Internet tarmog`ining axborot va kommunikatsiya xizmatlari; Internet yaratilishi tarixi; Internetni nimalar tashkil etadi ?



Download 276 Kb.
bet5/34
Sana09.07.2021
Hajmi276 Kb.
#113584
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34
Bog'liq
Маъруза №1 t

1969 yil 29 oktabr kuni Internet yaratilishining birinchi kuni deb hisoblanadi.

Ushbu tarmoq harbiy ilmiy-tadqiqot va o`quv muassasalari kompyuterlarini birlashtirib, uchinchi jahon urushi boshlangan taqdirda aloqa vositasi sifatida ishlatilishi ko`zda tutilgan edi. Keyingi yillarda ARPANet tarmog`iga ulangan kompyuterlar soni oshib bordi. ARPANet tarmog`i bilan bir vaqtda boshqa kompyuter tarmoqlari ham rivojlandilar. Ushbu tarmoqlardagi muammolar shunda ediki, ular turli tamoyillar asosida ishlar edilar. Ularni birgalikda ishlashlari uchun umumiy tarmoq qoidalari, protokollarini ishlab chiqish zarur edi.

1971 yilda ARPANetga ulangan tadqiqod tashkilotlarining soni 15 taga yetdi. Loyiha g`oyasi muvaffaqiyatli amalga oshishi natijasida keyinchalik tarmoqqa boshqa kompyuterlar ham bog`lanishi mumkin bo`ldi. 1972 yilga kelib tarmoqqa ulangan kompyuterlar soni ikki barobar oshdi. 40 ta kompyuter markazlari endi o`zaro axborot almashishldari, elektro-pochta orqali xat jo`natishlari, bir necha yuz va hatto minglab kilometrli masofadan turib muloqot seanslarini tashkil etishlari va bunda fayl ma’lumotlarini almashish imkoni yaratildi. Loyihaning asosiy g`oyasi markazlashtirilgan boshqaruvning yo`qligidan va tarmoq har bir segmentining to`liq mustaqilligiga erishishdan iborat edi. Тarmoqqa ulangan kompyuterlarga aloqani qo`llab-quvvatlash va uni nazorat qilish ma’suliyati ham yuklangan edi. Asosiy tamoyil – har bir kompyuter hohlagan vaqtda teng kuchli boshqa bir kompyuter bilan bog`lanishi mumkinligidan iborat edi.

1972 yilning oktabr oyida Robert Kan kompyuter kommunikatsiyalariga bag`ishlangan xalqaro konferensiyada ARPANet tarmog`ini namoyish etadi. Bu yangi tarmoq texnologiyalarining ilk bor tomoshabinlarga namoyishi edi.

O`sha 1972 yilda eng birinchi tarmoq xizmatini qo`llab-quvvatlovchi elektron pochta dasturi ishlab chiqildi. Elektron pochta manzilini aniqlashda ishlatiladigan @ belgisi kiritildi.

1973 yilda INTERNETTING PROJECT (tarmoqlarni birlashtirish loyihasi) loyihasi bo`yicha ishlar boshlanib ketadi. Ushbu loyihaning rahbari Robert Kan tarmoqning ochiq arxitekturasi g`oyasini ilgari suradi. Ochiq tarmoq arxitekturasida ixtiyoriy ulanadigan tarmoq alohida loyialashtirilishi va ishlab chiqilishi mumkin. Loyiha badjarilishi davomida ochiq tarmoq doirasidagi talablarga javob beradigan protokol ishlab chiqildi. Ushbu protokol keyinchalik TCP/IP (Transmission Control Protocol/Internet Protocol – uzatishni boshqarish protokoli/tarmoqlararo protokol) nomi bilan mashhur bo`ldi. Ushbu protokolning asosini Robert Kan quyidagi to`rtta tamoyil tashkil etishini ko`rsatib berdi:



  1. Internet tarmog`iga ulanishda ulanadigan tarmoq ichida boshqa qayta sozlashlar va qurilmalarni o`zgartirish amalga oshirilmasligi lozim.;

  2. agar biror paket o`z manziliga yetib kelmasa, paketni jo`natuvchi uni takroran jo`natishi zarur;

  3. tarmoqlarni birlashtirish uchun sodda bo`lgan qora qutilardan (shlyuzlar, marshrutizatorlardan) foydalanish zarur.;

  4. global tarmoqni boshqarish uchun umumiy, yagona tizim bulmasligi kerak..

1973 yilda tarmoqqa London University College va Norvegiyadagi Oslo shahri Royal Radar Estabilishment markazlarining kompyuterlari ham ulandi.

1974 yilda ARPANet tarmog`ining dastlabki tijoriy versiyasi – Telnet tarmog`i yaratildi.

1974 yil DARPA tasarrufida tashkil etilgan Internet tarmog`i ishchi guruhi (Internet Network Working Group - INWG), Vinton Serf rahbarligida ma’lumotlar uzatish va tarmoqlarni birlashtirishning universal protokoli, keyinchalik Internet “yuragi” deb nom olgan Transmission Control Protocol/Internet Protocol (TCP/IP) protokolini ishlab chiqdi..

1980 yil INWG Vinton Serf rahbarligida TCP/IP protokolini standart deb e’lon qilib, mavjud tarmoqlarni ushbu protokol asosida birlashtirish rejasini va ularning quyidagi tamoyillarini taqdim etdi.:



  • Тarmoqlar o`zaro TCP/IP protokoli bo`yicha ma’lumot almashadilar.

  • Тarmoqlar maxsus “shlyuzlar” (gateway) asosida birlashtiriladilar.

  • Тarmoqqa ulangan barcha kompyuterlar adreslashning yagona metodidan foydalanadilar.

1982 yilda TCP/IP protokollarining yaratilishi va ularning1983 yilning 1 yanvaridan joriy etilishi natijasida tarmoq tugunlari bo`yicha kafolatli axborot almashinuvi mana shu maxsus bayonnomalar orqali ta’minlandi. IP protokoli tarmoq ishini tashkil qilish qoidalari to`plamidan iborat. Bu qoidalar yordamida tarmoqda IP-paketlar almashinuvini tashkil qilish amalga oshiriladi. Тarmoq bo`yicha ma’lumot uzatishda kompyuter ma’lumotni qandaydir IP-“konvert”ga joylashi va bu “konvert” ustiga ma’lumot jo`natiladigan tarmoqdagi aniq manzilni yozib, uni tarmoq bo`yicha uzatilishini ta’minlashi kerak edi. Lekin shunday bo`lsa-da bunday qoida va qarorlarning joriy etilishi ishonchlilik masalasida ularning yanada mukammalashtirilishini taqozo etardi. Хalqaro Standartlashtirish Тashkiloti – ISO (Organization for International Standartization) buning uchun bir necha yil davomida kompyuter tarmoqlarida axborot almashinuvi bo`yicha yagona standartlar ishlab chiqishiga to`g`ri keldi. Bulardan tashqari standart talabiga javob beradigan fayllarni tarmoq bo`yicha uzatish (– File Transfer Protocol), masofadan turib dasturlarni ishga tushirish (Telnet) va pochta ma’lumotlarini ayirboshlash uchun (SMTP-Simple Mail Transfer Protocol) qoidalar to`plamidan iborat protokollar ishlab chiqildi.

1983 yilda DARPA ARPANet tarmog`idagi barcha kompyuterlar uchun TCP/IP protokolidan foydalanish majburiyligini talab qildi. Buning asosida AQSh Mudofaa Vazirligi tarmog`i ikki qismga: alohida harbiy maqsadlar uchun – MILNET va tadqiqot maqsadlari uchun ARPANET ajraldi.

1983 yil 1 yanvardan ARPANet tarmog`idagi barcha kompyuterlar TCP/IP protokoliga o`tdilar. Shunday qilib standart ma’lumotlar uzatish protokoli asosida Internet tarmog`i keng ko`lamda rivojlanishi imkoniyatlari kengaytirildi.

1983 yilda faqatgina harbiy tashkilotlarga xizmat ko`rsatish maqsadida ARPANet dan MilNet tarmog`i ajralib chiqdi. ARPANet ning qolgan qismi esa bosqichma-bosqich 1980 yilda tashkil topgan NSFNet (NSF - National Science Foundation – Milliy ilmiy Fond) tarmog`iga ulandi. 1990 yilga kelib bu ulanish to`liq tugallandi. O`sha yili Federal Networking Council (Informatsion tarmoqlar bo`yicha muvofiqlashtiruvchi Federal Kengash) Internetga ulanish uchun albatta AQSh davlat organlaridan birining ruhsatini olish kerakligi haqidagi talabni bekor qildi. Bu talabning bekor qilinishi Internetni tijorat sohasidagi imkoniyatni yanada oshirdi, sababi, endilikda turli kompaniya yoki tashkilot ko`ngilli ravishda Internetga ulanishi mumkin edi. Agar avval Internetga faqatgina informatika sohasidagi tadqiqodchilar, vakolatga ega bo`lgan davlat organlari ulangan bo`lsalar, endilikda NSF Internetga ta’lim muassasalarining ulanishlariga mablag` ajratib tarmoq imkoniyatini tobora kengaytirishga muvaffaq bo`ldi.

1983 yilda tarmoqqa ulangan kompyuterlar soni 500 tadan oshgan bo`lsa, keyingi yilda ularning soni 1000 ga yetdi. 1985 yilda tarmoq kanallari bo`yicha ma’lumot uzatilishi tezligi 56 kb/sek dan 1.5Mb/sek gacha oshirilishi ma’lumotlar uzatilishini yanada tezlashtirdi. 1988 yilga kelib tarmoqqa ulangan kompyuterlar soni 50 000 taga yetdi.

Umuman 1981-1990 yillar oralig`ida TCP/IP protokoli qabul qilindi, Mudofaa Vazirligi ARPANet asosida o`z tarmog`ini yaratish bo`yicha qaror qabul qildi. ARPANet tarmog`i ikkiga ajraldi: ARPANet va MILNet. Domenli nomlar tizimi Domain Name System (DNS) kiritildi, Тarmoqdagi xost kompyuterlar soni 100 000 taga yetdi.

1989 yilda Shveysariyaning Syurix shahridagi Yevropa fizika laboratoriyasi (CERN ) xodimi Тim Berners-Li (keyinchalik “Internet otasi” nomini olgan) tomonidan gipertekstli hujjatlarni tayyorlashga mo`ljallangan HTML (Hypertext Mark-up Language – gipertekstli hujjatlarni belgilash tili) tilining va bu hujjatlarni tarmoq bo`yicha uzatish protokoli HTTP (Hypertext transfer protocol) ning yaratilishi tarmoq uchun Veb-sahifalar yaratish texnologiyasiga asos bo`ldi. Bu esa 1991 yilda Internetning WWW (World Wide Web – butun dunyo o`rgimchak to`ri) xizmati protokoli yaratilishiga olib keldi. Ushbu protokol fiziklar o`rtasida tarmoq bo`yicha ma’lumotlarni uzatish va almashishga yo`naltirilgan edi. Bu paytda Internet tarmog`i bo`yicha joriy etiladigan dastlabki kompyuter viruslari paydo bo`ldi. 1992 yilning 1 yanvarida rasmiy ravishda Internet hamjamiyatiga asos solinganligi ma’lum qilindi. O`sha yili Internet tarmog`iga tezligi bir million op/sek bo`lgan server kompyuteri ulanganligi e’tirof etildi.


Download 276 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish