Ilm sahroda do’st, hayot yo’llarida tayanch, yolg’izlik



Download 6,07 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/260
Sana25.01.2022
Hajmi6,07 Mb.
#408770
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   260
Bog'liq
Moliya statistikasi darslik




 

 


 

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


 

 
Ilm  sahroda  -  do’st,  hayot  yo’llarida  -  tayanch,  yolg’izlik 
damlarida  -  yo’ldosh,  baxtiyor  daqiqalarda  -  rahbar, 
qayg’uli  onlarda  -  madadkor,  odamlar  orasida  –  zebu 
ziynat, dushmanlarga qarshi - quroldir.  
Hadisdan   
 
KIRISh 
 
Jahon  moliyaviy  va  iqtisodiy  inqirozi  zamonaviy  moliyaviy  operatsiya  va 
bitimlarni  chuqurroq  o’rganish  va  tahlil  qilishning  o’ta  muhimligini  yana  bir  bor 
isbotladi.  Bozor  iqtisodiyotning  dilo’zagi  bo’lgan  moliyaviy  operatsiya  va  bitimlarni 
o’rganishda va tahlil qilishda statistika fani faol qatnashadi. Statistika keng tarmoqli va 
ko’p qirrali fan. Moliya statistikasi uning asosiy tarmoqlaridan hisoblanadi.   
Moliya  statistikasi  xujjatlar  bilan  tasdiqlangan  moliya-iqtisodga  tegishli  turli  
ma’lumot  va  hisoblarga  asoslangan  moliyaviy  operatsiya  va  bitimlarni  mazmuni  va 
tayinlanishi jihatdan sifatan o’rganish, ularni miqdoriy tahlil etish bilan shug’ullanadi. 
Hanuzgacha  statistika  deganda  ko’pchilik  ommaviy  hodisa  va  voqealarni 
ifodalovchi  umumlashtiruvchi  ko’rsatkichlarni  hisoblashni  tushunadi.  Bu  fikrda  ma’lum 
ma’noda  jon  bor.  Lekin,  bozor  iqtisodiyoti  sharoitida,  biz  umuman  bozor  natijalari, 
xususan  moliyaviy  natijalarni  baholashda  individual  ma’lumotlarga  murojaat  qilishga 
majbur  bo’lamiz  va  ular  asosida  xulosalar  chiqaramiz.  Xujjatlarga  asoslangan  xususiy 
ma’lumotlarni  to’plash  va  ular  asosida  hisob-kitoblar  olib  borishni  oliy  moliyaviy  va 
aktuar hisob-kitoblar deyiladi. 
Ushbu  hisob-kitoblar  statistika  fanining  tarkibiy  bir  tarmog’i  bo’lib,  eksport-
import,  investitsiyalar,  kreditlar,  sug’urtalar,  turli  bitimlar,  soliqlar,  bank  va  valyuta 
operatsiyalariga  bog’liq.  Ular  olinadigan  foiz  stavkalarini,  kapital  qo’yilma,  investitsiya 
va  moliyaviy  rentalarini,  qarz,  moliyaviy  risk,  tsessiilar,  xalqaro  trast  operatsiyalar, 
diskret  va  kafolatli,  faktoring  va  forfeyting,  ijara,  lizing,  offshor  va  boshqa 
operatsiyalarni baholashda keng qo’llaniladi. 
Birjalar faoliyatini tahlil qilishda, alohida olingan kompaniya, aktsiya, obligatsiya, 
sotuvchi  va  oluvchi  riskini  va  daromadini  (yoki  yo’qotgan  summasini)  baholashda  oliy 
moliyaviy  va  aktuar  hisob-kitoblar  havodek  zarur  ekanligini  alohida  ta’kidlash  lozim. 
Shu  bilan  birga  ularning  ma’lumotlari  umumlashtiruvchi  moliyaviy  ko’rsatkichlarni 
hisoblashda,  samarador  moliyaviy  sharoitlarni  modellashtirishda  va  moliyaviy  natijalar 
bashoratini tuzishda, moliyaviy riskni oldindan ko’ra bilishda va ularning oldini olishda 
va boshqa moliyaviy qarorlarni qabul qilishda asos bo’lib xizmat qiladi. 
Yuqoridagi  xisob-kitoblarni  amalga  oshirish  va  tahlil  qilib  xulosalar  chiqarish 
ushbu darslikning asosiy vazifasidir.  
Darslik  moliya  va  kredit,  banklar  va  bank  ishi,  xalqaro  valyuta  munosabatlari, 
buxgalteriya hisobi va audit, soliq, sug’urta, marketing, menejment, statistika va boshqa 
iqtisodiy  mutaxassisliklarni o’rganuvchilarga mo’ljallangan. Bu darslikni mutaxasislarni 
tayyorlash  yo’nalishiga  qarab  yozishni,  uning  mazmuni  va  tarkibini,  nazariy  va  amaliy 
(ayrim vaqtlarda tashkiliy) masalalarni yoritishni, printsipal holatlarni tipologik misollar 
yordamida ko’rsatib berishni oldindan belgilab berdi. 


 

Moliya statistikasini o’rganishda o’quvchi ayrim qiyinchiliklarga va qarama-qarshi 
fikr  va  yo’nalishlarga  duch  kelishi  mumkin.  Bu  to’g’rida  o’quvchini  oldindan 
ogohlantirib  qo’ymoqchimiz.  Ushbu  qiyinchiliklar  turli  korxona  va  tashkilotlarni  bozor 
sharoitiga har xil vaqt va sharoitda o’tishi, bir paytning o’zida  xizmatlarning to’liq pullik 
xizmatga  aylantirilishi  va  ayni  vaqtda  imtiyozlarning  saqlab  qolinishi,  bilim,  sog’liqni 
saqlash,  uy-joy  xo’jaliklari  to’g’risidagi  xalq  tushunchalarining  evolyutsiya  yo’li  bilan 
o’zgarishi,  ularning  moliyaviy  faoliyatini  mazmuni  tubdan  o’zgarganligi  va  boshqalar 
bilan  bog’liq.  Shuning  uchun  ham  o’quvchi  faqat  moliyaviy  hisob-kitoblar  metodlarini 
o’rganib  qolmasdan,  ularni  qo’llash  sharoitlarining  o’zgarishini,  xatto  moliyaviy 
masalalar  bo’yicha  qabul  qilinayotgan  qaror  va  qonunlarni  bilishi  va  shu  o’zgarishlarni 
hisobga olgan holda statistik metodlarni qo’llashi kerak. 
Yana  bir  qiyinchilik,  statistikaning  umumiy  metodlari  va  ko’rsatkichlarini 
bilmasdan  turib  muvofaqqiyatga  erishish  mushkul.  Shuning  uchun,  bu  kursni 
o’rganishdan oldin statistika nazariyasi, iqtisodiy statistikani o’rganish taqozo etiladi.  
Darslikning  maqsadi  -  moliya  bozori  ko’rsatkichlarini  hisoblashni  va  ularning 
tarkibini,  dinamikasi,  o’zaro  bog’liqligini  o’rganish,  tahlil  qilishda  maqsadga  muvofiq 
statistik  metodlarini  qo’llash,  hamda  statistik  tahlil  yordamida  mavjud  imkoniyat  va 
ishlatilmayotgan    zahiralarni  aniqlab,  ularni  tezkor  moliya-xo’jalik  oborotiga  kiritish 
yo’llarini o’rgatishdir. 
Darslikdagi  8-bob  i.f.n.  dotsent  J.Jabborova  tomonidan,  6-mavzu    D.Shodieva 
bilan hamkorlikda yozildi, glossariy esa M.Xo’jaeva va J.Majidovlar tomonidan tuzildi.  
Muallif  darslikning  taqrizchilariga  va  uni  nashrga  tayyorlashda  ko’maklashgan 
N.Ikramova 
va 
M.O’g’lonovalarga 
o’z  minnatdorchiligini  bildiradi  hamda 
o’quvchilardan  kitob haqidagi taklif, muloxaza, maslahat va istaklarni kutib qoladi.  
 

Download 6,07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   260




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish