Iqtisodiy statistika



Download 27,89 Mb.
bet14/203
Sana01.09.2022
Hajmi27,89 Mb.
#848017
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   203
Bog'liq
Iqtisodiy statistika (H.Nabiyev, D.Nabiyev)

7 -§. 0 ‘zbekiston iqtisodiyotida bozor va tadbirkorlikning o ‘ziga xos xususiyatlari va statistikaning vazifalari


Ishlab chiqarishni natural holatdan oddiy tovarga, so'ngra kapitalistik — tovar ishlab chiqarish bosqichiga o'tishdan iborat qonuniy holat bozorni oyoqqa turishida pro­ gressiv bosqich hisoblanadi. Bozor mexanizmidan foydalanib, kapitalizm kishilik jamiyatini iqtisodiy rivojida ancha ilgari
surib yubordi.


Bozor iqtisodiyotini tashkil bo'lishidagi tarixiy o'ziga xos xususiyatlar uning qaysi variantini tanlash uchun m a’lum da­ rajada ta ’sir ko'rsatadi. Ikki xil guruh davlatlarni ajratish mumkin. Birinchi guruh mamlakatlarda bozor iqtisodiyoti­ ni ng tashkil boMishi «past»dan boshlangan, bunda ishlab chiqarishni konsentratsiya va markazlashuvi asosida uning xusu'siylashuvi, mashina texnikasi bilan qurollangani kichikni sekin-asta kattaga aylanuvi bilan amalga oshirilgan. U bozor munosabatlariga o ‘tishning traditsion usuli bo‘lib, u ko‘pchilik sanoati rivojlangan mamlakatlarga xos.
Ikkinchi guruh mamlakatlar bozor iqtisodiyotiga «yu- qori»dan amalga oshirilgan ishlab chiqarish va muomalani milliylashtirishga asoslangan. Natijada har xil kichik korxonalarning progressiv bozor formalari paydo b o ‘lib, ular xususiy, korporativ va boshqa mulk formalariga asoslangan. Tabiiyki, bunday tarixiy o‘ziga xos xususiyatlar bozor iqtiso­ diyoti modeliga ta ’sir ko'rsatadi. Ammo O lzbek:istonda va boshqa M DH davlatlarida oqibat natijada qanday bozor iqti­ sodiyoti tashkil topishini aytish qiyin.
Real iqtisodiyotda bozorning har xil variantlari va shu­ ning bilan birga bozor iqtisodiyotining har xil modellari mavjud. Ularning biri yirik sanoati rivojlangan mamlakatlarga xos bo‘lib, ular Amerika, G'arbiy Yevropa va Osiyoda, ik- kinchisi Rossiya va M D H mamlakatlariga xos boMib, ularda o ‘tish iqtisodiyoti davri hisoblanadi, uchinchisi Afrika va Osiyo mamlakatlariga xosdir. Ularda davlatning kuchli ta ’siri ostida, resurslar jalb etilmoqda, mamlakatning industriya- lashtirish, yangi tarm oqlarni yaratish, ishlab chiqarish va ijtimoiy turmush infratuzilmasini rivojlantirish masalalari yechilmoqda. Shuningdek, sog‘liqni saqlash va t a ’limga alo­ hida e'tibor berilmoqda.
Bozor modelining tashkil topishi va amalga oshirishda


boshqa mamlakatlar tajribasini to 'g 'ridan-to'g'ri ko‘chirib bo'lm aydi (Xitoy, Polsha, Germaniya, Yaponiya, Argentina, Janubiy Koreya, Chexiya va boshqalar). Shuni nazarda tutish kerakki, Yaponiya, Germaniya va Janubiy Koreyaning «iqti­ sodiy m o‘jiza» modeli ham, «shokovaya terapiya» usulini q o ‘llagan «Polsha modeli» ham, Argentina islohotlar tajribasi ham , boshqa iqtisodni islohot qilish usullari «sof holda» 0 ‘zbekiston iqtisodiga o'ziga xos xususiyatlarini e ’tiborga ol- magan holda ko‘chirib bo‘lmaydi.
Islohotlar asosiga XIX asr sanoat kapitalizimini emas, balki zamonaviy madaniy va ijtimoiy muhofazalangan bozor iqtisodiyotini asos qilib olish kerak.
Bozor islohotlari har xil formada bo‘lishidan qat’i nazar, ularda mulk formasi, xo‘jalik yuritish masalalari va ijtimoiy natijalar bo'yicha umumiylik mavjud. Kelajakda O'zbekistonda, rivojlangan mamlakatlardagi kabi madaniy- lashgan va ijtimoiy yo'naltirilgan bozor iqtisodiyotiga o'tiladi va u uchta bir-biri bilan bog'liq munosabatlaridan tashkil topadi: a) erkin bozor bloki, u o'z ichiga konkurensiyani, o‘zini-o‘zi boshqarishni va o'zini-o'zi rivojlantirishni oladi; ikkinchi blok, makro va mikrodarajada davlat tom onidan boshqariladigan iqtisodiy jarayonlar (bunday faoliyat baho, soliqlar, kredit, sug'urta va h.k. oraqali amalga oshiriladi);
d) ijtimoiy blok, bunda aholining kam ta’minlangan qismi, kambag'al oilalar inflyatsiyadan, ishlab chiqarishning pasayi- shidan, ishsizlik va qashshoqlikdan himoya qilinadi.
Bozor iqtisodiyoti jarayonida xo'jalik faoliyati tadbirkor­ lik faoliyati asosida (biznes) amalga oshiriladi va u daromad (foyda) olish bilan bog'liq bo'ladi. Tadbirkor o 'z faoliyatida asosan quyidagi ishlarni amalga oshiradi: birinchisi, omilliy, bunda pul mablag'lari, ishlab chiqarish fondlari, xodim lar va
boshqa tadbirkorlik faoliyati uchun lozim bo'lgan omillar


ishlab chiqarishga jalb qilinadi; ikkinchidan, tashkiliy, bunda yuqorida qayd etilgan omillar ko'zlangan maqsadga erishish maqsadida birlashtiriladi va bir-biriga moslashtiriladi; uchin- chidan, ijodiy ishlar, yangiliklarni joriy qilish, tijorat va risk bilan bog'liq ishlarni amalga oshirish va h.k.
Aytilgan gaplar barcha mamlakatlar tadbirkorlari uchun, shu jum ladan, O'zbekiston tadbirkorlari uchun ham taalluqli bo'lib, ular ham foyda oladilar. Lekin madaniyatli tadbirkor­ lik — bu murakkab va ko'p tomonli faoliyat bo'lib, u qattiq iqtisodiy madaniyatni talab qiladi. Bunda gap yangicha iqti­ sodiy tafakkur haqida, bozor qonunlariga va raqobatga mos keladigan yuqori kasbiy darajaga erishgan, hisoblash texnikasi va telekommunikatsiya asoslarini, menejment va marketingni biladigan, tijorat risklari darajasini hisoblay oladigan ki- shilarni talab qiladi. Tadbirkorlikda bozor munosabatlariga m a’naviy-psixologik jihatdan tayyorgarlikning alohida roli bo'lib, unda bozorning urf-odatiga rioya qilish, m ollam i o'z vaqtida yetkazib berishda bitim shartlariga rioya qilish, bitim ning hamma shartlarini o'z vaqtida, sifatli qilib bajarish lozim bo'ladi.
Bozor iqtisodiyotiga o'tish, kichik biznes va tadbirkorlik-
ni rivojlanishi statistikasining o'rni va rolini yanada oshirib yubordi.
O'zbekiston Respublikasida, mamlakat statistikasiga rah- barlikni Davlat statistika qo'mitasi amalga oshiradi.
O 'zbekiston Respublikasi statistika qo'm itasi, uning viloyatlardagi, Qoraqalpog'iston Respublikasidagi, Toshkent shahridagi va boshqa shahar va tumanlardagi organlari, shu­ ningdek, unga qarashli tashkilotlar, muassasalalar va o'quv yurtlari mamlakatning davlat statistikasining yagona statistika tizim ini tashkil etadi.
Davlat statistika qo'mitasi tomonidan belgilangan statistik


m a’lumotlarni yig'ish va qayta ishlash turi hamda usullari, statistik ko'rsatkichlarni hisoblash uslubiyoti O'zbekiston Re- spublikasining statistik andozasi hisoblanadi. Statistik dastur- lar davlat statistika qo'rr.itasi faoliyatining asosi bo'lib hisoblanadi va ular davlat budjeti tomonidan moliyalashtiri- ladi. Barcha boshqa tadqiqotlar buyurtmachilar hisobidan amalga oshiriladi.


O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan qabul qilingan «Davlat statistika to'g'risida»gi Qonun 2002-yil 12- dekabr kuni O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlangan.
Qonunning 3-moddasiga asosan Davlat statistika qo'mitasining vazifalari quyidagilardan iborat1:
— ijtimoiy-iqtisodiy hodisalar va jarayonlar hamda ular­ ning natijalari to'g'risidagi statistik ma’lumotlarni yig'ish, qayta ishlash, to'plash, saqlash, umumlashtirish, tahlil etish va e ’lon qilish;
— xalqaro standartlarga mos keluvchi yagona statistika uslubiyotini ta ’minlash;
— davlat organlari va fuqarolarning o'zini-o'zi boshqarish organlari, yuridik shaxslar, davlat muassasalari va xalqaro tashkilotlarni, shuningdek, jamoatchilikni belgilangan tartibda statistika ma’lumotlari bilan ta’minlash;
— statistika ishlarini tashkil etish uchun zarur bo'lgan iqtisodiy-statistik tasniflagichlar tizimini hamda korxonalar va tashkilotlarning yagona davlat reestrini yuritish va h.k.



Download 27,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   203




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish