Iqtisodiy statistika



Download 27,89 Mb.
bet11/203
Sana01.09.2022
Hajmi27,89 Mb.
#848017
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   203
Bog'liq
Iqtisodiy statistika (H.Nabiyev, D.Nabiyev)

Makro va mikro iqtisodiyotning o ‘zini-o‘zi boshqarish
A.Smit iqtisodiyotni boshqarishda davlat emas, balki iqtisodiyotning o'zi asosiy rol o'ynaydi deb hisoblagan. XVIII asr merkontilizmi o 'm iga kelgan, iqtisodiy liberalizm g'oyalari to'liq va chuqur A.Smit asarlarida yoritilgan, bular ichida uning taniqli asari «Xalqlar boyligi sabablari va uning tabiati tadqiqoti»(1776-y.)ni keltirish mumkin.
Bozor o 'zini-o'zi tartibga tushirib turadi degan g'oyani ilgari surib, u «ko'zga ko'rinm aydigan qo'l, davlatning hech qanday aralashuvisiz tadbirkorlarni o 'z m anfaatlari yo'lida jamiyatga kerak bo'lgan tovarlarni ishlab chiqa­ rishga majbur etadi» deb uqtirdi. A.Smit fikricha, davlat iqtisodiyotga qancha kam aralashsa, uning samaradorligi shuncha ortadi. Ozod raqobat davrida bu fikr m a’lum obyektiv asosga ega bo'ldi, chunki bu davrda bozor iqtiso-


1 Лифшиц А. Государство и рыночная экономика //Российское эко­ номический журнал.-1992.-№ 11 .-С. 125.


www.ziyouz.com kutubxonasi

diyoti o 'z funksiyasini samarali qilib bajardi.
A.Smit siyosiy iqtisodning subyektiv neoklassik yo'nalishini (XIX asrning 70-yillarida paydo bo'lgan) qo'llab-quw atlagan safdoshlariga ham ega bo'lgan: bular taniqli iqtisodchilar: K.Menger, F.Vizer, E.Bem-Baverk. U.Djevons, L.Valras, V.Pareto, Dj.B.Klark va A.Marshall. U lar mikrodarajada tadbirkorlarni ozod raqobat davrida faoliyat yuritadigan optimal rejimni aniqlashga, harakat qildi- lar. Davlatga esa ular ikkinchi darajali o'rinni berdilar va uni m a’lum ekstremal sharoitda iqtisodiyotga aralashishi mumkin deb ko'rsatdilar.
A.Sm itning g'oyasi hozirgi monopolizm davriga to'g'ri kelmasa ham , uning ba’zi fikr-mulohazalari zamonaviy neoklassik nazariya tarafdorlari (monetarizm, ratsional kut- ish, takliflar) tom onidan qayta ishlab chiqilmoqda. Bu nazariya tarafdorlari (M .Fridm an, Dj.Xiks, R.Solou,
I. Fisher) keysianlik qarashlariga qarshi bo'lib, o 'z in i-o 'z i boshqaruvchi kapitalistik bozor xo'jaligiga alohida qat’iylik m ansub bo'lib, unga davlatning aralashuvi hojati yo'q deb qaraydilar. Ularning Fikricha tadbirkorlardan olinadigan soliqlarni kamaytirish, foydali biznes uchun boshqa sharoit- lar yaratish (budjet defitsitini pasaytirish, bahoni er- kinlashtirish, ortiqcha pul emissiyasiga yo'l qo'ymaslik), shuningdek, fuqarolik va ijtimoiy choralar uchun xarajat - larni kamaytirish, xususan, minimal ish haqqini belgila- maslikka chaqiradilar
Pulning rolini oshirib, monetaristlar davlatni faqat pul emissiyasini va kreditni boshqarishi mumkin deb uqtiradilar.
M onetarizm g'oyalari (M .Fridman va boshqalar) ba’zi m am lakatlarda 1980—1990-yillarda amalga oshirilgan iqtiso­ diy yo'nalishlarda o 'z aksini topdi. Eng yaqqol ravishda bu
g'oya «tetcherizm (Angliya)da» va «reygonomika


www.ziyouz.com kutubxonasi

(AQSH)da», Cxili, Isroil, shuningdek, Rossiyada va boshqa sobiq sotsialistik mamlakatlarda ko'rildi.
Mikro va makroiqtisodiyotni bozor elementlarini qo‘llagan holda markaziy rejalashtirish va tartibga solish. Iqtisodiyotni markaziy rejalashtirish va tartibga solishda va unda xalq xo'jaligida kengaygan takror ishlab chiqarish nis- batlarini o'rnatish va saqlab turish yuqoridan berilgan ko'rsatkichlar asosida amalga oshiriladi. Bunday usul SSSR davrida, ayniqsa, besh yillik rejalar tuzilgan davrlarda qo'llaniladi. Bunda sanoat, qishloq xo'jaligi va boshqa tar- moqlarni markaziy rejalashtirish ishlari bozor munosabat- larining alohida olingan elementlari bilan to 'ld irar edi. Bunga misol sifatida 1920-yillarda qo'llanilgan yangi iqtisodiy siyo- satni keltirish mumkin.
1960-yillarda SSSRda iqtisodiy islohotlar. o'tkazilish davrida korxonalarga o'z foydalari hisobidan ishlab chiqa­ rishni rivojlantirish fondlarini, ijtimoiy-madaniy fondlarni va moddiy manfaatdorlikni ta’minlash uchun ruxsat berildi.
1970-yillarda sanoat, qishloq xo'jaligi va boshqa tarm oq- larda xo'jalik hisobini ta’minlashda bozor usullarini qo'llash kuchaydi. Ammo bular ham administrativ-buyruq va markazdan taqsimlash usulini o'zgartira olmadi. Faqat 1980- yillar amalga oshirilish jarayonida asta-sekin bozor iqtisodi­ yotiga o'taborildi va shunga mos ravishda davlatning roli ham o'zgarib bordi.
Kapitalistik davlatlarda davlatning roli, ayniqsa, AQSHda 1929—1933-yillar krizisidan so'ng kuchaytirildi. Bu sohadagi amaliy ishlar Keysianlik g'oyalarini amalga oshirish bilan birga olib borildi va uning nomi «Ruzveltning yangi kursi» deb ataldi. Markaziy zveno sifatida bu ishda davlatning iqti- sodiyotdagi roli quyidagi sohalarda davlatning krizisga qarshi
siyosatini amalga oshirishda, ishlab chiqarishning pasayishi


natijasida ko‘rilgan zararlarni bartaraf etishda, iqtisodiyotni normal holatini saqlashda, moliya va pul muomalasini tartibga keltirishda, yalpi ishsizlikni yo‘qotishda kuchaytirildi. Chuqur krizislar davrida davlat tomonidan amalga oshiri- ladigan iqtisodiy islohotlarga quyidagilarni kiritish mumkin: iqtisodning m uhim tarmoqlari faoliyatiga davlatning to‘g‘ri aralashuvi; ish haqqi va baholarni qotirib qo'yish; ishsizlikni hisobga olish va boshqarish, nafaqalar berish, mehnat bir- jalarini tashkil qilish va bandlik bo'yicha davlat xizmatlarini olib borish, iqtisodiyot sohasida davlat qonunlarini amalga oshirish (trestlarga qarshi qonuniyatlar, vijdoniy raqobat haqida qonun, kredit-bank sohasi, qimmatli qog'ozlar bozori,
ekologik qonuniyatlar).
M akro va mikro darajada qayta takror ishlab chiqarish jarayoni bozor iqtisodiyoti bilan birlashib davlat tom onidan boshqarish.
Hozirgi davrda davlatning iqtisodiyotdagi roli yanada or- tib borm oqda, lekin uning mazmuni, forma va usullari o'zgarib ketdi. Davlat boshqaruvi teskari usullarining roli sanoat va qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishda yanada ortdi, lekin davlatning iqtisodiyotga to'g'ridan-to'g'ri aralashuvi qisqardi.
XX asrda davlatning iqtisodiyotdagi roli va o'rn markazlashtirildi. Bu muammolarning fundamental asosi ingliz iqtisodchisi Dj.M .Keynsning «Bandlik, foiz va pulning um um iy nazariyasi» (1936-y.) nomli asarida o'z aksini top-
gan.
Keynsning g'oyalari «keyns inqilobi» deb nom olgan va u bozor iqtisodining klassik va noklassik qarashlardan haqiqiy to 'n tarishni amalga oshirdi. Keyns bozorning o'zi krizislar- dan xoli bo'lish imkoniyatiga ega degan g'oyalari rad etdi. U
davlatning budjet-soliq va kredit-pul siyosati orqali iqtisodni


ko‘zlagan xo‘jalik yurituvchi subyektlarga psixologik ta’sir ko‘rsata olishini, samarali ijtimoiy talabni qiziqtira olishni va shu orqali bozorni tartibga solish va iqtisodiy o‘sishni tezlatish, bandlik darajasini ko‘tarilishini ko'rsatib berdi.
Bu nazariyaning o‘zagi bo‘lmish ijtimoiy talabni davlat tom onidan iqtisodiy boshqarish, bozor konyunkturasini siklik tebranishini tekislash va magistik to ‘rttaburchak maqsadli pa- rametrlarini ta ’minlashni (iqtisodiy o‘sishning qat’iy dara- jalarini saqlash, ishsizlikni pasaytirish, stabil baholar, sikl davomida savdo va to'lov balanslarini ta’minlash) bir-biri bi­ lan uzviy ravishda bogMiq. Bularning barchasi davlat va fu- qarolar tomonidan samarali talabni shakllanishi yoki Keyns nazariyasi asosida o‘z iqtisodiyotlarini rivojini ta ’minladilar. Ammo WO^yillarning ikkinchi yarmidan boshlab ingliz iqti- sodchisi Xayek va uning tarafdorlari Keyns nazariyasiga qar- shi chiqdilar. Natijada, dunyoda kapitalizm rivojlanish yo‘llarini ko‘rsatuvchi ikki xil muqobil oqim yuzaga keldi: postkeynsian va neoklassik oqimlar. Postkeysian oqimi — iqtisodiyotni davlat tomonidan boshqarilishini qo‘llaydi, neoklassik oqim esa bozor o‘zini-o‘zi boshqarishini tan oladi. Bu ikkala oqim ma’lum iqtisodiy sharoitlarda o ‘zining ijobiy va salbiy tomonlariga ega bo‘lsa ham, lekin mikro va makroiqtisodiyotda davlatning aralashuvi obyektiv zaruriyat ekanligini hayotning o‘zi taqozo etmoqda.
Davlatning iqtisodiyotni tartibga solish yo'llari, shakllari, usullari va qurollari.



Download 27,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   203




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish