Iqtisodiy tahlil


Iqtisodiy tahlil kategoriyalari



Download 1,13 Mb.
bet11/105
Sana19.04.2022
Hajmi1,13 Mb.
#564255
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   105
Bog'liq
УМК Иқтисодий таҳлил 2016

Iqtisodiy tahlil kategoriyalari

категории экономического анализа

Economic analysis categories

– fandagi asosiy iqtisodiy tushun­chalar.


Iqtisodiy dastaklar

экономические аргументы

economic arguments

– obyektiv iqtisodiy qonunlarning harakat qili­shi­dan kelib chiqadigan jarayon yoki hodisalar. Ular xo‘jalik mexaniz­mida amal qiluvchi iqtisodiy vositalardir.


Iqtisodiy qonunlar

экономические законы

economic laws

– jamiyatning iqtisodiy hayotidagi voqealar alo­­qa­sini ifodalovchi va kishilar o‘rtasidagi ishlab chiqarish muno­sa­batlari rivojlanishini belgilovchi qonunlar.


Analiz

анализ

Analysis

– bilish maqsadida obyektni ilmiy asoslar bilan tarkiblarga ajratib o‘rganish.


Axborot

информация


information

– voqelik to‘g‘risida tasavvur beruvchi ma’lumotlar, bi­limlar majmuasi.


Auditor firma

Аудиторская фирма

The audit firm

– korxona va tashkilotlarning moliyaviy xo‘jalik fao­liyatini tekshirib beruvchi, ular ishining iqtisodiy ekspertizasini o‘t­ka­zuvchi mustaqil firma.


Bozor iqtisodiyoti

рыночная экономика

market economy

– erkin tovar-pul munosabatlariga asoslangan, iqtisodiy monopolizmni inkor etuvchi, sotsial mo‘ljalga, aholini ijtimoiy muhofaza qilish yo‘nalishiga ega bo‘lgan va boshqarilib (tartiblanib) turuvchi iqtisodiyot.


Boshqaruv mexanizmi

механизм управления

the control mechanism

– xo‘jalik faoliyatini boshqarishdagi iqtiso­diy, tashkiliy, huquqiy va boshqa shakllar, usullar hamda vositalar maj­muyidan iborat tizim.


Biznes-reja

бизнес план

Business plan

– xo‘jalik subyekti faoliyatini, undagi barcha jarayon­lar­ni hamda natijalarni oldindan ilmiy asosda kompleks va tizimli ra­vish­da belgilab olinishini aks etuvchi hujjat.


Boshqaruv tahlili

управленческий анализ

Managerial analysis

– obyektlar hamda korxonani boshqarish uchun mo‘l­jallangan tahlil turi.


Infratuzilma

инфраструктура

infrastructure

– milliy iqtisodiyotning turli soha va tarmoqlariga xizmat qiluvchi yordamchi xo‘jalik tarmoqlari kompleksi.


Ishlab chiqarish

производство

production

– kishilik jamiyatining hayoti va rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan mahsulotlarni vujudga keltirish jarayoni.


Ichki omilлар

внутренние факторы

internal factors

– xo‘jalik subyektiga tegishli bo‘lib, uning ichki tuzilishi va boshqa munosabatlaridan kelib chiqadigan voqelik.


Iqtisodiyot

экономика

Economy

– jamiyat miqyosida tarmoqlar va sohalar majmuasi, shu­ningdek, ularni tashkil etish asosi.


Omil

faktor

factor

– natija ko‘rsatkichi tarkibini, sifatini, hajmini, qiymatini tash­kil etgan, ko‘rsatkich miqdori o‘zgarishiga sabab bo‘ladigan jarayon­larni ifodalovchi alohida birliklar.


Rezerv

резерв

Reserve

– zarur bo‘lgan hollar uchun biron narsaning zaxirasi


Sintez

синтез

synthesis

– bilish maqsadida ajratilgan tarkiblarni ilmiy asoslarda o‘r­ganib ularni yana qayta yaxlit obyektga birlashtirilishi.


Subyektiv omillar

субъективные факторы

subjective factors

– korxona ichidan kelib chiqadigan omillar.


Tamoyil

принцип

principle

– fan metodologiyasining eng muhim qoidalari.


Tahlil subyekti

субъект анализа

subject to analysis

– tahlilni kim tomonidan bajarilishiga qarab (turli or­ganlar, sug‘urta tashkilotlari, korxonaning o‘zi, soliq organlari, bank­lar, mol yetkazib beruvchilar, kasaba uyushmasi tashkilotlari va bosh­qalar).

Taqdimot (elektron shaklda)




2-dars. Iqtisodiy tahlilning metodi va usullari


1. Iqtisodiy tahlil metodi, uning o’ziga xos xususiyatlari
2. Iqtisodiy tahlilda qo’llaniladigan usullar
2.1. Taqqoslash usuli
2.2 Nisbiy va o’rtacha miqdorlardan foydalanish
2.3 Iqtisodiy tahlilda guruhlash usuli
2.4 Iqtisodiy tahlilda balans usuli
2.5 Zanjirli o’rin almashtirish usuli
2.6. Mutlaq farqlar usuli
2.7. Nisbiy farqlar usuli
2.8. Indeks metodi
2.9. Korrelyatsion tahlil usullari
2.10. Integral usul va uning iqtisodiy tahlilda qo’llanishi


1. Iqtisodiy tahlil metodi, uning o’ziga xos xususiyatlari
Keng ma’noda metod – real voqelikni o’rganishdagi yondashuv uslubi, tabiat va jamiyatni tadqiq etish uslubi. Dialektika metodi umumiy tadqiqot metodi sanalib, birinchidan, barcha hodisalar o’zaro aloqadorlikda va o’zaro shartlangan tarzda o’rganilishi, ikkinchidan barcha hodisalar harakatda, o’zgarish va rivojlanishda o’rganilishini anglatadi.
Dialektika har bir jarayon, har bir hodisani yaxlit va qarama-qarshiliklar kurashi sifatida ko’rib chiqishni uqtiradi. Bundan ichki qarama-qarshiliklarni, har bir hodisa, har bir jarayonning salbiy va ijobiy jihatlarini o’rganish zarurati kelib chiqadi. Bu ham tahlilning o’ziga xos qirralaridan biridir. Masalan, ilmiy texnika taraqqiyoti mehnat unumdorligi o’sishi, rentabellik va boshqa ko’rsatkichlar oshishida ijobiy natija beradi, lekin bunda uning atrof-muhitni ifloslantirish, ishsizlikning ortishi va boshqa salbiy jihatlarini ham hisobga olishimiz lozim.
Tahlilda dialektik metoddan foydalanish korxonalar xo’jalik faoliyatini o’rganish barcha o’zaro aloqalarni hisobga olgan holda olib borilishi lozimligini anglatadi. Agar boshqalaridan ajratilgan holda ko’rib chiqilsa, hech bir hodisa to’g’ri tushunilishi mumkin emas. Ma’lumki, yangi texnika joriy qilinishi bilan ishlab chiqarish xarajatlari, demakki, mahsulot tannarxi ham ortadi. Lekin bunda mehnat unumdorligi o’sadi. Bu esa, o’z navbatida, mehnat haqini tejash va mahsulotlar tannarxini pasaytirishga imkon beradi. Demak, u yoki bu iqtisodiy hodisani tushunish va to’g’ri baholash uchun uning boshqa hodisalar bilan barcha o’zaro aloqadorligi va bog’liqligini o’rganish zarur. Bu tahlil metodining metodologik qirralaridan biri sanaladi.
Tahlilning muhim metodologik jihatlaridan biri shuki, u nafaqat sabab-oqibat aloqalarini o’rnatishga, balki ularga miqdoriy tavsif berishga imkon beradi, ya’ni faoliyat natijasiga omillar ta’sirini aniqlashni ta’minlaydi. Bu iqtisodiyot holatini aniq baholab, uning natijalari bo’yicha xulosa hamda tavsiyalarni asoslashga imkon beradi.
Tahlilda sabab aloqalarini o’rganish va o’lchashni induktsiya va deduktsiya metodi bilan amalga oshirish mumkin.
Iqtisodiy tahlilda dialektik metoddan foydalanish har bir jarayon, har bir iqtisodiy hodisani tizim sifatida, o’zaro bog’liq ko’plab elementlarning majmui sifatida ko’rib chiqish lozimligini anglatadi. Bundan tahlil ob’ektlarini o’rganishga tizimli yondashuv zarurati kelib chiqadi, bu ham uning xarakterli jihatlaridan biri sanaladi. Tizimli yondashuv o’rganilayotgan hodisa va jarayonlarni elementlarga maksimal detallashtirish (xususiy tahlil), ularni tizimlashtirish va sintezni nazarda tutadi.
Hodisalarni detallashtirish o’rganilayotgan ob’ektda eng muhim va asosiy jihatlarni aniqlash uchun zarur darajada olib boriladi. U ob’ekt va tahlil maqsadiga bog’liq bo’ladi.
Shunday qilib, tahlil metodi korxonalar faoliyat samaradorligini oshirish maqsadida reja ko’rsatkichlari tizimi, hisob, hisobot va boshqa axborot manbalarini maxsus usullar asosida qayta ishlash yo’li bilan korxonalar faoliyati natijalariga omillar ta’sirini tizimli, kompleks o’rganish, o’lchash va umumlashtirishni o’zida aks ettiradi.
Tahlilda tadqiq etiladigan omillar turli alomatlari bo’yicha tasniflanishi mumkin, bu natijaviy ko’rsatkichlar miqdorini shakllantirishda har bir omilning o’rni va ahamiyatini aniqroq baholashga imkon beradi.
2.1-jadval

Download 1,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish