960 yillardan boshlab hisobni mexanizatsiyalash va 
avtomatlashtirish yo’nalishi paydo bo’lishi bilan xo’jalik hisobi kursi o’rniga “IIQIAT – 
iqtisodiy  informatsiyani  qayti  ishlashni  avtomatlashtirilgan  tizimi”  nomli  kurs  o’qitila 
boshlandi. 1990 yillarda bozor iqtisodiyotiga o’tish munosabati bilan yana oliy moliyaviy 
hisob-kitoblar  bo’yicha  darslik,  o’quv  qo’llanma  va  monografiyalar  chop  qilina 
boshlandi. 
 
Umumiy  xolda  oliy  moliyaviy  hisob-kitoblarni  paydo  bo’lish  va  rivojlanishi 
kuyidagi  bosqichlardan  iborat  bo’lishi  mumkin:  birinchi  bosqichda  faqat  tijorat 
arifmetikasi  bilan  yoki  tijorat  xodimlariga  tezkor  hisob-kitoblarni  o’rgatish:  ikkinchi  – 
moliyaviy operatsiyalarni baxolash, yani doimiy to’lovlarni – moliyaviy rentalarni tahlil 
qilish, uchinchi (bizning davr) – to’lov oqimlari (potoklari) tahlili, to’rtinchi (kelgusida) 
– moliyaviy investitsiyalar portfeli va qarzlarni tahlili. 

Download 6,07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   260




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish