Inflatsiyaning mohiyati va kelib chiqish sabablari



Download 484,7 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/12
Sana25.06.2022
Hajmi484,7 Kb.
#703497
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM 
VAZIRLIGI 
 
QARSHI MUHANDISLIK IQTISODIYOT INTITUTI 
 
“IQTISODIYOT’’ FAKULTETI 
 
“INNOVATSION IQTISODIYOT” KAFEDRASI 
“MAKROIQTISODIYOT” FANIDAN 
 
Kurs ishi 
Mavzu: O`zbekiston Respublikasi iqtisodiyotidagi inflatsiya tahlili 
Bajardi: Jo’rayev Farrux
Iqtisodiyot yo’nalishi 
162-19-guruh talabasi 
Ilmiy Rahbar: Xusainov Oybek
Qmii “Innovatsion iqtisodiyot” 
kafedrasi katta o’qituvchisi 
Qarshi-2021 



Mavzu: O`zbekiston Respublikasi iqtisodiyotidagi inflatsiya tahlili 
Mundarija 
Kirish
Asosiy qism
1. Inflyatsiya haqida nazariy tushuncha.
2. Inflyatsiyaning turlari va kelib chiqishi.
3. Inflyatsiya davrida pul muomalasini barqarorlashtirish usullari. 
4. O`zbekiston Respublikasi iqtisodiyotida inflatsiyaning ahamiyati va unga 
ko`rilayotgan chora tadbirlar. 
5.
Xorijiy mamlakatlarda inflatsiyaga qarshi kurashish siyosati
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati



Kirish 
 
Inflyatsiyaning har tomonlama avj olib ketishi mamlakatda sotsial va iqtisodiy 
jihatdan qarama-qarshiliklar yuzaga kelishiga olib keladi. Shuning uchun davlat 
inflyatsiyaning oldini olish, pul muomalasini barqarorlashtirish chora – tadbirlari 
ishlab chiqadi. Inflyatsiyaga qarshi kurashning asosiy shakllari: inflyatsiyaga 
qarshi siyosat va pul islohoti hisoblanadi. Oldingi markazlashgan, rejali 
boshqaruvga asoslangan iqtisodiy tizimda pul muomalasi rejalashtirish asosida 
boshqarib kelingan. Aholining daromadi va harajatlarini davlat tomonidan 
muvofiqlashtirib turilgan. Tovar ishlab chiqarishni kengaytirish, aholiga kreditga 
tovar berish, baholar tizimini o’zgartirib turish va hakazolar. Barcha jarayonlar 
davlat tomonidan boshqarilgani uchun pul muomalasi qonuni buzilganda davlat o’z 
vakolati doirasida narxlarni o’zgartirish yo’li bilan, pul reformasi bilan pul 
muomalasini tartibga solib kelgan.
Hozirgi zamon inflyatsiyasi nafaqat tovarlar va xizmatlarga bo`lgan baholarni 
muntazam o`sishi natijasida pulning sotib olish qobiliyatini pasayishi bilan bir 
qatorda ishlab chiqarish jarayonidagi nomutanosiblik, pul muomalasi, moliya 
hamda kredit sohasidagi salbiy omillar bilan tasniflanadi.
Inflyatsiyaning yuzaga chiqishining asosiy sabablari bo`lib iqtisodiyot 
tarmoqlari, jamg`arma va iste`mol, talab va taklif, davlat daromadlari va 
xarajatlari, xo`jaliklarning pul massasi va unga bo`lgan talabi o`rtasidagi 
mutanosiblik hamda markaziy bankning kredit ekspansiyasi hisoblanadi. Ushbu 
ta`kidlab o`tgan omillar o`z mohiyatiga asosan inflyatsiyaga, uning darajasiga 
turlicha ta`sir etishi mumkin. 
Iqtisodiyotimizning jahon xo`jalik va iqtisodiy-moliyaviy tizimiga 
integratsiyalashuv jarayoni tobora chuqurlashib borayotganini inobatga oladigan 
bo`lsak, jahon moliyaviy inqirozi, avvalo uning oqibatlari bizga ham salbiy ta`sir 
ko`rsatayotgani haqida gapirib o`tirishning hech qanday zarurati bo`lmasa kerak, 
deb o`ylayman. 



Avvalo, 
inflyasiyani 
jilovlamasdan 
turib, 
makroiqtisodiy 
barqarorlikka erishish mumkin emas. 
Jahon tajribasini puxta o‘rganib, xalqaro ekspertlarni jalb etgan 
holda, monetar siyosatni takomillashtirish va narx-navo barqarorligini 
ta’minlash konsepsiyasini ishlab chiqishimiz zarur.
1
Tarix xaqiqatda ham bu so`zning har tomonlama xavfli ekanligini kursatdi. 
Chunki inflyatsiya qandaydir aloxida olingan bozorda tovarlar va xizmatlar 
narxining o`sishidangina iborat bulmasdan, bu umumiqtisod uchun xavfli 
hodisadir. Inflyatsiya so`zining iqtisodiy manosi - muomalada mavjud bulgan 
tovarlar va ularning bahosiga nisbatan kup pul chikarish dеgan ma'noni anglatadi
Oxirgi yillarda inflyatsiya tеz-tеz uchrab turadigan jarayon bulib sifati ham 
uzgarib bormokda. Buning sababi shundaki, hozirgi kunlardagi inflyatsiya: 
birinchidan, uzluksiz baholarning oshishiga; ikkinchidan pul muomalasi 
konunining buzilishi natijasida umumxujalik mеxanizmining ishdan chikishiga 
olib kеladi 
Inflyatsiyaning asosiy sababi - bu xalk xujaligining turli sohalari urtasida 
vujudga kеlgan nomutanosiblikdir. Bu avvalam bor jamgarma va istе'mol 
urtasidasidagi, talab va taklif, davlatning daromaddari va xarajatlari urtasidagi 
muomaladagi pul massasi va 
xujaliklarning nakd pulga bulgan 
talabi 
urtasidagi 
nomutannosibliklardan iboratdir. 
Inflyatsiyani yuzaga kеltiruvchi 
omillarga 
karab 
uning 
sabablarini 
ichki 
va 
tashki 
sabablarga 
bulish 
mumkin. 
Inflyatsiyaning ichki omillari 
1
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojatnomasini o`rganish va keng 
jamoatchilik o`rtasida targ`ib etishga bag`ishlangan ilmiy-ommabop qo`llanma 
[Matn]. – Т.: «Ma`naviyat», 2019. – 
312 bet



monеtar-pul siyosati bilan va xujalkk faoliyati bilan boglik turlariga bulinadi. 
Inflyatsiyaning tashki omillariga jahon iktisodida bulgan krizislar, (xom-ashyo, 
yokilgi, valyuta buyicha) davlatning valyuta siyosati, davlatning boshka davlatlar 
bilan tashki iktisodiy faoliyati, oltin va valyuta zaqiralari bilan buladigan 
nokonuniy opеratsiyalar va boshkalar bulishi mumkin.

Download 484,7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish