Iqtisodiy tahlil



Download 2,98 Mb.
Sana10.07.2022
Hajmi2,98 Mb.
#771798
Bog'liq
iqtisodiy tahlil


Iqtisodiy tahlil
2012-yil 16 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi yalpi majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda Bosh vazir va hukumat a’zolari ishtirok etdilar. Majlisda asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar prognozi, 2013-yilga mo‘ljallangan soliq va byudjet siyosatining asosiy yo‘nalishlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti loyihasi atroflicha muhokama qilindi.
Majlisda so‘zga chiqqan deputatlar ta’kidladilarki, 2013-yilda yalpi ichki mahsulot 8 foizga, sanoat mahsuloti ishlab chiqarish hajmlari 8,4 foizga, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish 6 foizga, kapital qo‘yilmalar 9,3 foizga o‘sishi taxmin qilinayotganligi, shuningdek, mazkur ko‘rsatkichlarning o‘sish sur’atlari 2012-yil yakunlari bo‘yicha yuqori bo‘lishi kutilayotganligi 2013-yilgi byudjet parametrlarini shakllantirish uchun asos bo‘ldi. 2013-yilda soliq-byudjet siyosati bo‘yicha o‘tkazish taklif etilgan tadbirlarni ro‘yobga chiqarish natijasida Davlat byudjetining daromadlari YaIMga nisbatan 21,3 foizni, xarajatlari esa 22,3 foizni tashkil etadi. Davlat byudjeti taqchilligi YaIM hajmiga nisbatan 1 foiz miqdorida bo‘lishi nazarda tutilgan.
Soliq siyosati konsepsiyasida nazarda tutilgan chora-tadbirlarni muvaffaqiyatli ro‘yobga chiqarish kelgusi yilda mamlakat iqtisodiyoti zimmasiga tushadigan soliq yukini YaIMga nisbatan 0,3 foiz qisqarishini ta’minlaydi. Soliq yukini yanada qisqartirish chora-tadbirlaridan biri sifatida jismoniy shaxslarning daromadlariga solinadigan eng kam soliq stavkasini birinchi shkala bo‘yicha 9 foizdan 8 foizga kamaytirish taklif etildi, bu esa jismoniy shaxslar tasarrufida 186 milliard so‘m qolishi imkonini beradi.
Deputatlar yuridik shaxslarning nomoddiy aktivlari (patentlar, litsenziyalar, dasturiy ta’minot, mualliflik huquqi va boshqalar) bo‘lgan mol-mulki soliq solish ob’ektidan chiqarilishi korxonalar faoliyatiga innovatsiyalarni keng joriy etish uchun yana bir rag‘batlantiruvchi omil sifatida xizmat qilishini alohida ta’kidladilar.
313 ta umumta’lim maktabi, 228 ta akademik litsey va kasb-hunar kolleji Ta’lim va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, kapital ta’mirlash va jihozlash byudjetdan tashqari fondi mablag‘lari hisobidan kapital ta’mirlanadi va rekonstruksiya qilinadi. 1500 tadan ortiq umumta’lim muassasasi hamda 700 ta akademik litsey va kasb-hunar kolleji hozirgi zamon o‘quv jihozlari, kompyuterlar va o‘quv laboratoriyalari bilan ta’minlanadi. 54 ta bolalar musiqa va san’at maktabi, shuningdek, 137 ta sport zali va 25 ta bolalar sporti ob’ekti qurish, ularni kapital ta’mirlash va jihozlash rejalashtirilmoqda.
Iqtisodiyotni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash uchun 2,8 trillion so‘m ajratish nazarda tutilmoqda. Bu esa joriy yilning tasdiqlangan parametrlariga nisbatan 22 foizga ko‘p. Xususan, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiruvchilarni suv resurslari bilan o‘z vaqtida va to‘liq ta’minlashga 1,4 trillion so‘m sarflash mo‘ljallangan. Bundan tashqari, melioratsiya shoxobchalarini rekonstruksiya qilish, ta’mirlash va tozalash dasturi doirasida Sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash fondi mablag‘lari hisobidan meliorativ ishlar amalga oshiriladi. Natijada 300 ming gektar ekin maydonining holati yaxshilanadi, bu ishlarga 227 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ sarflanadi.
Qishloq aholisining turmush sharoitlarini yaxshilash uchun Qishloq joylarda namunaviy loyihalar bo‘yicha yakka tartibdagi uy-joy qurish dasturini ro‘yobga chiqarish doirasida 326 ta qishloq massivlarida 8510 ta zamonaviy uylar qurishni ta’minlash uchun 1 trillion so‘mdan ortiq mablag‘ sarflash nazarda tutilgan.
Aholini, ayniqsa, qishloq joylardagi aholini ichimlik suvi bilan ta’minlash tizimini yaxshilashga 2012-yilning tasdiqlangan parametrlariga nisbatan 2-marta ko‘p mablag‘ sarflash, 654 kilometr masofada suv quvurlari o‘tkazish rejalashtirilgan.
Muhokama davomida bildirilgan fikr-mulohazalarni hisobga olgan holda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi O‘zbekiston Respublikasining 2013-yilgi Davlat byudjetini ma’qullab va tasdiqlab, tegishli qaror qabul qildi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi
Qonunchilik palatasi axborot xizmati
Hisob va iqtisodiy tahlil xo`jalikni boshqarishda asosiy vosita bo`lishi kerak. Binobarin, korxonalar, konsernlar, birlashmalarni mahsulot ishlab chiqarish jarayoni va natijalari kundalik hisob va hisobotda o`z aksini topadi. Demak, iqtisodiy tahlil korxonalar faoliyatini nazorat qilishda, xo`jalik hisobini mustahkamlashda, iqtisodiy tejamni o`tkazishda, texnika taraqqiyotini jadallashtirishda, ilg’or tajribalarni tarqatishga, ish faoliyatida mavjud bo`lgan kamchiliklariga barham berishda va ichki xo`jalik rezervlarini aniqlashda muhim vosita sifatida qo`llaniladi.
Iqtisodiy tahlil qilish - dialektikaning muhim xususiyatidir.
Iqtisodiy hodisalarni o`rganish jarayonida dialektik bilish usuli- Tahlil(analiz) va umumiylik (sintez) usullaridan foydalaniladi. Analiz grekcha « analysie » so`zidan kelib chiqqan bo`lib, bir butunni bo`laklarga bo`lib o`rganish, degan ma’noni bildiradi. «Sintez» - grekcha « synthisie » so`zidan olinib
umumlashtirish, degan ma’noni bildiradi.
· Iqtisodiy jarayon, hodisa va voqealarni rivojlanishini, o`zgarishini ob’ektiv (tashqi) va sub’ektiv (ichki) ta’sir etuvchi omillar bilan umumiy bog`liq holda o`rganish;
· o`rganilayotgan firma, tashkilot, muassasa va uyushmalarning faoliyatini to`liq va keng o`rgangan holda aniq va xolisona baho berish;
· Ijobiy va salbiy ta’sir etgan omillarni aniqlash, raqamlarda ko`rsatish va hisoblash;
· Bor bo`lgan imkoniyatlar, samaradorlikni oshirishni yo`l-yo`riqlarini ko`rsata olish;
· Ilg`or g`oya va tajribalarni o`rganilayotgan jarayonga qo`llash yo`nalishlarini belgilash.
Iqtisodiy tahlil ham aniq fan sifatida quyidagilar haqida maxsus bilim beradi:
Iqtisodiy tahlil tamoyillari
Download 2,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish