Industrial iqtisodiyot


-jadval 2016 yilda O’zbekiston Respublikasi ijtimoiy-iqtisodiy



Download 10,28 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/259
Sana29.01.2022
Hajmi10,28 Mb.
#418803
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   259
Bog'liq
Индустриал

1-jadval
2016 yilda O’zbekiston Respublikasi ijtimoiy-iqtisodiy 
rivojlanishining asosiy ko’rsatkichlari 
(2015 yilga nisbatan foiz hisobida) 
Ko’rsatkichlar
O’sish sur’atlari
Yalpi ichki mahsulot
107,8 
Sanoat (qurilish bilan) 
106,6 
Qishloq, o’rmon va baliqchilik xo’jaligi 
106,6 
Jami xizmatlar 
112,5 
CHakana savdo aylanmasi
114,4 
O’zlashtirilgan investitsiyalar hajmi 
109,6 
Iqtisodiyotga 16,6 milliard AQSH dollaridan ko’p investitsiya qilindi, yoki 
2015-yilga nisbatan 9,6 foizga ko’pdir. O’zlashtirilgan chet el investitsiya va 
kreditlar hajmi esa 11,3 foizga o’sib, 3,7 milliard dollardan ko’p bo’ldi. 
2016-yilda Investitsiya dasturi doirasida umumiy qiymati 5,2 milliard 
dollarlik 164 yirik ishlab chiqarish ob’ekti ishga tushirildi. Jumladan, Talimarjon 
IESda 450 MVt quvvatli ikkita bug’-gaz turbinasi va Angren IESda ko’mir 
kukunidan foydalanishga mo’ljallangan 130-150 MVt quvvatli energiya bloki 
qurish, Jizzax viloyatidagi tsement zavodi quvvatini kengaytirish, «Indorama 


Qo’qon tekstil» xorijiy korxonasi va «Fanteks» MCHJda yigiruv ishlarini tashkil 
etish, «JM O’zbekiston» aktsiyadorlik jamiyatida «T-250» ruso’midagi yengil 
avtomobillar ishlab chiqarishni tashkil qilish», shu bilan birga «Sirdaryo 
viloyatidagi «Guliston Med Texnika» qo’shma korxonasida steril shpritslar ishlab 
chiqarish" va boshqa loyihalar shular jumlasidandir. 
Bundan tashqari, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish hududiy 
dasturlari doirasida 2016-yilda 28 mingdan ko’p loyiha amalga oshirildi. 
2015-2019-yillarda tayyor mahsulotlar, butlovchi qismlar va materiallar 
ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturiga kiritilgan korxonalar tomonidan 
sanoat mahsulotlarining 80 dan ortiq yangi turi o’zlashtirildi. 2016-yilda 
Mahalliylashtirish 
dasturi 
doirasida 
qiymati 
6145,8 
milliard 
so’mlik 
mahalliylashtirilgan mahsulotlar ishlab chiqarildi va o’sish 2015-yilning shu davriga 
nisbatan 1,5 barobarni, import o’rnini bosish samaradorligi 2,1 milliard dollarni 
tashkil qildi. 
2016-yilda mahalliy xomashyo resurslarini bosqichma-bosqich chuqur qayta 
ishlash va tayyor iste’mol mahsulotlar nomenklaturasini kengaytirish tarmoqlari 
evaziga sanoat mahsulotlarining yuqori o’sish sur’atlariga erishildi. Xususan, 
to’qimachilik buyumlari, kiyim va charm mahsulotlari ishlab chiqarish 111,7 foiz, 
oziq-ovqat mahsulotlari 110,8 foiz, farmatsevtika mahsulot va preparatlari 123,9 
foiz, kimyo mahsulotlari, rezina va plastmassa buyumlari 129,7 foiz, boshqa noruda 
meneral mahsulotlar 113,8 foizga oshdi. 
Sanoatni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilash loyihalari
shuningdeq 2015-2019-yillarda iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohada energiya 
sarfi hajmini qisqartirish, energiya tejaydigan texnologiyalarni joriy etish chora-
tadbirlari dasturining hayotga samarali tatbiq etilishi natijasida respublika YaIMga 
energiya sarfini 7,4 foizga, hamda yirik korxonalarda ishlab chiqarilayotgan 
mahsulotlar tannarxini esa o’tgan yilga nisbatan o’rtacha 10,6 foiz kamaytirishga 
erishildi. 
Iqtisodiyot tarkibida sanoatning rivojlanishi dinamikasidagi muhim o’zgarish 
sifatida korxonalar va ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, texnik va texnologik 
yangilanish asosida sanoatda chuqur tarkibiy o’zgarishlar va diversifikatsiyaning 
amalga oshirilgani hisoblanadi.
Sanoat siyosatidagi asosiy ustuvorlik institutsional islohotlarning sifatini 
oshirish va tadbirkorlik faoliyatiga keng yo’l ochib berish, sanoat ishlab chiqarishni 
modernizatsiyalash va diversifikatsiyalash, inqirozga qarshi chora-tadbirlar dasturi 
doirasida 2008-2016 yillarda mamlakatlarimiz iqtisodiyotining real sektori 
korxonalarini qo’llab-quvvatlash, o’rta va zoq muddatda sanoatni rivojlantirish 
bo’yicha dasturiy chora-tadbirlarni amalga oshirishga qaratildi. 


Ayni vaqtda mamlakatimiz bosib o’tgan taraqqiyot yo’lining chuqur tahlili, 
bugungi kunda jahon bozori kon’yunkturasi keskin o’zgarib, globallashuv sharoitida 
raqobat tobora kuchayib borayotgani davlatimizni yanada barqaror va jadal sur’atlar 
bilan rivojlantirish uchun mutlaqo yangicha yondashuv hamda tamoyillarni ishlab 
chiqish va ro’yobga chiqarishni taqozo etmoqda. 
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning mamlakatimizni 
2016 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017 yilga 
mo’ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo’nalishlariga 
bag’ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma’ro’zasida 
2017-2021 yillarda O’zbekistonni yanada rivojlantirish bo’yicha Harakat 
strategiyasi loyihasini keng muhokama qilish davomida kelib tushgan takliflarni 
inobatga olgan holda, 2017 yil uchun mo’ljallangan iqtisodiy va ijtimoiy dasturning 
eng muhim ustuvor vazifalarini belgilash taklifi berildi. Davlat rahbari tomonidan 
“Aynan ana shu eng muhim vazifalar iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishning 
asosiy yo’nalishlari va ustuvor vazifalariga jiddiy o’zgartirishlar kiritish uchun 
poydevor bo’lishi kerak.”-deb ta’kidlab o’tildi
1
.
Poydevor 
sifatida 
esa 
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti SH. 
Mirziyoevtomonidan qabul qilingan “O’zbekiston Respublikasini yanada 
rivojlantirish bo’yicha harakatlar strategiyasi to’g’risida”gi Farmonida olib 
borilayotgan islohotlar samarasini yanada oshirish, davlat va jamiyatning har 
tomonlama va jadal rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratish, mamlakatimizni 
modernizatsiya qilish hamda hayotning barcha sohalarini liberallashtirish bo’yicha 
ustuvor yo’nalishlarni amalga oshirish maqsadida 2017 - 2021 yillarda O’zbekiston 
Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar 
strategiyasi tasdiqlandi
2
. Ushbu Harakatlar strategiyasida iqtisodiyotni rivojlantirish 
va liberallashtirishning ustuvor yo’nalishlari alohida muhim o’rin egallaydi.
Sanoat ishlab chiqarishini diversifikatsiyalash maqsadida 2006 yildan 
boshlab, sanoatning eng muhim 14 tarmog’ida, xususan elektroenergetika, qora va 
rangli metolurgiya, neftььgaz, kimyo, avtomobilь, paxta tozalash, yengil sanoat, 
charm poyabzal, yog’ moy va farmotsevtika hamda qurilish mahsulotlarini ishlab 
chiqarishda modernizatsiya, texnik va texnologik yangilanish dasturlari qabul 
qilindi va amalga oshirildi. 
O’z vaqtida qabul qilingan chora-tadbirlar pirovardida jahon moliyaviy-
iqtisodiyot ta’siri nafaqat oldi olindi, balki inqirozdan keyingi davrda barqaror 
1
Ш. Мирзиёев. Танқидий таҳлил, қатъий тартиб-интизом ва шахсий жавобгарлик – ҳар бир раҳбар фаолиятининг кундалик 
қоидаси бўлиши керак.// Халқ сўзи. 15 январ 2017 йил. 
2
ЎзбекистонРеспубликаси Президентининг“Ўзбекистон Республикасини янада ривожлантириш бўйича ҳаракатлар 
стратегияси тўғрисида”гиПФ-4947-сонли 
Фармони
. // Халқ сўзи. 8 феврал 2017 йил. 


sur’atlarda rivojlanish uchun zarur shart-sharoit yaratishga xizmat qildi. Bu esa, 
sanoat ishlab chiqarishi rivojlanishining sifatini oshirish uchun ijobiy omil bo’ldi. 
Optimal iqtisodiyot tarkibida yuqori qo’shilgan qiymatga ega ishlab chiqarish 
va yangi texnologik ishlab chiqarishning ulushi eksportga yo’naltirilgan qazib 
chiqarish sanoatining ulushidan yuqori bo’lishi lozim.

Download 10,28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   259




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish