Insonning ma'naviy kamolotida falsafiy dunyoqarashning roli Agar falsafa so‘zining kelib chiqishi (etimologiyasi)ga e'tibor bersak, uning yunon tilidagi tarjimasi «donolikni sevaman»



Download 94,68 Kb.
bet31/34
Sana30.04.2022
Hajmi94,68 Kb.
#595451
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   34
Bog'liq
13--Etikaning zamonaviy muammolariga diniy va ilmiy yondashuvlar

Dao - abadiy yo'l


Xitoyning yana birining yana bir dini - Bu taomat. Dao - abadiy yo'lhar bir er yuzida yashovchi har bir narsani harakatlantiradi. Ushbu dinni tan olishning asosiy maqsadi - Tao - noma'lum, kosmik, universal narsa. U bilan uyg'unlikda birlashish va inoyat va fazilatga o'tish. Feng Shuining falsafasi bizning kunimizda taoizmda tobora ommalashib bormoqda. Bu, shuningdek, ba'zi jang san'atlarini o'z ichiga olishi mumkin (bu sharqiy jang san'atida - bu nafaqat omon qolish usuli, balki hayotning axloqiy falsafasi, balki axloqiy falsafa, balki butun omon qolish usuli, balki butun omon qolish usuli, balki butun hayotning axloqiy falsafasi va an'anaviy tibbiyot. Hozirgi kunda ko'plab giyohvand moddalar, din Tao-da e'tirof etuvchi qadimgi Asteromovning retseptlari bo'yicha ko'plab dorilar yaratildi.
27. Zardushtiylikning vujudga kelishi
Bundan qariyb 2600 yil muqaddam hozirgi Markaziy Osis hududida uluG’ tarixiy shaxs - ilohiyotchi, faylasuf, shoir va tabiatshunos olim, jahon xalqlariga vatandoshimiz -Zardusht Sepitoma dunyoga kelgan edi (miloddan avval-gi 589—512 yillar).
Diniy rivoyatlarga qaraganda, Zardusht Navruz kunlarining birida kohinlar boshchiligida muqaddas ichimlik bulgan «Xaoma» tayyorlashga kirishgan. Erta tong pallasida u daryodan suv olish uchun qirg’oqqa tushgan. Suv olib bo’lgach, bir yo’la tahoratini yangilayotgan Zardushtning ko’ziga qirg’oqda turgan porloq xilqat -«Voxumana» kurinadi va uning sehrli nuriga ergashadi. Nihoyat, u ezgu va ulug’ xudo Axuramazda huzuriga boradi.
Axuramazda o’zining butun borliqni yaratgan xudo ekani haqidagi xabarni bildirish uchun odamlar orasidan Zardushtni tanlaganini aytadi. (Bu vaqtda Zardusht 40 yoshga tulgan yedi). Shu kundan boshlab Zardusht Axuramazda dinining payg’ambariga aylanadi. Endi u o’z qavmlari orasida Axuramzada dinini targ’ib eta boshlaydi. Buning uchun u «Gatlar» (Xatlar) deb atalgan, qo’shiq qilib aytishga muljallangan shs’rlar yaratadi.
40 yoshida Zardusht avvalgi ko’pxudochilik diniy tasavvurlariga hamda tabiat hodisalariga sig’inish e’tiqodlariga qarshi chiqib, yakkaxudochilikka asoslangan kitobiy din - Zardushtiylik dinini yaratgan. Zardusht dastlab mahalliy qabilaviy dinlarning rohiblaridan biri edi.
Ayni paytda, Zardusht yashagan zamon ibtidoiy munosabatlar o’rnini sinfiy jamiyat, qadimiy davlatchilik asoslari egallayotgan, biroq, mahalliy-qabilaviy dinlar jamiyat taraqqiyotining bu yangi bosqichiga to’sqinlik qiluvchi kuchga aylanib qolgan davr edi. Jamiyat taraqqiyotining yangi bosqichi o’zining to’la shakllanishi uchun kuchli mafkuraga muhtoj edi. Bundan tashqari, bu murakkab davrda o’lkaning turli qabilalarini birlashtirish va ularni ilk markazlashgan davlatchilik g’oyasi atrofida uyushtirish zaruriyati ham tugilgan edi. Zardusht yashagan davr Janubi-G’arbiy va Markaziy Osiyoda ko’ch-manchilikka asoslangan turmush tarzi inqirozga uchrayotgani, u o’troqlik turmush tarzi qaror topayotgani, sug’oriladigan dshqonchilik hamda chorvachilik, hunarmandchilik keng taraqqiy yetayotgani, yangi shaharlar, qishloqlar bunyod bo’laytganligi, utroqlik turmush tarzi har jihatdan afzal kurinishi bilan ham xarakterli edi. Sundhay turmush tarzini barqaror qilish, odamlarga, xalqlarga g’oyatda kulfat keltirayotgan hamda aksariyat bosqinchilik tusini olgan kuchmanchilikka qarshi kurash habiy ehtiyojga aylangan edi. Bu ehtiyojni hammadan ko’p anglab yetgan donishmand Zardusht bo’ldi. U inqirozdan qutulish, xalqlar, qabilalarni birlashtirib, yagona davlatchilikka erishishning birdan-bir yo’li — bu yakkaxudolikka o’tishdan iborat deb bildi va butun ongli faoliyatini, hayotini ana shu muqaddas ishga bag’ishladi, shu muqaddas maqsad yo’lidagi kurashda halok buldi.
Yagona xudoga ishonishgina jamiyatni yangi taraqqiyot bosqichiga ko’tara oladi, deb hisoblardi Zardusht.
Zardushtiylikning vatani Markaziy Osiyodir. Bu faktning tug’riligini bu dinning muqaddas kitobi
- «Avesto» ham isbotlaydi. Chunonchi, bu dinning muqaddas kitobi — «Avesto»da yakkayu-yagona xudo Axu-ramazda yaratgan 16 mamlakatdan 9 tasining nomi Janubi-G’arbiy va Markaziy Osiyodagi viloyat va shaharlardir. 2 tasi afsonaviy bo’lsa, qolgan 5 tasi Hindiston, Ozarbayjon va Armaniston hududlariga to’g’ri keladi.
Axuramazdaning rasmiy tus olishiga qadar uning Zardusht orqali vahiy qilingan ilohiy xabarlari Turon va Eron zamini xalqlari orasida asrlar davomida turli diniy marosimlar, duolar, madhlar, sura va oyatlar sifatida yig’ila boshlagan. Bular Zardushtning o’limidan keyin muqaddas kitobga to’plangan va bu kitob «Avesto» deb atalgan (o’rnatilgan, qat’iy qilib belgilangan qonun-qoidalar)1.
«Avesto» haqida buyuk olim Abu Rayhon Beruniy-ning «O’tmish xalqlardan qolgan yodgorliklar» nomli asarida yozib qoldirilgan. Jumladan, bu asardagi quyidagi fikrlar diqqatga sazovordir: «Podshoh Doro ibn Doro xazinasida 12 ming qoramol terisiga tillo bilan bitilgan bir nusxasi bor yedi. Iskandar (A.Makedonskiy) otashxonalarni vayron qilib, ularda xizmat yetuvchilarni o’ldirgan vaqtda uni kuydirib yubordi. Shuning uchun Avestoning beshdan uchi yuqolib ketdi».

Download 94,68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish